2017 yil 9 sinf Test
Biologiya 2- variant
1. Funariya … orqali ko‘payadi.
А) urug‘i; В) chang donasi; С) sporasi; D) urug‘kurtagi.
2. Ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklar uchun umumiy xususiyatni aniqlang.
А) qo‘sh urug‘lanish; В) gulning mavjudligi;
С) urug‘idan ko‘payishi; D) tugunchadan meva hosil bo‘lishi.
3. Poyadan hosil bo‘ladigan ildiz – bu …
А) yonildiz В) o‘qildiz С) asosiyildiz D) qo‘shimchaildiz
4. Piyozboshning oziq modda to‘planadigan qismi – bu :
А) tubi В) kurtagi С) sersuv barglari D) quruq qobiqlari
5. Bug‘doydoshlar oilasi vakillari orasida … hayot shakllari ko‘p uchraydi:
А) o‘t В) daraxt, buta va o‘t С) buta D) daraxt
6. O‘simliklarda suv va unda erigan mineral moddalar … orqali harakatlanadi.
А) lub tolalari В) elaksimon naylar С) ksilema naylari D) floema naylari.
7. Ochiq urug‘li o‘simliklar qirqquloqlardan farq ailib:
А) quruqlikda o‘sadi В) ildiz va poyaga ega
С) urug‘kurtakdan urug‘, tugunchadan meva hosil qiladi D) urug‘idan ko‘payadi.
8. Qaysi o‘simlikning asosiy ildizi umr bo‘yi saqlanadi?
А) ukrop В) olg‘i С) arpa D) xolmon
9. Kartoshka tugunagining shakli o‘zgargan novda ekanligini qaysi dalillar bilan isbotlash mumkin?
1) tugunakda ko‘p kraxmal to‘planadi; 2) ichki tuzilishi novdaga oxshaydi; 3) o‘simlikning vegetativ ko‘payishiga xizmat qiladi; 4) uchki kurtakdan o‘sadi; 5) yog‘ochlik va po‘stloqqa ega
А) 3, 4, 5 В) 2, 3, 4 С) 1, 2, 5 D) 2, 4, 5
10. Gulli o‘simliklarga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) barcha urug‘li o‘simliklar gulli o‘simliklardair
2) gul o‘simlikning vegetativ ko‘payishiga xizmat qiladi
3) gul– shakli o‘zgargan novda
4) gul har doim gul bandi orqali novdaga birikadi
5) o‘simliking bitta tupida ham changchi, ham urug‘chi gul joylashsa bir uyli osimlik deyiladi
6) tugunchada urg‘ochilik gametalari hosil bo‘ladi.
А) 3, 5, 6 В) 1, 2, 4 С) 1, 4, 5 D) 4, 5, 6
11. Fotosintez jarayoni haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1) bu jarayonda karbonat angidrid ajraladi. 2) bargning barcha hujayralarida sodir bo‘ladi.
3) kislorod sutkaning barcha vaqtida ajraladi 4) xloroplastlarda sodir bo‘ladi.
5) organik moddalar hosil bo‘ladi. 6) bu jarayonga suv sarflanadi.
А) 3, 4, 5 В) 2, 5, 6 С) 1, 2, 4 D) 4, 5, 6
12. Qizil to‘sh hujayrasi uchun xos xususiyatlarni aniqlang.
1) geterotrof oziqlanadi. 2) xlorofilga ega emas. 3) hujayra shirasi bilan to‘lgan vakuolaga ega.
4) sellulozadan iborat hujayra qobig‘iga ega emas. 5) hujayra markaziga ega emas. 6) yadroga ega emas.
А) 1, 4, 5 В) 1, 2, 3 С) 1, 2, 4 D) 4, 5, 6
13. O‘simlik barglariga xos xususiyatlarni aniqlang.
а) yorug‘likda anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiladi
b) tuproqdan suv va mineral moddalarni shimadi
v) suv bug‘latib o‘simlikni qizib ketishdan saqlaydi
g) novdaning bir qismi d) vegetativ ko‘payish organi emas
е) assimilyatsion to‘qimaga ega
А) b, g, d В) а, v, g С) b, v, g D) а, d, е
14. Eukariot hujayraning qaysi qismlarida DNK mavjud?
1) sitoplazma 2) yadro 3) mitoxondriya 4) ribosoma 5) xloroplast 6) lizosoma
А) 2, 3, 5 В) 1, 4, 6 С) 2, 4, 5 D) 2, 3, 4
15. Lipidlarning hujayradagi funksiyalarini aniqlang.
1) zahira 2) gormon 3) transport 4) ferment 5) irsiy axborot saqlash 6) energetik
16. Odam va sutemizuvchi hayvonlar uchun xos xususiyatlarni aniqlang?
1) issiqqonlilik 2) uch juft suyakdan iborat yelka kamari
3) o‘ng aorta ravog‘i 4) uch kamerali yurak 5) diafragma 6) sut bezlari
А) 1, 5, 6 В) 2, 3, 4 С) 1, 3, 5 D) 3, 5, 6
17. Biriktiruvchi to‘qima hujayralari epiteliy to‘qimasi hujayralaridan farq qilib …
1) qisqarish xususiyatiga ega 2) o‘zaro zich joylashgan emas
3) terining tashqi qavatini hosil qiladi 4) tashqi sekretsiya bezlari funksiyasini bajaradi
5) oraliq moddaga ega 6) tog‘ay, suyak, qon hosil qiladi
А) 2, 5, 6 В) 1, 3, 4 С) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6
18. Lishayniklarga xos xususiyatlar haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang va tegishli raqamlarni yozing.
1) zamburug‘ va suv o‘tidan tashkil topgan tirik tizim 2) o‘simlik ildizlari bilan mikoriza hosil qiladi
3) noqulay sharoitni sista holida o‘tkazadi 4) suvni tana yuzasi bilan shimib oladi
5) qoyalarda, toshlarda, unumsiz tuproqlarda, daraxtlar po‘stlog‘ida o‘sadi
6) o‘simlik va hayvon qoldiqlarini chiritadi
19. Odamning hazm sistemasi organlarini ketma – ketligini aniqlang va raqamlarni tartib bilan yozing.
1) ingichka ichak 2) og‘iz bo‘shlig‘I 3) yo‘g‘on ichak 4) halqum 5) me’da 6) qizilo‘ngach
20. Zamburug‘larda sporaning to‘kilishidan boshlab sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang va tegishli raqamlarni tartib bilan yozing.
1) sporalarning tuproqqa to‘kilishi 2) tuproqda mitseliy hosil bo‘lishi 3) sporalarning unishi 4) meva tananing hosil bo‘lishi 5) qalpoqchada sporalarning yetilishi
21. Qisqichbaqalarga xos xususiyatlarni aniqlang va tegishli raqamlarni yozing.
1. jabralar orqali nafas oladi 2. traxeya orqali nafas oladi
3. tashqi skeletga ega 4. tanasi boshko‘krak va qorin qismlaridan iborat
5. 8 ta oddiy ko‘zlari bor 6. og‘iz a’zolari ikki juft
22. Ildiz qismlarini pastdan yuqoriga qarab tartib bilan yozing.
1) o‘tkazuvchi qism 2) so‘ruvchi qism 3) bo‘linuvchi qism 4) o‘suvchi qism 5) ildiz qinchasi
23. To‘g‘ri fikrlar berilgan raqamlarni yozing.
1. ATF timin, uglevod, fosfat kislota qoldig‘idan tashkil topgan.
2. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i kulrang moddadan tashkil topgan.
3. Ko‘rish analizatorining markaziy qismi miya po‘stlog‘ining peshona sohasida joylashgan.
4. Yaqindan ko‘rish gipermetropiya deyiladi
5. Odam sekundiga 16 - 20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega
24. To‘g‘ri fikrlar berilgan raqamlarni yozing. i – RNKning DNKdan farqi nimada?
1) Irsiy axborotni yadrodan ribosomaga yetkazadi.
2) Nukleotidlari tarkibi azot asoslari, uglevod va fosfat kislota qoldig‘idan iborat
3) Bitta polinukleotid zanjiridan iborat
4) Polinukleotid zanjirlari bir – biri bilan vodorod bog‘lar orqali bo‘g‘langan
5) Tarkibida riboza uglevodi va uratsil azot asosi mavjud
6) Tarkibida dezoksiriboza uglevodi va timin azot asosi mavjud
25. To‘g‘ri fikrlar berilgan raqamlarni yozing. Suvning qaysi xususiyatlari uning hujayradagi funksiyalarini belgilaydi?
1) Suv molekulalari o‘zaro vodorod bog‘lar hosil qiladi
2) Molekulasida katta energiyaga ega bog‘ mavjud 3) Ikki qutbli molekula
4) Katta issiqlik sig‘imiga ega 5) Suv molekulalari o‘zaro peptid bog‘lar hosil qiladi
6) Parchalanib katta energiya beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |