Javob: Kometalar.
Izoh: Chunki, ba’zi kometalarning boshi ham, dumi ham juda siyrak – ularning zichligi biz nafas
oladigan havo zichligidan milliardlarcha marotaba kichik bo‘ladi.
59-savol: Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar
uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek
musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?
Javob: Konservatoriyalar.
60-savol: Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan
yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt
Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?
Javob: Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov.
61-savol: Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqat
metalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalar
hisoblangan. U nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |