Referat, kurs ish(loyiha)larini bajarish - bu talabalar mustaqil ishlarining
samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan izoh xati mavzulari
bo’yicha unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, izoh
xatini tayyorlash va kurs ishi(loyixasi)ni bajarishning barcha bosqichlarida kafedra
professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslaxati asosidagina
samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi tomonidan talabalarning
kurs(loyixa) ishlariga raxbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga
oshirilganligi va ularga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, xal
qiluvchi axamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini,
ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini xisobga olgan holda berilishi juda muxim.
Do'stlaringiz bilan baham: |