Jizzax politexnika instituti Menejment kafedrasi


Axborot turlari va ularni turkumlash



Download 15,05 Kb.
bet3/4
Sana08.12.2022
Hajmi15,05 Kb.
#881307
1   2   3   4
Bog'liq
Jizzax politexnika instituti Navruz

Axborot turlari va ularni turkumlash


Marketing tadqiqoti uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlar ko’lami juda keng bo’lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko’ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko’rish samarali hisoblanadi.Marketing xususidagi to’plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo’lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalukli bo’lish yoki bo’lmasligiga ko’ra, o’z navbatida ichki va tashqi turlarga bo’linadi.
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko’rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste’molchilar ko’lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar.
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o’z imkoniyatidagi hisobotlar va ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi hajmi, narxlarning yil davomida o’zgarishi, xaridorlarning joylashuv haritasi, tovar zahiralarining o’zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita o’zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo’llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQShda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
  • Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu manbalar o’z mohiyatiga ko’ra ikki kichik guruhga bo’linadi.


a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSh bo’yicha qisqacha statistik sharh», «Shaharlar va okruglar bo’yicha statistik yo’riqnoma», «Amerika sanoati istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidir. «Marketing axboroti yo’riqnomasi» oylik maxsus nashr bo’lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalardan aholining o’sishi, tarkibiy demografik siljishlari, daromadlar va narxlarning o’zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo’yicha esa o’zgarishlar, qo’shni shtatlar bilan kiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi.
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat o’zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega bo’lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo’yicha (elektronika, sotish yo’nalishlari bo’yicha o’z a’zolari uchun axborotlarni to’pladi va umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi», «Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir.

Download 15,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish