kerak, ko‘pi bilan %: Si
2
- 40, Si
3
-3, qizdirilgandagi yo‘qotishlar - 10. Chiqindi
kullar va yoqilg‘i Shlaklari boshqa faol mineral qo‘shimchalar singari
quyidagidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kiritiladi, %: portlandsementga-15,
putssolonlilarga-25...40. Kulning sementga kiritilishi (15%gacha) qotish
jarayonining boshlang‘ich muddatlarida uning mustaqkamligini kamaytiradi, 28
sutkada mustahkamlikning kamayishi minimal bo‘lgan, uzoq qotish muddatlarida
esa sementning mustahkamligi kulsiz holatdagisiga qarag‘anda ancha yuqori
bo‘ladi. Kul tarkibining ortishi (15%dan ko‘p) odatda sementning mustahkamlik
xususiyatlarining ancha darajada pasayishiga olib keladi.
Kul tarkibining ortishi bilai sementning suv ehtiyoji oshadi, lekin u boshqa
putssolan qo‘shimchalarga nisbatan kamroq bo‘ladi. Odatda kulning dispersligini
oshishi kulli portlandsementlarning suvga extiyojining oshishiga sabab bo‘lmaydi,
aksincha, ayrim plastiklashtirish ta’sirini ko‘rsatadi.
Kulning nisbatan katta bo‘lmagan gidravlik faolligi natijasida kulli
sementlarning ishlatilishi betonda issiqlik ajratilishini kamaytiradi, bu esa uning
katta hajmdagi inshootlarda ishlatilishida ahamiyatli omil vazifasini o‘taydi.
Amaliy tasdiqlanganki, har qanday turdagi kul asosan
klinkerning yuqori
tarkibdagi S3A bilan ishlatilganda qorishma va
betonlarning sulfatga
chidamliligini oshiradi.
Sementli klinkerni tuyishda qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan 1 t kul hisobida
keltirilgan xarajatlar bo‘yicha iqtisodiy samara 0,7...1 so‘mni tashkil etadi.
Quybishev nomidagi Moskva muhandis-qurilish instituti xodimlari tomonidan
amalga oshirilgan tadqiqodlar natijasida yoqilg‘i granullashtirilgan Shlaklarning
faol
qo‘shimchasi
sifatida
tadbiq
etish
orqali
portlandsement
va
Shlakportlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi taklif etilgan. 0,6...1 asosdagi
modul va 0,4...0,6 faollik modulidagi Shlaklar eng yuqori gadravlik faollikka eta
bo‘lishi aniqlangan. Yoqilg‘i va granullashtirilgan domna Shlaklar asosidagi
Shlakportlandsementning fizika-mexanik xususiyatlari bir-biridan kam farq qiladi.
Domna Shlaklarini granullashtirilgan yoqilg‘i Shlaklari bilan almashtirish IESlarga
yaqin joylarda joylashgan va suyuq Shlak yig‘ish moslamalari bilan jihozlangan
sement zavodlari uchun iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi. Granullashtirilgan
yoqilg‘i Shlakining optimal miqdori bug‘lantirib qotiriladigan sementlarda
taxminan 40%ni tashkil etadi, avtoklavli ishlov berishda esa u 2 marta ko‘payadi.
Granullashtirilgan yoqilg‘i Shlakli Shlakportlandsement betonlarni yigma temir-
beton konstuksiyalari ishlab chiqarshida. sanoat va fuqaro qurilishida, yirik
gidrotexnika inshootlarini qurishda muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin.
Barpo etilayotgan inshootlar massasini yengil betonlar uchun g‘ovak
to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishni rivojlantirmasdan pasaytirish mumkin emas.
G‘ovak to‘ldiruvchilar uchun eng istiqbolli xom-ashyo turlaridan biri yoqilgi
energetikasining kul-Shlakli chiqindilaridir.
Kul-Shlakli to‘ldiruvchilar. Yengil betonlar uchun g‘ovak to‘ldiruvchilar
bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi: antratsit, tosh va kulrang ko‘mir, torf va
slanetsning yonishidan hosil bo‘lgan Shlaklar: kullar, chaqiqtosh va yoqilg’i
Shlaklaridan bo‘lgan kumlar, IES kullari asosidagi agloporit, pishirilgan va
pishrilmagan kulli graviy, tuproq-kulli keramzit. IESlarining kul-Shlakli
chiqindilar asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi
bo‘yicha malumotlar 1 - jadvalda keltirilgan.
1-jadval
To‘ldiruvchi
Keltirilgan
xarajatlar, so‘m/m
3
Ekonomiya (+) yoki ortikcha
sarf(-)*
Graviy:agloporitli
Kulli
Pishirilmagan
Tuproq-kulli
keramzit,
quyidagi
zichlikda, kg/m3:
ρ
0
=450
ρ
0
=600
5,91
9,85
6,01
6,01
6,37
7,91
+2,61
-1,33
+2,51
+2,15
+0,61
*Keramzitli graviy bilan qiyoslaganda
- alohida yengil (ρ
0
- 1000 kg/m
3
)dan og‘irgacha (ρ
0
-1800...3000 kg/m
3
). Ular
ham portlandsement, ham oddiy va avtoklavli qotish shart-sharoitida klinkersiz
bog‘lovchilar orqali olish mumkun. Zich kul-beton egilishiga yuqori
mustahkamligi va deformativ xususiyatlari bilan farqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: