Jizzax politexnika instituti «elektr texnologiyasi» kafedrasi «elektr mashinalari» fanidan


Transformatorlarni parallel ishlashi



Download 2,49 Mb.
bet6/17
Sana03.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#316628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Электр машина маъруза

Transformatorlarni parallel ishlashi.

Bir nechta transformatorlarni yagona yuklamaga ulab ishlatish transformatorlarning parallel ishlashi deyiladi. Transformator podstantsiyalarida vaqt davomida yuklama uzluksiz o’zgarib turadi, bu elektr energiya iste’molchilarining mikdoriga va quvvatiga bog’liq: kechasi u minimal, kunduzi yoki kechqurun esa maksimal bo’ladi va agar shunday yuklamada bitta transformator o’ta yuklanib qolgan bo’lsa, u ishdan chiqishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida unga parallel qilib ikkinchi transformator ulanadi, bunda yuklama ular orasida taqsimlanadi.

Transformatorlar ularning fazalari soni bir xil, birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarining kuchlanishlari va binobarin, kuchlanish bo’yicha transformatsiya koeffitsientlari ham bir xil bo’lganda; chulg’amlarining ulanish guruhlari; qisqa tutashish kuchlanishi bir xil (farqi ko’pi bilan ±10% bo’lishiga yo’l qo’yiladi); tok chastotasi bir xil bo’lganda; nominal quvvati 3:1 chegaradan chiqmaydigan hollarda parallel ishlashi mumkin. Ikkinchi va uchinchi shart buzilsa, parallel ulangan transformatorlarning chulg’amlarida tenglashtiruvchi toklar vujudga keladi. To’rtinchi shart buzilsa, parallel ulangan transformatorlar o’rtasida yuklama ularning nominal quvvatlariga nisbatan proportsional taqsimlanmaydi. Sanab o’tilgan shartlarga javob beradigan transformatorlarni parallel ishlashga ulash uchun ularning qismilarini to’g’ri markalanganligini past kuchlanish ostida tekshirib ko’rish zarur. Buning uchun uch fazali transformatorning yuqori kuchlanish chulg’ami yulduz usulida ulanadi (10-rasm, a ga qarang), VY qismalariga nominal faza kuchlanishiga nisbatan past kuchlanishli bir fazali uzga ruvchan tok beriladi, so’ngra transformatorning qismalari orasidagi UBY , EAX , ECZ , EAC, UAB va UVS kuchlanish va EYUK lar voltmetr bilan o’lchanadi. V fazaning urtadagi sterjenidan to’la magnit oqim, A va S fazalar transformatorining chekka sterjenlaridan esa uning yarmi utadi va hamma fazalardagi o’ramlar soni bir xil. Shuning uchun voltmetr, agar uning qismalari to’g’ri markalangan bo’lsa, AX va SZ, qismalar orasidagi kuchlanishni, ya’ni VY chulg’amga berilgan kuchlanishning yarmiga teng bo’lgan kuchlanishnn ko’rsatadi. Kuchlanish i UAB = UVS = 1,5 UVY . Agar chulg’amlar noto’g’ri markalangan bo’lsa, voltmetrning ko’rsatishi EYUK lar farqi bilan aniqlanadi, ya’ni UAB = 0,5 UBY A fazaning markalanishini o’zgartish kerak. Past kuchlanish chulg’amlarining markalanishi har qaysi faza uchun 12- rasm, b da kursatilgan sxema asosida ketma-ket tekshiriladi.

12-rasm. Ikki chulg’amli uch fazali transformator chulg’amlari qismalarining to’g’ri markalanganligini tekshirish: ayuqori kuchlanish, b – past kuchlanish.



13-rasm. Ikkita uch fazali transformatorni ulash guruhlarining bir xilligini tekshirish.

Ikkita uch fazali transformatorning chulg’amini biriktirish guruhlarining bir xilligi bu transformatorlarning bir ismli qismalari orasidagi kuchlanishni o’lchab tekshiriladi (13- rasm). Agar yulduz—nolinchi nuqta chiqarilgan yulduz usulida ulangan ikkita uch fazali transformatorning birlamchi chulg’amlarini tarmoqqa ulab, nolincha nuqtalar esa biriktirib qo’yilganda ularning bir xil ismli qismalari orasidagi kuchlanish nolga, har xil ismli qismalari orasidagi kuchlanishlar esa bir xil va liniya kuchlanishiga teng bo’lganda transformatorlar bitta guruhga tegishli bo’ladi.

Bitta transformatorning barcha faza kuchlanishlari boshqa transformatorning har bir faza kuchlanishiga teng bo’lishi kerak. Agar bunday tenglik bo’lmasa, transformatorlar har xil guruhga tegishli bo’ladi va ularni parallel ishlashga ulash mumkin emas, chunki bunda vujudga keladigan tenglashtiruvchi tok qisqa tutashish tokidan katta, ya’ni nominal tokdan ko’p marta katta bo’ladi.

NAZORAT SAVOLLARI.


  1. Transformatorni parallel ishlashini aytib bering.

  2. Parallel ishlash shartlarini aytib bering.

  3. Parallel ishlash afzalliklarini aytib bering.

  4. Transformatorni vazifasi va qo’llanish sohasi aytib bering.

  5. Transformatorni magnit tizimi tuzilishi.

  6. Transformatorni chulg’amlarni tuzilishi.


Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish