Jizzax davlat pedagogioka institut


-bob. Kurash milliy sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolar



Download 5,81 Mb.
bet103/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

2-bob. Kurash milliy sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolar
Bugungi kunda O‘zbekistonda kurashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 226 ta sport ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi, shundan:
170 tasi bolalar-o‘smirlar sport maktablari;
6 tasi ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari;
12 tasi sportning yakka kurash turiga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari;
14 tasi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari;
12 tasi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari;
12 tasi nodavlat kurash klublari hamda kurashchilar tayyorlovchi boshqa sport muassasalari.
Bugungi kunda yurtimizda kurash bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni 1,5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Tahlillar ayrim hududlarda trenyerlar sonining umumiy aholi soni bilan yuqori nomutanosibligini ko‘rsatmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,8 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 179 nafar (0,009 foiz), Toshkent shahrida 2,5 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 39 nafar (0,001 foiz), Andijon viloyatida 3 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 43 nafar (0,001 foiz) kurash treneri to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining 6 tadan, Andijon viloyatining 5 ta, Navoiy viloyatining 2 ta tuman va shaharlarida kurash bo‘yicha birorta trener mavjud emas.
Mamlakatimizda kurash bilan shug‘ullanuvchilar 2017-yilda 25 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 40 ming nafardan oshib, mamlakatdagi umumiy aholi sonining 0,1 foizini tashkil etmoqda.
Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, ularda aholining aksariyat qismi milliy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Jumladan, 1936-yilda Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan basketbol o‘yinining vatani AQShda aholining 10 foizga yaqini yoki 25 million nafari ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanadi. Shuningdek, mazkur davlatda 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan aholining 27 foizi, 30 dan 49 yoshgacha bo‘lganlarning 23 foizi, 50 dan 64 yoshgacha bo‘lganlarning 7 foizi so‘nggi 12 oyda basketbol milliy sporti bilan shug‘ullangan.
1964-yildan Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kirgan Yaponiya milliy sport turi — dzyudo bilan ushbu davlatning 10 million (qariyb 10 foiz) aholisi shug‘ullanadi.
2000-yildan Xalqaro olimpiya o‘yinlariga kiritilgan taekvondo WTF sporti bilan Koreyada maxsus maktablar faoliyati tashkil etilganligi va yo‘lga qo‘yilganligi sababli 55 million nafar aholining aksariyati shug‘ullanadi. Taekvondoning jahonda ommalashuvi sababli Koreyada turizmning alohida yo‘nalishi — “taekvondo turizmi” yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyada milliy sport turi bo‘lgan samboni ommalashtirish va unga aholini jalb qilish borasida qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, 2015-yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Maktabda sambo” loyihasiga 74 ta hududda joylashgan 800 ta maktab jalb qilinishi natijasida unda ishtirok etayotgan maktab o‘quvchilarining soni 120 mingga yetdi. Shu bilan birga, Rossiya maktablarida sambo bilan shug‘ullanuvchilar soni har yili 10 foizga oshmoqda va 2018-yilda davlat budjetidan 5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan. Shu tarzda AQShda — “beysbol”, Yaponiyada — “karate”, “dzyudo”, “sumo”, Xitoyda — “ushu” milliy sport turlari davlat tomonidan muntazam moliyalashtiriladi.
Kurashni ommalashtirish va rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muhim masalalardan biri ushbu sport bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining yetarli emasligidir. Jumladan, hududlarda O‘zbekiston kurash federatsiyasi va uning filiallari o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazish zallariga ega emas.
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasining tizimli moliyalashtirish manbalari mavjud emasligi, xorijiy davlatlar milliy federatsiyalarining kurashga oid zarur sport anjomlari bilan ta’minlanmaganligi ushbu sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan sportchilarni kurashga jalb qilish imkonini bermasdan kelmoqda.
Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini kurash sporti bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, trenyerlar, yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan tizimli ta’minlash yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli chet ellik sportchilar o‘rtasida mazkur sport turini ommalashtirish hamda uning insonparvar g‘oyalari haqida yetarlicha ma’lumot yetkazish imkoni berilmasdan qolmoqda.
Shuningdek, kurashning Panamerika, Afrika o‘yinlarida ko‘rgazmali chiqishlari, yakkama-yakka jangovar Osiyo o‘yinlari, Osiyo sohil o‘yinlari, yopiq inshootlardagi va yozgi Osiyo o‘yinlari hamda bir qator xalqaro o‘yinlar dasturlariga kiritilganligi, qolaversa, o‘zbekcha so‘zlar va O‘zbekiston davlat bayrog‘i ramzi aks ettirilgan kurash yaktaklari orqali mamlakat va millat nomini tarannum etayotgan bir paytda uning O‘zbekiston va jahonda yanada ommalashuvi hamda rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi tizimli muammolar mavjud:
a) O‘zbekistonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:
so‘nggi yillarda kurashni yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lsada, ushbu sportni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan alohida dastur ishlab chiqilmagan;
mamlakatda va jahon miqyosida malakali professional kurash trenyerlari hamda hakamlarini tayyorlash tizimi mavjud emas. Jumladan, bugungi kunda yurtimizda oliy malakali kurash trenyerlari va hakamlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tayyorlanib, uni har yili ushbu sport yo‘nalishi bo‘yicha 30 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Biroq, xorijiy davlatlar fuqarolaridan professional kurash trenyerlari va hakamlarini tizimli tayyorlash yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli ularning mazkur mutaxassislarni tayyorlashga amaliy yordam berish haqidagi murojaatlari javobsiz qolmoqda;
2000-yil 4-dekabrda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan Xalqaro kurash instituti bugungi kunga qadar amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida ta’lim muassasasi sifatida tashkil etilmagan va faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan. O‘tgan 20 yil davomida ushbu institut tomonidan kurash sportini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot yoki izlanishlar deyarli olib borilmagan;
kurash sportining asosiy ajralmas qismi bo‘lgan yaktak sport kiyimlari mahsulotlarini ishlab chiqarish kurash vatanida yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli o‘zbek kurashi brendi yaratilmagan;
O‘zbekiston kurash federatsiyasining hududiy kurash markazlari o‘z bino hamda sport maydonlariga ega emas. Shu bilan birga, ayni paytda respublikaning 12 ta hududlarida kurash milliy sport turi markazlari qurilishi ta’minlanmagan;
kurash sporti va milliy mentalityetimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga mo‘ljallangan kurash yo‘nalishi tashkil etilmagan, ular uchun trenyerlar va hakamlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;
kurash sportini, ushbu sohada muvaffaqiyatlarga erishayotgan sportchilarni bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish ishlari qoniqarsiz ahvolda.
b) Jahonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:
xorijiy mamlakatlarning London, Parij, Afina, Rio de-Janeyro, Istanbul, Tehron va boshqa shaharlaridagi an’anaviy kurash musobaqalari so‘nggi yillarda o‘tkazilmasdan qolayotgan bo‘lib, bu kurashning jahondagi nufuzi va ommalashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 2017-yilgi rejasiga muvofiq xorijiy mamlakatlarda rejalashtirilgan jami 29 ta kurash musobaqalaridan 14 tasi, 2018-yilda 27 ta musobaqalardan 16 tasi, 2019-yilda 32 ta musobaqalardan 18 tasi moliyalashtirilmaganligi sababli o‘tkazilmagan;
kurash bo‘yicha milliy va xalqaro musobaqalarni mamlakatdagi hamda jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Jumladan, kurashni o‘rgatuvchi va targ‘ib qiluvchi videoroliklar, mobil ilovalar hamda boshqa elektron materiallar tayyorlanmagan;
kurashni jahonda ommalashtirish va unga xorijiy davlatlar aholisini keng jalb etish maqsadida mavjud 129 ta xorijiy federatsiyalarga yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari deyarli yetkazib berilmagan. Jumladan, o‘tgan davrda Germaniya, Rossiya, Belarus va Afg‘onistonga faqat 50 ta yaktak sport kiyimlari yetkazish bilan cheklanilgan;
kurash bo‘yicha mamlakat va xorijiy davlatlarda professional sportchilar tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mavjud emas.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish