Jizzax viloyati Baxmal 2-son pedagogika kolleji



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/83
Sana03.07.2022
Hajmi1,33 Mb.
#735291
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
Bog'liq
1.G,Ishquvatov Bolalar jismoniy tarbiyasi (5) (2)

Nazorat uchun savollar 
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil harakat faolligini oshirish uchun 
maktabgacha ta’lim muassasalarida qanday shart-sharoit yaratish mumkin? 
2.Bolalar harakat faolligini oshirish uchun tarbiyachi qanday vositalardan 
foydalanadi?


2-Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faol dam olish va jismoniy 
tarbiya bayramlarini tashkil etish 
Reja: 
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faol dam olish va jismoniy tarbiya
bayramlarini tashkil etish
 
2.Bayramlarni tashkil qilishga bo‘lgan muhim talablar 
3.Bayram ssenariysini tuzish. 
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalaming jismoniy tarbiyasi 
tizimida bolalar faol dam olishining eng maqbul va samarali shakli sifatida 
namoyon bo‘lgan sport bayramlari mustahkam o‘rin egallaydi. 
Sport bayramlari bolalarning har tomonlama rivojlanishi va tarbiyasi 
uchun katta ahamiyatga ega. Bayram vaqtida bolalar turli xil harakat faoliyatida - 
mashqlar, harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari, estafeta, raqslar attraksionda 
qiziqib ishtirok etadilar. Katta emotsional ko‘tarinki ruh bilan harakat qilib 
musobaqa sharoitida eng yaxshi natijalarga erishishga intilib, bolalar jismonan 
takomillashadilar. Tengdoshlari jamoasida mustaqillik va tashabbuskorlikni 
namoyon bo‘lishi bolalar bilan ilgari o‘zlashtirilgan harakat ko‘nikma va 
malakalarning faol qo‘llanishiga, epchillik, tezlik, chidamlilik va boshqa foydali 
sifatlar hamda qobilyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.Bayramlarga 
qatnashish va ularga tayyorlanish davomida bolalar katta emotsional va estetik 
qoniqish hosil qiladilar, umumiy quvonchli kechinmalar bolalar va kattalarni 
birlashtiradi, ularning xotirasida saqlanib qoladi. 
O‘rtoqlar bilan birgalikdagi faoliyat o‘yinlar, bayram va boshqa musobaqa 
turlari o‘tadigan joylarning chiroyli jihozlanishi, ajoyib kiyimlar, rang-barang 
emblemalar, musiqani yangrashi, bayramni tantanali ochilishi va yopilishi 
bolalarda go‘zallik hissi, yaxshi did, tasavvurini rivojlanishiga ta’sir qiladi. 
Bularning barchasi bolalar ijodini rag‘batlantiradi. Sport bayramlari bola 
shaxsiyatining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar o‘rtoqlari yutug‘i 
va mag‘lubiyatlarini birgalikda boshdan kechirishga, ular yutuqlariga xursand 
bo‘la olishlariga, o‘zaro yaxshi, do‘stona munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga, 
o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘r bo‘lishiga o‘rganadi. Ularda nafaqat individual, 
balki jamoa yutuqlariga erishishga intilish tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalaridagi sport bayramlari dasturidagi ko‘rsatmalarga muvofiq ravishda 
tashkil qilinadi. Ularning yil mobaynidagi soni (o‘rta guruhda bir yilda ikki marta, 
katta va tayyorlov guruhlarda-uch marta), o‘tkazish davrlari davomiyligi minut, 1 
soat, 30 minut), bolalarning yoshi, bayram o‘tkazish sharti, vazifalari va 
mazmuniga muvofiq farqlanadi. 
Yil boshida sport bayramlari o‘tkazilishini aniq belgilash maqsadga 
muvofiqdir. Bu esa sport bayramlarini, “Navro‘z”, “Mustaqillik” va boshqa 
umumxalq tantanalari kunlari bilan qo‘shib olib borish imkonini b eradi. Bayram 
dasturini tuzishda turli yil fasllari o‘rtasidagi bog‘lanishni e’tiborga olish zarur. 
Sport bayramlarini yozgi sog‘lomlashtirish davrida tashkil qilish qulay. Bunday 
bayramda barcha bolalarning faol harakati bayramni nishonlashning ta’lim va 
tarbiyaviy ahamiyatining muhim omilidir. Ochiq havoda tashkil qilingan sport 


bayramlari bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish uchun juda katta foyda 
keltiradi. Bayram vaqtida bolalarning kiygan kiyimlari yuqori harakatlanish 
faoliyatiga mos bo‘lishi kerak. 
Sport bayramlarini xonada o‘tkazish uchun qoidalarga rioya qilish, bolalarning 
ochiq havoda bo‘lish vaqtini bayramlar hisobiga qisqartirishga yo‘l qo‘ymaslik 
lozim. Umumxalq bayramlarini va boshqa bayramlarni o‘tkazishda yaqinda 
joylashgan sport inshootlari, maydon, manej, sport zallari, basseyn va 
boshqalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Bu esa bolalar qalbida bir umr 
muhrlanib qoladi. 
Bayramlarni tashkil qilishga bo‘lgan muhim talablardan yana biri ularni 
turli yil fasllarida o‘tkazishdir. Shunga ko‘ra, ular turli xil tabiiy shart-sharoitlarda 
o‘tkazilishi mumkin. 
Bayramning o‘tkazilish joyi ko‘p holda uning mavzusi, tuzilishi, tayyorlov ishlari 
va jihozlanishning o‘ziga xosligiga bog‘liqdir. Bayram dasturini tuzishda, 
mavzusini aniqlashda, mazmuni va jihozlanishni tanlashda iqlim-geografik, 
iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarning o‘ziga xosligi, O‘zbekiston Respublikasi, 
viloyat, tuman, milliy an’analari xususiyatlarini hisobga olish maqsadga 
muvofiq.Sport bayramini muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta’minlash uchun unga o‘z 
vaqtida tayyorgarlik olib borilishi kerak. Bayramlar soni, ularni o‘tkazish 
muddatlari maktabgacha ta’lim muassasasi ish rejasida belgilanadi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish