Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix sirtqi S0602 2020 guruh talabasi Tugalova Dilafroʻz



Download 27,28 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi27,28 Kb.
#265882
Bog'liq
To'xtayeva Mashura


Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix sirtqi S0602 2020 guruh talabasi Tugalova Dilafroʻz

TugalovaDilafruz.@gmail.com

Tel: +998993556177

Jizzax voha aholisining xoʻjalik faoliyat turlari shakllanishida tabiiy geografik joylashuvning ta'siri.

Mirzachoʻlda qilingan ishlar yaxshi tajriba, namuna boʻldi. Endi Jizzax viloyatining har bir tumani markazini shu tarzda obod qilish, zarur qurilish-taʼmirlash ishlarini shu yilning oʻzida yakunlash kerak.

Shavkat MIRZIYOYEV

Jizzax tabiiy landshafti jihatidan mamlakatimizning boshqa hududlaridan alohida ajralib turadi. Purviqor Zominu Nurota togʻlari, bepoyon dashtu choʻllar va katta maydonni egallagan Aydar — Arnasoy koʻllar tizimi... Bularning barchasi viloyatdagi jugʻrofiy rang-baranglikni taʼminlagan. Jizzaxliklarni unumdor yer, qazilma boyliklar, iqlim sharoiti jihatidan ham tabiat siylagan. Xoʻsh, shuncha imkoniyat boʻla turib, nima uchun viloyatning salohiyati yaqin-yaqinlargacha koʻngildagidek yuzaga chiqmagan?!


  • Bilasizmi, oʻtgan asrning 60 — 70-yillarida choʻllarni oʻzlashtirishga, paxta yakkahokimligiga zoʻr berildi, — deydi viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni Anorboy Eshmatov. — Kechagidek yodimda, oʻsha davrlarda butun boshli qishloqlar choʻllarga koʻchirildi. Faqat moʻl hosil yetishtirish, katta daromad olishga harakat qilindi. Lekin, afsuski, odamlar taqdiri bilan hech kim qiziqmadi. Sobiq ittifoq davrini qoʻya turaylik, yaqin oʻtmishda ham Jizzax eʼtibordan chetda qolib ketdi. Amal-taqal qilib ishlab turgan sanoat korxonalari ham turli muammolar girdobida inqirozga yuz tutdi. Oqibatda otameros dehqonchilik va chorvachilik aholining asosiy tirikchilik manbai boʻlib qolaverdi. Bu notoʻgʻri siyosat, taassufki, aholi turmushiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. Kuchli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzaga qalqib chiqa boshladi.

Yozda chang-toʻzon, qishda loy koʻchalar, palapartish qurib tashlangan pastqam va koʻrimsiz uylar, yoʻllarning abgor holati hududning qoloqlikka yuz tutganini yaqqol ifodalardi…

Anorboy ogʻaning kuyunchaklik bilan aytgan gaplarini tinglab, dastlab Manasda, keyin butun mamlakatimiz boʻylab keng quloch yozgan “Obod qishloq” dasturi aynan Jizzaxdan boshlangani ham bejiz emasligiga yana bir karra amin boʻldik. Axir ushbu viloyat aholisi ham yaxshi yashashga, orzulari roʻyobini koʻrishga haqli-da!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlarimiz islohotlar samarasini uzoq kelajakda emas, bugun oʻz hayotlari misolida his qilishlari, sezishlari kerak” degan xalqchil siyosati ayni shu jihatdan ham yurtdoshlarimizni ruhlantirib yubordi, qalblariga choʻgʻ soldi, dunyoga boshqa koʻz bilan qarashga oʻrgatdi, tasavvurlarini kengaytirdi. Mazkur tamoyilning dastlabki mevalarini Jizzaxdagi tarixiy oʻzgarishlar misolida yaqqol koʻrish mumkin.

Nomi shaharcha edi-yu, ammo…



  • Shu yerning farzandi sifatida yaxshi bilamanki, Jizzaxning ahvoli ogʻir, Mirzachoʻl tumaniniki esa undan-da murakkab edi, — deydi Mirzachoʻl tumani hokimi Komil Xolmurodov. — Davlatimiz rahbarining islohotlarni mamlakatimizning eng olis hududlaridan boshlaganida ham katta maʼno bor.

Oʻtgan asrning 70-yillari boshida Mirzachoʻl oʻzlashtirilib, tumanimizga asos solingan. Oʻshanda oʻn minglab oilalar choʻlga koʻchirilib, vaqtincha yashashlari uchun oddiy yogʻochdan baraklar qurilgan. Ular keyinchalik buzib tashlanishi va yangi turarjoylar bunyod etilishi rejalashtirilgan ekan.

Ammo, mana, oradan ellik yil oʻtibdi hamki, Mirzachoʻlda hech bir oʻzgarish amalga oshirilmadi. Bu yerda yashayotgan insonlar taqdiri esa umuman eʼtibordan chetda qolib ketdi. Odamlar hamon baraklarda yashab kelayotgandi, shunga majbur edi. Har kim qurbi yetganicha qoʻshimcha binolar — kimdir oshxona, tandirxona, yana kimdir molxona tiklab olgan boʻlsa-da, pastqam va palapartish qurib tashlangan imoratlar, nuragan uylar dilni xufton qilardi. Tabiiyki, bu baraklarda infratuzilma haqida-ku gap ham boʻlishi mumkin emasdi. Garchi, tuman markazi — Gagarin shaharchasi deb atalsa-da, bu yerda baʼzi qishloqlardagi sharoit ham yoʻq, boz ustiga, aholining deyarli 90 foizi ishsiz edi.

Keyingi bir yil davomida Gagarin, agar taʼbir joiz boʻlsa, mirzachoʻlliklarning yetti uxlab tushiga ham kirmaydigan olamshumul oʻzgarish va yangilanishlarga yuz tutdi. Baraklar butunlay buzib tashlanib, qisqa muddatda zamonaviy tipdagi uylar bunyod etildi. Ularga 370 oila koʻchib kirdi. Markaziy koʻchalar bilan birga, mahallaning barcha ichki yoʻllariga asfalt yotqizildi. Toʻrtta koʻp qavatli turarjoy binosi qad rostladi.

Eng quvonarlisi, birin-ketin ish boshlayotgan katta-kichik korxonalar tumanimizning jadal sanoatlashuviga turtki beribgina qolmay, bandlik darajasining oshishi, odamlarimiz turmushi farovonlashuvida ham muhim omil boʻlmoqda.

“Tushimizga ham kirmagan voqea boʻldi”

Gagarin shahrining markaziy koʻchasidamiz. Olti qatorli keng yoʻl atrofiga ekilgan manzarali daraxt koʻchatlari va anvoyi gullar qishning sovuq kunlarida ham hududga oʻzgacha fusunkorlik bagʻishlab turibdi. Qad rostlagan muhtasham imoratlar meʼmoriy qiyofasi biri ikkinchisini takrorlamaydi. Ularning har biri zamonaviy yondashuv asosida qurilgan.

Davlat xizmatlari markazi, musiqa hamda sanʼat maktabi, Xotira va yodgorlik majmuasi, turli banklar hamda supermarketlar, koʻp qavatli turarjoylar, Qozoq milliy drama teatri, stadion kabi bir qator inshootlarning koʻrkam koʻrinishi choʻl bagʻridagi shahar qiyofasini butunlay oʻzgartirib yubordi.


  • Ilgari uyimizga mehmon chaqirishga, ochigʻi, uyalardik, — deydi Gʻalaba mahallasi, Barakat koʻchasida yashovchi Maqsud Misirov. — Tasavvur qiling, voyaga yetgan uch farzandim bilan bir xonali barak uyda yashardik. Oshxonamiz toʻrtta yogʻoch ustundan tiklanib, ustiga tunuka yopilgan oʻchoq-tandirdan iborat edi. Boshqa viloyatlardan qarindoshlar, yoru birodarlar kelib qolsa, oʻzimizni qoʻyarga joy topolmay, xijolat chekkan paytlarimiz ham koʻp boʻlgan. Ishlayman desang, ish, sharoitni yaxshilayman desang, imkoniyat boʻlmasa. Oʻz yogʻimizga oʻzimiz qovrilib, qismatimiz shu ekan-da, deb yuraverardik...

Yoʻq, peshonamizga unday yozilmagan ekan! Yaqinda zamonaviy, barcha qulaylikka ega yangi uyga koʻchib kirdik. Endi xonadonimizga kelgan mehmonlar havas qilishmoqda.

Bir oila toʻla-toʻkis, baxtli hayot kechirishi uchun nimaiki lozim boʻlsa, uyimizda barchasi muhayyo. Issiq va sovuq suv bor. Gaz hamda kanalizatsiya tarmogʻiga ulangan. Farzandlarimning har biriga alohida xona… Sizga aytaymi, baʼzan uyda hech kim yoʻqligida xonalarni aylanib chiqaman. Devorlariga, shiftiga qarab-qarab qoʻyaman. Shukr, deyman qayta-qayta. Ishonish qiyin-da.

Hayotimizdagi yana bir unutilmas voqea — yaqinda Prezidentimizning xonadonimizga tashrif buyurganlari boʻldi. Bizni yangi uy bilan tabrikladilar. Samimiy soʻzlarini aytdilar. Bu biz uchun juda katta baxt. Agar, ilgari shunaqangi kunlar kelishi xayolingizdan oʻtganmidi, deb soʻrasangiz, aslo, hatto tushimizga ham kirmagandi…

Ayni paytda turmush oʻrtogʻim va qizim mahallamizda faoliyat boshlagan “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”da ishlashyapti. Ular ham behad xursand. Endi katta toʻylar qilmoqchimiz. Kelinglar, mehmon boʻlib ketasizlar!

Achchiq qismat qarshisida sinmagan matonat

Mirzachoʻl tumani markazi boʻylab kezarkanmiz, yoʻl boʻyidagi ikki qavatli muhtasham turarjoy eʼtiborimizni tortdi.



  • Mazkur bino shu paytgacha qarovsizlikdan xarob ahvolga kelib qolgandi, — deydi bizga hamrohlik qilgan tuman hokimligi mutasaddilaridan biri Xolmoʻmin Oʻroqboyev. — Bu yerda keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, hududimizdagi turli millatga mansub, nogironligi boʻlgan va yakka-yolgʻiz 21 nafar nuroniyga bepul berildi.

Xonadonlardan birining eshigini taqillatdik. Eshikni ochgan otaxon bizni ichkariga taklif qildi.

  • Yaqinda 81 yoshni qarshiladim, — deydi Turdiali ota Xoʻjamberdiyev. — Taqdir ekan, bir oʻgʻlim armiyadan qaytmadi. Yana biri avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Farzand dogʻini koʻtarolmay kampirim ham meni tashlab ketdi… Qarindoshlarimning oʻz oilalari, roʻzgʻorlari bor. Qarigan chogʻimda ularga ortiqcha yuk boʻlmayin, deb turli egasiz, tashlandiq kulbalarda yashab yurdim. Yoshing bir joyga yetganida xor qilmasin ekan! Lekin Yurtboshimizga ming rahmat, qariganimda meni yolgʻizlatib qoʻymadi...

Xonadonga asta nazar tashlaymiz. Yangi gilamlar toʻshalgan. Mehmonxona divan, kreslo, stol-stullar bilan jihozlangan. Uy toʻrida yangi televizor. Darpardalar rangin matolardan tikilgan. Oshxonada yangi gaz plitasi. Vannadagi eng soʻnggi rusumdagi kir yuvish mashinasini koʻrib, hayratimiz chandon ortadi.

U yerdan chiqib, yana bir xonadonga kirdik. Gulmurodova Jumagul deya oʻzini tanishtirgan ayol bizni qarshi oldi. Qirgʻiz millatiga mansub opaxonning ham qismati ogʻir ekan. Bir qizi, bir oʻgʻlida tugʻma nogironligi bor. Yurolmaydi, turolmaydi...



  • Oʻn olti yildan buyon nogironligi boʻlgan ikki bolam bilan ijarama-ijara yurib, sarson-sargardonlikda kun kechirdik, — deydi koʻziga yosh olib Jumagul opa. — Biz koʻrmagan qiyinchilik qolmadi. Xoʻjayinim ham bizdan yuz oʻgirdi. Uch nafar farzandim bilan koʻchada qolgandik. Farzandlarim tez-tez kasal boʻlishadi. Ulardan ortib, ishlay olmasam. Boshimni qay devorga urishni bilmagan kunlarim ham boʻldi...

Jumagul opaning soʻzlarini jimgina tinglashga harakat qilamiz. Oʻn olti yil-a! Uning matonatu jasoratini, sadoqatini taʼriflashning, tasvirlashning imkoni yoʻq.

Achchiq qismatiga qarshi sabr-toqat bilan kurashayotgan bu ayolni ham Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar samarasi chetlab oʻtmaganidan koʻnglimiz taskin topdi.

Bu yerda yana rus, tatar, ukrain, qozoq millatiga mansub kishilarni ham uchratdik...

Mirzachoʻl qoloq hududdan ilgʻor sanoat markaziga aylanadi

Bir tuman agrar sohadan, xususan, paxta va gʻalla hosilidan bir necha milliard soʻm daromad koʻradi. Uni ekishdan tortib, yigʻib-terib olguncha hududning deyarli butun bir aholisi jalb etiladi. Kamiga oʻzga viloyatlardan hasharchilar chaqiriladi. Buning dahmazasini endi oʻzingiz tasavvur qilavering. Yil boʻyi mehnat qilasan, daladan beri kelmaysan, lekin kosang oqarmaydi.

Aslida esa bundan olingan daromad 400 — 500 kishi mehnat qiladigan kichik sanoat korxonasi daromadidan koʻp boʻlmaydi. Buni taqqoslash yoki tahlil qilish uchun malakali iqtisodchi yoki ekspert boʻlish shart emas. Shu bois ham bugun Prezidentimiz paxtachilikni klaster usulida yoʻlga qoʻyishga, qishloqlarga sanoatni olib kirishga, yangi-yangi ish oʻrinlari yaratishga ustuvor maqsad sifatida qaramoqda.

Qishloqlarni-ku qoʻya turing, shu paytga qadar Mirzachoʻl tumanida birorta ham aytarli sanoat korxonasi yoʻq edi. Hatto, bir paytlar qurilgan paxtani qayta ishlash zavodi ham turli bahonayu sabablar bilan qoʻshni tumanlarga koʻchirib ketilgandi. Mirzachoʻlliklar paxtadan, gʻalladan qanchalik moʻl hosil yetishtirmasin, Davlat byudjetiga qaram boʻlib qolaverardi. Tuman hokimligi mutasaddilarining maʼlum qilishicha, hudud 85 foizgacha davlatdan dotatsiya olib kelgan.

Soʻnggi bir yilda tumanda “Mirzachoʻlteks”, “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”, “Mirzachoʻl meliorator”, “Mirzachoʻl chorva kompleksi” kabi sanoat korxonalari ish boshladi. Ularning har birida 100 nafardan 300 nafargacha aholi doimiy daromad manbaiga ega boʻldi.



  • Korxonamizning loyiha qiymati 28 million 300 ming AQSH dollariga teng, — deydi “Mirzachoʻlteks” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Abdulaziz Ahmadaliyev. — Kalava ip, jinsi mato va undan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik. Toʻliq quvvatga erishgach, Mirzachoʻl paxtasini qayta ishlab, yiliga 2600 tonna kalava ip, 9 million 504 ming pogonometr jinsi mato hamda 600 ming dona kiyim-kechak tayyorlash imkoniyatiga ega boʻlamiz. Ichki bozordan tashqari, xorijga 1,2 million dollarlik mahsulot eksport qilishni moʻljallab turibmiz.

Ayni paytda Mirzachoʻlda 12 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati qayta tiklandi. Boʻsh turgan 10 ta obyekt investitsiya kiritish sharti bilan tadbirkorlarga “nol” xarid qiymatida berilmoqda.

Bular barchasi soʻnggi yilning nari-berisida amalga oshirilgan ishlar. Tez orada Mirzachoʻl qoloq hududdan ilgʻor sanoat markaziga aylanadi. Aholi daromadi ortib, bugunidan rozi boʻlib yashaydi. Ertangi kunga ishonchi esa yanada mustahkamlanib boraveradi.

“Hali maqtanarli ish qilganimiz yoʻq”

Keyingi safarimiz Forishga boʻldi. Bu manzilga yoʻl olar ekanmiz, pagʻa-pagʻa qor yogʻa boshladi. Oʻydim-chuqur yoʻllar, tuman markazidagi tirbandlik bir oz asabimizni buzganini hisobga olmasa, mahalliy hokimiyat binosini tezda topib bordik. Qabulxonada hokimni qizgʻin ish ustida uchratdik. Yigirma-oʻttiz chogʻli odamga zarur vazifalarni batafsil tushuntirayotgan ekan. Ularning gap-soʻzlaridan bildikki, aksariyat tadbirkorlar oʻz muammolariga yechim izlab shu yerga kelishgan ekan.



  • Hali matbuotda yoritadigan biror maqtanarli ish qilganimiz yoʻq, — deydi Forish tumani hokimi Abdivali Mustanov. — Mana, agar idoramizga kelguncha eʼtibor bergan boʻlsangiz, tuman markazi — Bogʻdonni shaharcha deb boʻlmaydi. Qishloqqa oʻxshaydi. Yoʻllari taʼmirtalab, tor. Boz ustiga, markazda joylashgan bozor tirbandlikni yuzaga keltirmoqda.

Tumanimiz yer maydoni jihatidan Fargʻona viloyatiga teng. Viloyatimizning 51 foiz hududi esa Forish hissasiga toʻgʻri keladi. Biroq suv taqchilligi bois aholi, asosan, lalmikorlik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Soʻnggi yillarning qurgʻoqchil kelishi, gapning rosti, odamlarimizni qiynab qoʻydi.

Prezidentimiz tashrifi doirasida tumanimizda juda katta yangilanish va oʻzgarishlarga tamal toshi qoʻyildi. Jumladan, Forish markazi butunlay qaytadan barpo etiladi. Koʻrimsiz, guvaladan koʻtarilgan uylar buzib tashlanib, ikki-uch qavatli zamonaviy binolar qad rostlaydi. Ularning birinchi qavatida turli savdo doʻkonlari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ish boshlaydi. Tikuvchilik sexlari tashkil qilinadi. Shu orqali ham koʻplab ish oʻrinlari yaratiladi. Ayni paytda bu boradagi yumushlarga jadal kirishganmiz.

Yoʻllar kengaytirilib, uning ikki tomonida piyodalar uchun alohida yoʻlkalar quriladi. Zamonaviy yoritish chiroqlari oʻrnatiladi. Bundan tashqari, keng koʻlamli koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bogʻdonga kiraverishda 9 gektarlik zamonaviy istirohat bogʻi barpo etiladi. Bu yerda turli koʻngilochar attraksionlar, musiqali favvoralar quriladi.

Yana bir yirik loyiha — Karaman suv omborining qurilishidir. Ushbu yirik gidroinshoot ishga tushirilishi natijasida 50 ming gektardan ortiq ekin maydonlarini kafolatli sugʻorish imkoniyati paydo boʻladi. Qolaversa, 10 ming gektar maydonda tokzorlar barpo etmoqchimiz. Ushbu loyihaning ham barcha moliyaviy manbalari topilgan.

Forishning bugungi qiyofasini oʻzgartirib, salohiyatini oshiradigan yana koʻplab loyihalar ustida ish olib boryapmiz. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va koʻrsatmalari asosida roʻyobga chiqarilayotgan bunday yangilanishlar forishliklarning hayotini butunlay oʻzgartirib yuborishiga ishonchim komil.

Temirdan sakkiz baravar yengil, uch marta mustahkam

Odatda, hamkasblarimiz maqolalarini boshlayotganlarida biror noyob loyihaga nisbatan “Markaziy Osiyoda yagona”, “MDHda yagona” kabi taʼriflarni keltirishadi. Choʻl va togʻlardan iborat Forishda ham ana shunday eʼtirofga mos korxonalar qurilayotganiga tan bermay ilojingiz yoʻq.


  • Toshni eritib, undan temir oʻrnini bosuvchi bazalt tolasi ishlab chiqarishni oʻzlashtirdik, — deydi “Mega invest indastrial” qoʻshma korxonasi rahbari Yorqin Tilovov. — Bundan million-million yillar oldin Forish togʻlarida vulqonlar otilib chiqishi natijasida paydo boʻlgan toshlar, yaʼni bazaltni 1,5 ming daraja issiqlikda eritib, sunʼiy lava holatiga keltiramiz. Undan soch tolasi qalinligidan 5-6 barobar ingichka tola olamiz. Ularni koʻz bilan ilgʻash qiyin. 222 ta shunday tola birlashtirilib, ip holatiga keltiriladi. Ularni yana birlashtirib, armatura tayyorlanadi. Temirga nisbatan uch marta mustahkam boʻlishi bilan birga, 8 marta yengil, egiluvchan. Deylik, bazaltdan olingan ikki yuz metrlik armatura, bor-yoʻgʻi, 6 kilogrammni tashkil qiladi. Bundan tashqari, undan plitalar tayyorlashda ham keng foydalaniladi. Pirovardida binolarning zilzilabardoshligi bir necha marotaba ortadi.

Ushbu innovatsion loyiha Yevropa, Rossiya va Oʻzbekistonda ilk bor amaliyotga joriy qilindi. Bazaltdan tayyorlangan temir umuman chirimaydi, yaʼni korroziyaga uchramaydi. Oʻzidan tok oʻtkazmaydi. Shuningdek, ushbu mahsulot samolyotsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik kabi qator sohalarda keng qoʻllanilmoqda. Qisqasi, bu texnologiya koʻplab sohalar rivojida inqilob yasadi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Gapimning isboti sifatida sizga yana dalil keltiray. Odatda, avtomobilga oʻrnatilgan metan gaz balloniga 200 — 250 bosim ostida gaz quyish mumkin. Agar ballon bazaltdan olingan xom ashyodan tayyorlansa, u 800 bosimgacha gazni sigʻdira oladi.

Yana bir hayratlanarli jihati, mazkur korxonada kuniga 1,2 tonnagacha tosh eritilarkan. Buning uchun sarflangan gaz hajmi qiymati 80 ming soʻmga teng ekan.


  • Oʻtgan bir yil davomida ichki bozorga 30 milliard soʻmlik mahsulot sotdik, — deydi mazkur MCHJ ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Xayrulla Roʻziboyev. — Endilikda xorijdan ham katta hajmda buyurtmalar olyapmiz. Toʻliq quvvatga erishganimizdan soʻng yiliga 3,9 million dollarlik mahsulot eksport qilish imkoniga ega boʻlamiz.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

Korxonani aylanar ekanmiz, boshqaruv pultida oʻtirgan yigitni suhbatga tortamiz.



  • Asli shu yerlikman, — deydi Maʼruf Malikov. — Jizzax politexnika institutini tamomlaganman. Men bilan mehnat qilayotganlarning aksariyati forishlik yoshlar. Qishlogʻimizga yaqin joyda shunday noyob korxona quriladi, deb hech ham oʻylamagan edim. Oylik maoshlarimiz ham yaxshi. Ota-onam oʻzga yurtlarda emas, shu yerda ishlayotganimdan juda xursand.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi chogʻida hududni kompleks rivojlantirish maqsadida yaqin istiqbolda 2 milliard dollardan ortiq investitsiyalar jalb qilinib, Jizzax viloyati “sanoat xabi”ga aylantirilishini bildirdi. Bu 1 million 300 mingdan ortiq jizzaxliklar hayotida yangi davr boshlanishidan darak beradi.

Davlatimiz rahbari Mirzachoʻl tajribasini, umuman, Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan “Ilgʻor hudud” sinov loyihasini mamlakatimizning barcha hududida ham keng tatbiq etish borasida mutasaddilar oldiga masʼuliyatli, shu bilan birga, ijrosini kechiktirib boʻlmaydigan muhim vazifa qoʻydi. Jizzaxda boshlanib, yurtimiz shaharu qishloqlari, eng olis ovullarida keng quloch yozayotgan ezgu tashabbus xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirib, hududlar qiyofasining butunlay zamonaviylik kasb etishida muhim poydevor boʻlib xizmat qilishi, shubhasiz.



Foydalanilgan Adabiyotlar roʻyxati

  1. Xalq soʻzi gazetasi

  2. Ziyonet.uz

  3. Arxiv.uz

  4. Google.uz

Dala amalyot bo’yicha:

  1. Jizzax viloyat.Bulung’ur tumani 1 sonli arxiv bo’linmasi arxiv materiallari

Asosida 04.03.2020 yil.
Download 27,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish