Jome at-tavorix "jome at-tavorix" ("Tarixlar toʻplami")



Download 14.19 Kb.
Pdf просмотр
Sana24.03.2020
Hajmi14.19 Kb.

Jome at-TAVORIX

"JOME at-TAVORIX" ("Tarixlar toʻplami")

— tarixiy asar. Muallifi — 

Rashiduddin

Fazlulloh

 1302—10/11 yillarda fors tilida

yozilgan, 3 qismdan iborat: 1-qism "Taʼrixi

Gʻozoniy" deb atalib, Gʻozonxon

farmoniga binoan bitilgan. Unda

moʻgʻullar, Chingizxon va moʻgʻullar

barpo qilgan davlatlar, xususan,

Hulokuiylar davlati tarixi (1304 y.gacha)

yoritilgan. 2- qism Oʻljoytuxon


topshirigʻiga koʻra kashmirlik Kamalashri,

xitoylik Li Dachji, fransiyalik bir monax va

ikki fors olimi ishtirokida yaratilgan boʻlib,

u Islom olamining 

moʻgʻullar istilosidan

ilgarigi tarixi, qad. yahudiylar, franklar,

Rim imperatorlari, Hindiston va Xitoy

tarixi, shuningdek, Sharqiy Yevropa

xalqlariga doyr maʼlumotlardan iborat. 3-

qiyom esa Yetti iqlim geografiyasiga

bagʻishlangan boʻlib, u bizgacha yetib

kelmagan. Hofizi Abru bu asarga Shohrux

farmoniga binoan "Zayli Jome at-tavorix"

nomli ilova yozib, unda Eron tarixi

bayonini 1371 y.gacha yetkazgan. "J. at-

t."ning 16-asrda 

eski oʻzbek tiliga

oʻgirilgan ikki nusxasi (Oʻzbekiston Fanlar

akademiyasi Sharqshunoslik instituti,


Turkmaniston Fanlar akademiyasi Til va

adabiyot instituti fondlarida) mavjud

boʻlib, ulardan birining tarjimoni

Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy,

ikkinchisiniki Solur bobo ibn Qul Alidir. "J.

att." fransuz (1836, 1911), chex (1941),

rus (1858, 1868, 1888, 1968) va b. tillarga

ham tarjima qilinib nashr etilgan.

Ahmedov B. A., Oʻzbekiston xalqlari

tarixi manbalari, T., 1991.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Adabiyot


Manbalar

 

Learn more Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

Retrieved from

https://uz.wikipedia.org/w/index.php?



title=Jome_at-TAVORIX&oldid=2042993



  Last edited 10 months ago by PlanespotterA320  

Content is available under CC BY-SA 3.0  unless



otherwise noted.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa