JIZZAX SHAHAR XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK T5A’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO`LIMIGA QARASHLI 8 – UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABDA BO`LIB O`TGAN YIG`ILISH
B A Y O N N O M A S I
7 – may 2014 yil Jizzax shahri
Yig`ilish raisi: Qobilov S
Yig`ilish kotibi: Olimova M
Qatnashdi: Jizzax shahar Sog`lom avlod jamg`armasi raisi D.Rasulova
“Hamzaobod” MFY raisi N.Qobilov
Mehnat faxriysi B.Normatova
Maktab pedagogik jamoasi
K U N T A R T I B I D A
“9 – may Xotira va Qadrlash kuni”ni munosib nishonlash to`g`risida.
Kun tartibida masala yuzasidan yig`ilish raisi Qobilov S so`zi tinglandi.
Eshitildi:
Assalomu alaykum, hurmatli o`qituvchilar. Barchamizga yaxshi ma’lumki “9 – may Xotira va Qadrlash” kuni yurtimizda har yili keng nishonlanadi. Bu yil fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 69 – yilligiga to`g`ri keldi. Garchi oradan shuncha yil o`tgan bo`lsada hali ham urush jarohatlari bitmagan. Ayriliq jafolari insonlar yuragidan ketmagan. Butun insoniyat la’natlagan urush xotiralari tinchlikning naqad aziz ne’mat ekanligini, uni ko`z qorachig`idek asrash lozimligini doimo eslatib turadi.
Shuning uchun ham urush va mehnat faxriylarini borlarini qadrlash, dunyodan o`tganlarini xotirlash bizning muqaddas burchimizdir.
Shu masala yuzasidan front orqasida fidokorona mehnatlari bilan g`alaba onlarini yaqinlashtirishga munosib hissa qo`shgan 91 yoshli mehnat fahriysi Bunisa aya Normatova so`zga chiqib urush yillari firont ortida o`zi qatori xotin – qizlar bilan og`ir dala yumushlarini qay darajada bajarganliklari, o`zlari ko`rgan qiyinchiliklar, ocharchilikning og`ir oqibatlari to`g`risida so`zlab, hozirgi o`quvchi yoshlarga yaratilgan qulay imkoniyatlar to`kin sochinlikning qadriga yetish lozimligini uqtirdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Jizzax shahar “Sog`lom avlod jamg`armasi” raisi D.Rasulova so`zga chiqdi. U o`z so`zida Ulug` Vatan urushida fidokorova jang qilib, jon olib, jon bergan O`zbekistonlik yovqur yigitlarning ko`plari jang maydonlaridan qaytmaganliklarini, ular xalqimiz xotirasida abadiy yashajagini ta’kidlab Muhtaram yurtboshimizning 1999 yil 2 martdagi qarorlariga asosan 9 – may – “Xotira va Qadrlash” kuni deb e’lon qilinganligini, har yili yurtimizning barcha go`shalari bu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanishini aytib o`tdi. O`tganlarni xotirlash, borlarini qadrlash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini aytib o`tdi.
Yuqorida so`zga chiqqanlarning fikr – mulohozalari inobatga olinib, yig`ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |