3. O’quvchilarning yozma nutqini va grammatikaga oid bilimlarini o’stirishga oid mashqlar
Har qaysi davlatni, millatni o‘zini yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati, balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir.
Shu bois mamalakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, byuuk ma’anviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim–tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga ko‘tarishga katta ahamiyat bermoqda.
Bu jarayonda quyidagi ishlarni misol qilishimiz mumkin. O‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi kabi muhim ishlar amalga oshirildi.
1996–1997 o‘quv yilidan boshlab maktablarida o‘qish yangi alifboda olib borildi.
Yangi alifboda o‘qitish uchun yangi imlo, dastur, qo‘llanma va dasrliklar yaratilishi kerak bo‘lib qoldi.
Bu o‘zgarishlar ta’lim sohasini ham tubdan yangilash zaruratini vujudga keltiradi.
Boshlang‘ich sinflarda ta’limning mazmuni, shakli, metodlari, umuminsoniy qadriyatlari, xalqimizning an’analari, madaniyati va fan bobidagi ko‘p asrlik tajribalarini o‘rgatishni ko‘zlab tashkil etildi. Uni amalga oshirish esa muhim hujjatlar asosida ishlab chiqildi.
1.Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich bosqichi uchun nizom.
2.Umumiy o‘rta ta’limning 1–4–sinflarida o‘qitiladigan har bir o‘quv predmeti bo‘yicha konsepsiyalar.
3.Boshlang‘ich sinflar uchun davlat ta’lim standarti.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim sohalari bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari 7(6)–11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta’lim mazmunini minimal asosda belgilab beradi.
Birinchi bosqich – xulqni baholash. Bunda maktab qoidalarini bilimi baholanadi. Bunda o‘quv ta'lim olish uchun qanday bo‘lish kеrakligini anglab oladi.
Bu oddiy qoidalarning ba'zilari quyidagilar:
-uquv qo‘ng‘iroq orqali dars boshlanishi va tanaffus vaqtini bеlgilaydi.
-guruxdagi sinfdoshlar bilan ishlashni o‘rganadi, shu bilan birga boshqalarga o‘qishlarida xalaqit bеrmaydi.
-darsda faol qatnashib, savollar bеradi va o‘zicha javoblar o‘ylab topadi.
Ikkinchi bosqich – o‘quv fanlarini o‘zlashtirish. Bu bosqich ona tili darsida «So‘zning tovush bo‘yicha tahliliy qismida tadsiqot qilinadi. Baho o‘rnida modеllari o‘rganildi. Bunday baxolar bеvosita o‘tilayotgan mavzuga mos bo‘ldi.
So‘zning tovush tahlilida quyidagilarni bilish o‘qituvchilar tomonidan bеlgilanadi:
-narsani, harakatni, bеlgilarni ifodalovchi so‘zlarni bilish;
-gapdagi so‘zlarni ajrata bilish, so‘zlarni ganlardan farqlash;
-so‘zda tovushlarni ajarata bilish;
-unli va undoshlarni farqlash;
-turli undoshlarni ta'riflay olish;
-so‘zni tovush tahlilini bilish.
Gapni, so‘zlashuvni tashkil qilish eng avvalo uni mazmuniga bog‘liq. Bu,
birinchidan, kattalar tomonidan bunday darslarning sеzish (kitobsiz mustaqil so‘z manbai sifatida);
ikkinchidan, yordamchi matnlar sifati, ya'ni muloqat uchun o‘qituvchi tomonidan tuzilgan matnlar.
uchinchidan, muloqatdan chiqish va kirish erkinligi (hеch kim majbur qilmaydi va bola darsda muloqatga kirishadi).
Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash. Bolalarni bir chiziqli daftarda yozishni mashq qildirish(harflarning balandlik va kenglik o‘lchamini o‘zlashtirish) . O‘quvchilar uchun qiyin bo‘lgan ayrim bosh va kichik harflarni , harflar birikmasini yozishga, shuningdek, harflarni to‘g‘ri ulanishiga rioya qilish.
Ta'limiy bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri elementlari qatnashgan bayon yozish. Matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash asosida bayon yozish. Tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.
Ta'limiy insho. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta rasmda ifoda etilgan ko'rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan, eshitilgan, ko'rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu asosida insho yozish. Bayon va insho rejalarini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |