5.5. Ish hаqini to’lash shакllari
Zamonaviy korxonalarida mehnatga haq to’lashning turli tizim va shakllari qo’llanilib, ulardan eng ko’p tarqalganlari sifatida ishbay va vaqtbay usulini ko’rsatish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to’lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat) uchun to’lanadigan haqni anglatadi.
korxonalarida ko’pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq to’lashdan foydalaniladi.
Mehnatga ishbay-mukofotli haq to’lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo’ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko’rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |