Axborot- marketingni poydevoridir.
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to’g’ri axborotni to’plash, tartibga solish, tahlil qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o’zaro mushtarak bog’langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka erishish imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; iste’molchilar munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani tartibga soladi; faoliyatni baholaydi; reklamaga bo’lgan ishonchni oshiradi; qaror qabul qilishga yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni yaxshilaydi. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldigi, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko’lami va boshqa marketing faoliyatiga bog’liq bo’lgan axborotning o’z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda to’tadi. Marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitdagi o’zgarishlar va holatlar xususida to’plangan axborot manbai bo’lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo’sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi.
Axborot tizimi
Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to’plangan ko’rsatkichlarni amaliyotda tadbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig’indisi tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko’rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko’pgina yirik chet yel firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag’ sarflanadi.Marketing xususida to’plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga, taxliliy natijalarga asoslangan bo’lishi tabiiydir.
Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axborotni qayta ishlash jarayonida mukammallashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ularning ko’lami juda keng bo’lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilish darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab ko’p yoki kam qo’llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko’plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter dasturlari sifatida sotmokdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega bo’lib bormokda.
Axborot tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |