Germaniyadagi axolining uchdan ikki kismi o‘zlarini faol sportchilar deb hisoblashadi. Sport xavaskorlari ixtiyoriga 55000 sport maydonchalari (maktab maydonlari bilan xisoblanganda), va shu jumladan 35000 sport va gimnastika zallari, 7300 ochiq va yopiq basseynlar berilgan.
Germaniya sport uyushmasi mamlakatning eng katta sport tashkiloti hisoblanadi, uңda 2,6 milliondan ortiq odam o‘z klublarida trener, yordamchi va boshqarma a’zolari sifatida jamoatchilik asosida ishlaydilar. Ularning olib borayotgan ishlari ommaviy sportni rivojlantirish shuningdek, bolalar va o`smirlar orasidan yangi iste’dodlarni topishga xizmat qilishga qaratilgan. Sport uyushmalarining boshqa tashkilotlari qo`yidagilar: Germaniya gimnastlari ittifoqi (4,7 million a’zo) va Germaniya tennischilari ittifoqi (2,1 milliondan ortik a’zo).
Germaniyadagi katta sportning infrastrukturasi 20 ta olimpiada bazalarini, 16ta trenerlik markazlari va 195 federal ahamiyatdagi sport bazalarini o‘z ichiga oladi.
Federal xukumat katta sportni qo`llab-quvvatlab kelmoqda. 2000 yilda xukumat tomonidan mashklar va musobaqalar dasturlariga 222 million marka ajratilgan.
Xozirgi zamon katta sporti uchun ijtimoiy yordam va moliyaviy ximoya Germaniya sportchilariga yordam jamgarmasi sport uyushmalari tomonidan ta’minlanadi. Jamg`arma nodavlat muassasasi xisoblanadi. Uning moliyaviy ta’minoti xususiy mablaglar, maxsus sportga oid markalarni sotishdan tushgan mablaglar va televizion kursatuvlardan tushgan foydalardan iborat.
Germaniyada sportning iqtisodiy ahamiyatini rivojlanishi uni moliyaviy jixatdan mustakil bulishiga olib keldi. Iqtisodiyot va sport hamkorligining shakli sifatida xomiylikning ahamiyati ortdi. Bu esa davlat byudjetining yildan-yilga qisqarishini hisobga olganda zaruriyatga aylanmoqda. 1997 yil ma’lumotlariga ko`ra tijorat xomiylari sportga 2,3 mlrd marka o`tkazdilar.
Germaniyada sport muhim iqtisodiy omil xiіsoblanadi.Germaniya axolisi sport tovarlari va xizmatlari uchun yiliga 43 mlrd marka sarflaydilar.
Yevropa ittifoqi fuqarolarining uchdan bir qismi sport klublarining a’zolari hisoblanadi. 1991 yil dekabrda Yevropa sport forumiga asos solingan, bu organ Yevropa mamlakatlari orasida sport buyicha munozara va maslaxat o`tkazish vazifasini bajaradi «Yevratlon» dasturi hisobiga sport moliyaviy ta’minlanadi, uning asosiy qismi ommaviy sportga, shu jumladan nogaronlar sportiga sarflanadi.
Yevropada sportga normativ yondashuv misoli sifatida professional sportchilarning xar joyda yashashlari, diplomlarning tan olinishi, sport anjomlarini normativ֊ lashtirilishi va sport musobaqalarini televidenie orqali ko`rsatish xuquqini ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |