Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tashkiliy shakllari
Keyingi yillarda venchurli sarmoyalarning tuzilishi murakkablashgan. An’anaviy bo‘lib qolgan shakllar bilan bir qatorda yangilari paydo bo‘lmoqda. Kichik innovatsion firmadan boshlab va ilmiy- texnik konsortsium bilan tugallanib, aralash xususiy-davlat moliyalashtirilishida ishlovchi, ularning barchasi, bir tomondan o‘zining faoliyatida har tomonlama rivojlangan va ko‘p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chèharishlarga, boshqa tomondan tadqiqot qiluvchi firma va venchurli moliyalashtirish fondiga suyanadi. Yangi korxonani tashkil qilishda besh yil ichida investitsiyalarning dastlabki hajmiga nisbatan sarmoyalarni o‘n marta ko‘payishi rentabellikning pay darajasi hisoblanadi.
Innovatsion fondlar ko‘psonli tatbiq etuvchi firmalar bilan, ayniqsa ularning yashash davrlarining eng qiyin, boshlang‘ich bosqichida mahkam bog‘langan o‘ziga xos aqliy diversifikatlar (har tomonlama rivojlantiruvchilarga) aylanadilar.
Innovatsion fondlar akademik fan, hammadan avval universitetlar bilan yaqindan hamkorlikka muhim ahamiyat beradilar. Universitetlar laboratoriyalarida yuqori rentabelli texnik loyihalar ishlab chiqariladi, ular venchurli moliyalashtirish uchun ayniqsa o‘ziga jalb qiluvchi bo‘ladilar. Innovatsion banklar judayam faollar, ular odatda istiqbolli g‘oyalarni o‘zlari qidiradilar, eng foydali, o‘zini tez qoplovchi texnik loyihalar ijrochilari bilan xo‘jalik aloqalarini yo‘lga qo‘yadilar.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalaridagi innovatsiyalarni tashkil qilish va moliyalashtirishning aniq mexanizmlari, shubhasiz o‘zgargan. Masalan, hozirgi vaqtda assotsiatsiyalarning ikki turi faoliyat yuritmoqda: harakatlar va resurslarni belgilangan loyiha ostida birlashtiruvchi, ammo mustaqil ilmiy va moliyaviy bo‘linmalarga ega bo‘lganlar va ishtirokchi firmalar doiralarida va moliyalashtirininã belgilangan hajmida umumiy ilmiy-texnik bo‘linmani tashkil qiluvchi, ikkinichi turdagi assotsiatsiyalar. Tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalar davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning har xil shakllaridan foydalanadilar. Bunda asosiy fondlarga soliq 25 %ga kamaytiriladi.
Zamonaviy, shu jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalish borgan sari ko‘proq rivojlanish olmoqda. Bu innovatsion faoliyatda moliyaviy va bank ishtirokining turi sanoatning ko‘p resurslar va sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga ayniqsa muhtoj mamlakatlar va mintaqalar uchun ayniqsa dolzarbdir.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rol o‘ynaydi. Ammo loyihaviy moliyalashtirishga, qoidaga ko‘ra, pul mablag‘larining beharor oqimi generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa harzni to‘lashning ishonchli ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qiladi gan ob’ektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o‘rtasida taqsimlanishi uchun ko‘pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni diversifikatsiyalash loyihaviy moliyalashtirishning imkoniyatlarini kengaytirishning muhim tamoyili bo‘ladi.
Inovatsion loyihalarni sinchiklab va ko‘p tomonlama tahlil qilish va tanlab olish portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Yechimni ishlab chiqish uchun yagona algoritm mavjud emas. har bir aniq holda mezonlarning o‘z guruhi ustun kelishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, innovatsion loyihalarni tahlil qilish tizimi qo‘llanilayotgan uslubiyotining ko‘pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, metematik-statistik modellar, ekspert baholari tizimi, mahsulotning ilmiy-texnik darajasi va sifati tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni bashoratlash va tizimli tahlili bilan ko‘pgina mamlakatimiz va xorijiy olimlar shug‘ullanganlar.
E'TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |