“Oqsoq turna” o’yini
Barcha о’ynovchilar ikki jamoaga bо’linadilar. 3-5 metr masofali maydonga ikkita 5-6 metrli parallel chiziq о’tkaziladi. Har bir jamoa о’zining belgilangan chizig’i orqasida turadilar. Barcha ishtirokchilar bir oyog’ini orqaga tizzadan bukib, qо’li bilan uni ushlab (о’ng oyoqni о’ng qо’li, chap oyoqni chap qо’li bilan) turadilar.
Hushtak chalinishi bilan ikkala guruh bir-birlariga qarama-qarshi sakrab-sakrab yaqinlashgan chog’da bо’sh qо’li va gavdasi bilan qarshi guruhdagi о’yinchini turtib, uni ikkala oyoqqa turishiga harakat qiladilar. Shunda ikkala oyog’iga turgan bola о’yindan chiqadi.
О’yin qoidalari. О’yinchilar bir-biriga qarab sakrashni faqat hushtak chalinishi bilan boshlashadi. О’yinchida charchash holati bо’lsa, unga tezda oyog’ini almashtirib olishga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |