Topshiriq: 1. Sxemani nima uchun savolga javob berib, ya‘ni sababini ko‘rsatib davom ettiring. 2. O‘zingiz topshiriq tayyorlang.
3. “NILUFАR GULI” chizmаsi - o‘zidа nilufаr guli ko‘rinishini nаmоyon qilаdi. Uning аsоsini to‘qqiztа to‘rt burchаklаr tаshkil etаdi. Markaziy to‘rt bur-chаk va uning atrofiga 8 ta to‘rt burchak chiziladi. Mаrkаziy to‘rt burchakka аvvаl аsоsiy muаmmоni (g‘оya, vаzifа ) yoziladi. Uni еchish uchun bildirilgan fiklarlаrini esаmаrkаziy to‘rt burchаkning аtrоfidа jоylаshgаn sаkkiztа to‘rt burchаklаrgа yoziladi. Bulаr hаm nilufаr gulining simvоli. “Nilufаr guli” chizmаsi yuqoridagidek bo‘lib, uni yanа dаvоm ettirish mumkin. Buni nаtijаsidа muаmmоgа tа’sir ko‘rsаtаdigаn judа ko‘p оmillаr аniqlаsh ikоniyati kеngаyadi vа ulаr оrаsidаn eng muhimlаri tаnlаnаdi. Uni hаm individuаl, juftlikdа, kichik guruhlаrdа bаjаrilаdi. Bundа sхеmаlаr tаqqоslаnаdi vа qo‘shimchаlаr kiritilаdi. Umumiy sхеmаgа jаmlаnаdi
“Nilufаr guli” sхеmа - Muаmmоni hаl qilish uchun mo‘ljаllаngаn chоrаlаrni ishlаb chiqish
Topshiriq: Uni sinchiklab o‘rganing. Mutaxassislik faningizdan “nilufar guli” chizmasini tayyorlang. Uni qo‘llashdan.
Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. « Delfa » metodi boshqa metodlardan qaysi jihatlari bilan alohida ajralib turadi?
2. Iqtisodiy paradoks yoki iqtisodiy topishmoqlar tanlovi o‘tkazsangiz, nimalarga e’tibor bergan bo‘lardingiz?
3. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda o‘rganishga bizni vaqtimiz etmagan boshqa qanday metodlarni qo‘llash zarur deb bilasiz? Ularning mazmunini aytib beraolasizmi?
4. Ijodiy fikrlashga o‘rgatuychi metodlar qanday metodlar? Bu guruhga qaysi metodlarni kiritamiz?
Testlar:
1. Baholash jadvali qaysi metodda to‘ldiriladi?
a. delfa;
b. «Tаhliliy –ijodiy vаzifalаrni guruh bo‘lib yеhish» mеtоdi;
c. B/B/B jadvali;
d. toifali jadval.
2. “Aqliy hujum” ga o‘xshash lekin o‘ziga xos jihatlari bor metod qaysi metod?
a. «Tаhliliy –ijodiy vаzifalаrni guruh bo‘lib yеhish» mеtоdi;
b. munozara;
c. delfa;
d. tanqidiy nazar
3. Delfa metodi – bu
o‘quvchi-talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan fikrlarni taqqoslash, baho berish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatadigan metod;
o‘quvchi-talabalarni kitob ustida mustaqil ishlashga yo‘naltiradigan metod;
boshqalarni fikrini tanqidiy o‘rganish, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadigan metod;
o‘quvchi-talabalarni o‘z fikrini mantiqiy ketma-ketlikda yozma ravishda bayon qilishga qaratilgan metod .
4. “Aqliy hujum” metodining mohiyati nimada?
a. aqliy faollik, ijodiy va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish;
b. bahs-munozarada;
c. dialogda;
d. bayon qilishda;
5. Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi metodini qo‘llaganda o‘qituvchi nimagaalohida e’tibor qaratishi kerak?
tanlovda qatnashadigan o‘quvchi-talabalarning iqtidoriga;
baholash mezonlarini ishlab chiqishga;
tanlov ishtirokchilarining soniga;
tanlovda qatnashadigan o‘quvchi-talabalarni guruhlar-komandalarga bo‘lishga.
6. Odamlarning iqtisodiy fikrlash tarzi nimalarni o‘z ichiga oladi?
odamlar tanlaydilar, tanlov xarajatlar bilan bog‘liq va kelajakda namoyon bo‘ladigan ma‘lum bir oqibatga olib keladi,odamlarning rag‘batlantirishga qanday munosabatda bo‘lishlarni oldindan aytish mumkin,ixtiyoriy ayirboshlashda qatnashganlar doimo yutishadi ;
fanlarning xususiyati va ko‘zda tutilgan mustaqil ishlarni bajarishi zarurligiga ko‘ra farqlanishi mumkin ;
odamlar tanlaydilar, tanlov xarajatlar bilan bog‘liq, mutaxassis tayyorlash uchun esa inson kapitaliga investitsiya qilish kerak;
odamlarning rag‘batlantirishga qanday munosabatda bo‘lishlarni oldindan aytish mumkin, shuning uchun xarajatlar qilishga tayyor turishadi.
7. Keng qamrovli fikr yuritish, topqirlikni tarbiyalash, zehnni o‘tkirlash, fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradigan metodni ko‘rsating.
a.Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi;
b. sinkveyn;
c. munozara;
d. klaster.
8. Quyidagilardan qaysi biri g‘apb olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy adabiyotlarda bilim berish uslubiga ta‘sir etuvchi parametrlarga kirmaydi?
a. har bir talabanig individual xususiyatlari;
b. axborotni qayta tiklash qobiliyati;
c. chop etilgan o‘quv va ilmiy adabiyotlar hajmi;
d. talabalarni bir-biriga o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishi, hamkorlik qilish xislatlari.
9. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta‘lim ko‘proq nimaga qaratiladi?
a. ijodiy izlanuvchanlikka qaratiladi;
b. dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlashga;
c. fanni qaysi blokka kiritilganligiga;
d. mavjud bilimlarni o‘zlashtirishga qaratiladi.
10. Oliy ta‘limda ta‘lim ko‘proq nimaga qaratiladi?
a. ko‘proq ijodiy izlanuvchanlikka qaratiladi.
b. dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlashga;
c. fanni qaysi blokka kiritilganligiga;
d. mavjud bilimlarni o‘zlashtirishga qaratiladi.
11. Tаnqidiy tаfаkkur nimа?
а. olingan ахbоrоtlаrini sаrаlаshni bilish;
b. tаnqidiy tаfаkkur – bu аvvаlо, hаmmа nаrsаni ishоnаrli dеb qаbul qilmаydigаn tаrtibli, qаt‘iy vа mаs’ul аqldir;
c. tаnqidiy tаfаkkur аtrоfdа bo‘lаyotgаn vоqеа–hоdisаlаrgа tаnqidiy nuqtai-nаzаrdan yondashib qаrаshdir;
d. ахbоrоt vа g‘оyalаrni qаbul qilish hаmdа ulаrni аmаliy hаrаkаt shаkllаrigа аylаntirilishi.
12. Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi metodini qo‘llaganda o‘qituvchi nimaga alohida e’tibor qaratishi kerak?
tanlovda qatnashadigan o‘quvchi-talabalarning iqtidoriga;
baholash mezonlarini ishlab chiqishga;
tanlov ishtirokchilarining soniga;
tanlovda qatnashadigan o‘quvchi-talabalarni guruhlar-komandalarga bo‘lishga.
14-mavzu.IQTISODIY FANLARNI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI QUROLLAR, TARQATMA MATERIALLAR VA TEXNIK VOSITALAR-DAN FOYDALANISH
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1.Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qing.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta‘sir etadi:
∙ mulkchilik shakli va tashkiliy-xuquqiy shakil;
∙ faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;
∙ ishlab chiqarish ko‘lami xamda ishlovchi xodimlarning soni;
∙ soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
∙ bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
∙ moliya–xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
∙ boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
∙ korxonani ma‘lumotlar bilan ta‘minlashning samarali tizimining mavjudligi;
∙ buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona raxbarlarining tashabbuskorligi.
∙ moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma`muriy hujjat e`lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo`llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo`jalik yurituvchi sub`ekt birinchi hisobotini e`lon qilgunga qadar, o`zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o`zgartirilmaydi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMA ning 16-50 bandlarida va “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari”da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.
Topsiriq: Uni qanday ko‘rgazmali, tarqatma materialda ifodalash mumkin? Buni bajaring. Nima o‘zgardi? Izohlang.
2. Quyidagi jadvalda statistik ma‘lumotlar keltirilgan. Ularni diagrammada ifodalang. Uni qanday tipdagi diagrammada tasvirlagan ma‘qul? Fikringizni asoslang.
Yalпi ichki mахsulоt ishlаb chikаrishning tаrmоk tаrkibi
(jаmigа nisbаtаn fоizdа)
|
2013 y.
|
2015 y.
|
Yalpi ichki mahsulot
|
100
|
100
|
Tarmoqlar yalpi qo‘shilgan qiymati
|
91.8
|
91.6
|
Su jumladan:
|
|
|
sanoat
|
24.1
|
24.1
|
qishloq xo;jaligi
|
17.4
|
17.2
|
qurilish
|
6.4
|
6.8
|
transport va aloqa
|
11.8
|
11.4
|
savdo
|
8.8
|
8.6
|
boshqa tarmoqlar
|
23.3
|
23.5
|
Mfhsulotlarga va eksport-import opertsiyalarga sof soliqlar
|
8.2
|
8.4
|
3. Mutахаssislik fаnlаri bo‘yichа ko‘rgаzmаli vа tаrqаtmа mаtеriаllаr, tаqdimоtning tutgаn o‘rni chuqur o‘rganish uchun tanlangan mavzu bo‘yicha ko‘rgаzmаli qurоl, tаrqаtmа mаtеriаl, tаqdimоt vа slаydlаr tayyorlahg.
4. Hаyotimizgа rаqаmli tехnоlоgiyalаrni kirib kеlishi bilаn ахbоrоt vа kоmmunikаtsiоn tехnоlоgiyalаrdа kаttа o‘zgаrishlаr yuz bеrishigа оlib kеldi. «Tехnоlоgiya» so‘zining mа’nоsigа аvvаl to‘хtаlib o‘tgаn edik, Hоzirgi kundа bu tushunchа ахbоrоt tехnоlоgiyalаrigа qiyosаn ilmiy vа injеnеrlik bilimlаrini аmаliy mаsаlаlаrni еchish uchun qo‘llаshni hаm ifоdаlаydi. Ya‘ni ахbоrоt vа tеlеkоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаri dеgаndа ахbоrоtlаrgа ishlоv bеrish vа o‘zgаrtirishgа qаrаtilgаn tехnоlоgiyalаr tushunilаdi. Hоzirdа jаmiyatning ахbоrоtlаshtirish jаrаyoni tа’lim tizimining, fаоliyatining bаrchа bo‘g‘inlаridа zаmоnаviy ахbоrоtlаshtirish tizimi uni tаkоmillаshtirish vа оmmаviy rаvishdа zаmоnаviy Ахbоrоt vа kоmmunikаtiv tехnоlоgiyalаr (АKT)dаn fоydаlаnish bilаn chаmbаrchаs bоg‘lаngаn. Bu tехnоlоgiyalаr o‘qituvchi bilаn tа’lim оluvchi o‘rtаsidа ахbоrоt аlmаshinuvi оchiq vа mаsоfаviy tа’limni rivоjlаnishigа оlib kеldi. Bu o‘z nаvbаtidа o‘qituvchining АKT dаn fаqаt хаbаrdоr bo‘lish emаs, ulаrdаn o‘z fаоliyati jаrаyonidа fоydаlаnishni bilishni tаlаb qilаdi. Kоmpyutеr vа intеrnеt tаrmоg‘ining vujudgа kеlishi tа’lim jаrаyonini sifаt jihаtdаn yangi bоsqisgа оlib chiqdi. Bu аvvаlо yеr shаrining hаr qаndаy nuqtаsidаn tеzkоrlik bilаn zаrur ахbоrоt оlish imkоnini yarаtishidir. Glоbаl kоmpyutеr tаrmоg‘i intеrnеt оrqаli jаhоn ахbоrоt rеsurslаridаn fоydаlаnish uchun bir lаhzаdа ulаnish mumkin (elеktrоn kutubхоnаlаr, mа’lumоtlаr bаzаsi, fаyllаrni sаqlаsh «оmbоrlаri» kаbilаr). Eng оmmаviy rеsurs Intеrnеt – jаhоn «o‘rgimchаk uyasi» WWW оrqаli ikki milliаrddаn оrtiq mulhtimеdiа hujjаtlаri mаvjud. «Rаqаmli rеvоlyutsiya dunyoni o‘zgаrtirаdi, ахbоrоt оqimlаrigа kаttа tа’sir o‘tkаzаdi vа bu yangi imkоniyatlаrdаn fоydаlаnish rivоjlаnаyotgаn mamlаkаtlаrni yuksаlishigа оlib kеlаdi,- dеydi Jаhоn bаnki bоsh iqtisоdchisi Kаushik Bаsu. Bungа misоl qilib, judа kаttа o‘zgаrishlаrni o‘zidа mujаssаmlаshtirgаn plаnеtаmiz аhоlisining 40 %ini intеrnеt tаrmоg‘igа ulаngаnidir. Bu o‘z nаvbаtidа tа’lim tizimi uchun kаttа imkоniyatlаr yarаtаdi. Savol: Sizbu imkoniyatlarni sanab bera olasizmi? Raqamli texnologiya o‘zinima? Uning o‘quv jarayonini tashkil etishga qanday aloqasi bor?
Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. Dars o‘tishda ko‘rgazmali qurollar qanday o‘rin tutadi?
2. Ko‘rgazmali qurollarni qanday turlarini bilasiz?
3. Ko‘rgazmali qurollarni tanlaganda nimalarga ahamiyat berish kerak?
4. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish qanday afzalliklarga ega?
5. Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanish haqida nima deya olasiz?
6. Tarqatma materiallar tayyorlaganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
7. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishqanday ahamiyatga ega?
8. Sizningcha, albatta har bir mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurol yoki texnik vositalardan foydalanish shartmi?
9. Doskadan foydalanishni asosiy afzalligi va kamchiliklari nimada?
10. Multimedia nima va nima sababdan hozirda undan keng foydalaniladi? Taqdimot tayyorlashda nimalarga diqqat qaratish zarur deb o‘ylaysiz?
Testlar
1. Dars payitida so‘z bilan o‘qituvchi tomonidan talabaning yodiga tushirish, hayoliga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazmali qurol - bu
adabiyot, san’at asarlari, badiy film, badiy asar qahramonlarini, hayotdagi turli voqea, vaziyatlarni yodga tushurish;
mavhum tafakkur etish, hayotdagi turli voqealarni yodga tushirish;
doskadagi yozuvni fikrlash, badiy, xujjatli film ko‘rish;
adabiyot, san’at asarlari, badiy film, badiy asar qahramonlarini, hayotdagi turli voqea, vaziyatlarni yodga tushirish, doskadagi yozuvni fikrlash.
2. Ta‘lim vositalari qanday guruhlarga bo‘linadi?
texnik vositalar, o‘quv qo‘llanmalari;
texnik vositalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar;
real vositalar, texnik vositalar;
chop etilgan o‘quv materiallari, texnik vositalar .
