Joʼrayev Husniddin Oltinboyevich



Download 126,02 Kb.
bet1/7
Sana17.07.2022
Hajmi126,02 Kb.
#814141
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Brashura uchun fizmat (2)


Fizika – matematika fakulteti

Dekan

Joʼrayev Husniddin Oltinboyevich
dotsent
Buxoro shahar M.iqbol ko'chasi 11 uy
+998(91) 408-85-72
8(365) 221-29-14
h.o.juraev@buxdu.uz
Fizika-matematika fakulteti 1930 yil tashkil topgan. Hozirgi vaqtda fakultetda Fizika, Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedralari faoliyat olib bormoqda. Fakultet kafedralarida 80 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib boradi. Fakultetda Fizika, Matematika, Mexanika va matematik modellashtirish ta’lim yo’nalishlarida 1350 nafar bakalavr, Matematika (yo’nalishlar bo’yicha), Fizika (yo’nalishlar bo’yicha), yarimo’tkazgichlar fizikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi mutaxasisliklari bo’yicha 175 nafarga yaqin magistr tahsil oladi. Fakultetda beshta zamonaviy o’quv labaratoriya va kompyuter xonalar mavjud.
Fakultet Baltik universiteti (Shvesiya), Abdus Salam nomidagi nazariy fizika xalqaro markazi (Italiya), Bern universiteti (Shveysariya), Bonn va Boxum universitetlari (Germaniya), Malayziya islom universiteti va Malayziya texnologiya universiteti (Malayziya), Gumilyov nomidagi yevrosiyo milliy universiteti (Qozog’iston), Qozon federal universiteti, Novosbirsk davlat universiteti (Rossiya federatsiyasi) va yana bir qator xalqaro ilmiy tadqitot markazlari va oliy ta’lim muassasalari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanoskiy nomidagi matematika instituti hamda Respublikaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari: O‘zbekiston Milliy Universiteti, Samarqand davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘ygan.

-
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI


Fakultet jamoasi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarori va 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda olib borilmoqda.
Fakultet faoliyati oliy ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim hamda ijtimoiy soha uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Fakultet Buxoro davlat oliy pedagogika instituti tarkibida 1930-yil tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakultetda 104 nafar professor-o‘qituvchi ishlaydi. Fakultetda bugungi kunda 1251 nafar talaba tahsil olmoqda.
ILMIY-TADQIQOT VA TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK
1) O‘zbekiston Milliy universiteti;
2) Samarqand davlat universiteti;
3) O‘zRFA “Akademasbob” ilmiy tekshirish instituti;
4) Navoiy davlat pedagogika instituti;
5) Nizomiy nomidagi TDPI;
6) O‘zRFA “Kibernetika” instituti;
7) O‘zRFA “Matematika” instituti;
8) O‘zRFA “Energetika va avtomatika” instituti;
9) Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
ILMIY-TADQIQOT SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK
1) Bonn universiteti (Germaniya);
2) Berlin texnika universiteti (Germaniya);
3) Bern universiteti (Shveysariya);
4) Rim universiteti (Italiya);
5) Moskva davlat universiteti (Rossiya);
6) Novosibrsk davlat universiteti (Rossiya);
7) Malayziya texnika universiteti (Malayziya).
FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR
Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar Buxoro davlat universitetining axborot resurslari markazi, ZiyoNet tarmog‘i va fakultet web-saytiga joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi 3 yilda 2 ta darslik, 3 ta monografiya, 4 o‘quv qo‘llanma, 21 o‘quv-usuliy qo‘llanma, 100 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi. Xususan, 2018-yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan impakt faktorga ega xorijiy jurnallarda 5 ta ilmiy maqola nashr qilinib, universitet reytingiga munosib hissa qo‘shildi. Mazkur yillarda fakultetda 1 ta xalqaro va 3 ta Respublika miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilindi. Fakultetda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 1-1MAT-15-guruh talabasi Z.E.Mustafoyeva 2018-yilda Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Fakultetning Matematika ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoa 2018-yil 28-30-oktabr kunlari Urganchda bo‘lib o‘tgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida al-Xorazmiy nomli yosh matematiklarning Xalqaro olimpiadasi”da ishtirok etib, jamoa a’zosi Sobir Boymurodov “Xalqaro olimpiada faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Differensial tenglamalar





Download 126,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish