Bog'liq Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot metodi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot metodi.
MUNARIJA: Kirish ……………………………………………………………………………..3
I.BOB. JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASINING ILMIY TADQIQOT USLUBLARI
1.1. Jismoniy madaniyatda darslarida Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari………………………………..……..………5
1.2. Taxlilchining darsi boshlanguncha bajaradigan ishlari ……..….….………….8
1.3.Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat va pedagogik tahlil etish….…17
1.4.Jismoniy madaniyat bilan shug`ullanuvchini ko`rikdan
o`tkazish va kuzatish …………………………………………………………….23
Xulosa …………………………………………………………………………….26
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………….28
Kirish Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2021 yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilli” deb nom berdilar. Barchamizga ma’lumki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, aholi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportni o‘rni beqiyosdir.
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishni, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi.
Aholini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari, turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyat kasb etadi va ularda mardlik, vatanparvarlik, sadoqat va halollik tuyg‘ularini shakllantirishda yordam beradi.
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi. Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo`lib, qo`shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va sotsial-tarixiy izlanish uslublaridan ko`prok extiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslublari–nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik ko`zatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan iboratdir.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o’quv predmetining mazmuni hozirgi kunda nisbatan mustaqil lekin, bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan muammoli tsikllardan tashkil topgan bo’lib, oliy o’quv yurti mutaxassislaridan jismoniy tarbiya sohasi uchun maxsus kasb-hunarga ega bo’lgan ixtisoslikni puxta egallagan pedagogni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlaydigan Oliy o’quv yurtlarining talabalari, magistrlari, o’rta maxsus ta’lim muassasalarining o’quvchilari uchun mo’ljallangan ushbu darslik jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya bakalavri o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, jismoniy tarbiya mutaxassisiga kasb tayyorgarligining ilmiy, nazariy va amaliy materiallarini o’zida mujassamlashtirgan va jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida yordam beradi.