432-savol:
1499 yilda ispanlarning A. De Oxeda ekspeditsiyasi bu mamlakat qirg‘oqlarini tekshirganda
indeyslarning suvda qoziqlar ustida qurilgan turar joylarini ko‘rib, bu diyorni bir nom bilan atashdi. Ular bu
diyorni qanday atashgan?
Javob:
Venesuela (“Kichik Venetsiya”).
433-savol:
Men birinchi marta u bilan 16 yoshimda tanishdim. U bilan oz emas, ko‘p emas 10 yil birga
bo‘ldik. Keyin u meni vaqtinchalik tark etdi. Biroq hijron uzoqqa cho‘zilmadi, oradan 3 hafta o‘tib biz yana
diydor ko‘rishdik. U endi boshqacha, o‘zgacha edi. Biz yana 20 yil u bilan birga bo‘ldik. Buni qarangki,
yana ayriliq. Bu ayriliq ham uch haftaga cho‘zildi va biz yana diydor ko‘rishdik, endi ajralmas bo‘lib,
umrbod birga qoladigan bo‘lib uchrashdik. Mening bu beqaror va sodiq do‘stimni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |