Pemza - Pemza (lot. pumex — gʻovak) — nor-don vulkan shishasinnng sergʻovak (gʻovakligi 60—70%dan baland) turi. Tarkibida koʻpincha boshqa turli kristalli donachalar (plagioklaz, kvars, piroksen va boshqalar) qoʻshilgan boʻladi. Strukturasi kichik va katta govaklilarga, teksturasi esa tolali, uyali, koʻpikli, qavariqlilarga ajratiladi. Tarkibida FeO va Fe2O3 miqdoriga qarab rangi oq va zangoridan sariq, toʻq qizil, qoragacha oʻzgaruvchan boʻladi. Qattiqligi 5—6,5, zichligi 2000–2300 kg/m3, hajmiy ogʻirligi 400–900 kg/m3. Kimyoviy jihatdan inert, oʻtga chidamli, 1300—1400° temperaturada yumshaydi. P. yogʻoch, tosh va me-tallarga abraziv ishlov berishda, kimyo sanoatida filtr va kataliza-torlar tayyorlashda, neftni qayta ishlash sanoatida, nitroglitserinli portlovchi moddalar sezgirligini oshirish uchun qoʻshimcha sifatida, shisha va yaltiroq boʻyoqlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.[1]
Pemza - Pemza (lot. pumex — gʻovak) — nor-don vulkan shishasinnng sergʻovak (gʻovakligi 60—70%dan baland) turi. Tarkibida koʻpincha boshqa turli kristalli donachalar (plagioklaz, kvars, piroksen va boshqalar) qoʻshilgan boʻladi. Strukturasi kichik va katta govaklilarga, teksturasi esa tolali, uyali, koʻpikli, qavariqlilarga ajratiladi. Tarkibida FeO va Fe2O3 miqdoriga qarab rangi oq va zangoridan sariq, toʻq qizil, qoragacha oʻzgaruvchan boʻladi. Qattiqligi 5—6,5, zichligi 2000–2300 kg/m3, hajmiy ogʻirligi 400–900 kg/m3. Kimyoviy jihatdan inert, oʻtga chidamli, 1300—1400° temperaturada yumshaydi.
Keyingi tabiiy to’ldiruvchi Tuf Tuf - travertingʻovakli, uyali jins; qaynoq yoki sovuq buloq suvlarida kalsiy gidrokarbonatning mono-karbonat shaklida choʻkishidan hosil boʻladi. Koʻpincha oʻsimlik ildizlari, baʼzan quruklikda yoxud chuchuk suvda yashovchi gastropoda (qorinoyokli)larning chigʻanogʻida uchraydi. Hajmiy massasi kam (1400 dan 1800 kg/m3 gacha). Ohaktoshli tuf ancha keng tarqalgan. Qurilish materiallari, bezak toshi sifatida, shuningdek, ohakni kuydirishda ishlatiladi.Ohaktoshlar — karbonatli choʻkin-di togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsitdan yoki organizmlarning skeleti koldiklaridan, baʼzan aragonit minerali (SaSO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. Ohaktoshli tufning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli O.; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli O.; kvars, opal va xalsedon koʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan Ohaktoshli tuf deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chaqikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang . Koʻpin-cha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil kiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen Ohaktoshli tuf, foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga karab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm na-tijasida O. marmarta aylanadi. Ohaktoshli tuf eng koʻp tarkalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. Ohaktoshli tuf barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. Ohaktoshli tufning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻlik boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 kg/m3 gacha (kristalli strukturali O.). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli Ohaktoshli tuf nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli Ohaktoshli tuf esa, yaxshi silliklanadi. Ohaktoshli tuf sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning eri-shini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) si-fatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktoshli tuf muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |