Jo`rayeva A


Faol tashishning ahamiyati va energiya manbai



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

 
18.5. Faol tashishning ahamiyati va energiya manbai. 
Faol tashilishda 
moddalarning o`tkazilishi konsentratsiya gradiyentiga qarshi amalga oshadi, ya’ni 
moddalar konsentratsiyasi past bo`lgan zonadan uning konsentratsiyasi yuqori 
bo`lgan zonaga o`tadi. Bunday usulda tashish albatta energiya sarfini talab qiladi, 
chunki moddani osmotik kuchga qarshi o`tkazish kerak. Faol tashishda ATF yoki 
ayrim ionlar (vodorod , natriy )ning elektrokimyoviy potensiali energiya manbai 
bo`lib xizmat qiladi. Faol tashish mexanik va diffuzion tashishdan farqli ravishda 
fermentli jarayon hisoblanadi. U ATF energiyasidan yoki elektrokimyoviy 
potensial energiyadan moddalarni tashish uchun foydalanadigan maxsus fermentli 
tashuvchi sistemalar orqali amalga oshadi. Faol tashishning yana bir tomoni 
shundaki, u faqat membranalarda bo`lishi mumkin. 
Faol tashish foydalanadigan energiya manbasiga qarab birlamchi va 
ikkilamchi bo`lishi mumkin. Birlamchiga shu tashiladigan moddaning 
konsentratsiya gradiyentiga qarshi membrananing ikkala tomonida ham ATF 
energiyasi sarflanadi. Ikkilamchida membranada qandaydir boshqa modda 
(masalan, natriy va vodorod ionlari) larining elektrokimyoviy gradiyentidan 
foydalaniladi, uning hosil bo`lishi uchun esa ATF sarflangan bo`ladi, yani bunda 
ATF energiyasi tashish uchun bilvosita – boshqa moddaning gradiyenti orqali 
sarflanadi. Natriydan hosil bo`lgan o`sha elekrokimyoviy gradiyent boshqa 
moddaning , masalan glyukozaning tashilishi uchun foydalaniladi. Ikkilamchi faol 
tashishda go`yoki bir modda ikkinchi moddaning o`tishi uchun sharoit yaratadi. Bu 
ikki moddaning membrana orqali o`tish yo`nalishi mos kelishi ham kelmasligi ham 
mumkin. Agar moddalar masalan , Na
+
va glyukoza bir yo`nalishda o`tsa, unda 
bunday birgalikdagi tashilishga simport deb aytiladi. Agar moddalar membranadan 
qarama-qarshi tomonlarga o`tsa, unda bunday tashish antiport deb aytiladi. 
Birlamchi faol tashish yo`li bilan membrana orqali natriy, kaliy, kalsiy, 
magniy, vodorod ionlari esa mitoxondriya membranasi orqali o`tkaziladi. Ular 
uchun tashuvchi sistemalar vazifasini maxsus fermentlar – adenozintrifosfatazalar 
(ATFazalar) bajaradi. Har bir ionning o`zini spetsifik ATF azasi bo`lib, ular 
yordamida 
faollanadi. 
Membrananing 
ikkala 
tomoni 
o`rtasida 
ionlar 
konsentratsiyasini hosil qiluvchi Na
+
, K
+
- ATF aza, Ca 
2+
- ATF aza, Mg
2+
- ATF 
aza, H
+
- ATF azalar aniqlangan. 
Na
+
, K
+
- ATF azalar barcha o`simlik va hayvon organizmlarining hujayralari, 


152 
bakteriyalarda mavjud. Bu uning tashuvchi sistema sifatida universal umumiy 
biologik ahamiyatini bildiradi. Odam organizmida ular moddalarning faol tashish 
jarayonlari ko`p amalga oshadigan nerv to`qimalari, buyrak va sekretor organlarda 
yuqori bo`ladi. 
Na
+
, K
+
- ATF azalar ta’sirida har doim natriy ionlari hujayradan tashqariga 
itarib beriladi, shu sababli Na
+
, K
+
- ATF azalarni ko`pincha natriyli nasos deb 
ataladi; kaliy ionlari esa hujayra tashqarisidan ichiga o`tadi, ya’ni bu ionlarining 
antiporti kuzatiladi. 
Bir molekula ATF gidrolizi natijasida Na
+
, K
+
- ATFaza Na
+
ning 3 ta ionini 
hujayradan tashqariga va 2 ion K
+
ni hujayra ichiga o`tishini ta’minlaydi. 
Zaryadlangan zarrachalarning membranadan notekis o`kazilishi. Membrananing 
qutblanishini – uning tashqi tomonida musbat zaryad, ichki tomonida manfiy 
zaryad paydo qiladi. Shu sababli natriyli nasos elektrogen deyiladi. Na
+
, K
+
– ATF 
azalarning membranada hosil qilgan Na+ gradiyenti turli xil moddalar, masalan, 
glyukoza, aminokislotalarni ikkilamchi faol tashish uchun ishlatiladi. 
Na
+
, K
+
ATF azalarni faolligini o`zgartiruvchi hamma tabiiy moddalar, dorilar 
va zaharlar membranadagi natriy – kaliy gradiyentga, elektr zaryadga ta’sir etadi. 
Na+ , K+ ATF aza boshqaruvchilari o`rtasida ingibitor va aktivatorlar mavjud. 
Kalsiy ionlari tabiiy boshqaruvchisi hisoblanadi. Tashqi tomondagi Ca
2+
tashqi 
tomondagi K
+
ni fermentning spetsefik qismi bilan bog’lanishini faollaydi va Na
+

K
+
- ATF azani ionlar tashishi ishga tushadi. 
Ca
2+
- ATF aza faol tashishning bu fermenti ATF energiyasidan kaliy ionlari 
gradiyentiga qarshi o`kazilishida foydalanadi. Bu ferment hujayra membranasida, 
shuningdek endoplazmatik retikulum va mitoxondriyaning membranalarida ham 
joylashgan bo`ladi. Mushak to`qimalari, asosan sarkoplazmatik retikulumda, nerv 
to`qimasida, buyrakda, ya’ni faol tashish organ va to`qimalarning funksiyasini 
belgilovchi joylarda Ca
2+
- ATF aza ning faolligi yuqori bo`ladi. Ca
2+
-ATF aza 
ATF energiyasi hisobiga Ca
2+
ionlarini Na
+
yoki Mg
2+
ionlari o`rniga itarib beradi, 
ya’ni bunda bu kationlarning antiporti amalga oshadi. Bu jarayonda 
almashiniladigan kationlar miqdori bir xil. Shu sababdan kalsiyli nasos natriyli 
nasosdan farqli ravishda elektronetral. 
Mg
2+
-ATF aza - kam darajada o`rganilgan tashuvchi sistema bo`lib , hujayra 
ichki va plazmatik membranada bo`ladi. Bu fermentning faolligi nisbatan past. Bu 
tashuvchi sistema Mg
2+
ionlarining ikkita Na
+
yoki H
+
ioniga antiportini 
ta’minlaydi, bunda bir molekula ATF gidrolizlanadi, bu tashish turi elektronetral. 
H
+
- ATFaza mitoxondriyaning ichki membranasi va xloroplastlar 
tilokoidlarida energiyaning qayta hosil bo`lishida ishtirok etadi. membranada H
+
ionlarining gradiyenti yuqoridagi organoidlarda ikkilamchi faol tashish, masalan 
membranadan organik kislotalarning tashilishida qo`llaniladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish