Jo`rayeva A


Denaturatsiya va unga olib keluvchi fizik-kimyoviy omillar



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

3.4. Denaturatsiya va unga olib keluvchi fizik-kimyoviy omillar. 
Oqsillarning xarakterli xossalaridan biri ularning turli fizik va kimyoviy ta’sirlar 
ostida birlamchi strukturani saqlab qolgan holda yuqori tuzilish darajasi bo`lgan – 
ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi strukturalarining buzilib, nativ (tabiiy) fizik-
kimyoviy, eng muhimi biologik xususiyatlarini yo`qotishidir. Bu hodisa 
denaturatsiya deb atalib, eritmani qizdirish natijasida yaqqol namoyon bo`ladi va 
avvalo, oqsilning erish qobiliyati o`zgarishi bilan xarakterlanadi. Denaturatsiya 
faqat murakkab fazoviy tuzilishga ega bo`lgan molekulalar uchungina xos bo`ladi. 
Shu sababli sintetik va tabiiy peptidlar bunday xossaga ega emaslar. 
Denaturatsiya vaqtida to`rtlamchi, uchlamchi va hatto ikkilamchi strukturani 
mustahkamlovchi bog`lar uziladi. Buning natijasida polipeptid zanjir yoyiladi yoki 
tartibsiz o`ram holatiga keladi. Natijada gidrat qobig`i yo`qolib, oqsil cho`kmaga 
tushadi. Lekin bu cho`kma tuzlanishdan hosil bo`lgan cho`kmadan farq qiladi, 
ya’ni tuzlanishdan so`ng oqsil o`zining tabiiy holatini saqlab qoladi, 
denaturatsiyada esa bunday xossalar yo`qoladi. Bunday holat denaturatsiya va 
tuzlanishga olib keluvchi moddalarning ta’sir etish mexanizmlari turlicha 
ekanligini ko`rsatadi. 


29 
Denaturlovchi omillar ikki guruhga bo`linadi: fizik va kimyoviy. Fizik 
omillarga harorat, bosim, mexanik ta’sirlar, ultratovush va ionlashtiruvchi nurlar 
kiradi. 
Oqsillarning issiqlik ta’sirida denaturatsiyalanishi eng ko`p o`rganilgan 
hodisa 
hisoblanadi. 
Qadimdan ma’lumki, oqsillar qizdirilganda iviydi 
(koagulyatsiyalanadi) va cho`kmaga tushadi. Ko`pchilik oqsillar termolabil, ammo 
qizdirishga juda chidamli oqsillar ham ma’lum. Tripsin, ximotripsin, lizotsim va 
biologik membranalarning ayrim oqsillari bunga misol bo`la oladi. Qaynoq 
buloqlarda uchraydigan bakteriyalarning oqsillari qizdirishga alohida chidamliligi 
bilan farq qiladi. Bunday oqsillar qizdirilganda harorat oqsi molekulasining ichki 
qismidagi bog`larni uzish uchun yetarli bo`lmaydi. Oqsillar izoelektrik nuqtasida 
juda tez issiqlik denaturatsiyasiga uchraydi. Oqsillarning unday xossasidan 
amaliyotda foydalaniladi. Ayrim oqsillar esa aksincha, past haroratda 
denaturatsiyalanadi.
Denaturatsiyaga olib keluvchi kimyoviy omillarga kislota va ishqorlar, 
organik erituvchilar (spirt, atseton), detergentlar (yuvish vositalari), ayrim amidlar 
(siydikchil, guanidin tuzi), alkoloidlar, og`ir metallar (mis, qo`rg`oshin, bariy, ruh, 
kadmiyning tuzlari) kiradi. Kimyoviy moddalarning denaturlovchi ta’sir 
mexanizmi ularning fizik-kimyoviy xossalariga bog`liq. Kislota va ishqorlar 
oqsilni cho`ktiruvchi moddalar sifatida keng qo`llaniladi. Ko`pchilik oqsillar muhit 
pH ning qiymati 2 dan past va 10-11 dan yuqori bo`lganda denaturlanadi. Ammo 
ayrim oqsillar, masalan giston va protaminlar hattoki pH=2 yoki pH=10 bo`lganda 
ham denaturlanmaydi. 
Og`ir metallar, alkoloidlar ham cho`ktiruvchi sifatida ishlatiladi, chunki ular 
oqsillarning qutbli guruhlari bilan mustahkam bog`lar hosil qilib, vodorod va ion 
bog`larini uzadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish