KIRISH…………………………………………………………………………….
I-BOB BOB Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida jadvallarni o‘zaro bog‘lashni o‘qitish metodlari
1.1 MS Access 2010 dasturi bilan ishlash
1.2 MS Access 2010 da jadval yaratish
II-BOB SQL ma’lumotlar bazasi
2.1 SQLite ma’lumotlar bazasi
2.2 . SQL tili, SQL server berilgan bazasini boshqarish tizimlari
2.3 SQL server 2008 va C# tillarining afzalliklari.
III-BOB PHP va MySQL bog‘liqligi va mysql ma’lumotlar bazasi
3.1 PHP dasturlashtirish tili
3.2 .PHP va MySQL bog‘liqligi va mysql ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
3.2 PHP yordamida mysql ma’lumotlar bazasiga bog‘lanish
XULOSA
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVA
Kirish
Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani - bunday imkoniyatlarning barchasi aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shuhbasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita ta'sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil - bu ta'lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni, xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir, binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |