Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati
Har qanday statistik kuzatish o’z oldiga faqatgina haqiqatni o’zida aks ettiruvchi ma’lumotlarni to’plashni maqsad qilib qo’yadi. Lekin ma’lumki, real hayot bilan kuzatish materiallari o’rtasida hamma vaqt farq bor. Bu farq kuzatish xatosi deb yuritiladi.
Statistik kuzatish xatosi o’z navbatida:
-qayd qilish xatosi;
-reprezentativ (vakolatli) xatoga bo’linadi.
Qayd qilish xatolari kuzatish jarayonida faktlarni noto’g’ri aniqlash oqibatida paydo bo’ladi. Ular o’z navbatida:
-tasodifiy;
-muntazam xatolarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |