5- Mavzu: QADIMGI RIMDA GLADIATORLAR MAKTABI. REJA:
1. Qadimgi Rimda gladiator maktabi .
2. Qadimgi Rim gladiatorlari - qisqacha. Gladiatorlar kimlar?
Tayanch so`z va iboralar: Sparta tizimi, gimnaziya, gladiatorlar jismoniy tarbiyasi, Afina tizimi, gladiatorlar, yoy otish, qadimgi gimnastika.
1. Rimning vujudga kelishi eramizdan avvalgi 754-yilga (yoki 753-yilga) to‘g‘ri keladi. Rim davlati o‘zining dastlabki uch asri (eramizdan avvalgi VIII-VI asrlar), shohlar davri deb ataladigan davr mobaynida Rim jamiyati urug‘chilik to‘zimining chirib borishi va pariarxat quldorlik munosabatlarining rivojlanish bosqichini boshidan kechirdi. Shohlar davrida harbiy demokratiya sharoitida harbiy ish bilan bog‘langan va o‘z ildizlari bilan urug‘chilik tuzumi taraqqiyoti davridagi an’anaviy xalq o‘yinlari va bayramlariga borib taqaladigan ko‘pgina jismoniy tarbiya elementlari keng rivoj topdi. Qadimgi Rim yodg‘orliklari, rimliklar o‘rtasida harbiy yo‘nalish yaqol ifodalangan ko‘p sonli bayramlar, o‘yinlar va raqslarning tarqalganligi to‘g‘risida ko‘pgina dalillar bo‘ldi. Suvorilarning kelib chiqishi chalkashib ketgan labirint yo‘llarida musobaqa o‘tkazishidan iborat bo‘lgan troyap o‘yinlari Qadimgi Rim uchun xarakterli bo‘lgan o‘yinlardan. Bu o‘yin urush vaqtida odatda otliqlar otryadli tashkil etadigan. Rim urug‘chilik zadogonlari (partitsiylar) uchun ayniqsa xarakteri edi. Qo‘sh g‘ildiraqli aravada yurish ko‘p sonli harbiy raqslar, nayza uloqtirish, mushtlashish, kurash va boshqa mashqlar ham keng tarqalgan edi. Jismoniy tarbiyaning qadimgi elementlari quldorlik Rimdagi harbiy jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos tizimsining asosini tashkil etar edi.
Rimda jismoniy tarbiya tizimsi quldorlar armiyasi qudratini mustahkamlash vazifalariga muvofiq ravishda qaror topdi. Rim Respublika davrida qaror topgan siyosiy tuzimida, ijtimoiy hokimyat harbiy hukumatini o‘tishiga majbur bo‘lgan fuqoralar qo‘lida bo‘lgan bir shariotda har bir erkin va teng huquqli rimlik o‘zini askarlik faoliyatiga tayyorlash kerak edi. Bu vazifalarining hal etilishi uchun maxsus tarbiya muassasalari tashkil etilgan. Qadimgi Gretsiyadan farqli ravishda Rimda tarbiya ishi uyda beriladigan tarbiyali xarakterga ega edi. Rimlik yigitlar armiya safiga kirguncha oilada, o‘z tengdoshlari orasida bo‘lar edi. Ko‘p sonli eski xalq o‘yinlari va mashqlari ularni jismoniy jihatidan tarbiyalash vositalari edi. Katta yoshdagi bolalar asosan yugurish, irg‘itish, kurash, qilichbozlikdan mashq qilar edilar. Patritsiylar oilasidan chiqqan bolalar otda yurishini mashq qilishga ko‘p vaqt ajratar edilar.
Rimlik yigitlar oilada dastlabki jismoniy tayyorgarchilikni yetarli darajada olganliklarida keyin 16-17 yoshlarda armiya safiga kirar edilar. Armiya safida ular uzoq-yillar davomida qatiy paxod lagyerlar sharoitida uyushtirilgan va maxsus maqsadga yo‘nnaltirilgan harbiy va jismoniy maktabni o‘tar edilar.
Bunday tarbiya sisteamsi Rimda eramizdan avvalgi II asrgacha Mariya islohati bilan porefssional armiyaga asos solingan davrgacha saqlanib qoldi. Jismoniy mashqlar o‘yinlar musobaqalar qadimgi rimliklarning butun hayotiga singib ketgan edi. To‘p bilan o‘yinaladigan turli o‘yinlar g‘oyat darajada ommalashgan edi. Unday o‘yinlar ham patritsian –aslzodalar orasida ham plebslar orasida tarqalgan edi musobaqalari va qo‘l g‘ildiraqli aravada chopish eng sevimli o‘yinlaridan biri edi. Ko‘pgina o‘yinlar dasturiga kurashchilar, yuguruvchilar, mushtlashuvchilarning musobaqalari ham kiritdilar.
Vaqt o‘tishi bilan, Gretsiya bilan ancha mustahkam aloqalar o‘rantishi sari Rimga yunon ta’sirlari kirib kela boshladi. Bu ta’sirlar ma’lum darajada jismoniy tarbiyaga ham aloqador edi. eramizdan avvalgi II asrdan boshlab Rimdagi bir qator siyosiy va jamoat arboblari yunon atletika musobaqalarning rimliklar sharoitiga ko‘chirishga harakat qilib ko‘rdilar. Lekin ularning bu harakatlari muvaffaqiyatga erishmadi. Eramizdan avvalgi 80–yillarda, Gretsiyaning Rim tamonidan bosib olinishi bilanoq konsul Sulli yunon olimpiya o‘yinlarini Rimga ko‘chirishga ko‘rinib ko‘rdi. Uning bo‘yrug‘iga muvofiq, 175-olimpiya o‘yinlari Rimda o‘tkazilishi kerak edi. Lekin bu o‘rinish ham rimliklar taomnidan quvvatlanmadi, shuning uchun navbatdagi olimpiya o‘yinlari (eramizdan avvalgi 76-yilda) qaytadan olimpiyada o‘tkazildi.
Yunon musobaqalarini Rim sharoitiga o‘tkazish uchun bo‘lgan-bo‘lgan va bunga o‘xshash boshqa o‘rnishlarining muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab shuki, ko‘pgina rimliklar o‘rtasida yunon gimnastikasiga nisbatan yomon munosabat ildiz otgan edi. Ular yunon gimnastikasining amaliy foydasini ko‘rmadilar. Gretsiyada qaror topgan atletika musobaqalariga esa yoshlarni yo‘ldan ozdirish xavfi bor deb qarar edilar.
Dehqonlarning jismoniy tarbiyasi
Davrlar o‘tishi bilan ayniqsa eramizdan avvalgi II-I asrlarga kelib, ko‘pgina jamoat bayramlarida qadimgi Rim an’anaviy o‘yinlari bilan birgalikda asta-sekin o‘zlarining dastlabki ahamiyatini yo‘qotib, hukumron aslzodalar to‘dasi tamonidan o‘zining sinfiy maqsadlari yo‘lida keng foydalanadigan tomoshalariga aylanib ketdi. Traditsion jamoat bayramlari va o‘yinlarining bunday tomoshaga aylanib ketish jarayoni Respublika davridagi Rimning ijtimoiy –siyosiy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Butun Rim tarixi, patritsiylar va plebeylar o‘rtasidagi lavozimlarda o‘tirish va davlat yyerlarini egallash uchun olib borgan kurash bilan to‘lib toshgan edi. Bu kurash natijasida patritsiy aslzodalar harbiy xizmat tufayli qashshoqlashib ketgan plebey-dehqonlarning barcha yerlarini asta-sekin egallab olgan Yangi yirik yer egalari borgan sari ko‘proq, kirib borar edi.
Mayda yer egalari ommasi-yil sayin ko‘payib borayotgan lyupen-proletarlarga aylanardi. Eramizdan avvalgi II asrdayoq proletariotga aylangan kishilarning katta olomoni Rim shaharlarining to‘ldirib yuborgan edi. Hokimyat uchun kurash olib borayotgan hukumron aslzodalarning turli guruhlari proletarlashgan, o‘z sinfidan tamomila aloqasini o‘zgan, bu ommadan o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida foydalanishga harakat qiladilar. Ular sadaqa berish va xushomadgo‘ylik qilish yo‘li bilan siyosiy kurashda o‘zlariga jalb etishga erishar edilar. Eski an’anaviy jamoa bayramlari asosida ommaga tantanali tomoshalar tashkil etish ommasiga hushomadgo‘ylik etish shakllaridan biri edi.
Tomoshani tashkil etuvchilar tomoshalarni uyushtirish vaqtida an’anali qadimgi rim o‘yinlari dasturi bilangina cheklanib qolmasdan, tomoshalarning Yangi, ancha o‘tkir elementlarini, bebosh olomonning diqqatiga jalb etadigan elementlarni topishga harakat qilar edilar. eramizdan avvalgi II asrda vujudga kelgan ancha yaqqol Yangi o‘yinlardan biri gladiatorlar jangi bo‘lib, keyinchalik u Rim tomoshalarining asosiy elementlaridan biriga aylanib qoldi. Dastlabki vaqtlarda bayram kunlari ayrim gladiatorlar sirk maydonlarida chiqar edi; so‘ngra ularning musobaqalar ommaviy xarakter kasb etdi. Agar qadimgi Rim sirk o‘yinlarida otliqlarning musobaqalarida, qo‘sh g‘ildirakli aravalarda, yugurishlarda va hokazolarda quldorlarning o‘zlari qatnashgan bo‘lsa, qonlik gladiatorlik janglarida esa o‘yinlarni tashkil etuvchilar qilichbozlik san’atini yaxshi egallagan qullardan foydalanar edilar. eramizdan avvalgi I asr Rimda gladiatorlarni tayyorlash uchun maxsus maktablar tashkil etila boshlandi. Bu maktablar ham xususan shaxslar, ham davlat tamonidan tashkil qilinar edi. Bu maktablarga odatda biror gunohi uchun hukum qilingan qullar tanlab olinar edi. Bu maktablarda qullar tajribali instruktorlar rahbarligida qurollarning turli shakllaridan qilichbozlik qilishni o‘rganar edilar. Epchilikning o‘sishiga va chiroyli harakatlarining rivojlanishiga katta e’tibor berilar edi. Zarurligiga qarab, tomoshalarining tashkilotchilari maktab egalaridan ma’lum to‘lov badaliga gladiatorlarni olar edi. Sirk maydonida yoki amfiteatrlarda olishuvda omon qolgan gladiatorlar yana maktab ixtiyoriga qaytib borar edi.
Gladiatorlarning maktablarda qullarni ekspulatsiya qilishining nihoyat darajada qattiq shakllari mavjud edi. Lekin bu maktablarda qo‘llarni birlashtirish uchun eng yaxshi sharoit ham bor edi. Shuning uchun gladiatorlarning maktablari ko‘pincha qullar qo‘zg‘olonning o‘chog‘i hisoblanar edi. Rim tarixidagi qullarning gladiator Spartak boshchiligida ko‘tarilgan eng yirik qo‘zg‘olon Kapus shahridagi maktab gladiatorlarning qo‘zg‘oloni bilan (eramizdan avvalgi 73-yilda) boshlangan edi. Bu qo‘zg‘olon juda katta qullar ommasini harakatga keltirdi. Rim quldorlik davlati qullarga qarshi kurashish uchun o‘zining barcha kuchlarini safarbod etishga majbur bo‘ldi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlik bilan bostirildi, lekin u quldorlik tuzimi asoslarini larzaga keltirishda imkon bergan qullar revolyusiyasining boshlanishga sabab bo‘ldi.
Imperatorlik davrida jismoniy tarbiya.
Quldorlar tuzumining chirish jarayoni Rim imperatorligida davom etidi. yemirish alomatlari Rim ijtimoiy va madaniy holatining barcha sohalarida, shu jumladan, jismoniy tarbiya sohasida ham borgan sari ko‘proq darajada namoyon bo‘la boshladi.
Professional armiyaga o‘tilishi, xuddi Gretsiyadagi singari, quldorlarning ilgari qaror topgan harbiy – jismoniy tarbiyasi qattiq tuzumining tushkunligiga sabab bo‘ladi. Mo‘l-ko‘lchilik noz-nematlariga ko‘milib qolgan quldor aslzodalar jismoniy tarbiya vositalari xazinasida o‘zlari uchun fuqat nozik badan ehtiyojlarining qondiradigan elementlarigina saqlab qoldilar. Maxsus qurilgan xashamatli termlardan (cho‘miladigan joylarda)gi ilk suvda cho‘milish eng sevimli mashg‘ulot bo‘lib qoldi; binolarda massaj qiladilar, yyengil gimnastika mashqlari bajaradilar va to‘p o‘yinlari o‘ynar edi.
Tomoshalarning yanada rivojlanishi imperiya davrida Rim jismoniy tarbiyasi uchun, ayniqsa, xarakterli edi. Tomoshalarning yanada rivojlanishi tomoshalar soni va ko‘lamining oshishi yo‘li bilangina emas, balki ular xaraktyerlarining o‘zgarishi bilan ham-olomonning yaramas niyatlarini qo‘zg‘otadigan dahshatli ovunchoqlariga aylanishi yo‘li bilan ham bordi.
Imperatorlik davrining boshlariga kelib (eramizdan avvalgi I asrning dastlabki-yillarida) tomoshalar jami bo‘lib-yiliga 66 kun o‘tkazilar edi. eramizning II asri o‘rtalarida ular uchun endi 135 kun, IV-asr yarmida 175 kun ajratilar edi.
Sirk o‘yinlari ko‘lamining yanada kengayib borishi bilan bir qatorda (asosan qo‘sh g‘ildiraqli aravalarda chopish) gladiatorlik janglari ham g‘oyat katta ko‘lamda rivojlandi. Gladiatorlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun maxsus inshootlar-amfiteatrlar qurilgan edi. Bu inshootlardan kattasi eramizning V asrida qurilgan Kolizey amfiteatri edi; bu amfiteatrining vayronalari Rimda hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.
Amfiteatr maydonlarida olomonning vaqtichog‘ligi uchun yuzlab gladiator jang qilar edi. Maydonda chinakam jang bo‘lib, ularda faqat piyoda gladiatorlargina emas, balki otliq gladiatorlar ham qatnashar edi. Uddaburon o‘yin tashkilotchilari bu o‘yinchilarga qanoat qilmasdan, gladiatorlarning yirtqich hayvonlar bilan jang qildirar edi. Tomoshaning bu turi Rimda birinchi marta eramizdan avvalgi II asrlardayoq paydo bo‘lgan edi, lekin imperiya davrida juda keng ko‘lamda tarqalgan edi. Maxsus kavlangan katta qullarda o‘tkaziladigan dengiz janglari qonli gladiatorlik janglarining alohida turi edi. Avgust tamonidan tashkil etilgan ana shunday janglardan birida 19 ming gladiator qatnashgan edi.
Tomoshalarning barcha bu turlari “mag‘rur Rim” tashqi go‘zalligining va shu bilan birga, Rim quldorlik jamiyati eng chuqur ichki tushkunligi, xo‘no‘q chirishining yorqin yoki yaqqol ifodasi bo‘lib, ularda qatnashuvchilar o‘z xo‘jayinlarini ixtyorlari bilan qonli olishuvlarda bir-biriga qarshi chiqish uchun maxsus jismoniy tayyorgarlikni o‘tashlari lozim edi.
Shu bilan birga ayni bir vaqtda Rim hukumron doiralari yunon namo‘nalari zaminidagi atletika musobaqalaridan Rim sharoitida mustahkamlab qolishiga erishish uchun ozmuncha harakat qilmadilar. Imperator Avgust Rim Aksaum g‘alabasi sharafiga har to’rt-yilda bir marta o‘tkaziladigan “aktineya” atlantika o‘yinlarining ta’sir etishiga ko‘rinib ko‘rdi. Lekin bu o‘rinishi muvaffaqiyat qozonmadi. Neron eramizning 60-yilida qo‘sh g‘ildiraqli aravalarning chopishidan va atletlarning musobaqalaridan iborat bo‘lgan “Eroniya” bayramini tashkil qildi. 86-yilda kapitoliy o‘yinlarini ta’sis etgan imperator. Domikaning urunishi ancha o‘rinli bo‘lib chiqdi; bu o‘yinlar Rim imperiyasi tugatilguncha yashab keldi. Atletika musobaqalaridan kurash va mushtlashish musobaqalari ancha keng ommalashgan edi.
IV asrda Rimda xristian diniy davlat tamonidan quvvatlana boshlandi. Chernov ta’siri asta-sekin davlat va jamoa hayotining barcha sohalariga tarqaldi. Cherkov o‘z hukumronlik ahvolini mustahkamlashga halaqit beradigan. Rim an’analariga qarashi aktiv kurash olib bordi. Cherkov Rim tomoshalariga ayniqsa qonlik gladiatorlik janglariga qarshi chiqdi. Tomoshalarning kishilik ahloqi normalari elementlariga zid kelganligi uchungina emas, balki ularning ommaning o‘ziga jalb etib, cherkov ta’sirining yanada tarqalishi va mustahkamlashishiga to‘siq bo‘lganligi uchun ham tomoshalarga qarshi kurash olib bordi.
Qo‘sh aravada mashqlar bajarish.
Buning natijasida IV asrdayoq gladiatorlar o‘yinlarining ko‘lami va soni kamaya boshladi, 404-yilda esa ular tomom ila taqiqlandi. Lekin cherkov rimliklar hayotiga mustahkam kirib qolgan tomoshalarni darhol tugatishga qadur emas edi. Rim olomoni Rim davlatining yyemirilishiga qadar tomoshalar ko‘rsatilishini talab qilib keldi va ular ko‘rishga muvofiq bo‘ldi. Biroq bu tomoshalar endi asosan qo‘sh g‘ildiraqli aravalarning sirkda chopishi va professional kurashga hamda mushtlashuvchilarning chiqishlari bilan cheklangan edi.
Qachonlardir qudratli bo‘lgan Rim quldorlik davlati ichki ziddiyatlar tufayli ichidan zil ketib, har jihatdan bosib kelayotgan varvar qabilalarning hujumiga bardosh bera olmadi. 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasining hukumronligi tugatildi. Bu tuzum o‘rniga Yangi ijtimoiy tuzum, quldorlik munosabatlariga nisbatan Yangi, ancha progressiv feodal ishlab chiqarish munosabatlari vujudga keldi.