Javob:
Parma.
Izoh:
Bu yerda gap Stendalning "Parma ibodatxonasi" asarining bosh qahramoni Fabritsio haqida bormokda.
381-savol:
Bu it zotining qadimiy ajdodlari harbiy yurishlarda, it urishtirish janglarida juda ko‘p ishtirok
etishgan, buqalarni ovlashda insonga yordam berishgan, darvoqe, ularning o‘zi ham buqaga juda o‘xshab
ketadi. Bu qaysi it zoti?
Javob:
Buldoglar. Inglizcha bull - buqa, dog - it.
382-savol:
Ularning birinchisi 1483 yilda yozib tugatilgan, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchisi 1484 yilda,
beshinchisi esa 1485 yili yozib tugatilgan. Siz menga ularni beshtalovi birgalikda qanday atalganini ayting.
Javob:
"Hamsa". Gap bu yerda Alisher Navoiyning "Hamsa"sidagi 5 doston haqida ketmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |