“Chivinni tut” o’yini
Bolalar uzatilgan qо’l yetadigan masofada davra qurib turadilar. Tarbiyachi doiraning о’rtasida bо’ladi. Uning qо’lida uzunligi 1-1,5 m keladigan xivich bо’lib, uning uchiga qog’ozdan yoki boshqa narsadan yasalgan chivin ip bilan bog’lab qо’yilgan bо’ladi. Tarbiyachi ipni bolalarning boshidan sal yuqoriroqda aylantiradi.
Chivin о’z ustlaridan о’tayotganda bolalar uni ikki qо’llab tutmoqchi bо’lib sakraydilar. Chivinni tutgan bola: «Men tutdim!» - deydi. О’yin davom etadi.
О’yin qoidasi. О’yin vaqti bolalar sakrash paytida davrani toraytirib qо’ymasliklari uchun ularni kuzatib turish kerak. Tarbiyachi chivin bog’langan ipni aylantirayotib, uni dam tushirib, dam kо’tarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |