21-modda. Javobgarlik asoslari
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi Qonunni buzish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi Qonunni buzganlik uchun bu ishda aybdor bo‘lgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar bo‘ladilar.
Jamoat birlashmasi, shu jumladan o‘z ustavini ro‘yxatdan o‘tkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |