Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet159/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

9.4. Triglitseridlar
Agarda glitsеrinning hamma uchta gidroksil turkumlari yog` kislotalari bilan bog`langan bo`lsa – triglitsеrid (triatsilglitsеrid), ikkitasi bog`lansa – diglitsеrid (diatsilglitsеrid) va faqat bittasi bog`lansa monoglitsеrid (monoatsilglitsеrid) dеb ataladi.
Glitserin. Bir qator neytral yog`larning spirtli komponenti hisoblangan glitserin – uch atomli spirtdir.Glitserinda asimmetrik uglerod atomi mavjud emas. Glitserinni yog` kislotalari bilan hosil qilgan efirlari mono-, di-, triatsilglitseridlarga bo`linadi.
Glitserin

Monoatsilglitserin Diatsilglitserin Triatsilglitserin

Agar triglitserid tarkibini bir xil yog` kislotalari tashkil qilsa - oddiy triglitseridlar, har xil yog` kislotalari kirsa, murakkab (aralash) triglitseridlar deb nomlanadi. Triglitseridlar tarkibi faqat to`yingan yog` kislotalardan tashkil topsa xona haroratida qattiq konsistentsiyaga (tristearin- mol yog`i tarkibida), to`yinmagan yog` kislotalardan iborat bo`lsa, suyuq holda (triolein - zaytun yog`i tarkibi) bo`ladi. Sariyog` aralash triglitserinlardan iborat.


To`yinmagan yog` kislotalariga boy bo`lgan trigletsiridlarni amaliyotda qattiq yog`larga aylantirish mumkin. Bunda to`yinmagan bog`lar qaytarilishi natijasida to`yingan, qattiq holatga o`tadi.
To`yinmagan yog` kislotalarining havo kislorodi ta`sirida oksidlanishi natijasida yog`lar taxir, achchiq ta`mga ega bo`ladilar. Normal hujayrada ushbu jarayon tarkibida vitamin E, turli fermentlar va askorbin kislotasi saqlagan maxsus antioksidant sistemalar bilan to`xtatiladi.

9.5. Murakkab lipidlar
Murakkab lipidlarni oddiy lipidlardan farqi tarkibida lipid bo`lmagan komponent, masalan: fosfat va uglevod bo`lishi mumkin. Fosfolipidlar—turli xil organik spirtlar (gliserin, sfingozin, diol)ning fosfatli efirlaridir. Hamma fosfolipidlar qutbli lipidlar hisoblanib, ko`proq hujayra membranasida uchraydi.


Fosfolipidlar
F osfolipidlar tarkibidagi bitta gidroksil guruhi yog` kislotasi o`rniga fosfat kislota bilan efir hosil qilgan bo`ladi, masalan, fosfatid kislotasi. Fosfolipidlar molekulasi 2 qismdan iborat – qutbli zaryadlangan “boshchasi” ( +, - ) va qutbsiz – 2 dumdan iborat. Hujayra membranalarida fosfolipidlar glikolipidlar bilan birgalikda membrananing lipidlar qo`sh qatlaminihosil qilishda qatnashadi. Bunda qutbli boshchalari gidrofil qismini, qutbsiz “dumlar” esa qo`sh qatlamni gidrofob mag`izini tashkil qiladi. Fosfolipidlar fosfolipaza fermentlari ta`sirida parchalanadilar. Fosfatid kislota organizmda kam miqdorda bo`lishiga qaramay fosfoglitsеridlar almashinuvida muhim oraliq mahsulot hisoblanadi.
Fosfolipidlar (diol fosfatidlar) –ikki atomli spirt unumlari bo`lib, bitta spirt guruhi yog` kislotasi qoldig`i bilan, ikkinchisi esa fosfat yoki qandaydir spirt qoldig`i bilan eterifikatsiyalanadi. Fosfolipidlar organizmda hujayra membranasi qurilishida ishtirok etib, uning funktsiyasini o`zgartirishi mumkin.
Fosfolipidlar tarkibiga azot saqlovchi birikmalardan xolin, etanolamin, aminokislota – serin, va spirt – inozit kiradi. Ayrim fosfolipidlarning membranadagi miqdori 9.1-jadvalda keltirilgan. Fosfolipidlar sintezi asosan ular tarkibiga kiruvchi ko`p atomli spirt ishtirokida amalga oshadi – glitserofosfolipidlar va sfingofosfolipidlar. Yangi nomenklatura bo`yicha bu birikmalar glitserofosfolipidlar deb ataladi.



Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish