Birinchi bosqich – glikolitik bosqich-glyukozani piruvatgacha parchalanishi;
Ikkinchi bosqich– piruvatni oksidlanish yo`li bilan dekarboksillanishi va atsetil KoA hosil bo`lishi;
Uchinchi bosqich–Krebs sikli va nafas olish zanjiri (elektronlar o`tkazgich zanjiri).
Birinchi bosqich glyukoza katabolizmining induvidial parchalanish yo`li bo`lib, ikkinchi va uchinchi parchalanish bosqichlari “modda almashinuvining umumiy yo`llari” deb yuritiladi.
Birinchi bosqich sitozolda, ikkinchi va uchinchi bosqichlar mitoxondriyalarda kechadi. Glyukozaning asosiy parchalanish yo`li aerob oksidlanish bo`lib, energetik nuqtai nazardan eng samarali inson va hayvonlar aerob organizmlardir; bir molekula glyukozani aerob oksidlanishidan 38 molekula ATF hosil bo`ladi. Buning 8 molekulasi – birinchi glikolitik bosqichda; 6 molekulasi–piruvatning oksidlanish yo`li bilan dekarboksillanishidan–ikkinchi bosqichida; 24 molekulasi esa Krebs sikli- uchinchi bosqichida sintezlanadi. Uglevodlarning anaerob parchalanish bosqichlari quyidagicha:
Glikoliz uchun ikki hodisa xarakterlidir:
1. Substratli fosforlanish–glikoliz metabolitlarida 1,3–difosfoglitserin kislota va fosfoenolpiruvatlar (2-fosfoenolpirouzumkislota) to`plangan energiya ADFga uzatilib, uning fosforlanishi natijasida ATF sintezlanadi.
Anaerob jarayonning muhimligi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasida 2 molekula 1,3-difosfoglitserin kislota va energiya hosil bo`lishidir. Energiya 2 molekula 1,3-difosfoglitserin kislotasining fosfat bog`larida to`planganligi uchun u makroergik modda hisoblanadi. Keyingi anaerob jarayonning muhimligi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasida 2 molekula 1,3-difosfoglitserin kislota va energiya hosil bo`lishidir. Energiya 2 molekula 1,3-difosfoglitserin kislotasining fosfat bog`larida to`planganligi uchun u makroergik modda hisoblanadi. Keyingi bosqichda 1,3-difosfoglitserat kislotaning ikki molekulasi 2 molekula fosfoglitserat kislotaga aylanadi va 2 fosfat bog`li energiyani ajratadi.
Ajralgan energiya substratli fosforlanish yo`li bilan 2 molekula ATF sinteziga sarf bo`ladi. Reaktsiyadagi piruvat esa 1,3-difosfoglitserat kislotaning oksidlanishida ajralib chiqqan 4 vodorod atomi va laktatdegidrogenaza fermenti ishtirokida sut kislotaga o`tadi. Shu tariqa odam organizmida uglevodlarning anaerob yo`l bilan parchalanishi tamom bo`ladi.
Anaerob glikolizning energetik qiymati u qadar katta bo`lmasa ham mushaklar intensive ishlashining boshlangich vaqtida, kislorod bilan ta`minlanish chegaralanganda, asosan skelet mushaklari uchun energiya manbai bo`lib xizmat qiladi.
Glyukoza jigarda qaytar reaktsiyalar ishtirokida glikogen ko`rinishida to`planadi. Glikoliz natijasida glyukozaning anaerob sharoitda parchalanishidan energiya va sut kislotasi hosil bo`ladi. Ushbu jarayonda 4 molekula ATF hosil bo`ladi, glikolizda 2 molekula ATF, glikogenolizda esa 1 molekula ATF sarflanadi. Shunday qilib, energetik yutuq 2 molekula ATFni tashkil etadi.
Glyukoza + 2ADF +2Fn 2 Laktat +2ATF +2H2O
2. Glikolitik oksidoreduktsiya–fosfoglitseraldegid va piruvat orasidagi oksidoreduksiyasida piruvat qaytariladi va sut kislotasi (laktat) hosil bo`ladi. Bu hodisa kislorodsiz sharoitda yuz beradi, agar kislorod to`qimalarda yetarli bo`lsa laktat oksidlanib, piruvatga aylanadi;
Glyukozaning aerob yo`l bilan parchalanishini oxirgi mahsuloti CO2, H2O va energiya bo`lib, yig`indi tenglamasi quyidagichadir:
G lyukoza(C6H12O6) + 6O2 CO2 +38 ATF + 6H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |