Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Fosforli Shlaklarni qo‘llash orqali olinadigan



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

 Fosforli Shlaklarni qo‘llash orqali olinadigan  
materiallar 
 
Fosforli  Shlaklar  tarkibida  fosfor  va  ftorli  brikmalarning  mavjudligi, 
shuningdek,  kremnozem  miqdorining  ancha  yuqoriligi  ushbu  chiqindilarning 
ishlatilish  sohasini  sezilarli  kengaytiradi.  Jumladan,  fosforli  Shlaklar  bog‘lovchi 
materiallar,  yengil  to‘ldiruvchilar,  Shlako-  sitallar,  Shlakli  paxta  va  boshqa 
materiallar ishlab chiqarishda samarali qo‘llaniladi. 
Bog‘lovchi  moddalar.  Ko‘pchilik  fosforli  Shlaklar  sement  sanoatida 
qo‘llaniladi.  Chunki  bunday  Shlaklar  sun’iy  faol  mineralli  qo‘shilmalarga 
qo‘yiladigan  talablarga  mos  keladi.  Fosforli  Shlaklar  ishqorli  qo‘zg‘atuvchilar 
bilan  yaxshi  faollashishadi,  shu  sababli  ular  Shlakishqorli  bog‘lovchilar  ishlab 
chiqarishda ishlatiladi (GOST 3476-74). 
Mayin  tuyilgan  elektrotermofosforli  Shlakni  komleks  faollashtirish  uchun  kam-
kam  miqdorda  ohak  (0,5...3  %  gacha),  ishqorli  metallarning  xlorli  va  nordon 
tuzlarini 
qo‘shish  mumkin.  Bunday  kuydirilmay  olinadigan  tuzshlakli 
bog‘lovchilarning  markasi  200...500,  (faolligi  20...50  MPa),  solishtirma  yuzasi 
(dispersligi) 2800...3500 sm
2
/g bo‘ladi. 
Kuydirilmagan  tuzshlakli  bog‘lovchilar  asosida  sinfi  V3,5...V10  bo‘lgan 
yengil betonli panellar va sinfi V15...V25 bo‘lgan konstruksiyabop keramzitbeton 
buyumlar olinadi. Sinfi V3,5...V10 bo‘lgan keramzitbetonlarning sovuqbardoshligi 
35 sikldan, sinfi V15...V25 niki esa 50 sikldan yuqori bo‘ladi. 
Fosforli  shlaklarning  kimyoviy  tarkibi  portlandsement  klinkerini  ishlab 
chiqarishda  ishlatiladigan  gilli  komponentlarni  qisman  yoki  to‘liq  almashtirish 
imkonini  beradi.  Odatda  fosforli  shlak  5...10  %  miqdorgacha  qo‘shiladi,  natijada 
klinker bo‘tqasi qoniqorli oquvchanlikka ega bo‘ladi. 
Tarkibida  3  %  gacha  R
2
O
5
,  1...2  %  ftor  va  1...1,5  %  margenets  oksidlari  mavjud 
bo‘lgan  fosforli  shlaklar  portlandsement  klinkerining  faolligiga  ijobiy  ta’sir 
qiluvchi  va  kuyishini  tezlatuvchi  kompleksli  mineralizator  va  legirlaydigan  faol 


qo‘shilmalar hisoblanadi. Fosfor oksidi 0,3 % gacha bo‘lganda klinker faolligining 
o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Klinker tarkibida 0,2...0,3 % gacha R
2
O
5
 bo‘lishi 
uchun  xom  ashyodagi  fosforli  shlaklar  miqdori  8...10  %  tashkil  qilishi  kerak. 
Fosforli 
shlaklarning 
ushbu 
miqdorida 
xom 
ashyo 
aralashmasining 
dekarbonizatsiyalanishi  ancha  past  haroratda  boshlanadi  va  bir  hil  davom  etadi. 
Kuydirish  harorati  100...150 
0
C  gacha  kamayadi.  Bu  esa  solishtirma  yoqilg‘i 
sarfining  kamayishini  va  xumdon-o‘choqlar  unumdorligining  5...6  %  oshishini 
ta’minlaydi. Shuningdek, portlandsement klinkerining gidravlik faolligi 5...10 MPa 
gacha ortadi (28 kunlikda). 
Fosforli  shlaklar  tarkibidagi  kremnozem  miqdori  yuqori  bo‘lganligi  sababli 
ular  sulfatga  chidamli  portlandsement  ishlab  chiqarishda  kremnozemli 
qo‘shilmalar  o‘rniga  to‘liq  qo‘llaniladi.  Bunday  sementning  sulfatga  chidamlilik 
koeffitsienti  va  mustahkamlik  ko‘rsatkichlari  sulfatli  eritmalarda  qotirilganda 
10...15 % ortadi. 
Fosfor-shlakli  sementning  tutib  qolish  muddati  (tishlashishi)  shlak  miqdori 
ortganda  sekinlashadi.  Ushbu  hildagi  sementning  mustahkamligi  dastlabki  vaqtda 
(28  kungacha)  odatdagi  sementlarnikiga  nisbatan  kam  bo‘ladi  (ayniqsa  fosforli 
shlaklar miqdori yuqori bo‘lganda). Ammo 4...5 oydan keyin uning mustahkamligi 
xumdon  o‘choqlari  shlaklari  asosidagi  sement  mustahkamligidan  yuqori  bo‘ladi. 
Fosfor-Shlakli sementlar issiq-nam bilan ishlov berilganda bir hil qotadi. 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish