birinchidan, egallagan davlat lavozimiga loyiqligi;
ikkinchidan, xizmat faoliyati yuzasidan attestatsiya komissiyasi ko'rsatmalarini
bajargan taqdirda, egallagan lavozimiga loyiqligi;
uchinchidan, egallagan davlat lavozimiga loyiq emasligi.
Agar davlat xizmatchisi egallab turgan davlat lavozimiga noloyiq deb topilgan
bo'lsa, u malakasini oshirishga yoki qayta tayyorlanishga yoxud boshqa davlat lavozimiga
o'tkazilishi mumkin.
Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish — kadrlar siyosati va davlat
xizmatini boshqarishda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning huquqiy vositasi
hisoblanib, davlat organlarida maqsadga muvofiq yo'naltirilgan kadrlar siyosatini tashkil
etish va amalga oshirishni ta'minlaydi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |