ishni chindan qilgim kelayotgan bo‘lsa, urinib ko‘rishimni aytdi. Tuni bilan o‘zim bilan o‘zim tortishib, tongga yaqin qaror qabul qildim va o‘sha kuniyoq ishga kirishdim». “Biz bu yerga - hayotga o‘zimizdagi kuchning bir qisminigina sarflash uchun kelgan emasmiz! Tug‘ildikmi, undan to‘liq foydalanish zarur”.
Jek Ma
Jahonning eng boy insonlaridan biri Jek Ma haqida nimalarni bilasiz? 1964-yilda Ingliz tilini Avstraliyalik To‘rtinch urinishda Bir necha Xitoyda tug‘ildi xorijliklardan sayyoh unga universitetga kirib, marta urinib, o‘rganish uchun «Jek» deb 1988-yilda tamomladi ishga har kuni nom berdi kirolmadi mehmonxonaga bordi
1999-yil Alibaba Internet do‘koniga asos soldi
3 yilda kompaniya 1 995-yilda Internet xodimlari soni Internet haqida
17 ta do‘sti sarmoyador bo‘lib unga qo‘shildi
240 davlatda 79 mln. faol xaridorlarga ega eBay kompaniyani bir
Kompaniyaga Yahoo
2020-yil 2020-yil
kompaniya
Jek Maning
bo‘ldi necha marotaba sotib olishga urindi 1 mlrd $ sarmoya kiritdi daromadi 72 mlrd $ ga yetdi daromadi 48,8 mlrd $ ga yetdi
ODAMLAR HAYOTINI OSONLASHTIRGAN O‘ZBEK
Kech bo‘lib qolgani tufayli Botir do‘kondan qo‘l telefoni hisobini to‘ldirish uchun karta topa olmadi. Shunda uning xayolida kartaning o‘rnini bosuvchi elektron to‘lov tizimini yaratish g‘oyasi tug‘iladi. Mobil kompaniyada ishlagan hamkasblari uning bu fikrini kulgi bilan qarshi olishsa-da, Botir g‘oyasining o‘ziga xosligiga ishondi. Shuning uchun u qayta-qayta mutaxassislar bilan uchrashdi, rejalarini muhokama qildi. Rad javoblar, moliyaviy mavzudagi natijasiz muzokaralar uning umidini so‘ndirolmadi. Nihoyat, g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydigan sarmoyador topildi. Xomaki g‘oya izlanishlar natijasida ilg‘or fikrga va keyinchalik yirik biznesga aylandi. 300 ming AQSH dollari miqdorida kiritilgan sarmoya 6 oyda o‘zini oqlagani biznes olamidagilarni hayratga soldi. Bu g‘oya O‘zbekistondan tashqari yana bir nechta davlatlarda ham joriy qilindi. Botir Orifjonov - 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda PAYNET to‘lov tizimiga, 2017-yilda LeBazar internet do‘koni, 2018-yilda bepul ta’lim platformasi - Khan Academy O‘zbek loyihasiga asos solgan. Botir
xorijiy tilni yaxshi bilgani va universitetda biznes boshqaruvi yo‘nalishida
faolligi uchun Angliyada magistraturada tahsil olish imkoniga ega bo‘ldi.