Jizzax viloyati hokimi Jizzax Organic yirik investitsion loyihasini yo‘lga qo‘yish ishlari bilan tanishdi
Ta'kidlash joizki, yirik shoxdor qoramollar (YShQ) sektori chorvachilik va dehqon xo‘jaliklarining kuchli rivojlangan sohasi hisoblanadi va uning hissasiga dehqonlar chorva mahsulotlarining 74 foizi to‘g‘ri keladi.
Jizzax Organic zamonaviy integrallashgan to‘liq siklli ishlab chiqarish tizimi esa o‘zida yetakchi texnologiyalarning eng yaxshi tajribalarini, ilg‘or bilimlarni jamlagan holda O‘zbekistonda o‘xshashi yo‘qligi bilan ham ahamiyatlidir.
2019 yilning 28 martida qabul qilingan “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi bo‘yicha va davlat rahbarining “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan Jizzax Organic chorvani ozuqa bilan ta'minlash, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish bilan birga o‘z seleksion-genetichek markazi faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. O‘z navbatida bu omillar bozorni arzon va sifatli mahsulot bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.

Jizzax Organic korxonasining maqsadi O‘zbekiston ahliga ekologik toza mahsulotlar taqdim etish bilan birga davlatimizning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.

Bu yirik investitsion loyihadagi rejalar qay darajada uddalanayotganiga shaxsan ishonch hosil qilish maqsadida Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Soliyev 30 yanvar kungi ishchi tashriflari doirasida 2019 yildan buyon Zomin va Zarbdor tumanlarida shiddat bilan rivojlanayotgan Jizzax Organic klasterining agrosanoat kompleksida bo‘ldi.