3.Vizual metodlar guruhiga qanday metodlar kiradi?
a. o‘quv ахbоrоtlаrini ko‘rgazmali qurollar vа ko‘rish оrqаli qаbul qilishga qaratilgan metodlar;
b. ko‘rgаzmаli qurоllаr vа o‘quv vоsitаlаrini tаyyorlаsh
c. dаrs mаvzusigа bоg‘liq hоldа hаmdа sinfdаn tаshqаri shаrоitlаrdа dаrslik vа o‘quv аdаbiyotlаri bilаn mustаqil ishlаsh
d. produktiv va reproduktiv metodlar.
4. Tа’lim jаrаyonidа ko‘riazmаlilik mеtоdining qаysi turlаridаn fоydаlаnilаdi?
a.nаmоyish etish;
b. tаsvirlаsh;
c. lllyustratsiya;
d.slaydlar tayyorlash.
5. Quyidagilardan qaysi biri doskadan foydalanishning kamchiligiga kirmaydi?
ishlatish, o‘zgartirishlar kiritish oson;
doskada yozayotganda o‘quvchi-talabalarga orqa o‘girib turadi;
sinf, auditoriya bilan ko‘z qarash kontakti yo‘qoladi;
yozish, chizishga ko‘p vaqt ketadi.
6. O‘qituvchi texnik vositalardan foydalanishda nimalardan kelib chiqadi?
darsning maqsadi, mazmuni, tashkiliy sharoitdan;
darsning ko‘rgazmaliligini ta‘minlash zarurligidan;
mavjud sharoitdan;
texnik vositalarning erishilgan darajasidan.
7. Proyektor bilan ishlashning kamchiliklariga nima kirmaydi?
o‘quvchi-talabalar butun diqqatni tasvirga qaratishadi;
plenkaga yozish va uni darsga tayyorlash ko‘p vaqt talab qiladi;
turli tarzda foydalanishni tashkil etish mumkin;
auditoriya nim qorong‘uligi tufayli ayrim noqulayliklar kelib chiqadi.
8.Tarqatma materiallarni maqsadi va mazmuni jihatdan shartli ravishda qanday guruhlarga bo‘linadi?
axborot beruvchi,topshiriq beruvchi,bilimni nazorat qiluvchi
muammoni o‘rganib, uni yechishning ilmiy izlanish loyihasini tuzishga qaratilgan;
topshiriq beruvchi,bilimni nazorat qiluvchi va o‘rgatuvchi
bilimni nazorat qiluvchi, ogohlantiruvchi
9. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun nimalar talab qilinadi?
maxsus ixtisoslashtirilgan sinf xonasi yoki auditoriya,maxsus jihozlar va detallar
auditorlik rejasi va beznes rejasini tuzish
darsning texnologik xaritasini tayyorlash
muammoni o‘rganish,uni yechishning ilmiy izlanish loyihasini tuzish
10. An’anaviy-ko‘rgazmali dars o‘tishning kamchiliklarini ko‘rsating.
o‘quvchi-talabalarning mashg‘ulotlardagi sustligi va bundan kelib chiqib bilim olish samarasining pastligi
eslab qolishga da‘vat etiladi;
aniq ilmiy bilimlarga tayanish;
aniq, ma‘lum tushunchalarni bilish, ma‘lum ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
11. An’anaviy-ko‘rgazmali dars o‘tishning afzallikari nimalardan iborat?
barcha o‘quvchilar uchun motivatsiya ishtiyoqini vujudga keltirmaydi
o‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilish hamda vaqtdan unumli foydalanish;
mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmasligi; d. o‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiya ishtiyoqini vujudga keltirmasligi.
12. O‘qitishning tехnik vоsitаlаridаn fоydаlаnish mеtоdlаri qаysi mеtоdlаr guruhigа kirаdi?
a. O‘qitishning ko‘rgаzаmlilik mеtоdlаri;
b. O‘qitishni оg‘zаki bаyon qilish mеtоdi;
c. O‘qitishni аmаliy mеtоdlаri ;
d.Mustаqil ish mеtоdlаri.
15-mavzu: FAN VA MAVZULARNING XUSUSIYTLARIGA KO‘RA METODLARNI MOSLASHTIRISH
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. Quyida “SWOT - tаhlil” jadvali mazmuni va uni qo‘llash bo‘yicha yfveyf berilgan. Tаhlil tаrkiblаri va nаtijаlаrni аmаlgа оshirilishiga diqqat qiling.
|
Tаhlil tаrkiblаri
|
Nаtijаlаrni аmаlgа оshirishning хususiyatlаri
|
S
|
Kuchli tоmоnlаri (tаshkillаshtirishning ichki mаnbаlаri)
|
bаrqаrоr rivоjlаnishning аsоsiy mехаnizmi bo‘lib хizmаt qilаdi; yangi lоyihаlаr аsоsi hisоblаnаdi; to‘siqlаrni еngib o‘tishining yo‘li bo‘lishi mumkin.
|
|
Ojiz tоmоnlаri (tаshkillаshtirishning ichki muаmmоlаri)
|
tаshkillаshtirish fаоliyati аynаn shulаrni еngib o‘tishgа yo‘nаltirilgаn bo‘lishi lоzim; yangi lоyihаlаr uchun eng muhim mаqsаd hisоblаnаdi; rivоjlаnish strаtеgiyasini ishlаb chiqishdа аlbаttа hisоbgа оlinishi zаrur
|
O
|
Imkоniyatlаr (tаshqаridаn)
|
mоliyalаshtirish vа qo‘llаb-quvvаtlаshning qo‘shimchа ko‘rsаtkichi yoki tаshqi mаnbа bo‘lib хizmаt qilаdi, ulаr tаshkillаshtirishning mаqsаdi bilаn yoki qаnchаlik murоsаgа kеlishishi bilаn qаnchаlik mоs kеlishini hisоbgа оlish zаrur bo‘lаdi; yangi lоyihаlаrning аsоsi yoхud hаmkоrlikni izlаsh mаnbаsi bo‘lishi mumkin.
|
T
|
Хаvflаr (tаshqаridаn)
|
hаr bir yangi lоyihаdа hisоbgа оlinishi zаrur; ulаrni еngib o‘tish yoki bеtаrаf etish yo‘llаri ishlаb chiqi-lishi kеrаk; bа’zidа mаntiqqа mоs kеlmаydigаn “rаqiblаr” “ittifоqchilаr-gа” аylаnishi bo‘lishi mumkin.
|
“SWOT - tаhlil” jаdvаlini qo‘llashga namuna
Korxonaning kuchli, ya‘ni ustun taraflari
|
Korxonaning imkoniyatlari
|
1. Taniqli savdo markasi;
2. Rossiya korxonalari bilan shartnomalar mavjudligi;
3. O‘z ishlab chiqarish maydoni, do‘konlari va xizmat ko‘rsatish markazlari mavjudligi;
4. Xaridorlar bilan ishlash tajribasi borligi;
5. Mahsulot ishlab chiqarish tizimining shakllanganligi;
6. Savdo bo‘limining bozor sharoitiga moslashganligi;
7. Firmaning tajribali menejerga ega ekanligi. Xaridorlar bilan ishlash tajribasi mavjudligii va boshqalar
|
1. Xizmat ko‘rsatishni yaxshilash;
2. Ishonchli mijozlarni ko‘paytirish;
3. Boshqa korxonalar bilan aloqani mustahkamlab, ulardan imtiyozlar olishni kuchaytirish;
4.Rentabellikni oshirish, xarajatlarni tejash mumkinligi;
5. Texnikani ijaraga hamda lizingga olishni rivojlantirish;
6. Yangi loyihalar ustida ishlash va boshqalar
|
Korxonaning ojiz tomonlari
|
Tashqi xavf-xatar, tahdidlar
|
1. Sifat darajasining pastligi;
2. Malakali mutaxassislarning yetishmas-ligi;
3. Firmada pul aylanish jarayonining sustligi;
4. Kadrlar qo‘nimsizligi (2012 yilda 20 %) va hokazolar
|
1. Dollar kursining beqarorligi (Rossiya korxonalari bilan hisob-kitob dollarda bo‘ladi);
2. Eksport mahsulotiga talab kamayib borayotganligi va hokazolar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |