Zamonaviy pedagogika nazariyasining bir qator olimlarining pedagogik faoliyat to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini maxsus fanlar o‘qituvchisining faoliyatini o‘rganishda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, biroq 14 bu yerda uning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar kelib chiqadi. Bu xususiyatlar ko‘p qirrali bo‘lib, faoliyatning turli tomonlariga xos bo‘ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin bo‘lib, har biri alohida bir tomonining o‘ziga xoslikligini nomoyon etadi. Maxsus fan o‘qituvchisi o‘zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga ko‘ra umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalari majmuasi bilan biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi . Faqat maxsus fan o‘qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini ta’minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani pedagogikadagi tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogikaning bir sohasi sifatida boshqa bir qator fanlarga uzviy bog‘langan. Maxsus fan o‘qituvchisi o‘zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga ko‘ra umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalari majmuasi bilan biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi Faqat maxsus fan o‘qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini ta’minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. Ba’zi tadqiqotlarda maxsus fan o‘qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos funksiyalari sifatida quyidagi: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uslubiy (metodik), ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy, diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa: ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib berilgan Maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik fikrlashning samarodorligini oxirigacha o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi. Maxsus fan o‘qituvchisi faoliyatining o‘ziga xosligini o‘rganishda qabul qilish jarayoni (rang,tovush, vaqt, hid va b.), diqqati (biologik,tabiiy va ijtimoiy, texnik -texnologik jarayonlar va boshqalarni kuzatish), nutqi-kasbiy yo‘nalganlilik terminologiyasi va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi. Magistratura mutaxassisliklarini tugatgan magistrlar oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars olib boradilar. Oliy ta’lim muassasalari uchun maxsus fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni bilan biror predmet fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni o‘rtasida ayrim farqlar mavjud. Xususan, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganishda magistrantlar tomonidan bakalavriaturaning o‘z turdosh yo‘nalishlari o‘quv 15 rejasida ko‘zda tutilgan bir nechta (6–7 gacha) umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganilishi nazarda tutiladi. Ayni shu holat maxsus fanlar o‘qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |