Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash.
P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi)
yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar
oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib,\ tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq
naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab
chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida
tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun
kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi,
manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab
chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining ,
maʼlum darajada rivojlangan bozor
tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning
asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish,
malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya
R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit
qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda
qabul qilingan, hammaga maqbul usullar
bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik,
koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi
jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib
turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan
monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga
imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari
kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va
tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda
boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat
monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi,
monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.
Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy
taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida
eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlatsiyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi. "Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3 avg .) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996 yil 26 apr.) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl
qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996 yil 27 dek.) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan. Ahmadjon Oʻlmasov.[1]
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin:
1. tartibga solish vazifasi;
2. resurslarni joylashtirish vazifasi;
3. innovatsion vazifa;
4. moslashtirish vazifasi;
5. taqsimlash vazifasi;
6. nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida
tartibga solinadi. Raqobatning resurslarni joylashtirish
vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona
joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fantexnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning
joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab,
iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini
bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning
isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat
kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib
chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli
alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erki raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Raqobat bozor iqtisodiyotiningva umuman tovar xo‘jaliginingeng muhim belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mexanizmi hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashib tahlil qilishni talab qiladi.
Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liqerkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Raqobat (lotincha, “concurrere” – qochish, to‘qnashish) – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda, ko‘proq naflilik va omilli daromadga ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |