1.XOQning tashkil etilishi
Kongressda 12 mamlakat vakillari ishtirok etadi. 21 mamlakat esa yozma ravishda o‘z xohishlarini rozilik bildiradi. Katta mamlakat hisoblangan Germaniya bundan bosh tortadi. Chunki, Mamlakatdagi harbiylar olimpiya o‘yinlari g‘oyalariga qarshi edilar.
Kongressda asosan tashkilotlar masala muhokama etiladi.
Havaskorlik va professional sport haqida.
Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash to‘g‘risida.
O‘yinlarning dasturi va uni o‘tkazish tartiblari haqida.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining tarkibi haqida.
Kongressda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tuzilganligi haqida qaror qabul qilindi. Uning tarkibiga Gretsiya, Fransiya, Rossiya, Angliya, AQSH, Shvetsiya, Vengriya, Chexiya, Italiya, Belgiya, Argentina, Yangi Zelandiya vakillari kiritildi. Olimpiya qo‘mitasining birinchi prezidenti etib grek Demetrius Vikelas (1894-1896-yillar) saylandi. Keyinchalik uning o‘rnini Per de Kuberten egalladi va to 1925-yilgacha XOQ prezidenti bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. So‘nggi 12-yil davomida u XOQ faxriy prezidenti deb hisoblandi.
Olimpiya Kongressida I-Olimpiya o‘yinini Afinada o‘tkazishga qaror qabul qilingan edi. chunki antik Olimpiya o‘yinlari Vatani Gretsiya bo‘lganligi va D.Vikelasning XOQ prezidenti qilib saylanishi buning asosiy sababi edi
Kongressda Olimpiya Partiyasi nizomi tasdiqlandi. Unda XOQning maqsad va vazifalari, o‘yin qoidalari va ular bilan bog‘liq asosiy masalalar ifoda etilgan edi.
I-Kongress Xalqaro Olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning mohiyati keyingi olimpiya harakatini rivojlantirishda asosiy o‘rinda turadi. Kongress kun tartibidagi barcha masalalarni ko‘rib chiqib, asosiy tomonlarni tasdiqladi.
Olimpiya ramzi – bir-biriga kiritilgan (ulangan) besh halqa. Ular yashil, qora, qizil, sariq va ko‘k rangda tasvirlanib, besh qitani bildiradi. Bu 1913-yil Kuberten taklifi bilan tasdiqlangan.
Olimpiya belgisi (emblema) – besh halqa ramzi bilan birga qo‘shib,-yil, shahar va mamlakatning olimpiya harakatidagi belgilari (nishon) ifodalanadi.
Olimpiya mashalasi – Olimpiya shahrida quyosh nuri taftida (olov) fakel yoqiladi. Yoqilgan mashala (fakel) turli vositalar orqali olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joyga etkazib beriladi. Bu an’ana 1936-yil XI-Olimpiya o‘yinlaridan buyon davom etib keladi.
Olimpiya shiori (deviz) – Tezroq, balandroq, kuchliroq! (“Sitrus, altrus, fartrus!”)-olimpiya harakatini bildiradi. Bu shior 1895-yil Kubertenning safdoshi va o‘rtog‘i din xodimi Martin Xidon tomonidan taklif etilgan va 1913-yil bu shior XOQ tomonidan tasdiqlangan. 1920-yil XII Olimpiadada birinchi marotaba bu shior o‘qiladi.
Olimpiya qasamyodi – Olimpiada sportchilar qasamyodi Kuberten tomonidan ishlab chiqiladi va XII Olimpiya o‘yinlarida (1920) amalga oshiriladi. Shu o‘rinda aytish lozimki, olimpiya o‘yinlari hakamlari ham qasamyod qiladi. Bu esa 1968-yildan buyon amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Olimpiya gulxani – Gimn 1896-yilda yaratilgan. Kostas Palamos so‘zi va Spiros Samar musiqasi bilan yaratilgan olimpiya gimni rasmiy ravishda 1957-yilda XOQ tomonidan tasdiqlanadi.
Olimpiya medallari va yorliqlari – oltin medal-kumushdan yasalib, uning usti 6 g. oltin bilan qoplangan. Kumush medal esa-925 sifatidagi (proba) kumushdan tarkib topgan va bronza medali. Ular 1.2.3 o‘rinlar uchun mo‘ljallangan. Diplomlar (yorliq) 1-6 o‘rinlardagi sportchilar va jamoalarga taqdim etiladi.
Olimpiya mukofotlari – orden va kuban. Ordenlar oltin, kumush va bronzalardan iborat bo‘lib, olimpiya harakatiga qo‘shgan ulkan hissalari va sport natijalariga ega bo‘lganni uchun rahbar shaxslarga, sportchilarga beriladi. Bu 1975-yilda tasdiqlangan. Olimpiya kubogi 1906-yilda tasdiqlanib, olimpiya sport turlarida katta yutuqlarga erishgan jamoalarga beriladi.
Olimpiya nishonalari (atributlar) – nishonlar (znachok), tangalar (manet) talismonlar (ramziy shakl), piktogrammlar va hokazo hisoblanadi. Bu nishonlarni Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazuvchi shahar va tashkiliy qo‘mita tomonidan tayyorlanadi.
Boshda takidlanganidek XOQ faoliyatlari eng qiyin davrlarga to‘g‘ri keladi va boshqarish ishlarida ko‘p murakkab voqeliklarga duch keladi.
Per de Kuberten
1894-yili 23-iyunda Per de Kuberten tashabbusi bilan xalqaro olimpiyada o‘yinlarni o‘tkazish vazifasini o‘z ichiga oluvchi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tuzildi.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini tashkil etuvchi a’zolari:
E.Kallo (Fransiya), Generil A.D.Butovskiy (Rossiya), General Balk (Shvetsiya), professor U.M.Sloun (AQSH), Lord Amitxill (Buyuk Britaniya), Ch.Xerberg (Buyuk Britaniya), Ferenya Kemen (Vengriya), I.Gut – Yarnovskiy (Bogemiya), X.B.Subner (Argentina), L.A.Kaff (Yangi Zelondiya), graf Lukkezi Palli (Italiya), graf. M. de Buze (Belgiya), Kiyaz d, Anuriya Korafa (Italiya) va V.Gexbordey (Germaniya).
V.Gexbardey Parijda o‘tkazilgan kongressda qatnashmagan, lekin 1895-yili uni keyingi chislo bilan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini ta’sis etish komissiyasi a’zoligiga kiritilgan.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining prezidenti qilib grek Demetrios Vikelas, bosh kotib qilib esa fransuz baron Per de Kubrten saylandi. Ikki-yildan keyin Vikellas istefoga chiqadi va 1896-yildan keyin Kuberten prezidentlik lavozimini egallaydi.
Ma’lumki ta’sis anjumani Olimpiya o‘yinlarining asosiy huquqlari, qoida va nizomlarini shuningdek antik yangiliklariga to’rt yilda bir morotoba o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni Olimpiya nizomi (Xortiyasi) tasdiqlaydi. Per de Kuberten birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlarini 1900-yilda Parij shahrida o‘tkazish to‘g‘risida taklif kiritadi, biron Gretsiyalik taniqli shoir va tarjimon Demetrios Vikelas anjuman ishtirokchilarining Olimpiya o‘yinlarini 1896-yil o‘tkazishga, shuningdek 1900-yilda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish arenasi Parij shahri bo‘lishiga chaqiradi. Bungacha antik Olimpiya o‘yinlarining beshigi hisoblangan Ellada yerida birinchi zamonaviy o‘yinlari o‘tkaziladi. Masalani shunday hal qilishadi.
1. I Xalqaro atletik kongress qachon va qayerda o‘tkazildi.
2. Per de Kubertenning Olimpiya o‘yinlarini tiklashdagi asosiy faoliyatlari nimadan iborat edi.
3. I Olimpiya o‘yinlari haqida batafsil gapirib bering.
4. I Olimpiya o‘yinlari chempioni va marafon yugurishidagi chempionlar kimlar.
5. I Olimpiya o‘yinlarining kelguvsi o‘yinlar uchun qanday ahamiyati bo‘ldi.
6. XX asrning birinchi yarmida xalqaro ahvol sport va olimpiya harakatiga qanday ta’sir o‘tkazdik.
7. Xalqaro sport harakatida qanday Yangiliklar yuz berdi.
8. Xalqaro ishchilar sporti harakatida qanday Yangiliklar vujudga keldi.
9. XX asrning birinchi yarmidagi XOQ prezidentlari kimlar edi.
10. Olimpiya ramzlari va belgilari nimalardan iborat.
11. Olimpiya Kongresslari va ulardagi muhokama qilingan asosiy masalalar nimalardan iborat edi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Xo‘jaev P. Meliev P.Yunusova D.S. Jismoniy tarbiya tarixi T. Moliya 2011 y 30 – 38 betlar
2. Xo‘jaev P. Meliev Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya va sport tarixi.1993 y. 25 – 35 betlar.
3. Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. T. “O‘qituvchi” 1993 y.
Internet saytlari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
4. www.edu.uz
5. www.lex.uz
6. www.bilimm
7.www.gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |