Jo`rayeva A


Oqsilning to`rtlamchi strukturasi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

Oqsilning to`rtlamchi strukturasi. 
Ko`pchilik oqsillar to`rtlamchi 
strukturaga ham egadirlar. Protomerlar va ular qismlarining bir-biriga nisbatan 
fazoda joylashuvi oqsil molekulasining to`rtlamchi strukturasi deb nomlanadi. Bu 
oliy tuzilish darajasi ayrim polipeptid zanjirlarning fazodagi taxlanishi (shakli)ni
tasvirlaydi. Molekula massasi 30-50 mingdan ortiq oqsillar aksari bir nechta bir xil 
(yoki har xil) zanjirlardan tuzilgan. Ular protomer deb ataladi va butun 
molekulaning bir qismi (subbirligi) ni tashkil qilib, to`la biologik faoliyatga ega 
bo`lmaydilar. Mana shunday subbirliklar tegishli ravishda to`planib, to`la 
funksional faol oqsil birligi (oligomer)ni yaratadilar. Kovalent bog` bilan emas
balki nokovalent aloqalar orqali ancha barqaror saqlanadigan bunday butun tuzilma 
– oligomer oqsilning to`rtlamchi strukturasini tashkil qiladi. 
Bunday tuzilishni gemoglobin misolida yaqqol ko`rish mumkin. Qonda 
kislorodni tashuvchi bu murakkab oqsil to`rt subbirlikdan iborat; ular alfa va beta-
polipeptid zanjirlar (globin)dan va oqsil bo`lmagan temir tutuvchi gemdan tashkil 
topganlar. Ikkita alfa- va ikkita beta-subbirliklar to`planib biologik faol 
gemoglobin molekulasini tuzadilar. Bu to`la molekula ma’lum sharoitlarda, tuzlar, 
siydikchil ishtirokida yoki pH keskin o`zgarganda alfa va beta-subbirliklarga 
dissotsiyalanadi. Ular orasidagi vodorod bog`lari uziladi. Muhitdan tuzlar va 
siydikchil chetlatilgach, qaytadan to`la molekula sintezlanadi. 
To`rtlamchi strukturaga ega bo`lgan gemoglobin 4 ta subbirlikdan 
piruvatdegidrogenaza fermenti kompleksi 72 subbirlikdan, RNK-polimeraza 5 
subbirlikdan, laktatdegidrogenaza 4 subbirlikdan iborat bo`ladi. 
Ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi strukturalar birlashib, makrostruktura 
yoki oqsillarning konformatsiyasi, oqsillarning fazoviy strukturasini tashkil etadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish