Jizzax politexnika instituti ishlab chiqarishning texnik, muhandislik va texnologik muammolarining innovatsion yechimlari


-sho‘ba: Zamonaviy innovatsion ta’limga besh tashabbusning tatbiq etilishi



Download 1,57 Mb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi1,57 Mb.
#884452
1   2   3
Bog'liq
OLIY VA O

3-sho‘ba: Zamonaviy innovatsion ta’limga besh tashabbusning tatbiq etilishi

SIRDARYO VILOYATIDA JOYLASHGAN “YOG‘OCHLI SARDOBA” TARIXIY OBIDASI
Jizzax politexnika instituti "Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi 231-21-guruh talabasi Safarova Mashhura Xasan qizi
Ilmiy raxbar: Архитектуравий лойихалаш кафедра мудири Архитектура бўйича фалсафа доктори (PhD) Xalikov Sindorkul Ravshanovich
Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi eksponatlar yil sayin ko‘payib bormoqda. Buni qarangki, o‘sha sobiq cho‘l hududidagi viloyat muzeyi eksponatlarining ko‘pligi va ilmiy-tarixiy ahamiyati jihatidan respublikamizdagi 160 ta ana shunday madaniyat muassasalari o‘rtasida 16-o‘rinda turadi.
Sirdaryo viloyatida 78 ta turli manzillar, jumladan, 18 tasi arxeologiya, 15 tasi arxitektura, 41 tasi monumental va 4 tasi diqqatga sazovor joylar madaniy meros obyektlari roʻyhatiga kiritilgan. Ularning barchasi respublika ahamiyatiga ega obyektlardir va davlat mulki hisoblanadi. Vatanimiz boy tarixga va nodir madaniy-tarixiy merosga ega. Ko‘pchilik cho‘l o‘rnidagi viloyat, unda tarixiy obidalar bo‘lmasa kerak, deb o‘ylaydigan Sirdaryoda ham bir emas, bir necha tarixiy ahamiyatga ega manzillar, xususan, “Ko‘hna Xovos” tepaligi, Xushkat shahri arxeologik yodgorligi, "Yog‘ochli sardoba" kabi manzillar bor. Bugungi kunda mazkur moddiy madaniy meros obyektlarining 74 tasi (95 foizi) kadastr hujjatlari Davlat kadastr palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan rasmiylashtirilgan. Ularning 40 tasiga (51 foizi) muhofaza belgisi oʻrnatilgan boʻlib, qolgan 38 ta (49 foizi) obyektga muhofaza belgilari oʻrnatish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. Kadastr hujjati mavjud obyektlarga jamoatchi inspektorlar biriktirilgan. Obyektlarning oʻntasiga WI-FI va bitta obyektga elektron hisoblash uchun turniket moslamasi oʻrnatilgan.
Ayni o‘rinda tarixda Buyuk Ipak yo‘li karvonlarining sevimli maskanlaridan biri sifatida qaynoq va gavjum shahar bo‘lgan “Yog‘ochli sardoba” tarixiy obidasi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Rimdan chiqqan va Xitoy sari otlangan har qanday karvon qadim Buxoro va Samarqanddan keyin, albatta Sirdaryo zaminidan o‘tganini inobatga olib, bu tarixiy gumbazsozlik soxa tarixda nechog‘lik katta rol o‘ynaganini anglash qiyin emas.
Bu o‘tmish merosining bunyodga kelishi tarixi haqidagi ilk ma’lumotni Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" asaridan ham bilish mumkin. Unda yozilishicha, "Yog‘ochli sardoba" Buxoro xoni Abdullaxon II ning 1579-1583-yillardagi Toshkentga yurishi davrida, aniqrog‘i 1580-yil barpo etilgan.

Inshootning g‘ishtlari kvadrat shaklda bo‘lib, ularning hajmlari 25x25x5 santimetrni tashkil etadi. Gumbazning ichki diametri 15 metr, balandligi 12 metrdan iborat. Sardobaning ichki qismida yerdan 2 metr balandlikda yopiq, uyasimon tuynuklar joylashgan. Sardoba devorining qalinligi pastki qismida 1,5 metrni tashkil etsa, yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib boradi va eng yuqori qismida uning qalinligi bir g‘isht qalinligiga to‘g‘ri keladi. Unga bir tomon — shimol tarafdan kirilgan. Qolgan uch tarafida ark ko‘rinishidagi tuynuklar bo‘lgan. Kirish qismi arksimon bo‘lib, undan g‘ishtli zinapoyalar orqali sardoba ichkarisiga kirilgan. Kirish qismida o‘ziga xos yo‘lakcha mavjud. Yo‘lakchaning tepasida xizmatchilar va qo‘riqchilar uchun maxsus xonalar bo‘lgan. Unga tashqarida qurilgan aylanma zinapoyalar orqali ko‘tarilgan.
"Yog‘ochli sardoba" yomg‘ir va qor suvlari bilan to‘ldirilgan. Shu sababli u soylikda joylashgan, ushbu holat unga tevarak-atrofdagi suvlarni yig‘ish imkoniyatini bergan. Yon-atrofdagi suvlar irmoqchalar yordamida sardobaga quyilgan. Sardobaga suvning kirishi uchun maxsus yassi tarnovlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular bir-birlari bilan halqasimon tarnov orqali bog‘langan. Suvning aynib qolmasligi uchun unga uchta maxsus salqinlik beruvchi tuynuklar o‘rnatilgan. Gumbazning yuqori qismi ham shu maqsadda ochiq qoldirilgan.
"Yog‘ochli sardoba" gumbazi Toshkent-Samarqand-Buxoro shaharlarini bog‘lovchi avtomagistral yo‘l yoqasida joylashgan. Bu o‘ziga xos yodgorlik avtomagistral yo‘ldan o‘tuvchi sayyohlarni ham qiziqtirishi tabiiy. So‘ngi yillarda Mirzacho‘lning "Buyuk ipak yo‘li"da tutgan alohida o‘rni to‘g‘risidagi tushuncha va qarashlarni yanada boyitish maqsadida ushbu yodgorlikda bir muncha qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Biroq rekonstruksiya ishlari to‘liq yakuniga yetmay to‘xtab qolgan edi.
Hududda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida to‘xtab qolgan ta’mirlash ishlarini davom ettirish choralari ko‘rilmoqda. Unga ko‘ra obidani turistik marshrutga kiritish, uning atrofida turli ko‘ngilochar maskanlar qurilishi va foydalanilishi uchun zarur mablag‘lar ajratish hamda davlat-xususiy sherikchilik asosida yosh tadbirkorlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Madaniy meros agentligining qayta tashkil qilinishi, ushbu sohaga berilayotgan eʼtiborning yaqqol namunasidir.
2021-yil davomida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida respublika byudjetidan 1 milliard 483 million soʻm mablagʻi ajratilib, 2 ta madaniy meros obyektida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va taʼmirlash ishlari olib borildi.
Shuningdek, oʻtgan yili yana 10 ta obyekt Respublika Madaniy meros roʻyxatiga kiritish uchun Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert Kengashiga kiritildi.
2021-yil yakuni bilan taʼmirtalab va yaroqsiz holga kelib qolgan 30 ta obyektning ilmiy-texnik holati oʻrganilib, ushbu yodgorliklar 2022-yilda asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlar roʻyxatiga kiritildi.
Bundan tashqari, sohani yanada rivojlantirish, viloyatning turistik salohiyatini oshirish maqsadida muhim vazifalar belgilangan. Birgina, 2022-yilda 78 ta madaniy meros obyektni toʻliq ekspertizadan oʻtkazish ishlari yakuniga yetkaziladi. Taʼmirtalab holga kelib qolgan 17 ta madaniy meros obyektida belgilangan tartibda asrashga doir ishlar amalga oshiriladi. Viloyatdagi 4 ta obyekt, yaʼni, Guliston shahridagi Chernyayev sobiq uyi va Alekseyev binosi hamda Guliston tumanida joylashgan Ramanovlar sobiq cherkovi va Otliq askar qarorgohi binosining boʻsh turgan joylari tadbirkorlarga ijaraga beriladi. 34 ta obyektga muhofaza belgilari oʻrnatiladi. Viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, ekspozitsiyasi yangilanadi.
2022-2026-yillarda YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyhati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyhati, Jahon xotirasi roʻyhatiga kiritish uchun Sardoba tumanida joylashgan “Yogʻochli sardoba” tarixiy obidasi, Xovos tumanidagi Koʻhna Xovos arxeologiya yodgorligi hamda Saddu-Said, Bibi Hadicha, Sherbobo va Yusufbobo maqbaralari majmualari milliy rejaga kiritiladi. Xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb etish maqsadida Guliston shahri, Xovos va Guliston tumanlarida Oʻlkashunoslik muzeylari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Shu davr mobaynida 40 ta madaniy meros obyektlarida taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Viloyatda tarixi va madaniyati davlat muzeyining zamonaviy tipdagi bino-inshooti quriladi.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish