Javob: Yoga.
154-savol: Ernest Renan uni mustaqil fan sifatidagi ahamiyatini inkor etgan: «U shunday
ziravorki, u bo‘lmasa hamma ovqat ta’msiz bo‘lib tuyuladi, ammo uning o‘zi ovqat bo‘lishga
yaramaydi». U qaysi fan bo‘lishi mumkin?
Javob: Falsafa.
155-savol: «Hamma narsani kim biladi?» - degan shogirdlarining savoliga Aflotunning ustozi
bo‘lmish buyuk donishmand, qadimgi yunon faylasufi Suqrot: «Hamma narsani u biladi, lekin
uning bir qismi o‘lib ketgan, ikkinchi qismi hali tug‘ilgan emas» - deb javob bergan. U kim?
Javob: Hamma.
156-savol: Umar Xayyomning ruboiysini tinglang:
Dunyoning tilagi, samari xam u,
Aql ko‘zin qorasi-javhari xam u.
To‘garak jaxonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘z-gavhari xam u.
Umar Xayyom u deganda nimani nazarda tutgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |