Жобасы:
1
2
3
- Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari
4
6-mavzu. Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari
Shisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gresiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo’lgan.
Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan.
O’zbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, sexlar ko’paymoqda.
Shular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan Chirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish mumkin.
6.1. Umumiy ma’lumotlar
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jihatlari bilan klasslarga bo’linadi:
kimyoviy tarkibga ko’ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.);
kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.);
ishlatilish sohasiga ko’ra;
qurilish, me’morchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar.
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida
kvars qumi,
ohaktosh,
soda va
natriy sulfati ishlatiladi.
6.2. Shisha ishlab chiqarish
Shisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qo’shiladi.
Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo’ladi (Na2Si03).
Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini ta’minlaydi.
800-9000C
|
silikatlar hosil bo’lish jarayoni boshlanadi
|
1150-12000C
|
massa shaffoflashadi, lekin tarkibida ko’p havo pufakchalari bo’ladi
|
15000C
|
Shisha massasidagi havo aralashmalari chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi
|
200-3000C
|
Massani qoliplash jarayoni olib boriladi
|
Silikatli shisha 15000C haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi.
Shisha massasiga kaolin, dala shpati (Al2O3) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi.
Shisha xom ashyosi tarkibiga B2O3 qo’shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi.
Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli kengayish koeffisientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi.
Qo’rg’oshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
Shisha to’g’ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo’lmaganligi sababli xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas.
Bundan tashqari shishaning muayyan erish harorati bo’lmaydi.
Shishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o’rganish uning tarkibida mikrokristall hosilalar-kristallitlar hosil bo’lishini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |