Jo‘n narsalarni bilib olishga murakkab yo‘l bilan erishadi kishi



Download 13,79 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi13,79 Kb.
#349698
Bog'liq
Документ (1)


Jo‘n narsalarni bilib olishga murakkab yo‘l bilan erishadi kishi.

Kambag‘allik hamma vaqt, hamma odamning joniga tekkan narsa. Lekin odamzod joniga tekkan narsadan qutulish yo‘lini bilmasa osmon yiroq, yer qattiq bo‘ladi, unga ko‘nikadi, shunchalik ko‘nikadiki, bu narsa joniga tekkanini ham payqamay qo‘yadi.

Katakda semirib yotgan tovuq uchishning foyda-ziyonini qayoqdan bilsin.

Qaysidir bir mamlakatda... hayvonot bog‘ida keksa fil bor ekan, zanjirband fil yuz yil davomida qoziq atrofida aylanibdi. Oqibatda zanjir yeyilib, uzilibdi. Shundan keyin ham fil maromini buzmasdan uzilgan zanjirni sudrab qoziq atrofida yana yuz yil aylangan ekan.

Kattalar uchun yozilgan kitobda yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish mumkin, lekin bolalar uchun yozilgan kitobda ketgan xatoni tuzatib bo‘lmaydi, bu xatodan bolani ogohlantirilsa, xato uning zehniga chuqurroq o‘rnashadi.

Ona kuni bitkach dunyodan ko‘z yumganda boladan rozi bo‘lishi zarur, lekin kuni tug‘ilib dunyoni endi ko‘radigan bolani rozi qilib ketishi undan ham zarurroq ekan.

Ota-onasi erka o‘stirgan bola ko‘pincha xudbin bo‘ladi.

O‘z qadrini bilgan xotinga erkak kishi yomon ko‘z bilan qarashga botinolmaydi.

Baxtni birovlarning ostonasidan qidirishning o‘zi baxtsizlikning boshi.

Odam hayotda iz qoldirib oltmishga kirsa, yoshlikdagi kayfiyat, g‘ayrat turaverar ekan.

Uy-joy baxt bo‘lsa, issiq og‘ilda kavsh qaytarib yotgan sigirdan baxtliroq jonvor bo‘lmas edi.

Umrdan boshka hamma narsa qisqa bo‘lgani yaxshi. Umr sal uzun bo‘lsa zarari yo‘q.

Bolaning o‘gayi bo‘ladi, ammo xotinning o‘gayi bo‘lmaydi.

Tashabbus erkakdan bo‘lishi kerak, bulbulning ham erkagi sayraydi.

Eri rashk qilmaydigan xotinning hayoti yovg‘on oshga o‘xshasa kerak.

Erkak kishi qay mahal ko‘chaga chiqib ketadi? Agar qidirganini uyidan topolmasa!

Odam dunyoga cho‘chqaday semirishu, bitday bolalash uchun kelmaydi.

Siz kuyib-pishib gapirib turganingizda sigir ma’rab qolsa, sizga emas, sigirga qaraydigan odamga gap ta’sir qilmaydi.

Bugungi kunda rus tilining ahamiyati to‘g‘risida gapirish oftobning ahamiyatini tushuntirishday bir gap.

Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi.

Institutni bitirgandan keyin joylarga borib o‘quvchilarga ingliz, nemis, ispan, fransuz tillarini o‘rgatasizlar. Mening sizlarga aytadigan eng zarur gapim shuki, sizlar boradigan joylaringa chet tillar bilan birga (balki birinchi navbatda) o‘z ona tilimiz — o‘zbek tiliga cheksiz muhabbat tuyg‘usini olib boringlar! O‘zbek tili g‘oyat boy, nihoyatda chiroyli, har qanday fikr va tuyg‘uni ifoda qilishga qodir ekanini amalda ko‘rsatinglar; qayerda va qanday sharoitda ishlamanglar, til madaniyatimizning mash’ali bo‘linglar!

«O‘zbek tili baribir yo‘qolib ketadi, konstitutsiyadan o‘zbek tili — davlat tili degan gapni chiqarib tashlash kerak», degan tovushlar sovet kishilarining tovushlari emas, imperializmning shaltoq propagandasiga oziq beradigan ig‘vogarlarning tovushidir!

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?

Rus tilini ikkinchi ona tilimiz deyishimiz uchun o‘z ona tilimizni bilishimiz kerak!

O‘zbek tilida yaxshi fikr va tuyg‘ularni ifoda qilib bo‘lmaydi degan nazariyani Navoiy bundan besh yuz yil burun tor-mor qilgan.

Klassiklardan o‘rganish degan so‘z klassik asarlardagi... mehrigiyoni topishga urinish, topishdan iborat bo‘lsa kerak.

Men «mayda», «yirik» mavzu degan gapni tan olmayman. Nainki, paxta uchun kurash «yirigu», bola tarbiyasi yoki oila «mayda» mavzu bo‘lsa!

Semiz kitobning yuragi yaxshi tepmaydi.

Mahorat har bir so‘z ustida uzoq, ter to‘kib ishlashda emas, aynan o‘sha so‘zni topa bilishdadir.

Palag‘da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb bo‘lmaydi.

Tolstoy boboning asarlari qaziga o‘xshaydi, chaynagan saring mazasi chiqaveradi.

O‘quvchiga kitobning «orig‘i» ma’qul.

Katta ko‘rmaganni kichik ko‘radi, kichik ko‘rmaganni katta ko‘radi, ikkalasi birgalashib qarasa hech narsa ko‘zdan qochmaydi.

Kishan oltin bo‘lsa ham harqalay kishan!



Qisir sigir ko‘p ma’raydi.
Download 13,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish