15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari
Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar.
Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi.
Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun o‘z maqsadlari va faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunda ko‘zda tutilgan xollarda va tartibda esa:
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi;
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
davlat va jamoat idoralarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham o‘zga qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |