Fibrolit to‘ldiruvchi va bir vaqtning o‘zida armaturlashtiruvchi komponent
sifatida 200-500 mm uzunlik, 4-7 mm kenglik va 0,25-0,5 mm qalinlikdagi
yog‘och toladan iborat. Yog‘och tolasi ishlatishga yaroqsiz shox-shabbalar, ayrim
xollarda bargli tolalardan maxsus stanoklar yordamida olinadi. Boshlang‘ich
xom-ashyo chiqindi, burilganlik, qiya qatlamlik shuningdek 30 mm dan ortiq
diametrdagi butoqlardan xalos bo‘lishi kerak.
Fibrolit 2400-3000 mm uzunlik, 500, 600 va 1200 mm kenglik va 30-100
mm qalinlikdagi plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Plitalarning
namligi 20%dan oshmasligi kerak.
400 kg/m
3
gacha bo‘lgan o‘rtacha mustahkamlikdagi fibrolit issiqlik
izolatsiyasi uchun ishlatiladi. Issiqlik izolatsiyalovchi fibrolit 0,09-0,12 W/m°C.
400 kg/m
3
va undan ortiq mustahkamlikdagi fibrolit plitalar issiqlik
izolatsiyalovchi materiallar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida devorlar, to‘siqlar va
yopg‘ichlar barpo etish uchun, ham ishlatilishi mumkin. Konstruksion-issiqlik
izolatsiyalovchi fibrolit 0,12-0,15 W/m°C.
Fibrolit tovushlarni pasaytirish qobiliyati bilan, shuningdek yaxshi ishlov
berilishi, suvoq qatlami va betonning bog‘lanishi bilan farqlanada. Fibrolitning
anchagina havoni o‘tkazuvchanligi, katta suv shimuvchanligi, suvga chidamsizligi,
nam holatda qo‘ziqorin bilan zararlanishi uning salbiy jihatlari hisoblanadi.
Fibrolitni ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi:
yog‘och tolani tayyorlash va unga mineralizator bilan ishlov berish; ishlov
berilgan xom-ashyoni sement bilan aralashtiring, plitalarni presslash va ularga
termik ishlov berish. Fibrolitni presslash paketli usul bilan amalga oshiriladi;
issiqlik izolatsiyalovchiniki - 0,01-0,1 MPa bosimida, konstruktiv-issiqlik
izolyasillovchiniki - 0,15-0,4 bosimda amalga oshiriladi. Qoliplarda siqilgan
plitalar tabiiy shart-sharoitlarda yoki maxsus kameralarda 60-70°C va 60-70%
havo namligida qotiriladi. M400 navdagi portdandsementning 1 m
3
hajmdagi
fibrolit plitalarga sarfi talab etiluvchi o‘rta mustahkamlikka bog‘liq va 190-270
kg/m
3
ni tashkil etadi. 1 m
3
fibrolitni ishlab chiqarishda taxminan 0,4 m
3
yog‘och
va 7 kg kalsiy xloridi sarf etiladi.
Fibrolit uchun o‘rtacha mustahkamlik, namlik va issiqlik o‘tkazuvchanligi
bilan bir qatorda egilganda mustahkamlik chegarasi me’yorlashtirilib, u plita
zichligi va o‘rtacha qalinligiga qarab 0,4-2 MPa ni tashkil etadi.
Konstuksiyalarning
bir
xil
termik
qarshiligida
fibrolitli
issiqlik
izolatsiyalovchi plitalarni ishlatganda sement sarfi isitish vazifasini bajaruvchi
g‘ovakli betonlarga nisbatan taxminan 2,5 marta kamayadi. Sement o‘rniga fibrolit
uchun (arbolit singari) boshqa bog‘lovchilar, masalan qurilish yoki yuqori
mustahkamlikdagi gips, belit-shlamli bog‘lovchilar ishlatilishi mumkin.
Yog‘ochli
uy-joy
qurilishi
uchun
maxsus
yog‘och qipiqlar va
portlandsementdan tayyorlanuvchi sementli-qipiqli plitalar istiqbolli material
vazifasini o‘taydi. Bu plitalar yuqori bosimda preeslanadi. 400-1200 kg/ m
3
zichlikda ular yuqori mustahkamlikka, atmosferaga chidamli bo‘ladi, yonmaydi,
termitlar va yog‘ochni buzuvchi griblar bilan buzulmaydi, yog‘och, plastmassa va
metallar bilan yaxshi yyelimlanadi, yengil ishlov beriladi, bo‘yoqlar bilan
bezatiladi. Ularni yashash joylari panellarining sirtqi tarafini qoplash, pollarni
o‘rnatish, eshiklarni tayyorlash hamda betonlar uchun opalubka sifatida ishlatiladi.
Qipiqbetonlar - bu mineral bog‘lovchilar va organik to‘ldiruvchilar (yog‘och
qipiqlar) asosidagi materiallar. Ular qatoriga ksilolit ksilobeton va tarkibi olish
texnologiyasiga yaqin boshqa materiallar kiradi.
Qipiqdan tashqari mineral to‘ldiruvchilarga ega bo‘lgan qipiqbetonlar monolit
qurilishda yoki ko‘pqavatli binolar, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi
inshootlarini qad etishda sirtqi devorlar uchun kichik devor bloklarini tayyorlashda
qo‘llaniladi.
Qipiqbetonli qorishmalarni olishda sement oldin qum, keyinchalik
minerallashtiruvchi aralashmada qayta ishlangan qipiqlar va suv bilan
aralashtiriladi. Massa oddiy qorishma qorg‘ichlarda tayyorlanadi. B1-B2 toifadagi
o‘rtacha zichligi 1050-1250 kg/ m
3
bo‘lgan 1 m
3
qipiqbeton hosil qilish uchun
M400 navdagi portlandsement sarfi taxminan 130 kg, so‘ndirilgan ohak-105, qum-
600, qipiq-200 kg ni tashkil etadi.
300-700 kg/ m o‘rtacha zichligidagi va siquvga mustahkamligi 0,4-3 Mpa li
qipiqbetonlar issiqni izolatsiyalovchi materiallar sifatida. 700-1200 kg/m dagi
o‘rtacha zichlikda va siquvga mustahkamligi 10 MPa gacha bo‘lgan taqdirda esa
konstruksion-issiqlik izolatsiyalovchi materiallar sifatida ishlatiladi.
Qipiqbetonlar issiq va namli shart-sharoitlarda qotishida eng yuqori
mustahkamlikka ega bo‘ladi. Ushbu material ishlatilgan monolit qurilish ishlarini
konstuksiyalar kuzgacha kerakli mustahkamlikka ega bo‘lishi uchun bahorda
amalga oshirish tavsiya etiladi. Qipiqbetonli 1 m
2
devorning qiymati g‘ishtli
devorga nisbatan ikki marta kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |