Topshiriq: “O`quvchilar yangi yil qahramonlari roli” ni ijro etib beradilar
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (yangi yil tadbirlarda har bir sinfda o`zgacha bir kengaytirilgan qiziqarli o`yinlar orqali ham amalga oshiriladi)
|
Yangi yilni kutish odati hamma xalqlarda bor. Yangi yil arafasida archalar bezatiladi. Archa bayramlarida Qorbobo bilan Qorqiz sovg‘a-salomlar bilan bolalar huzuriga kelishadi. Ko‘pchilik xalqlarda Yangi yilda archa chiroqlarini yoqish odati uzoq zamonlardan yetib kelgan. Bu odat qadim zamonlarda Angliya bilan Germaniyada istiqomat qilgan xalqlarda vujudga kelgan. O‘sha uzoq o‘tmishda odamlar qish vaqti o‘rmonda doimiy yam-yashil archa atrofiga to‘planishib, gulxan yoqishgan, qo‘shiq aytib, o‘yin-kulgi qilishgan. Yangi yil hamma xalqlarda birday 1-yanvardan boshlanmaydi. Ba'zi xalqlar vaqt hisobini Oy-Quyosh taqvimi bo‘yicha olib boradilar, shuning uchun yilning boshlanishi bir joyda kuzga to‘g‘ri kelsa, boshqa joyda qishga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyo va yaqin Sharq xalqlarda Navro‘z bayrami qadimiy, ananaviy yangi yil bayrami hisoblanadi. Qadimgi rimliklarda mart yilning birinchi oyi hisoblangan, chunki bu vaqtda dala ishlari boshlangan. Yil 10 oydan iborat bo‘lgan, keyin oylar soni 2 taga ko‘paygan. Miloddan avvalgi 46-yilda Rim imperatori Yuliy Sezar yilning boshlanishini 1-yanvarga ko‘chirdi. Uning nomi bilan atalgan Yuliy taqvimi butun Yevropaga tarqaldi. Shu tariqa yangi yil qish vaqtida kutish rasm bo‘ldi. Hijriy-shamsiy yil hisobi bo‘yicha yangi yil ko‘pchilik Sharq mamlakatlarida 21-marta kutiladi. Islomiy taqvim bo‘yicha esa yangi yil har yili 10-12 kun oldinga suriladi va muharram oyning 1-kuni yil boshi hisoblanadi.
MMIBDO’:_____________________
Sana ______ 17- mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi.
( 14-yanvar – vatan himoyachilari kunni munosabati bilan )
Kun shiori: “Osuda va farovon hayotimiz kafolati”
Maqsad: O`quvchilarda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lishini, milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lishini, sarhadlarimiz tinchligi va daxlsizligini avaylab-asrayotgan harbiylarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlikni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo`mondoni
Shavkat Mirziyoyevni va barcha Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan harbiylarni qutlug’ sana bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Ollohdan faqat uzoq-umr, baxt-saodat, tuganmas shijoat tilab qolamiz”.
O`qituvchi:
“Mening ezgu orzuim shuki, armiyamiz xalqimiz, millatimizning ming yillar davomida shakllangan asl qiyofasi, azaliy qadriyatlari va xislatlarini o’zida mujassam etsin, uning saflarida xizmat qiladigan farzandlarimiz o’zi tug’ilib o’sgan, voyaga yetgan, ota-bobolarining xoki yotgan muqaddas zaminimizga bir umr sadoqatli bo’lsin.
Mabodo taqdir taqozo qilib, kurash maydoniga tushganida har qanday yovuz kuch va bosqinchilarga bas kela oladigan zamonaviy, qudratli armiyamizni ko’rish baxti barcha yurtdoshlarimiz qatorida menga ham nasib etsin”
Ollohga shukurlar bo’lsinki, bugungi Milliy armiyamiz, Yurtboshimiz orzu qilganidek, qudratli va boshqa davlatlardan mutlaqo farq qiladigan Milliy armiyadir. Chunki bunday qudratli va zamonaviy Milliy armiyaning tashkil topishiga va bugungi islohotlar tashabbuskori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan o’ta kuchli siyosati sharofatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |