Javob: “Raduga”.
331-savol: Mark Tven aytgan: “Agar sizning yoshingiz 48 dan kichik bo‘lsa va siz birinchisi
bo‘lsangiz, demak siz juda ko‘p bilasiz. Agar sizning yoshingiz 48 dan katta bo‘lsa va ikkinchisi
bo‘lsangiz demak, siz juda kam bilasiz”. Birinchisi va ikkinchisini tartib bilan ayting.
Javob: Pessimist va optimist.
332-savol: Madam de Steyl aytgan: “Men erkak emasligimdan baxtiyorman, chunki agar erkak
bo‘lganimda o‘sha ishni qilishimga to‘g‘ri kelardi” degan. Nima qilishga to‘g‘ri kelardi?
Javob: Ayol kishiga uylanishga.
333-savol: Bu ikkala narsa ham sarflanadigan narsa. Birinchisi bizning hohishimizga qaramay
sarflanaveradi, ikkinchisinig sarflanishi esa, bizga bog‘liq. Ikkovini ham foydali yoki zararli
tomonga sarflash insonning o‘zining ishi. Endi siz menga o‘zbeklar iborasiga ko‘ra birinchi va
ikkinchining oxirgisini nimaga sarflashni tavsiya qilinishini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |