Fakultet kengashi raisi: _____________ dots.N.Muqimova
O`quv-uslubiy bo’lim boshliqi: ___________ X.Xamzayev
Kirish
Kelajagi buyuk davlatda yashayotgan fuqorolar har tomonlama komil insonlar bo`lish imkoniyatiga ega. Shaxsning komilligi deyilganda aqliy, axloqiy, ruhiy va jismoniy jihatlardan eng yuksak fazilatlarga erishgan kishilar tushuniladi. Bunday sifatlarning egallanishi uzoq davom etadigan jarayon bo`lib, ko`pgina omillarga bog’liqdir. Shaxs kamolotining eng asosiy omillari sifatida obod turmush tarzi, irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit, ta`lim va tarbiya hamda faoliyat tushuniladi. Xayotda farzand tarbiyasidan xam murakkabrok, mas`uliyatligi cheksiz, o`ta muhim, har bir oilani, jamiyatni jiddiy o’ylantirib ko’yuvchi vazifadan ham yukorirok ish bulmasa kerak. Chunki farzand orzu-umidlarimizni amalga oshiruvchi, vatanimizni himoya qiluvchi, jamiyatimiz katta umidlar bog’lagan-yurt kelajagidir. Ayni paytda o`sib kelayotgan yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash, ta`lim berish, barkamol shaxs darajasiga etkazish mustakil O`zbekistonimizda yashayotgan har bir ota – ona, tarbiyachi, o`qituvchining, bir so`z bilan aytganda, yoshlar ta`lim-tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi har bir shaxsning vazifasidir.
Har bir ma`rifatli, ma`naviyat tushunchasiga to`liq ega bo`lgan, vijdonli inson, avvalo obod turmush tarzini o’zi uchun oilasi uchun yaratadi. Shundagina mustaxkam oila vujudga keladi va shu oilada shaxsni kamolotga etkazadigan farzandlar dunyoga keladi. Ta`lim va tarbiyani aksariyat hollarida aqliy va axloqiy rivojlanishning asosiy sharti deb qaraladi. Tinch-totuv ya`ni obod, farovon xayotda tarbiya odam bolasi shug’ullangan va uni kamolotning yuqori darajalariga olib chiqqan eng qadimiy tarbiya turlaridan biri hisoblanadi. Hali aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, mehnat, nafosat va boshqa tarbiya tarmoqlari tugal ilmiy asoslariga ega bo`lmagan davrlarda (dastlabki quldorchilik tuzumlari sharoitida) oila tarbiyasi ancha takomillashgan, mahorat va madaniyat darajasiga ko`tarilgan edi. Tarbiyaning takomillashuvi aqliy, axloqiy, mehnat va nafasot tarbiyalarining rivojlanishiga hissa qo`shadi. Shu o`rinda yoshlarning jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti ko`nikmalariga ega bo`lib o`lg’ayishlariga muntazam e`tibor qaratish, yuqori darajaga ko`tarish jamiyatning ravnaqi uchun hizmat qilishini nazardan chetda qoldirmaslikni taqozo etadi.
Shuni ham takidlab o`tish kerakki zamonaviy kadrlar oldiga qo`yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o`zligini, o`z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda, sog’lom turmush tarzida hayot kechirish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko`rsatishdir. Bu o`rinda inson organizmining salomatlik qonuniyatlarini o`rganuvchi “Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti” fanining o`rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta`lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o`quv qo`llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu o`quv-uslubiy ko’satma yoshlarga aynan “Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti” fanidan bilimlar asoslarini bersada, umid qilamizki, ularni o`z atrofida ro`y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o`zi va o`zgalar sog’ligining sir-asrorlariga befarq bo`lmaslik, o`z layoqatlarini o`stirishning elementar vositalaridan bohabar bo`lishga yordam beradi. Chunki xar bir shaxsgina o`z qobiliyati, iqtidori, layoqati va shu bilan bir vaqtda o`z sog’ligining siru asrorlarini bilib, uni to`g’ri yo`naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o`ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. Shunday ekan, hozirgi kunda “Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti” fanining sir-asrorlarini har bir o`quvchi uchun zarur bo`lgan jihatlarini, chunonchi: “Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti”ning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi, hamkorligi, bog’liqligini; “Jismoniy tarbiya gigienasi”ning zamonaviy yo`nalishlari va tarmoqlarini; organizmning me`yori, amaliy sog’lom va oralik holatlarini aniqlash usullarini; atrof muhitning inson organizmga ta`sirini; zararli odatlarning inson organizmiga ta`sirlarini; shaxsning turli yosh davrlarga bog’liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o`z navbatida guruhning shaxsga ta`sirini; o`quv va tarbiya jarayonida qo`llash mumkin bo`lgan samarali usullarni bilish, o`rganish muhimdir.
Mustaqil Respublikamiz «ta`lim tizimini isloh qilish»da va «Barkamol avlod»ni xar tomonlama etuk qilib tarbiyalashda har bir fan sohasida hozirgi zamon talablari darajasidagi o`quv adabiyotlarini etarli bo`lishi, ularning mustaxkam bilim olishlari asosiy omillaridan biri hisoblanadi. « Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti » fani «Davlat standartiga» ko`ra ixtisoslik fanlariga kiradi.
Bu fandan mukammal bilim berish jismoniy tarbiya xodimlariga jismoniy mashqlar gigienasi to`g’risida, uni hayotga qo`llash hamda tibbiyot xodimlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya, sport sohasida katta yutuqlarga erishish imkonini beradi. Talabalarni ushbu fandan etarli bilim olishlariga imkon yaratadigan o`quv adabiyotlari ona tilimizda bo`lmaganligi sababli, ushbu o`quv-uslubiy ko’rsatmani «Davlat tili»da o`quvchilar e`tiboriga havola qilinmoqda. O’quv – uslubiy ko’rsatma xato va kamchiliklardan holi emas. Ushbu xato va kamchiliklar kitobhonlarga «Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti» fani ko’nikmalarini o’zlashtirishda ayrim qiyinchiliklarni tug’dirsa avvaldan uzir so’raymiz. Qo’lingizdagi o’quv – uslubiy ko’rsatma «Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti» fani ko’nikmalarini o’zlashtirishda sizga yordamlashadi degan umitdamiz.
Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyotida yangi
pedagogik texnalogiyalar
Huquqiy fuqorolik jamiyati sari intilayotgan davlatimiz, avvalo halq sog’lig’i va barkamolligini eng katta boylik deb bilib, ularga hayotda zarur bo`lgan barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqda. Chunki sog’lom holatdagi kishigina o`zining asosiy vazifasi-mehnat qilish faoliyati bilan shug’ullana oladi, oilasini boqadi, jamiyat va davlatga foyda keltiradi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining nizomiga muvofiq solomatlik-jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir. Shu bois jamiyat uchun yuksak ma`naviy-ahloqiy qadriyatlarni o`zida mujassam etgan barkamol, sog’lom shaxsni shakllantirish, aholi sihat-salomatligini mustahkamlash, jismonan sog’lom yosh avlodni tarbiyalashda bolalar tibbiyoti nazorati va davolash gimnastikasi ko`nikmalarini singdirish va bu ko`nikmalarni amaliyotga joriy qilish yo`llarini o`rgatish, shu kunning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Shuning uchun bu muammolarni hal etishda pedagogika tizimidagi har bir mashg’ulotlarning o`ziga hos hususiyatlari mavjudligini yodda tutish darkor. Xususan ma`ruzalarda ilmiy bilimlar asosan umumlashtirilgan formada daqdim etiladi. U tarkibiga ko`ra informatsion, muammoli va aralash bo`lishi mumkin. Ma`ruza ma`lumotlari talabalar tomonidan amaliy, seminar mashg’ulotlarida va mustaqil ishlarda ishlab chiqiladi. Amaliy va seminar mashg’ulotlarida nazariy bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi, mustahkamlanadi, hamda ko`nikmalarni amalda bajarishga o`rgatiladi. Mustaqil ishlarda esa ma`ruzalardan olingan bilimlarni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Natijada amaliyotga joriy etiladigan ko`nikmalar uchun nazariy asos yaratiladi.
Talabalarni xatosiz faoliyat ko`rsatishga o`rgatishda, mashg’ulotlarni kompleks yangi pedagogik texnalogiyalar bilan o`tkazish professor-o`qituvchining mahorati hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalar talabalarni muayyan fanni o`zlashtirishga qiziqtirishda va ko`nikmalarni hosil qilishda, mustaqilligini ta`minlashga qaratilgandir.
Shunday qilib, kafedrada bolalar tibbiyoti nazorati va davolash gimnastikasi ko`nikmalarini hosil qilishda, hamda mashg’ulotlarni qiziqarli qilib olib borishni ta`minlashda quyidagi yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanilmoqda.
1. «Kim ilg’or» uslubi.
Guruxdagi talabalarni ikki kichik guruxchaga bo`lib, ularga uyga vazifa qilib, o`tiladigan mavzu va uning uslubiy ko`rsatmasi beriladi. Har bir kichik guruxcha vazifani chuqur taxlil qilgach, mavzu bo`yicha qator savollar tayyorlab keladilar. Ana shu tayyorlab kelingan savollar asosida ikki kichik guruxcha o`rtasida «Kim ilg’or» musobaqasi o`tkaziladi, ya`ni savollar birma-bir o`rtaga tashlanadi va musobaqa natijalarini professor-o`qituvchi kuzatib borib, ular bo`yicha talabalar bilimini baholaydi. Bunda har bir talabaning musobaqada qatnashishi hisobga olinadi.
2. «Kim chaqqon» uslubi.
Professor-o`qituvchi kelgusi darsda o`tiladigan mavzu bo`yicha savollar tayyorlab kelib, mavzuning uslubiy ko`rsatmasi bilan birgalikda uyga vazifa qilib beradi. Barcha talabalar ana shu tuzilgan savollar asosida darsga tayyorgarlik ko`radi. Mashg’ulot vaqtida professor-o`qituvchi birma-bir savollarni o`rtaga tashlaydi. Qaysi bir talaba oldin qo`l ko`targan bo`lsa, uning javobi eshitiladi. SHu tariqa har bir savolga javob olinadi. Talabalarning savollarga qaytargan javoblariga qarab professor-o`qituvchi ularni baholaydi.
3. «Muammoli vazifalar» usuli.
Talabalarga o`tiladigan mavzu va uning uslubiy ko`rsatmasi beriladi. Talabalar mavzuni chuqur tahlil qilib keladilar. Mashg’ulot paytida professor-o`qituvchi talabalarga mavzuga taalluqli har xil muammoli holatlar bo`yicha tezlik bilan echishni talab qiladigan vazifalar beradi. Talabalar bu vazifalarni 0,5-1,5 daqiqa ichida tezlik bilan echib, ko`rsatib berishlari lozim.
Beriladigan vazifalar quyidagicha bo`lishi mumkin.
1. Yonayotgan odam u yoq bu yoqqa yugaryapti, sizni yordamingiz?
2. Yo`lda xushsiz yotgan odamni uchratdingiz, siz nima qilasiz?
Bunda barcha talabalar fa`ol qatnashadi. Vazifalarni talabalar tomonidan hatosiz va tezlik bilan bajarilishi, hamda kamchiliklari hisobga olinib, talabalar bilimi baholanadi.
4. «Galereya bo`ylab» usuli
Mavzu va uslubiy ko`rsatmalar oldindan talabalarga beriladi. Talabalar uyda o`qib tayyorlanib keladilar. Mashg’ulotlar paytida guruhdagi talabalar bir necha kichik guruxchalarga (3-4 kishidan iborat kichik guruhchalarga) bo`linadi va ularga berilgan mavzu bo`yicha vazifa beriladi. Har bir guruhcha 10 daqiqa davomida o`z fikrlarini qog’ozga yozadi va yozgan javoblarini bir-birlariga berishadi. Har bir guruhcha boshqa guruhcha yozgan javoblarni o`qib chiqadi, agar javob to`la bo`lmasa, o`z variantini aytadi.
Vazifani bajarish tugagandan keyin, hamma qatnashchilar yozilgan javoblarni muhokama qiladilar va eng to`g’ri va mukammal berilgan javoblarga yuqori ball qo`yiladi.
1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati
Ishdan maqsad: Talabalarda noshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Birinchi sinfdan boshlab bolalarni sog’lom, jismonan tetik o`sishi uchun maktab tibbiyot xodimi tomonidan pedagoklar va ota-onalar bilan kelishgan hamda har tomonlama mukammal reja ishlab chiqiladi. Bu reja bo`yicha har bir sinfda, yani 1 sinfdan 11 sinfgacha o`quvchilar bilan qanday tibbiy gigienik tadbirlar o`tkazilishi, har yili maktab bo`yicha chuqur tibbiy ko`ruv o`tkazish (dispanserizatsiya) va unda bolalarni salomatlik darajasini aniqlash, aniqlangan kasallik alomatlarini belgilab, unday o`quvchilarni alohida ro`yhatga olib ular uchun alohida kartalar ochilishi va salomatligini doimo nazorat qilib turishi ko`zda tutiladi. Bolalarni sog’lomlashtirish, tibbiy-gigienik tarbiyani qanday olib borilayotganligini alohida daftarda xotiranoma sifatida qayd qilib boriladi. Asosan bolani sog’lom o`sishida tibbiy-gigienik tarbiyaga katta e’tibor beriladi va sog’lom turmush tarzi bilan yashashga, gigienik talablarga amal qilishiga o`rgatiladi.
Bunda asosan quyidagi holatlarga katta etibor beriladi:
1. Bolani unumli mehnat qilishi, charchab qolmasligi, dars jadvallarini gigienik talab darajasida tuzish;
2. Bolani faol dam olishini tashkil qilish yani qiyin darslardan keyin engil ( jismoniy tarbiya, ashula darslarini) qo`yish, bolalarni ochiq havoda ko`proq bo`lishi;
3 Bolani to`g’ri ( ratsional ) ovqatlanishi;
4. Badantarbiya va sport bilan shug’ullanishi;
5. Organizmni doimo chiniqtirib borish;
6. Shahsiy va psixogigiena qoidalariga rioya qilish;
7. Yomon odatlardan o`zini tiyish (so`kish, urishish, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish);
8. Har yili bir marta tibbiy dispenser ko`rigidan o`tish;
9. Partada to`g’ri-g’oz holatida o`tirish (bukilib o`tirish-bukrilikni keltirib chiqarishini tushuntirish);
10.Kitob o`qiganda yorug’likni chap tomondan tushishi, kitob bilan o`quvchi ko`z oralig’i 20 sm bo`lishligini o`rgatish; Bunga amal qilinmasa ko`rish qobiliyatini buzilishini tushuntirib boriladi.
11.Televizorni bolalarga juda uzoq vaqt ko`rish zararliligini tushuntirish;
Kichik maktab yoshidagi (7-11 yashar) bolalarda ko`pgina sistema va organlar mukammallashib boradi, bekami-ko`st rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar patalogiyasida o`tkir energiyalar hamon katta ahamiyatga ega bo`ladi, lekin ular endi bir muncha kamroq kuzatiladi. Bu yoshdagi bolalarda revmatizm ancha ko`proq uchraydi. Sil barvaqt boshlangan yoki surunkali davom etadigan intoksikatsiya ko`rinishida o`tishi mumkin.
Katta maktab yoshi ( 12-18 yashar bolalar) endokrin aparatining hiyla qayta tuzilishi, jismoniy bezlar, qalqonsimon bez, gipofiz bezlarning funktsiyasi kuchayishi bilan xarakterlanadi. Bunda jinsiy balog’atga etish kuzatiladi. Bu davrda bola bo`yini o`sishi tezlashadi va uning intelektual qiyofasi o`zini namoyon qila boshlaydi. Bu davrda uchraydigan kasalliklar kattalarnikiga o`xshab qoladi.
Sil kasali qo`zib turishi va zo`rayishi mumkin. Zotiljam kasali lobar va segmentar zotiljam ko`rinishda o`tadi. Balog’atga etish davrida bolalarda yurak-qon tomir sistemasida funktsional o`zgarishlar yuz berib, fel atvori o`zgarib qoladi, hatti xarakatlari dag’allashib, har xil nevrozlar paydo bo`lib turadi.
SHuning uchun sog’lom rivojlanish uchun eng qulay sharoitlar yaratish va shu bilan bir vaqtda meyorini bilib o`tkaziladigan sport mashg’ulotlari yordamida organizmni mustahkamlab borish yo`li bilan patalogik holatlar ro`y berishni oldini olish va o`smirlarning har tomonlama uyg’un rivojlanib borishining to`la-tokis ta’minlab berish mumkin 15 yoshgacha bo`lgan bolalarga bolalar poliklinikalari xizmat qiladi, 15 yoshdan oshgach bolalarga esa kattalarga mo`ljallangan poliklinikalarning o`smirlar kabinetlari xizmat qiladi, shu bilan bir vaqtda maktab tibbiyot hamshirasi va vrachi 7 yoshdan to 17-18 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarga xizmat qiladi.
Mavzuga oid nazorat savollari
Sport tibbiyotini amalga oshirish yo`llarini tushintirib bering?
Sportchilar ish-qobilyatini tiklantiruvchi vositalarga nimalar kiradi?
Pedagogik tiklantiruvchi vositalar xaqida gapirib bering?
Psixologik tiklantiruvchi vositalar qaysilar?
Tibbiy-biologik tiklantiruvchi vositalarni tushintiring?
Sportda doping va unga qarshi kurash xaqida tushincha bering?
2-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
SPORTCHILARNI ISH - QOBILIYATINI TIKLANTIRUVCHI VOSITALAR
Ishdan maqsad: Talabalarda pedagogik, psixologik va medik-biologik tiklantiruvchi vositalar bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Xar qanday jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlaridan keyin sportchilarda charchash xolati yuz beradi. Ana shu charchash xolatidan oldin xolatga qaytish, ya`ni ayrim organlarning funktsional holatini tiklanishi 6-8 sutkadan keyin sodir bo`ladi. Sportchilar ish qobiliyatini tiklantiruvchi vositalarni asosan 3 guruxga bo`lish mumkin Bular pedagogik, psixologik va mediko-biologik tiklantiruvchi vositalardir. Bu vositalar ichida eng muximi pedagogik tiklantiruvchi vosita xisoblanadi.
Pedagogik tiklantiruvchi vosita sportning kun tartibida (rejimida) va trenirovkani tashqil etish jarayonida o`z aksini topadi:
sportchi shug’ullanishi (mikro va makrotsikl) hamda ko`p yillik tayyorgarlik davrlarida va og’irliklarni to`g’ri tashqil etishda;
musobaqa va trenirovka oxirlarida sog’liq xolatini profilaktika qiladigan faol dam olishlarni tashqil etish jarayonida;
mashg’ulotlarni turli xilda amalga oshirishda (monoton emas);
sutkalik trenirovkalarni tashqil etishda ertalabki tayyorlovchi, kechkurungisi esa tinchlantiruvchi xarakterga ega bo`lishini ta`minlashda;
nagruzkalarni tanlashda individual qo`llashni amalga oshirish musobaqa va birinchiliklarda to`liq qiymatli razminkalarni amalga oshirishda;
to`liq qiymatli tiklanish uchun passiv dam olishni tashqil qilish, samomassajni amalga oshirish, musiqa ostida mashqlar bajarish.
Bu jarayonlarni amalga oshirishda quyidagi omillar katta ahamiyatga egadir:
Mashqlar va trenirovkalarni xar xil sharoitlarda amalga oshirish (stadion, o`rmon, park, daryo qirg’og’i boshqalar);
Xar xil snaryadlar (ko`kalamzorlashtirish, amartizatsiya beruvchi sun`iy materiallarni qoplash va boshqalar).
Tashqi muxitni psixikaga ta`sir qiluvchi omillarini xisobga olish (yoritilganlik, rang, xonalar, musiqa, ionizatsiya, simobli-kvartsli lampalar yordamida polning rangi va boshqalar).
Psixologik tiklantiruvchi vositalar tiklanish jarayonida fiziologik sistemalarni va ish qobiliyatini vujudga kelishini yaxshilaydi. Bunga quyidagilar kiradi:
- ishontirib uyquni keltirish;
- avtogen trenirovka va uning modifikatsiyasi: ;
- muskulni bushashtirish;
- maxsus nafas olish mashqlari.
- komfort turmush tarzi va salbiy ta`sir ko`rsatuvchi vositalarni yo`qotish;
- individual xususiyatni xisobga olib xar xil xizmatlarni tashqil etish;
Medik-biologik tiklantiruvchi vositalarga trenirovka va musobaqa davrida ish qobiliyatini tiklovchilar kiradi
1. Katta kompleksli gigienik tadbirlar (to`liq qiymatli ovqatlanish, vitaminlashtirish, biologik qiymatini oshirilgan maxsulotlar, xar-xil ovqat aralashmalari, kun tartibi, shaxsiy gigiena va boshqalar).
2. Xar xil fizioterapiya va balneologik vositalar (elektr, yorug’lik, issiqlik muolajalari, aero va gidroaeroinizatsiya, tog’ va dengiz iqlimlari va boshqalar).
3. Xar-xil massaj turlari (qo`l, apparat, kombinatsiyalashgan, o`z - o`zini massaj).
4. Davolovchi vositalar (kislorod, refleks terapiyalar va boshqalar).
5. Farmokologik vositalar.
Organizmni tiklanishiga fizikaviy omillar katta ahamiyat kasb etadi (ul`trabinafsha nur, suv bilan davolash muolajalari).
Medik-biologik tiklantiruvchi vositalar orasida ayniqsa massaj juda katta ahamiyatga ega.
Massaj qo`l (davolash, kosmetik, gigiena va sport) va apparat tipiga bo`linadi. (Vibratsion, gidrovibratsion, pnevmovigratsion, pnevmomassaj, gidromassaj, ultrazvuk massaji, baromassaj va boshqalar) turi massaj qilish turiga bo`linadi, hamda kombinirovkaning (birgalikda) bunda qo`l va apparat massajlari birgalikda qo`llaniladi.
Sportchilarda sutkada 4 marotabalik ovqatlanish amalga oshiriladi. Musobaqa oldidan 2 kun davomida trenerovkani kamaytirib, ko`proq uglevodli ovqat ratsioni amalga oshiriladi. Nonushta 25 foizni tashqil etadi. Ovqat tarkibida yog’lar miqdori kamaytirilib, selyulozani miqdorini oshiriladi. Tushlik 35 foizni tashqil etadi. Uning tarkibida xayvon oqsili miqdori ko`paytirilishi kerak (go`sht) uglevod va yog’lar ham oshiriladi. Kechki ovqat 25 foizni tashqil etadi. Uning tarkibida sut maxsulotlarini oshirilishi, baliq va butkadan iborat bo`lishi kerak. Asosiy ovqatdan trenerovkagacha 1,5-2 soat o`tishi lozim (marafon va boshqalarda 3 soat (tezlik va kuch talab qiladigan sport turlarida)). Bunda qo`y va cho`chqa yog’lari va qovurilgan go`shtlar uzoq xazm bo`ladi (4-5 soat). Qaynatilgan go`sht 3-4 soat, qaynatilgan baliq 2-3 soat. Trenerovkadan va musobaqalardan keyin ovqatni 30-40 daqiqadan keyin iste`mol qilish kerak.
Biologik qiymati oshirilgan maxsulotlar
Ish qobiliyatini oshirishda vitaminlarning ahamiyati katta. Bunda polivitaminlar ancha qo`l keladi va ularni istemol qilishda normaga amal qilish zarur. Biologik qiymati oshirilgan maxsulotlarga quyidagi 3 gurux moddalar kiradi.
1. Oqsil moddalar. Oqsil glyukoza vitaminlar yoki mineral tuzlar kiradi.
2. Uglevodlar mineral ichimliklar kiradi.
3. Makro va mikro elementlar va vitaminlar kiradi.
Oqsilli preperatlarda oqsilning sutkalik dozasi 40-50 g bo`lishi, uglevodli mineral ichimliklarda uglevodning miqdori 60-80 g dan ortiq bo`lmasligi kerak. Organizmni tez tiklanishiga, kun tartibi, uyqu, Shaxsiy gigienalar ijobiy, chekish va ichish kabilar sal’biy ta`sir ko`rsatadi.
Mavzuga oid nazorat savollari
Sport tibbiyotini amalga oshirish yo`llarini tushintirib bering?
Sportchilar ish-qobilyatini tiklantiruvchi vositalarga nimalar kiradi?
Pedagogik tiklantiruvchi vositalar xaqida gapirib bering?
Psixologik tiklantiruvchi vositalar qaysilar?
Tibbiy-biologik tiklantiruvchi vositalarni tushintiring?
Sportda doping va unga qarshi kurash xaqida tushincha bering?
3-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Yoshlar va o`quvchilar salomatligini tibbiy nazorati
Ishdan maqsad: Talabalarda yoshlar va o`quvchilar salomatligini tibbiy nazorati bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Tug’ilish-yil davomida tug’ilganlar sonining aholining 1000 tasiga nisbatan olingan miqdori. Hozirgi sharoitda tug’ilish o`rtacha 15 dan 25 foizgacha o`zgarib, shaharda qishloqdagiga nisbatan kam.
O`lim- 1000 ta aholiga nisbatan olingan yil davomida o`lganlar soni bo`lib, o`rtacha 9-15 foizni tashkil etadi.
Bolalar o`limi hozirgi vaqtda O`zbekistonda asosiy muammolardan bo`lib, oilalarni rejalashtirish haqida tushuntirish ishlarini yaxshi yo`lga qo`yish, onalarni etarli tibbiy bilimlarga ega etib borish natijasida ancha kamaytirildi.
Kasallanish-aholi salomatligini izdan chiqish hollari bo`lib, aholi salomatligiga baho berishda katta ahamiyatga ega. Jamiyatdagi kasallanish haqidagi ma’lumotlar quyidagi manbalardan olinadi.
a) davolash profilaktika muassasalariga murojat etishlariga qarab;
b) medisina ko`riklari natijalariga qarab;
v) o`lim sabablariga qarab;
Bolalarni sog’lom o`sishlari doimo tibbiy xodimlar nazoratida turadi, ular reja bo`yicha bolani sog’lom-jismoniy tetik o`sishini doimo kuzatib, tekshirib, yozib, qiyoslab boradilar.
Bolalar va o`smirlarni normal rivojlanishini ko`rsatadigan jadval.
№
|
Yoshi
|
Qiz bolalar
|
O`g’il bolalar
|
Bo`yi. Sm.
|
Og’irligi
kg
|
Bosh
ay.sm
|
Bo`yi. Sm.
|
Og’irligi
kg
|
Bosh
ay.sm
|
1.
|
1 yosh
|
74
|
10,6
|
47,7
|
75,3
|
10,5
|
48,9
|
2.
|
1yosh 3oy
|
77,5
|
10,6
|
48,7
|
78,3
|
11,2
|
49,4
|
3.
|
1yosh 6 oy
|
80,1
|
11,2
|
49,1
|
80,9
|
11,7
|
50,3
|
4.
|
1yosh 9oy
|
82,8
|
11,77
|
49,8
|
83,4
|
12,2
|
51,1
|
5.
|
2 yosh
|
85,0
|
12,1
|
50,0
|
85,9
|
12,7
|
51,8
|
6.
|
2yosh 6 oy
|
89,0
|
13,2
|
51,6
|
90,4
|
13,6
|
52,3
|
7.
|
3 yosh
|
93,0
|
14,2
|
52,5
|
93,8
|
14,6
|
53,2
|
8.
|
4 yosh
|
99,6
|
15,4
|
53,1
|
100,0
|
15,9
|
54,1
|
9.
|
5 yosh
|
106,1
|
17,5
|
54,9
|
107,3
|
17,8
|
55,8
|
10.
|
6 yosh
|
112,4
|
20,0
|
56,6
|
114,0
|
20,4
|
57,6
|
11.
|
7 yosh
|
122,2
|
23,8
|
57,4
|
123,2
|
24,0
|
57,6
|
12.
|
8 yosh
|
123,0
|
24,8
|
58,2
|
124,9
|
24,4
|
59,4
|
13.
|
9 yosh
|
130,3
|
27,4
|
59,8
|
131,0
|
27,8
|
62,0
|
14.
|
10 yosh
|
136,0
|
30,8
|
62,6
|
136,1
|
30,4
|
64,0
|
15.
|
11 yosh
|
140,6
|
32,7
|
64,3
|
140,0
|
32,8
|
66,0
|
16.
|
12 yosh
|
149,0
|
38,5
|
67,5
|
144,5
|
35,5
|
66,3
|
17.
|
13 yosh
|
154,0
|
42,7
|
69,7
|
150,2
|
39,4
|
69,6
|
18.
|
14 yosh
|
156,5
|
46,8
|
72,8
|
158,7
|
46,1
|
73,1
|
19.
|
15 yosh
|
159,3
|
51,3
|
74,5
|
164,8
|
52,2
|
76,3
|
20.
|
16 yosh
|
159,5
|
53,0
|
76,6
|
167,2
|
56,4
|
80,5
|
21.
|
17 yosh
|
159,5
|
53,0
|
76,6
|
167,2
|
56,7
|
80,5
|
Bolani qanday o`sayotganligini kuzatishda boshqa tekshiruv usullari hatli antropometrik tekshiruvlar qilib jadval qilib, yozib va kuzatib boriladi. Bu tekshiruvga bolani bo`yini santimetrda rostomer degan asbobda o`lchab turish, og’irligini tarozida aniqlash ko`krak qafasini santimetrda aniqlash, bosh aylanasini santimetrda bilish muhim o`rinli turadi. Bolani normal rivojlanishida aniqlangan standart ko`rsatkichlar jadvaliga qarab, bolani doimo tekshirib, unga ham rivojlanishi bo`yicha har bir tekshiruv natijasini jadval sifatida yozib boriladi va normaga taqqoslanadi.
Agarda normal standartdan o`zgarsa darhol bolani salomatligida o`zgarish bo`layotganligi bilinadi va tibbiy choralar ko`riladi. Agar olinayotgan ko`rsatkichlar standart norma atrofida bo`lsa, bolani sog’lom o`sib rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bir yoshdan yuqori o`smirlar uchun sog’lom rivojlanish ko`rsatkichlari jadvali quyidagicha bo`ladi.
Bolalar sog’liga ta’sir etuvchi xavfli omillarni aniqlash
Bola sog’lom o`sishi uchun doimo jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishi va hakozo ozoda yurishi, tibbiy gigienik talablarga rioya qilishi lozim. Bolani o`sishi va rivojlanishiga, turmush sharoitlari boshdan kechirgan kasalliklari va jismoniy tarbiyaning xususiyatlari, hamda atrof-muhit muayyan darajada ta’sir ko`rsatadi.
Bola organizmining zo`r berib jismoniy va ruhiy rivojlanishi, hayot uchun muhim funktsiyalarini idora etuvchi nerv sistemasining takomillashishi organizmning tashqi muhit bilan bog’lanishi ta’minlaydi va bolalarni mehnatga ko`niktiradi.
Bolalarda gigienik ko`nikmalarni tarbiyalash ularni salomatligini saqlash va mustahkamlash garovidir.Ularni pokizalikka o`rgatish zarur. Bola ertalab va yotishdan avval yuvinishi, tishlarini yuvib tozalashga odatlanishi kerak. Maktabga borish bolaning hayotida muhim bosqich hisoblanadi. Pedagogik ba ota-onalarining vazifasi bola oldida turgan qiyinchiliklarni iloji boricha osonlashtirishdan iborat.
Bolaning aqliy mehnat gigienasining buzilishiga uo`l qo`yish yomon oqibatlarga sabab bo`ladi. Darslarni haddan tashqari qo`yilgan o`quv rejimining yo`qligi, yaxshi dam olmaslik, mehnat qilmaslik, bola nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishiga, organizmning toliqib qolishiga va oqibatda turli infeksiyalarga chidamliligini susayishiga olib keladi. Bola organizmining ruhiyatining normal rivojlanishi uchun meyoriy uyquni bo`lishi ham katta ahamiyatga ega 7-10 yashar bolalar 10 soat uxlashi kerak. Agar ular kamroq (7-8 soat ) uxlasa ish qobiliyati 30% pasayadi. Surunkali uyquga to`ymaslik esa, aqliy toliqish nevrozga jizzakilik, dag’allik, hayol parishonlikka sabab bo`ladi. Maktab yoshidagi bolalrni tunda kattalar uchun mo`ljallangan ko`rsatuvlarni ko`rishga ruxsat bermaslik kerak., chunki hayajonlanish, qo`rquv, qo`rqinchli tushlar ko`rishiga sabab bo`lishi mumkin. Bolaning tinch uxlamasligi va uyqusida tishlarini g’ijirlatishi nerv sistemasining ortiq darajada qo`g’alganligidan darak beradi. Bu holni uzoq vaqt takrorlanishi esa bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Bundan tashqari oiladagi muhit sharoit ham bolalarni jismonan va ruhan tetik bo`lib o`sishiga yoki ruhiy va salbiy buzilishiga o`z ta’sirini ko`rsatmay qo`ymaydi. Oiladagi har xil kelishmovchiliklar, janjallar bularning barchasi bolaning tarbiyasini izdan chiqishiga va bolaning ruhiy sog;lom o`sishiga xalaqid qiladi.
Bolaning salomatligiga yana tashqi atrof- muhit omillar suv, havo, o`simliklar, shovqin, turli dori vositalari, ekologiyani buzilish omillari salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Yana bola salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar noto`g’ri muvofiqlashmagan va tartibsiz ovqatlanish ham kiradi.
Bundagi ketligi factor gigodinamiya kamxo`raklik bo`lib, buncha piyoda yurmay transportda yurish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanmaslik kiradi.
Ruhiy emoqmonal zo`riqish bola organizmiga salbiy ta’sir ko`rsatib, kasallikni keltirib chiqarish mimkin.
Bolalarni tamaki chekishga o`rganishi ularni salomatligiga jiddiy zarar keltiradi.
Bola tibbiy gigienik talablarga amal qilsa salbiy omillardan o`zini saqlasa, u jismonan, ruhan sog’lom bo`lib o`sadi. Buni amalgam oshirishda pedagog, tibbiy xodim, ota-onalar birgalikda bolani tarbiyasi bilan shug’ullanishlari kerak bo`ladi.
O`qish jarayonida bolalarni sog’lomlashtirish masalalari bo`yicha
xotiranomalarni tuzish
Birinchi sinfdan boshlab bolalarni sog’lom, jismonan tetik o`sishi uchun maktab tibbiyot xodimi tomonidan pedagoklar va ota-onalar bilan kelishgan hamda har tomonlama mukammal reja ishlab chiqiladi. Bu reja bo`yicha har bir sinfda, yani 1 sinfdan 11 sinfgacha o`quvchilar bilan qanday tibbiy gigienik tadbirlar o`tkazilishi, har yili maktab bo`yicha chuqur tibbiy ko`ruv o`tkazish (dispanserizatsiya) va unda bolalarni salomatlik darajasini aniqlash, aniqlangan kasallik alomatlarini belgilab, unday o`quvchilarni alohida ro`yhatga olib ular uchun alohida kartalar ochilishi va salomatligini doimo nazorat qilib turishi ko`zda tutiladi. Bolalarni sog’lomlashtirish, tibbiy-gigienik tarbiyani qanday olib borilayotganligini alohida daftarda xotiranoma sifatida qayd qilib boriladi. Asosan bolani sog’lom o`sishida tibbiy-gigienik tarbiyaga katta e’tibor beriladi va sog’lom turmush tarzi bilan yashashga, gigienik talablarga amal qilishiga o`rgatiladi.
Bunda asosan quyidagi holatlarga katta etibor beriladi
1. Bolani unumli mehnat qilishi, charchab qolmasligi, dars jadvallarini gigienik talab darajasida tuzish;
2. Bolani faol dam olishini tashkil qilish yani qiyin darslardan keyin engil ( jismoniy tarbiya, ashula darslarini) qo`yish, bolalarni ochiq havoda ko`proq bo`lishi;
3 Bolani to`g’ri ( ratsional ) ovqatlanishi;
4. Badantarbiya va sport bilan shug’ullanishi;
5. Organizmni doimo chiniqtirib borish;
6. Shahsiy va psixogigiena qoidalariga rioya qilish;
7. Yomon odatlardan o`zini tiyish (so`kish, urishish, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish);
8. Har yili bir marta tibbiy dispenser ko`rigidan o`tish;
9. Partada to`g’ri-g’oz holatida o`tirish (bukilib o`tirish-bukrilikni keltirib chiqarishini tushuntirish);
10.Kitob o`qiganda yorug’likni chap tomondan tushishi, kitob bilan o`quvchi ko`z oralig’i 20 sm bo`lishligini o`rgatish; Bunga amal qilinmasa ko`rish qobiliyatini buzilishini tushuntirib boriladi.
11.Televizorni bolalarga juda uzoq vaqt ko`rish zararliligini tushuntirish;
Kichik maktab yoshidagi (7-11 yashar) bolalarda ko`pgina sistema va organlar mukammallashib boradi, bekami-ko`st rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar patalogiyasida o`tkir energiyalar hamon katta ahamiyatga ega bo`ladi, lekin ular endi bir muncha kamroq kuzatiladi. Bu yoshdagi bolalarda revmatizm ancha ko`proq uchraydi. Sil barvaqt boshlangan yoki surunkali davom etadigan intoksikatsiya ko`rinishida o`tishi mumkin.
Katta maktab yoshi ( 12-18 yashar bolalar) endokrin aparatining hiyla qayta tuzilishi, jismoniy bezlar, qalqonsimon bez, gipofiz bezlarning funktsiyasi kuchayishi bilan xarakterlanadi. Bunda jinsiy balog’atga etish kuzatiladi. Bu davrda bola bo`yini o`sishi tezlashadi va uning intelektual qiyofasi o`zini namoyon qila boshlaydi. Bu davrda uchraydigan kasalliklar kattalarnikiga o`xshab qoladi.
Sil kasali qo`zib turishi va zo`rayishi mumkin. Zotiljam kasali lobar va segmentar zotiljam ko`rinishda o`tadi. Balog’atga etish davrida bolalarda yurak-qon tomir sistemasida funktsional o`zgarishlar yuz berib, fel atvori o`zgarib qoladi, hatti xarakatlari dag’allashib, har xil nevrozlar paydo bo`lib turadi.
Shuning uchun sog’lom rivojlanish uchun eng qulay sharoitlar yaratish va shu bilan bir vaqtda meyorini bilib o`tkaziladigan sport mashg’ulotlari yordamida organizmni mustahkamlab borish yo`li bilan patalogik holatlar ro`y berishni oldini olish va o`smirlarning har tomonlama uyg’un rivojlanib borishining to`la-tokis ta’minlab berish mumkin 15 yoshgacha bo`lgan bolalarga bolalar poliklinikalari xizmat qiladi, 15 yoshdan oshgach bolalarga esa kattalarga mo`ljallangan poliklinikalarning o`smirlar kabinetlari xizmat qiladi, shu bilan bir vaqtda maktab tibbiyot hamshirasi va vrachi 7 yoshdan to 17-18 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarga xizmat qiladi.
Mavzuga oid nazorat savollari
Tibbiy-pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan uslublar xaqida gapirib bering?.
Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan qanday funktsional sinamalarni bilasiz?.
Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolarini tushuntiring?.
Turli yoshdagi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarda TPN qanday?
Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qanday malga oshiriladi?
Bolalar organizmi jismoniy rivojlanishining asosiy kuchlari nimalardan iborat?
Onglilik va faollik tamoyillarini tushuntirib bering?
4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi
Ishdan maqsad: Talabalarda yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Bolalar sportini rivojlantirish yosh avlodning sog’lom, jismoniy baquvvat, har tomonlama garmonik rivojlanishiga yordam beradi. SHuning uchun ham bolalar va o`smirlar o`rtasida jismoniy tarbiya ishlarini taraqqiy qildirishga, buning uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga katta e’tibor berib kel- moqdalar. Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiya ilmiy asosda tashkil qilingan, ya`ni jismoniy mashg’ulotlarning hajmi bolalar, o`smirlar va katta kishilarning yoshi, sog’lig’i, jismoniy tomondan rivojlanganligiga qarab maxsus dasturlar asosida tashkil qilinadi.
Jismoniy tarbiya darsi boshlanishidan oldin maktab kasb – hunar kollejlari va institut talabalari albatta meditsina ko`rigidan o`tkaziladilar. Ularning sog’lig’i jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlariga qarab 3 ta meditsina gruppasiga, ya`ni asosiy, tayyorlov va maxsus gruppalarga ajratiladi.
Asosiy gruppaga sog’lom, jismoniy jihatdan normal rivojlangan o`quvchilar va talabalarlar kiritiladi. Bular to`liq dastur asosida jismoniy tarbiya darsi mashg’ulotlarini bajaradilar. Bundan tashqari birorta sport sektsiyasiga qatnashishlari mumkin.Tayyorlov gruppasiga ba`zi kasalliklar tufayli sog’lig’i vaqtinchalik zaiflashgan, jismoniy jihatdan bir oz kuchsizlangan o`quvchilar kiritiladi. Bular jismoniy tarbiya darsiga asosiy gruppaga kirgan o`quvchilar bilan birgalikda qatnashaveradilar. Lekin ba`zi og’ir mashg’ulotlardan (chopish, uzoq masofaga piyoda yurish, sakrash va h. k.) ozod qilinadilar. Ma’lum vaqt-dan keyin bu bolalarning sog’lig’i yaxshilanishi bilan meditsina ko`rigining xulosasi asosida ular asosiy meditsina gruppasiga o`tkaziladilar.
Maxsus gruppaga sog’lig’i uzoq muddatga zaiflashgan (suyaklari sinishi, chiqishi, miya chayqalishi, og’ir nerv va yurak kasalliklari kabilar natijasida) o`quvchilar kiritiladi. Bu o`quvchilar jismoniy tarbiya darsidan vrach maslahatiga ko`ra ozod qilinadilar. Ular uchun maktab vrachi va fizkulg’tura o`qituvchisi maxsus davolovchi gimnastika mashg’ulotlar o`tkazadi yoki jismoniy tarbiya va vrach kontroli dispanseriga qatnab davolanadilar. Sog’lig’i yaxshilangandan keyin ular oldiniga tayyorlov, so`ng asosiy gruppaga o`tkaziladilar. Uquvchilarni jismoniy tarbiyalash quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
Davlat o`quv rejasi va dasturi asosida maktabda dars jadvali bo`yicha jismoniy tarbiya darsidagi mashg’ulotlarni bajarish.
Ertalabki gimnastika, maktabda dars oldidan o`tkaziladigan gimnastika; «fizkul’t — minut», «fizkul’t — pauza» mashg’ulotlarini bajarish.Sport sektsiyalarida va musobaqalarida qatnashish.
Mavzuga oid nazorat savollari
Tibbiy-pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan uslublar xaqida gapirib bering?.
Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan qanday funktsional sinamalarni bilasiz?.
Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolarini tushuntiring?.
Turli yoshdagi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarda TPN qanday?
Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qanday malga oshiriladi?
Bolalar organizmi jismoniy rivojlanishining asosiy kuchlari nimalardan iborat?
Onglilik va faollik tamoyillarini tushuntirib bering?
5-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Bir tibbiy guruhdan ikkinchi boshqa guruhga o`tish isboti va kuzatish usullari
Ishdan maqsad: Talabalarda bir tibbiy guruhdan ikkinchi boshqa guruhga o`tish isboti va kuzatish usullari bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Bizga ma`lumki yosh xususiyatlarni bolalarda ta`lim tizimiga asosan quyidagi davrlarga bo`lish mumkin:
1. Maktabgacha tarbiya yosh xususiyati. Bu 1 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha davrni o`z ichiga oladi.
2. Boshlang’ich ta`lim yosh xususiyatlari, u 1-4 sinflarni o`z ichiga oladi yoki 7-11 yoshli o`quvchilar kiradi.
3. Umumiy ta`lim yosh xususiyatlari, unga 5-9 sinflar yoki 12-16 yoshdagi o`smirlik davri kiradi.
Demak, yuqorida ko`rsatilganlar bolalik va o`smirlik davrlariga kiradi. Bolalar bilan jismoniy tarbiya darslarini amalga oshirayotganda quyidagilarni hisobga olinmog’i lozim. Bizga ma`lumki, organizmni rivojlanishi to`lqinsimon bo`lib har bir yosh davri o`z xususiyatiga egadir. Bo`yni o`sishi bir xilda amalga oshmaydi. U 7-10 yoshda sekinlashgan bo`lib, 11-12 yoshli qiz bolalarda va 13-14 yoshda esa o`g’il bolalarda tez o`sish bilan amalga oshadi. Organizmning tez o`sishi jarayoni, ularda tana vaznini kamayishiga to`g’ri keladi va o`sishni kamayishi davrida vaznni oshishi vujudga keladi. Bu davrlar 7-10 va 17-20 yoshlarda amalga oshadi. Tez o`sish davrida energiya va plastik jarayonlar tezlashadi. Bu davrlarda bola organizmi tashqi muxit faktorlariga chidamsiz bo`ladi (kasallik tarkatuvchi mikroblarga kam ovqatga, juda katta og’irlikdagi jismoniy ishga va boshqalarga nisbatan) tana og’irligini oshishi davrida esa ushbularga nisbatan organizmlarni chidamliligi yuqori darajada bo`ladi. Bolalar jismoniy va aqliy mehnat bilan shug’ullanganlarida bu mehnatlarining og’irligini xisobga olganda bolalarni jinsiy xususiyatlarini ham xisobga olish lozim. Bu davrlarda ayrim bolalarda tez o`sish va rivojlanish hollari vujudga keladi. Sport maktablarida shug’ullanayotgan o`quvchilar akseleratlar xisoblanadi. Jismoniy rivojlanganlik ko`rsatkichlarning tezlashishi akseleratsiya deyiladi.
Bolalarda pasport va biologik yosh davrlarda farq mavjud bo`lib, bu 11-15 yoshli qizlarda va 13-16 yoshli o`g’il bolalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Ayrim o`quvchilarda o`sish va rivojlanishda orqada qolish hollari uchraydi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga xos bo`lgan hamma rejalashtirilgan ishlar pasport yoshi asosidadir. Ammo bu mashg’ulotlar bordiyu biologik yosh asosida tuzilgan bo`lsa, o`zining ijobiy natijasini beradi. Bolalardagi har bir yosh davrlarda organizmning organlari sistemasida o`ta maxsus o`zgarishlar sodir bo`ladi. Organizm qanchalik yosh bo`lsa, u shunchalik jismoniy, og’irliklarga nisbatni kam moslashgan bo`ladi. Ayniqsa bolalar va o`smirlarda yurak qon tomir sistemasi va nafas olish organlari (bolalarda) o`smir balki o`spirin va qizlarda ham kattalardan past bo`ladi. Ularda jumladan yurak og’irligi va xajmli jihatdan kattalarga nisbatan kamdir. Shuning uchun ham yosh sportchilarda yurak urishi va minutlik xajmi kattalarga nisbatan ancha kichikdir. Yosh sportchilarda ularning yurak va nafas olish organlari funktsional holatini imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg’ulotlarga yosh sportchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg’ulotlarga yosh sprotchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy ish bajargandan so`ng tiklanish kattaligi darajasidadir. Nafas va kon sistemasining funktsional holatidan aerob ishlab chikarish darajasi yosh maksimal kislorod extimoli vujudga keladi. Maksimal kislorod extiyojining 1 kg tonna og’irligiga nisbatan ko`rsatkichlarini solishtirish shuni ko`rsatmoqdaki, katta sportchilardan yosh sportchilardan ozgina farq qiladi. Lekin 1 kg og’irlikka, kislorod iste`molini 1 kg metr bajarilgan ishga nisbatan solishtirilsa o`smirlarda o`spirin va qizlarga nisbatan kam miqdorda sarfsiz xolda barilganligini kuzatish mumkin. Yosh sportchilarda nafas olish organlarini jismoniy og’irliklariga nisbatan moslanish kam katta sportchilarda mukammal bo`lganligidan dalolat bermoqda.
Bolalar va o`smirlar organlari funktsional sistemasi anaerob holatda ishlashga moslashmagan, kattalarda esa bu sistema yaxshi taraqqiy etgan, ya`ni organizm kislorodsiz sharoitda ishlashga moslashgan. SHuning uchun ham kislorod etishmaydigan sharoitda bolalar o`zini yomon xis qilishi kuzatilishi mumkin. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan o`ziga xoslik xususiyatlarini xisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanetgan bolalar va o`smirlarda vrach nazorati olib borishda xisobga olinishi talab qilinadi. Ularda sistemali ravishda tekshirishlarni olib borish hamda organizmda mavjud bo`lgan kasallik o`choqlarini topish, bu esa organizmda boshqa organlarni zararlanishini oldini olinadi. Bolalarda oz bo`lsada yurak qon-tomir kasalliklari uchrab turadi. Bu esa ko`p xollarda yurakning organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Bolalar va o`smirlarda yurak urishi va nafas olish soni sekin - astalik bilan kamayib boradi va kattalarga yakinlashadi. Ularda yurak urishining yoshga nisbatan quyidagicha o`zgarib boradi: 1 yoshda 120-130 marta/min., 6 yoshda 90 -100, 7 yoshda -90 ta, 12 yoshda 80 ta, 14-15 yoshda 75-80 ta, 15-20 yoshda 50-60 taga tengdir. Arterial qon bosimi yosh o`tgan sari ko`tarilib boradi. Jumladan 4-6 yoshda 75/80-85/60 mm. simob. ust. , 11-12 yoshda -90/55-95/60 mm. sim. ustuniga teng., 13-14 yoshda 95/60-110/60 mm. sim. ust., 15-16 yoshda 105/60-110/70 mm simob ustunida bo`ladi. Jinsiy rivojlanish davrida, ba`zan yosh gipertoniyasi uchrashi mumkin. Bu esa tomir tonusining o`zgarishiga va ichki sekretsiya bezlarining kayta tiklanishiga bog’liq (jinsiy, qalqonsimon buyrak usti bezlari). Jismoniy tarbiya darslarini to`g’ri tashqil etish, qon bosimi kamayishiga olib keladi. Buning uchun jismoniy tarbiya mashqlari og’irliklarini kamaytirishga to`g’ri keladi. Nafas olish organlarining ham funktsional holatida ham ularni yosh xususiyatlarini xisobga olinadi. Nafas olishni minutlik soni quyidagi tartibda ishga qarab o`zgarib boradi: 1-3 yoshda -35-40 marta, 3-6 yoshda 18-20 marta, 6-10 yoshda 16-20 marta bo`ladi.
Ularning sog’liq holatlarini tekshirishda xar xil funktsional probalar sinalmalarini ishlatishadi. Bularni ham ishlatilganda bolalarni yosh jinsiy xususiyatlarini xisobga olinadi. Jumladan, 7-10 yoshli bolalarga 30 sekund davomida 20 marta o`tirib turish va 60 marta sakrash, yoshi katta bolalarga esa 15 sekund davomida maksimal (sakrash) yugurish va 1-2 min, 1 minutda 180 qadamdan iborat yurishlarni ishlatish mumkin. Xuddi shuningdek Letunov uslubiyoti, Garvard step - testi, RWC-170 larni ham qo`llash mumkin. Lekin ularni qo`llashda bolalarni jins va yoshi xisobga olinadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari, lagerlar va o`quv yurtlarida vrach nazorati
Maktabgacha ta`lim muassasalarida, lagerlarda va o`quv yurtlarida vrach nazorati doimiy ravishda olib boriladi. Buni amalga oshirishda tibbiyot xodimlari tomonidan yil davomida 2 marta yoki xar 6 oyda bir marta to`liq tibbiy ko`rikdan, har bir kishini to`liq tekshiruvdan o`tkaziladi. Bu tekshiruvlarda sub`ektiv (surash) va ob`ektiv (bevosita tekshirish usullari) keng qo`laniladi. Bolalarning o`sishi va rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlardan uning-jismoniy rivojlanganligidir. Bolalarni va o`smirlarni jismoniy rivojlanishi to`g’risidagi ma`lumotlar ularning sog’ligini ko`rsatuvchi muxim belgilardan bo`lib, uning ko`rsatkichlari jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish va boshqa omillarga bog’liqdir (iktisodiy tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalar). Jismoniy rivojlanishni baholash uchun antropometrik ko`rsatkichlar aniqlanadi, bunga;
-o`lchov ko`rsatkichlariga qarab (somotometrik) baholash (vazni, bo`y uzunligi, ko`krak qafasining kengligi va xokazo);
- fiziologik ko`rsatkichlarga qarab (fiziometrik) baholash (o`pkaning tiriklik sig’imi, qo`l va bel mushaklarining kuchi, yurak, qon-tomir ko`rsatkichlari va xokazo);
- tashqi ko`rinishga qarab (somotoskopik) baholash (organizmni tashqi ko`rinishini belgilovchi umurtqa pog’onasining rivojlanishi yog’ qatlamlarining miqdori, tovonning ko`rinishi, jinsiy rivojlanish belgilari va boshqalar kiradi.
Tekshirishda xar bir organlar sistemalariga xos bo`lgan tekshiruv uslublari bilan nazorat amalga oshiriladi.
Mavzuga oid nazorat savollari
Tibbiy-pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan uslublar xaqida gapirib bering?.
Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan qanday funktsional sinamalarni bilasiz?.
Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolarini tushuntiring?.
Turli yoshdagi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarda TPN qanday?
Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qanday malga oshiriladi?
Bolalar organizmi jismoniy rivojlanishining asosiy kuchlari nimalardan iborat?
Onglilik va faollik tamoyillarini tushuntirib bering?
6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qoidalari
Ishdan maqsad: Talabalarda jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qoidalari bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari sihat-salomatlikka ijobiy ta`sir ko`rsatish uchun muayyan gigienik va tibbiy talablarga rioya qilmoq kerak. Oxirgi yilda mustaqil mamlakatimizda katta sportni va ommaviy jismoniy tarbiyani jadal rivojlanishini nazorat qilish masalalarini ahamiyati oshib bormoqda. Ayniqsa sog’lomlashtirish, yugurish, har xil masofaga yurish, suzish, ritmik gimnastika va xokazo har bir shaxs o`z-o`zini nazorat qilishining ahamiyati juda muhimdir. Umumiy nazoratning ko`rsatkichlari sportchilarni kundalik daftari yoki oddiy daftarda belgilanadi. Ommaviy jismoniy tarbiya guruhlari bilan shug’ullanuvchilar o`z-o`zini nazorat qilish daftarchasiga tinch holatidagi ko`rsatkichlari bilan bajarilgan jismoniy mashg’ulotlari haqida ma’lumotlarni, ularga nisbatan bo`lgan organizmning javob reaktsiyasini (oddiy fiziologik ko`rsatkichlar asosida) aks ettirishlari lozim.
Kundalik daftarcha jismoniy mashg’ulotlar bajarilishida o`z-o`zini nazorat qilish: bajarilgan mashqlardan keyin charchash, toliqish darajasi mashqlarni o`z xohishi bilan bajarishi, mashg’ulotlardan keyingi ta`sirot kabi ma`lumotlar aks ettiriladi. Mashg’ulotlar ta`sirini shug’ullanuvchining kayfiyatiga va uyquning chuqurlik darajasi asosida baholanadi.
Mashg’ulotlardan so`ng shug’ullanuvchi o`zini yomon his qilganda jismoniy yuklamalarni haddan tashqari berilishidan dalolat beradi. O`z-o`zini nazorat qilinishida sub`ektiv ko`rsatkichlar bilan ob`ektiv ko`rsatkichlarni ham qo`llash mumkin. Bularning biri yurak urish soni (YuUS)dir. Ma`lumotlarga ko`ra, ertalabki nahordagi YuUSning (uyqudan uyg’onib, yotgan holdagi YuUS) oldingi kunlarga nisbatan o`zgarmasligi tayyorgarlikning yaxshi holati xaqida dalolat beradi. Tinch yotgan holatidagi YuUS ko`rsatkichiga qarab tik turgandagi YuUS ko`rsatkichi 18 martaga va undan ham ko`proqka oshsa, javob reaktsiyasi qoniqarsiz, deb baholanadi.
Qon bosimining o`zgarishi va mashg’ulotlardan keyin ko`rsatkichlariga ham katta ahamiyat beriladi. O`z-o`zini nazorat qilishda tana vazniga (og’irlikka) O`TSning o`zgarishlariga ham katta ahamiyat beriladi. Funktsional sinamalardan ko`proq ortostatik (YuUS yotgan va tik turgan holda o`lchanadi, taqqoslash asosida baholanadi) va Ruf’e-Dikson sinamalari qo`llaniladi. Charchash, toliqish, salomatligida o`zgarishlar bo`lsa, bu ko`rsatkichlarni o`zaro farqi haddan tashqari bo`lishi mumkin.
Mavzuga oid nazorat savollari
Tibbiy-pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan uslublar xaqida gapirib bering?.
Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan qanday funktsional sinamalarni bilasiz?.
Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolarini tushuntiring?.
Turli yoshdagi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarda TPN qanday?
Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qanday malga oshiriladi?
Bolalar organizmi jismoniy rivojlanishining asosiy kuchlari nimalardan iborat?
Onglilik va faollik tamoyillarini tushuntirib bering?
7-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish
Ishdan maqsad: Talabalarda sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Jismoniy rivojlanish tushunchasi. Jismoniy rivojlanish - bu organizmning morfologik va funktsional xususiyatlarining majmuasi bo`lib, u tananing vazni, zichligi va shaklini, bolalarda va o`smirlarda esa - o`sish jarayonlarini belgilaydi. Jismoniy rivojlanishga baho berish chidamlilikni, ish qobiliyatini, jismoniy kuchini baholashga yordam beradi.
Yosh o`tishi bilan tana nisbatlari juda ko`p darajada o`zgaradi. Yangi tug’ilgan bolada boshining uzunligi butun tanasidan taxminan 1/4 qismini, katta yoshdagi kishida esa 1/8 qismini tashkil etadi. Oyoqlar, aksincha, yangi tug’ilgan chaqalokda o`ta kichik, katta yoshdagi kishida esa tana uzunligining yarmisidan sal oshadi. Tana nisbatlaridagi bunday farqlar tananing ayrim qismlari o`sishi va rivojlanishidagi notekisligini ko`rsatadi. Yurak, buyrak va ba`zi boshqa a`zolarning vazni tana vaznining o`sishiga deyarli teng va mos ravishda oshadi, faqat ozgina kechikishi mumkin. Masalan, yurakning vazni 15 baravar oshadi. Mushaklar juda ko`p o`sadi: ularning vazni katta yoshdagi kishida yangi tug’ilgan chaqaloqqa nisbatan 35-40 baravar ko`proq bo`ladi. Ba`zi a`zolar bachadon ichidagi rivojlanish davridayoq shunchalik tez o`sadiki, tug’ilishdan keyin ularning vazni faqat 3-4 baravar oshadi. Masalan, yangi tug’ilgan bolaning bosh miyasi taxminan 390 gramm keladi, katta yoshdagi kishida esa o`rtacha 1490 gramm bo`ladi. Bunda bosh miya vaznining tug’ilishdan keyingi asosiy ortishi hayotning birinchi yillariga to`g’ri keladi. 10 yoshdan keyin bosh miyaning vazni unchalik kattalashmaydi. Vazni tug’ilishdan keyin umuman o`zgarmaydigan a`zolar ham bor. Bunday a`zolarga chakka suyagida joylashgan eshitish a`zosi va yarim doira kanallar kiradi. Jinsiy bezlar bola hayotining birinchi yili davomida vazni ortadi, keyin 7-9 yil davomida ularning vazni deyarli o`zgarmaydi va hayotining 10-yilidagina ular yana o`sa boshlaydi.
Bolaning jismoniy rivojlanishini uning vazni, bo`yi, uning ko`krak qafasining aylanasi va boshqa ko`rsatkichlariga qarab baholash mumkin. Hatto mutlaqo sog’lom bolaning ham bo`yi va vazni notekis ravishda o`sadi. Ba`zi yosh davrlarida u tezroq, boshqa paytlarda sekinroq o`sadi. Tug’ilishda bolaning bo`yi o`rtacha 50 sm ga teng bo`ladi, 1 yoshga to`lganda esa 75 sm, ya`ni u 50 % ga oshadi; vazni (o`rtacha vazni tug’ilish paytida 3200 gr) bir yil ichida uch baravar oshadi va 9,5-10 kg ga etadi. 2-yil davomida bola 10-15 sm ga o`sadi hamda vazni 2,5-3 kg ga oshadi. Keyingi yillarda to jinsiy etilishi davrigacha bolaning har yili tana vaznining oshishi taxminan 1,5 - 2 kg, bo`yining o`sishi 4-5 sm ni tashkil etadi.
Jismoniy rivojlanish darajasini belgilovchi ko`rsatkichlar va ularni aniqlash usullari
Jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari ayniqsa hayotining birinchi yillarida juda o`zgaruvchandir. Ular yashashning og’ir sharoitlari, toza havo etmaganda, yaxshi ovqatlanmaganda, kam uyqu bo`lganda, kam harakatlanganda va hokazo sharoitlarda keskin pasayadi. Ham yuqumli, ham yuqmaydigan kasallik, ayniqsa og’ir o`tgan holda, bolaning organizmini zaiflashtiradi, uning normal rivojlanishini buzadi.
Jismoniy rivojlanishini doimiy kuzatish bolaning holatidagi nomaqbul siljishlarni o`z vaqtida aniqlashga imkon beradi.
Har bir alohidagi bolaning jismoniy rivojlanishini baholashda, shuningdek uning teri va shilliq parda qoplamlarining holati va rangini, semizligini (teri osti yog’ qatlamining rivojlanganligini), mushaklarning rivojlanganligi va tonusini, qomatini va hokazolarni hisobga olish lozim.
Jismoniy rivojlanishni tahlil etishning asosiy usullari somatoskopiya (tashqi ko`rib chiqish) va antropometriya (somatometriya) dir. Somatoskopiya tana tuzilishining o`ziga xos xususiyatlarini, qomati va tayanch-harakat apparatining holatini aniqlaydi. Tana tuzilishining xususiyatlari konstitutsiya deb ataladi. Konstitutsiyalarning uchta turi: normostenik, giperstenik va astenik turi farqlanadi.
Normosteniklarda tananing uzunligi va eni o`lchamlarining orasida ma`lum nisbatlar mavjud bo`ladi (nisbatan proportsional tana);
Gipersteniklarda ushbu proportsiyalar eni o`lchamlari ortishiga qarab buzilgan bo`ladi (nisbatan uzun tana va kalta oyoqlar);
Asteniklarda proportsiyalar uzunlik o`lchamlari ortishiga qarab o`zgargan bo`ladi (oyoqlari uzun, tanasi kichikroq bo`ladi).
Tashqi ko`rik qomatning buzilishlari bor-yo`qligini aniqlash uchun kerak bo`ladi. Ko`rib chiqish uchta holatda: oldidan, yonidan va orqadan o`tkaziladi:
oldidan ko`rib chiqishda: yuzning, bo`yinning ehtimoliy asimmetriyasiga, ko`krak qafasining, qo`l-oyoqlarning shakliga, tos holatiga e`tibor beriladi;
yonidan ko`rib chiqish: qomatni sagittal tekislikda tekshirishga imkon beradi (yassi, dumaloq, bukilgan, yassi-o`yiq, dumaloq-o`yiq bel va hokazolar);
orqadan ko`rib chiqishda: umurtqaning frontal tekislik bo`yicha ehtimoliy bukilishlari aniqlanadi (skolioz).
Qomat - bu bemalol turgan kishining odatdagi o`rgangan holatidir. Normal qomatga umurtqaning mo``tadil ifodalangan fiziologik egilishlari hamda barcha tana qismlarining simmetrik joylashuvi xos bo`ladi. Bosh to`g’ri harakatlanadi, elkalar sal pastga tushgan va orqaga qaragan, qo`llar to`g’ri turgan badan yonida, oyoqlar tizza va tos-son bo`g’imlarida bukilmagan, oyoq tovonlari parallel yoki ozgina ikki tarafga ayrilgan. Qomatning buzilishlari istalgan yoshda mushaklar zaif bo`lganda yuzaga keladi. Ko`pincha bukrisimonlik rivojlanadi. Dumaloq bel odatda yoshlik kifozi deb ataladi. Dumaloq ko`krak qafasi (orqa tomoni) yoshlik “kifozi” deb ataladi. Dumaloq va dumaloq-o`yiq ko`krak qafasi nafas olish va qon aylanish vazifalarining pasayishiga ta`sir etadi. YAssisi esa umurtqaning ressorli vazifasini kamaytiradi. Umurtqa pog’onasining yon tarafga qayrilishi – skolioz deb ataladi, uning bor-yo`qligini o`z vaqtida aniqlash juda muhim. Har qanday joylashuvdagi skoliozda tananining yon tarafida tana va pastga tushirilgan qo`llar o`rtasidagi masofa (uchburchak) kamroq ifodalanadi. Skoliozning I darajasidayoq tananing 900 gacha egilishida umurtqalarning vertikal o`q atrofidagi torsiyasini aniqlash mumkin.
Ko`krak qafasi shaklining buzilishi: qanotsimon kuraklar, elka kamarining asimmetrik holati. Qorin normada ozgina ichiga tortilgan bo`ladi.
Oyoqlar shaklini aniqlash uchun tekshirilayotgan kishiga turgan holatida tovonini birlashtirib, oyoq uchini ozgina ajratish taklif qilinadi. Oyoqlar shakli turlicha bo`ladi: normal, X -simon va O -simon.
Tizzalar va tovonlar bir-biriga tekkanda oyoqlar to`g’ri deb hisoblanadi. X-simon oyoqlarda faqat tizzalar, O-simon oyoqlarda faqat tovonlar bir-biriga tegadi. Oyoq tovonlari normal, yassilangan va yassi shaklga ega bo`lishi mumkin. Yassi tovonda tovonning ko`tarilgan joyi yassilangan bo`ladi. Yassitovonlik holati tovonlarning erdagi izlari bo`yicha (plantografiya) va uning kattaligini o`lchash (podometriya) bo`yicha aniqlanadi. Bemor stulda tizzasida turib, tovonlar pastga osilib turganda yassitovonlikni ko`rib tashhis qo`yish oson bo`ladi.
Qo`l shaklini aniqlash uchun tekshirilayotgan kishi turgan holda qo`lini oldinga kaftlarini tepaga qilib cho`zib, ularni kaftlar jimjiloqlari bir-biriga tegadigan qilib birlashtirishi lozim. Agar qo`llar to`g’ri bo`lsa, ular tirsak sohasida bir-biriga tegmaydi, agar ular X-simon bo`lsa - tegadi.
Mushaklarning rivojlanishi mushaklar tonusi, kuchi va rel’efining holatiga ko`ra yaxshi, o`rtacha va kuchsiz deb baholanadi.
Jismoniy rivojlanish to`g’risida ob`ektiv fikr chiqarish uchun alohida antropometrik ko`rsatkichlarning nisbatlarini - indekslari aniqlanadi. Bo`y-vazn ko`rsatkichi (Ketle indeksi) grammlardagi tana vaznini santimetrlardagi bo`yiga bo`lib hisoblanadi.
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning o`sishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari:
maktabgacha yosh davri (3 yoshdan 7 yoshgacha). Birinchi fiziologik cho`zilishi xos bo`lib, oyoq-qo`llarining uzunligi sezilarli kattalashadi, yuz rel’efi chuqurlashadi, tana vaznining ortishi ozgina sekinlashadi. Asta-sekin sut tishlari tushadi va doimiy tishlari chiqa boshlaydi. Ushbu yosh davrining oxiriga kelib turli ichki a`zolar tuzilishining farqlanishi tugallanadi, immun tizimi (himoyasi) esa ma`lum etuklikka erishadi. Intellekt (aqli) kuchli rivojlanadi, o`yin faoliyati murakkablasha boradi. Murakkab muvofiqlashtirilgan harakatlar takomillashadi. Bu davrda asosiy o`lim sababi travmatizm bo`ladi.
kichik maktab yoshi davri (7-11 yosh) jismoniy rivojlanishning aniq jinsiy demorfizmi boshlanadi. Mayda mushaklarning o`ta murakkab muvofiqlashuv harakatlari tez rivojlanadi, shu tufayli yozuv o`rganish mumkin bo`ladi. Xotira yaxshilanadi, aql rivojlanib yuksaladi. Maktabda o`qish bolalarni intizomga o`rgatadi, ularning mustaqilligini va irodaviy xususiyatlarini rag’batlantiradi, qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Bolalar jamoaning intilishlari bilan yashay boshlaydilar. Bolalarning asosiy o`lim sababi travmatizm bo`ladi.
katta maktab yoshi davri (12 yoshdan 18 yoshgacha) ba`zan o`smirinlik deyiladi. endokrin bezlar funktsiyalarining keskin o`zgarishlari sodir bo`ladi. Qizlar uchun - bu keskin jinsiy etilish davridir. Yigitlar uchun - jinsiy etilishning boshlanishi. Bu prepubertat o`sishdagi sakrash bo`lib, nouyg’un o`tishi mumkin. Bu psixologik rivojlanishning eng qiyin davridir, ayniqsa jismoniy va jinsiy rivojlanishi buzilganda, vegetativ sozlanish beqaror bo`lganda, ba`zan og’ir o`tuvchi tomir tonusining buzilishlari, shuningdek qalqonsimon bezning kasalliklari yuzaga keladi.
Shuni ta`kidlash lozimki, har bir bolaning biologik rivojlanishining o`ziga xos sur`ati mavjud bo`lib, uning biologik yoshi ma`lum darajada uning tug’ilish guvohnomasi bo`yicha tengdoshlarining yoshidan farq qilishi mumkin. Organizmning ko`pgina funktsional imkoniyatlari, uning reaktivligining tizimi eng avvalo taqvim yoshiga emas, biologik yoshiga muvofiq rivojlanadi. Bundan turmush tarzini tashkil etish, sog’liqni saqlash, uning ta`lim-tarbiyasiga individual yondashish lozimligi kelib chiqadi. Shuning uchun bolalik biologiyasida bolalik yosh davrlarini taqvim hayoti muddatlari bo`yicha emas, biologik etuklik jihatlari bo`yicha tasniflashga urinishlar bo`lgan.
Sog’lom bolaning aniq va yorqin yosh dinamikasiga yoki funktsional rivojlanishiga ega bo`lgan barcha antropometrik, fiziologik, metabolik, immunologik belgilari taqvim yoshiga qaraganda biologik yoshi to`g’risida fikr chiqarish uchun asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Buning uchun ushbu belgilarning yosh davrlari bo`yicha taqsimlanishining jadvallariga ega bo`lish lozim.
Normada bo`lish yoki biologik yoshning taqvim yoshiga mosligi barcha ko`rsatilgan tizimlarning rivojlanishi va ishlashining yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Biologik yoshining, tana o`lchamlari va proportsiyalarining orqada qolishi patologiyaning mavjudligi yoki atrof muhitning bolaning optimal rivojlanishi uchun mos emasligini ko`rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, ijtimoiy rivojlanishning yoshini ham ko`rsatish lozim. Jamiyatdagi ijtimoiy rivojlanish parallel holda o`tishi hamda bolaning va o`smirning jismoniy va asab-psixik rivojlanishiga mos kelishi va undan kechikmasligi maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Bolaning jismoniy rivojlanishini aniqlashda odatda organizm holatining eng barqaror, oddiy usullar bilan yuqori aniqlikda belgilash mumkin bo`lgan ko`rsatkichlari olinadi. Masalan, tana uzunligi organizmda sodir bo`ladigan plastik jarayonlarning jamlanma ko`rsatkichi bo`lib xizmat qiladi. Tana vazni - kamroq barqaror ko`rsatkich bo`ladi, lekin u suyak-mushak apparati, ichki a`zolar, yog’ kletchatkasining rivojlanishini aks ettiradi. Ko`krak qafasining aylanasi ko`krak va bel mushaklarining rivojlanganligini, ko`krak bo`shlig’ining funktsional holatini tavsiflaydi. Jismoniy rivojlanish belgilarini aniqlash bilan birgalikda ba`zi funktsional ko`rsatkichlarni tadqiq etish maqsadga muvofiq bo`ladi: yurak qisqarishlarining tezligi, arterial qon bosimi, qo`l mushaklarining kuchi. Jismoniy rivojlanish ma`lum darajada bolalarning ish qobiliyatini, jumladan aqliy ish qobiliyatini belgilab berishi aniqlangan.
Jismoniy rivojlanishga eng avvalo to`g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya ta`sir etishini qayd etib o`tish lozim. Pasaygan harakat faolligida mushak apparati, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari etarli yuklamasiz ishlaydi va muntazam trening olmagan holda hatto ozgina jismoniy kuch ishlatishga ham o`ta zo`riqish bilan javob beradi, bu ularning funktsiyalarining barqaror buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, pasaygan harakatlanish rejimi jismoniy rivojlanishdagi ortiqcha tana vazni tomonga siljishlarga olib kelishi mumkin.
Harakatlanish rejimini baholash uchun odatda uxlamagan davri davomidagi harakat faolligining umumiy davomiyligi aniqlanadi. Shifokorlar tavsiyalariga muvofiq u uxlamagan davrining kamida 50 % qismini tashkil etishi lozim, lekin kuzatiladigan guruhlarda kun tartibini o`rganish harakat faolligiga 36 % dan 40 % gacha to`g’ri kelishini ko`rsatdi, bu esa tavsiya etiladigan miqdoridan kamroq.
Ma`lumki, bolalar salomatligining ahvoli va ularning jismoniy rivojlanishining ko`rsatkichlari uzviy chambarchas bog’liqdir. Bola salomatligining ahvolini batafsil kuzatish ilk bosqichlaridayoq sog’lig’ining ahvolidagi eng kichik o`zgarishlarni aniqlash, bolaga o`z vaqtida zarur yordamni ko`rsatish va maktabga borishi paytiga kelib uni to`liq sog’lomlashtirish uchun zarur bo`ladi. Bir qator belgilar asosida (surunkali kasallikning bor-yo`qligi, organizmning asosiy tizimlarining funktsional holatining darajasi, kasalliklarga tez-tez uchrashi, jismoniy va asab-psixik rivojlanishining darajasi) salomatligining guruhini belgilab beradi.
1-guruhga yaxshi funktsional ko`rsatkichlari, normal jismoniy rivojlanishi bo`lgan sog’lom bolalar kiradi. Ikkinchi guruhni ham sog’lom bolalar tashkil qiladi, lekin ularning mushak kuchi, o`pka hayotiy sig’imining ko`rsatkichlari pastroq, ko`rish, nutq, qomat sohasida ozgina chetlashuvlari bo`ladi, tez-tez kasal bo`ladi. 3-4 guruhlarga biror-bir surunkali kasalliklari bo`lgan bolalar kiritiladi.
Jismoniy tarbiyaning 1-9 sinf, litsey yoki kolledj mobaynida o`qitish, rivojlanish va tarbiyalash davomida ta`sirining yakuniy natijasi jismonan komil inson bo`lishi lozim. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish davomida shakllanadigan a`lo salomatligi, mustahkam, chiniqqan tanasi, kuchli irodasi insonning intellektual va aqliy rivojlanishi uchun yaxshi asos bo`ladi. Yuqori jismoniy kamolotga erishish, ba`zi tug’ma va orttirilgan jismoniy nuqsonlardan xalos bo`lish faqat jismoniy mashqlardan to`g’ri va muntazam foydalanish yo`li bilan mumkin bo`ladi.
Jismoniy tarbiya o`qituvchilari va trenerlarning vazifasi - jismoniy tarbiyaning bolalarning sog’lig’i ahvoliga va jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta`sirini tushuntirishdir.
Amaliyot ko`rsatishicha, yuqori harakatlanish rejimi bo`lgan, ya`ni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanuvchi bolalar tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq o`qiydi. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar bilan faol shug’ullanadigan maktab o`quvchilarida shamollash kasalliklariga chidamlilik oshadi.
Shakli turlicha bo`lgan harakatlarda bolalarning harakatlanish faolligini kuzatish shuni ko`rsatdiki, ularda tezlik, kuch, epchillik, chidamlilik yoki shu fazilatlarning majmuasi namoyon bo`ladi. Jismoniy fazilatlarning rivojlanishi darajasi bolalar harakatlanish faoliyatining sifat darajasini, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligining darajasini belgilaydi.
Odatda, jismoniy sifatlarni rivojlantirganda organizmning funktsiyalari ham takomillashtiriladi, ma`lum harakatlanish ko`nikmalari o`zlashtiriladi. Umuman olganda bu jarayon yaxlit, o`zaro bog’liq bo`lib, odatda jismoniy sifatlarning yuqori rivojlanishi, harakatlanish ko`nikmalarining muvaffaqiyatli o`zlashtirilishiga yordam beradi.
Masalan, o`smirda tezlik qanchalik rivojlansa, u qisqa masofalarni shunchalik tez yugurib o`tadi, futbol o`ynaganda to`pni tezroq yuritadi, boshqa har qanday o`yinlarda tezroq harakatlanadi, ya`ni tezlik rivojlanishining yuqori darajasi muayyan jismoniy mashqlarni bajarishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Kuch va chidamlilikni rivojlantirish haqida ham shunday deyish mumkin. Demak, ushbu fazilatlarni birinchi navbatda umumiy jismoniy tayyorgarlik jihatidan rivojlantirish va ushbu maqsadda eng samarali tegishli vositalarni qo`llash lozim. SHunday qilib, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish aslida umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy mazmuni bo`ladi.
Jismoniy kamolot deb eng avvalo a`lo salomatlik, uyg’un jismoniy rivojlanish, yaxshi rivojlangan harakatlanish funktsiyalari, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik tushuniladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik farqlanadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik kasbiy yoki sport faoliyati bilan bog’liq bo`ladi, masalan, futbolchi, g’avvosning tayyorgarligi, o`t o`chiruvchi, chang’ichi, gimnast, kon’kida yuguruvchining tayyorgarligi va hokazolar.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik bilimlar va ko`nikmalarning ma`lum darajasini o`z ichiga oladi. Harakatlanish ko`nikmalari va malakalari shakllanishining jarayonida jismoniy sifatlar: epchillik, tezlik, kuch va boshqalar rivojlanadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga xos bo`lgan asosiy xususiyat - o`z tanasining harakatlarini ongli boshqara olish, eng kam kuchlarni sarflab, eng qisqa muddatlarda eng katta natijalarga erisha olishdir.
Asosiy harakatlarni rivojlantirish va shakllantirishning sog’lomlashtiruvchi ta`siri hammaga ma`lum, chunki bu harakatlarda bir vaqtning o`zida ko`p sonli mushak guruhlari ishtirok etadi, bu esa organizmda moddalar almashinuvining yuksalishi, ichki a`zolarning funktsional faoliyatining kuchayishiga yordam beradi, asab jarayonlarining labilligi takomillashadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga xos bo`lgan asosiy xususiyat - o`z tanasining harakatlarini ongli boshqara olish, eng kam kuchlarni sarflab, eng qisqa muddatlarda eng katta natijalarga erisha olishdir. Asosiy harakatlarni rivojlantirish va shakllantirishning sog’lomlashtiruvchi ta`siri hammaga ma`lum, chunki bu harakatlarda bir vaqtning o`zida ko`p sonli mushak guruhlari ishtirok etadi, bu esa organizmda moddalar almashinuvining yuksalishi, ichki a`zolarning funktsional faoliyatining kuchayishiga yordam beradi, asab jarayonlarining labilligi takomillashadi.
Maktab o`quvchilarining jismoniy tayyorgarligini, Z.I. Kuznetsova (1997 yil) qayd etishicha, ikkita ko`rsatkich belgilaydi:
Harakatlar texnikasini egallash darajasi;
Harakatlanish (jismoniy) sifatlarining rivojlanish darajasi.
Maktab o`quvchilari maktabdagi jismoniy tarbiya mobaynida egallaydigan harakatlanish ko`nikmalari va jismoniy sifatlari jismoniy tarbiya o`qituvchilarining amaliy ishida nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Maktab o`quvchilarining har bir yosh davri uchun o`zga xos anatomo-fiziologik xususiyatlar xos bo`ladi. Pedagoglar, psixologlar, shifokorlar, jismoniy tarbiya mutaxassislari jismoniy tarbiya bo`yicha maktab dasturini tuzishda ushbu xususiyatlardan kelib chiqadi, uning vazifalari, mazmuni, shakllari, jismoniy tarbiya darslaridagi yuk berish va hokazolar aniqlanadi. Bolalarning ushbu xususiyatlari doimiy va o`zgarmas bo`lmaydi. Tashqi muhitning bir qator omillari, turmush sharoitlarining birikmasi, jumladan jismoniy tarbiyaning tashkil etilgan jarayoni oqibatida maktab yoshi davri uchun xos bo`lgan belgilar va ularning imkoniyatlari o`zgaradi.
Shu munosabatda eng avvalo bola organizmining kuchli o`sishi va rivojlanishining jarayonini ko`zda tutish lozim. U barcha maktab yosh davrlari mobaynida notekis bo`lsa-da, to`xtovsiz davom etadi. Organizmdagi moddalar almashinuvi o`quvchilar uchun kundalik rejimda harakat faoliyatining katta hajmi bilan faollashtirilishi mumkin. Etarli energetik resurslarni saqlab qolish uchun jismoniy yuk berishni rostlab turish, energetik resurslarni tugatuvchi, holdan toydiruvchi kuch berishlarga yo`l qo`ymaslik, shuningdek zaruriy dam olish va to`laqonli ovqatlanishni ta`minlash kerak bo`ladi.
Butun maktab yoshi uchun xos bo`lgan va o`ziga doimiy e`tibor berilishini talab etadigan ikkinchi xususiyat - bola organizmining etuk emasligi va turli tashqi ta`sirlarga nisbatan etarlicha chidamlilikka ega emasligi, uning yuqori darajada zaifligi ham shu bilan bog’liq. SHu munosabatda, birinchidan, organizmni hali uning imkoniyatlariga mos kelmaydigan va turli zo`riqishlarga olib keluvchi, rivojlanish jarayonini sekinlashtiruvchi shunday ta`sirlardan asrash kerak, ikkinchidan, organizmni doimiy, lekin qat`iy izchil ravishda mustahkamlash va chiniqtirish, uning hayotiy qobiliyatini oshirish va noqulay tashqi ta`sirlarga qarshiligini oshirib borish kerak.
Bunga erishish uchun muayyan davrdagi barcha tizimlar va a`zolarning aniq ahvolini bilish, mashqlarni o`ylab tanlash va qo`llash, tegishli jismoniy yuklamalarning hajmini, intensivligini va vaqt ichida taqsimlanishini muvofiq hisoblash, mashg’ulotlarning optimal gigienik sharoitlarini, shuningdek anjomlarning texnik sozligini, shikastlanishdan etarlicha asrashni va hokazolarni katta mas`uliyat bilan ta`minlashi lozim.
Masalan, tayanch-harakat apparatining xususiyatlarini hisobga olib, noto`g’ri tana holatlaridan, umurtqaga katta yuklama berilishi, tana mushaklarining bir tomonlama zo`riqishi, kuchli zarbalar va tananing silkinishlari uzoq muddatli mushaklar kuchanishida, ayniqsa statik kuchanishlarda, bo`g’im-pay apparatining va mushaklarning o`ta zo`riqishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Ayni paytda mushak tizimning faoliyatini doimiy faollashtirib, ayrim mushak guruhlarining rivojlanish darajasini tekislash va qomat yuzasidan bu ishlarni nazorat qilish kerak.
Qon aylanishi va nafas olish a`zolari borasida, ayniqsa o`rta maktab yoshida yuklama berish borasida alohida ehtiyotkor bo`lish lozim. Ushbu a`zolarning kuchli faoliyatini keltirib chiqaruvchi mashqlardan keng foydalangan holda yurak mushagining kam qisqarish qobiliyatini, yurak faoliyatini rostlash apparatining to o`tish (o`rta) yoshi davrining oxirigacha etarli takomillashmaganligini, fiziologik ko`krak torligi va bola organizmining boshqa xususiyatlarini unutmay, jismoniy kuchanishlarni qat`iy belgilab turish lozim. Yugurishda va unga o`xshash tsiklik harakatlarda ortiqcha, o`ta zichlangan yuklama berilishi, zo`r berish katta mushak kuchanishlari, shuningdek gripp, angina va boshqa kasallik holatlaridan keyin kuchanish shakllanishi kabilarning yurak uchun xavfli ekanligini doimo eslab turish zarur.
Bolalarning hali mustahkam bo`lmagan asab tizimiga eng katta e`tibor berish kerak, chunki barcha o`quv fanlari unga doimo yuqori talablar qo`yadi. Harakatlanishga o`rganish jarayonidagi intellektual kuch berish, o`z harakatlarini nazorat qilish va boshqarish, harakatlanish faoliyati sharoitidagi har xil qiyinchiliklarni engish bilan bog’liq yuqori irodaviy va hissiy zo`riqishlar - bularning hammasi asab tizimi uchun katta yuklama bo`lib tushadi. Bu yuklamalarni to`g’ri rostlash, turini o`zgartirish va asta-sekin, izchil oshirib borish asab tizimini mustahkamlab, uning ish qobiliyatini oshirishga imkon beradi. Bolalarning yana bir xususiyatini - ularning oson, ko`pincha yuqori qo`zg’aluvchanligi, shuningdek u bilan chambarchas bog’liq yuqori reaktivligini ko`zda tutish lozim.
Jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash usullariga antropometriya va somatoskopiya kiritiladi.
Antropometriya - bu inson tanasining bir qator ko`rsatkichlarini o`lchashdir: bo`yi, tana vazni, elkaning kengligi, ko`krak qafasining aylanasi, o`pkaning hayotiy sig’imi va mushaklar kuchi.
Katta yoshdagilarning bo`yi antropometr bilan o`lchanadi. Tekshiriluvchi antropometrga kuraklari va beli bilan tegib turadi. 2 yoshgacha bo`lgan bolaning bo`yi yotgan holatda o`lchanadi.
Ko`krak qafasining aylanasi uchta holatda o`lchanadi: maksimal nafas olish, to`liq nafas chiqarish va tinch holatda. Santimetr tasmasi orqadan kuraklarning ostki burchaklari ostida va oldidan: bolalarda va erkaklarda ko`krak uchlarigacha etqaziladi, ayollarda ko`krak bezlari ustidan IV qovurg’asining ustki cheti sathida o`tkaziladi. Nafas olish va nafas chiqarish o`rtasidagi farq (ko`krak qafasining ekskursiyasi) erkaklarda 4-5 sm, ayollarda 4-6 sm, sportsmenlarda 10-14 sm gacha etadi, kasallarda 2-1 sm gacha kamaygan yoki 0 ga teng bo`ladi.
Qorin aylanasi yonida yotgan holatida uning eng katta do`mboqligi darajasida, bel aylanasini esa turgan holatida qorinning eng kam do`mboqligi darajasida o`lchaydilar. Elka aylanasi elka darajasiga ko`tarilgan va tirsagida bukilgan qo`lning elka va bilak mushaklarini zo`riqtirgan holda o`lchanadi. Tasma elkaning ikki boshli mushagining (bitsepsning) eng chiqib turgan qismi sohasiga qo`yib o`lchanadi. Bo`shashgan holatida tushirilgan qo`l bilan ayni shu sathida o`lchovlar o`tkaziladi. Son aylanasi dumba tagidan, tizza aylanasi esa tizza-boldir mushagining eng bo`rtib chiqqan sohasida o`lchanadi.
O`pkaning hayotiy sig’imi spirometr yordamida o`lchanadi. Tekshiriluvchi apparatga yuzlantiriladi. Chuqur nafas olib, keyin mundshtuk orqali spirometr nayiga nafas chiqarish taklif qilinadi. 2-3 marta takrorlab, eng katta natijasi yozib qo`yiladi.
Mushaklarning kuchi dinamometr bilan o`lchanadi. Bilak mushaklarining kuchi oldinga uzatilgan qo`lning kafti bilan qo`l dinamometrini siqib o`lchanadi. Bel mushaklarining kuchini o`lchash uchun tirgakli dinamometr ishlatiladi. Tekshirilayotgan kishi uning tirgak maydonchasiga turadi, uning ilmog’i oyoq tovonlari o`rtasida turishi lozim, tekshirilayotgan kishi dinamometr bilan birlashtirilgan dastani tepaga tortadi. Dasta tizza sathida o`rnatiladi. O`lchash paytida oyoqlar to`g’ri bo`lishi lozim.
Har bir alohidagi bolaning jismoniy rivojlanishini baholashda shuningdek uning teri va shilliq parda qoplamlarining holati va rangini, semizligini (teri osti yog’ qatlamining rivojlanganligini), mushaklarning rivojlanganligi va tonusini, qomatini va hokazolarni hisobga olish lozim.
Mavzuga oid nazorat savollari
Tibbiy-pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan uslublar xaqida gapirib bering?.
Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan qanday funktsional sinamalarni bilasiz?.
Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolarini tushuntiring?.
Turli yoshdagi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarda TPN qanday?
Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qanday malga oshiriladi?
Bolalar organizmi jismoniy rivojlanishining asosiy kuchlari nimalardan iborat?
Onglilik va faollik tamoyillarini tushuntirib bering?
8-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tekshirish shakllari va uslublari
Ishdan maqsad: Talabalarda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tekshirish shakllari va uslublari bo`yicha nazariy va amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy va amaliy tushuncha: Vrach-pedagog nazorati - bu o`quv trenerovka jarayonini mukammallashtirish maqsadida vrach va pedagogning (jismoniy tarbiya o`qituvchisi yoki trenerning) hamkorlikdagi ishidan iboratdir. Sportda vrach-pedagog nazorati pedagogik, medik va psixologik kompleks tekshirishlarni o`z ichiga oladi.
Vrach-pedagog nazoratini amalga oshirish trener va o`qituvchilarga shug’ullanuvchilarda sodir bo`layotgan zo`riqish va o`ta zo`riqish xolatlarini aniqlab olishga va bu jarayonni oldini olishga yordam beradi.
O`qituvchi (yoki trener) va vrach hamkorlikda ish olib borar ekan, ko`pchilik mashg’ulotlarda vrach ishtirok eta olmasligi mumkin, shuning uchun har bir trener (o`qituvchi) meditsinada ishlatiladigan tekshirish metodlari to`g’risida ma`lumotga ega bo`lishi shart.
Vrach-pedagog nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Berilayotgan og’irliklarni shug’ullanayotgan sportchini jismoniy rivojlanishga mosligini o`rganish.
2. Shug’ullanuvchini sog’liq holatini va organizmini funktsional darajasini tayyorgarligini xar-xil davrlarga mosligini aniqlash.
3. O`quv-trenerovka jarayonini rejalashtirish va individuallash-tirishda qo`llanilayotgan vosita va trenerovka tizimi sportchini vazifa va (maqsad) imkoniyatiga mosligini baholash.
4. Katta og’irliklardagi jismoniy mashqlardan so`ng orgazmni baholash va medik, pedagogik-psixologik rivojlantiruvchi vositalarni tanlash.
5. O`quv trenerovka mashg’ulotlarini shart-sharoiti va tashqillanishini baholash.
Vrach-pedagog hamkorlikdagi ishlari natijasida vrach kabinetida belgilangan fizikaviy tibbiy tekshirish metodlaridan foydalangan xolda sportchilarning faol faoliyati davrida aniqlay olinmagan yashirin kasallik turlari aniqlanadi.
Umuman tibbiyotdagi tekshirish metodlari tekshirilayotgan shaxsni tekshiruvchi tomonidan bevosita va bilvosita tekshirishiga qarab 2 guruxga bo`linadi: birinchi tekshiruvchi yoki boshqa tekshiruvchi tekshirishda ishtirok eta olmasa va tashxis qo`yishda kasal odamni bergan ma`lumotlaridan foydalansa, bu sub`ektiv tekshirish metodi deyiladi. Bordiyu ular bevosita ishtirok etishsa, bunday tekshirish metodini ob`ektiv tekshirish metodi deyiladi. Anamnez yoki so`rash metodi meditsinada yoki jumladan, sport meditsinasida ham keng qo`llaniladigan tekshirish metodlaridan biri bo`lib, bu sub`ektiv tekshirish metodiga kiradi.
Ob`ektiv tekshirish usullariga ko`zdan kechirish yoki umumiy ko`rik o`tkazish, paypaslab ko`rish, to`qillatib va eshitib ko`rish usullari kiradi. Bundan tashqari bu ob`ektiv tekshirish usuliga har bir organlar sistemasini tekshirishda qo`llanilayotgan tekshirish usullari va laboratoriya tekshirish usullari ham kiradi.
Bemorni kasalini aniqlashda anamnez yoki so`rab surishtirish usuli keng qo`llaniladi. So`rab surishtirish usuli pasport malumotlariga asoslangan bo`lib, xayot anamnezi, sport anamnezi va kasalik anamnezi turlariga bo`linadi. Bularning har birida o`z turlariga xos bo`lgan savol va ularga olinadigan javoblar mavjuddir. Shu javoblarga asoslangan xolda tegishli tashxis qo`yishda aniq bir fikrga kelinadi va tekshiruvchiga yo`llanma beriladi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishini baholashda antropometrik tekshirish usulidan foydalaniladi. Antropometrik tekshirish usuliga quyidagilar:
a) o`lchov ko`rsatkichlariga qarab (somotometrik) baholash (vazni, bo`y uzunligi, ko`krak qafasini kengligi va hokazolar);
b) fiziologik ko`rsatkichlarga qarab (fiziometrik) baholash (o`pkaning hayotiy sig’imi, qo`l va bel mushaklarining kuchi, yurak, qon tomir ko`rsatkichlari va hokazolar);
v) tashqi ko`rinishga qarab (somatoskopik) baholash (organizmning tashqi ko`rinishini belgilovchi umurtqa pog’onasining rivojlanishi, va qatlamining miqdori, tovonning ko`rinishi, jinsiy rivojlanish belgilari va boshqalar) kiradi.
Tana og’irligini o`lchashda tibbiy tarozidan foydalaniladi. Bo`y uzunligi yog’ochdan yasalgan bo`y o`lchagich yoki metalldan yasalgan antropometr yordamida aniqlanadi. Ko`krak qafasini aylanasini aniqlash uchun latta metrdan foydalaniladi. Fiziologik ko`rsatkichlarni tekshirishdagi usullar yordamida ba`zi a`zo va turlarning faoliyati aniqlanadi. Bularga o`pkaning hayotiy sig’imi (spirometriya), qo`l mushaklarining kuchini aniqlash kiradi. O`pkaning tiriklik sig’imi suvli hamda xavoli spirometrda aniqlanadi. Qo`l mushaklar kuchini aniqlashda qo`l dinamometri yordamida aniqlanadi. Bel mushaklarini kuchini aniqlashda gavda dinamometridan foydalaniladi.
Jismoniy rivojlanishga baho berishda o`lchov asboblarini qo`llash bilan birgalikda tashqi ko`rinishga ham ahamiyat berish zarur. Qator belgilar (skeletni, mushaklarning rivojlanishi, yog’ qatlami va xokazolar) 3 darajada baholanadi. 1 raqam bilan past darajali, 2 raqam o`rtacha, 3 raqam esa yuqori darajali rivojlanishni belgilaydi.
Tayanch-xarakat apparatining holati. Suyaklarning rivojlanishi uning ko`rinishiga qarab 3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki "tor" suyak. Bunday odamlarda ko`krak qafasi va elkasi tor, barmoqlari va tovoni kichkina bo`ladi. 2-keng yoki qo`pol ko`rinishli, bunday odamlarning elkasi keng, barmoqlari va tovoni katta, 3 o`rtacha ko`rinishli darajada, umurtqa pog’onasi oldindan tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog’onasi oldindan, yondan hamda umurtqa pog’onasi bo`ylab vertikal yo`nalishda barmoq yordamida o`tkazilgan chizik holatiga qarab kuraklarning simmetrik joylanishi, elkaning turishi va qo`lning tushurilgan holatidagi kuymich gumbazigacha bo`lgan oraliqda hosil bo`ladigan uchburchak ko`rinishiga qarab baholanadi. Bolalikning boshlangich davrlaridan boshlab, uning umurtqa pog’onasida 4 ta fiziologik egilma paydo bo`ladi. SHundan birinchisi bola 6-7 xaftalik davrida, boshini ko`tara boshlaganida umurtqa pog’onasining bo`yin qismining oldinga egilishi tufayli, 2 va 3 chisi bola 6 oylik bo`lganda, o`tira boshlashi bilan ko`krak va dumg’aza qismlarida orqaga qarab egilishi hisobiga hosil bo`ladi. 4- egilmasi bola yura boshlaganda xosil bo`ladi. egilmalar bolalar voyaga etganda to`liq suyaklangan bo`ladi. YOsh davrlarida partada noto`g’ri o`tirish, og’ir yuk ko`tarishi va boshqalar natijasida bu egriliklarni o`zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari umurtqa pog’onasi yonga egilishi ham sodir bo`ladi-skolioz.
Skoliozlar chap va o`ng ba`zida esa murakkablashgan chap va o`ng hamda o`ng va chap bo`lishi mumkin. Undan tashqari bola umurtqa pog’onasining qayishqoqligi davrida tepalikdan qattiq joyga tik yiqilsa ko`krak qismida fiziologik egilmaning orqaga qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi egilmaning oldinga qarab egilishi lordoz shaklida o`zgarishi mumkin. Bunday o`zgarishlar bola o`sishi va rivojlanishiga ta`sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi.
Xozirgi davrda jismoniy tarbiya va sportni telemetrik tekshirish metodlarisiz tassavur qilish qiyin. Jumladan radiometrik tekshirish metodlari orqali tekshirilayotgan kishidan 200 – 300 metrdan 1,5 – 2,0 km gacha masofada turib tekshirilayotgan soha bo`yicha ish olib boradi. Radiometrik asboblarni bir va ko`p kanalli turlari mavjud bo`lib. birdaniga nafas olish organlari, tomir urishi, elektrokardiogramma, arterial bosim va boshqa ko`rsatkichlarni baholay oladi. Bu asboblarning qulayligi shundan iboratki, ularni engilligida (og’irligi 125 grammdan 1 kg gacha bo`lib ishonchli asboblardir) bu asboblarni vrach-pedagog nazoratida qo`llash o`zining ijobiy natijasini beradi.
Organlar va organlar sistemalarini funktsional holatini tekshirishda ham, surab surishtirish metodlaridan boshlanib, so`ngra ob`ektiv tekshirish metodlariga o`tiladi, hamda paypaslab, tukullatib eshitib ko`rish kabi ob`ektiv tekshirish metodlari qo`llaniladi. Ushbu tekshirish metodlaridan keyin xar bir organlarning sistemasiga xos bo`lgan tekshirish metodlaridan foydalaniladi. Jumladan yurak, qon-tomir sistemasi, nafas olish organlari sistemasi, nerv va nerv-muskul sistemasi kabilar. Bu organlar sistemasi o`rtasida kasallik va fiziologik o`zgarishlarga eng sezgiri yurak qon-tomir sistemasi hisoblanadi.
Yurak qon-tomir sistemalarini funktsional holatini tekshirishda yurak urishi (tomir), arterial qon bosimini aniqlash, elektrokardiografiya, vektorkardiografiya (gipertrofiya, repolyarizatsiya, gic bog’lamlaridagi buzilishlarni 2 ta elektrokardiografiya qiladi (gorizontal va vertikal holatda), fonokardiografiya (yurakni xajmini aniqlashda ishlatiladi), telerentgenografiya (yurakni xajmini aniqlashda qo`llaniladi), sfigmografiya (arteriya devorini qisqarishishini grafik holatda yozib oladi)) va boshqalar ishlatiladi.
Nafas olish organlarining funktsional holatini tekshirishda kompleks tekshirish usullari qo`llanilib, bunda gazlar almashinuvi, va arterial qon tomirlarda kislorod va korbanat angidridning miqdorini aniqlaniladi. Nafas olish organlarini funktsional holatini tekshirishda o`pkani tiriklik sig’imini o`lchash muxim ahamiyatga egadir. Bunda xavoni miqdorini aniqlash orqali organizmga qanchalik qon orqali kislorod tashilayotganini bilish mumkin. Sog’lom odamlarda JEL (o`pkaning tiriklik sig’imi) 1800 -7200 ml gacha bo`ladi. Sog’lom kishilarda minutlik nafas olish soni 14-18 marta bo`lib, bu sportchilarda 10-11 ni tashqil etadi. Nafas olishni nafas chiqarishga nisbati 1:1,1 qanchalik uzoq nafas olish va nafas chiqarish bo`lsa, shunchalik gaz almashinuvi yaxshi tartibda bo`ladi. Nafas olish 0,3-4,7 sekund nafas chikarish l-2,6 sekund bo`ladi.
Nafas olish organlarini funktsional holatini tekshirishda bronx o`tkazuvchanligi ham katta ahamiyatga egadir. U erkaklarda 5-8 l/sekund, ayollarda esa 4-6 l/sekunddan iborat. Nafas olishning minutlik xajmini o`lchash orqali ham nafas olish organlarining funktsional holatini aniqlanadi. Bu bir minut davomida o`pkada almashgan xavo miqdoridan iborat. Bu o`rtacha 5 l (3-8,4l) dan iborat bo`ladi. Nafas olish organlarini funktsional holatini tekshirishda rentgenografiya, flyurografiya kabi tekshirish usullari va bioximik tekshirish usullaridan ham keng foydalaniladi.
Nerv muskul sistemasining funktsional holatini aniqlashda elektromiografiya-skelet muskullarining biopotentsiallarini aniqlash. elektromiografiya-bosh miyani biotoklarini o`rganuvchi metod. Bunda bosh miyani turli qismini elektr aktivligini xarakatini kuzatish elektrodlar yordamida amalga oshiriladi. elektromiografiya sportchilarni tekshirish metodlarining chuqur tekshirish usuliga kiradi. Bundan sportchilar bosh miya jarohati olganda keng foydalaniladi.
Yurak qon-tomirlar sistemasining funktsional holatini baholash. Letunov sinalmasi. Ushbu sinalmani amalga oshirishdan oldin tekshiruvchini 60 sekund (1minut) davomidagi tomir urish soni 6 ta 10 sekund asosida bo`lingan holatda sanab olinadi. Undan so`ng arterial qon bosimi ham o`lchab olinadi. Letunov sinalmasini bajarishda 3 qismlik ish bajariladi.
1 qismda 30 sekund davomida 20 marta o`rnida o`tirib turish mashqi bajariladi. Bunda o`tirganda qo`llar oldinga cho`zilgan dastlabki holatga qaytganda esa qullar yonda bo`ladi. So`ngra 3 minut davomida, har bir minutni 10 sekundlarga bo`lingan holatda tomir urish soni va arterial qon bosimini o`lchash yo`li bilan organizimning tiklanishi aniqlanadi.
2 qismda 15 sekund davomida teshiriluvchi o`rnida maksimal tezlikda yugurish mashqini bajaradi. SHundan so`ng esa 4 minut davomida yuqoridagi ko`rsatilganidek, har bir minutni 10 sekundlarga bo`lib olgan xolda, tomir urishlar soni va arterial qon bosimini o`lchash orqali organizmni tiklanishi aniqlanadi.
3 qismda tekshiriluvchi tomonidan 3 minutlik, har bir minutiga 180 qadamdan iborat bo`lgan yugurish mashqi bajariladi va 5 minut davomida yuqoridagilardek organizmning funktsional holatini tiklanishi aniqlanadi.
Bu sinalmani bajarishda quyidagilarga e`tibor berish kerak. Jumladan har bir qismni bajarish yuqorida ko`rsatilgan tartibda amalga oshishi kerak. Bunda 20 martalik o`tirib turish, 15 sekund yugurish uchun organizmni tayyorlab olish bo`lsa, 15 sekund yugurish 3 minut davomida, har bir minutiga 180 qadamdan iborat bo`lgan yugirish mashqi uchun organizmni tayyorlab olish imkoniyati xisoblanadi. Bundan tashqari 3 qismni bajarganda tajriba bordiyu, bolalarda olib borilsa, ularni jinsini ham xisobga olishga to`g’ri keladi. Jumladan, qiz bolalarda minutiga 180 qadamli yugurish mashqi 2 minut, o`g’il bolalarda esa 3 minut davomida bajariladi. Sinalmadan olingan natijalarga asoslanib, organizm yurak qon-tomir sistemasannng funktsional holati va organizmning ish qobiliyati to`g’risida xulosaga kelinadi. Bunda tomir urishining oshishi va bosimini o`zgarishi va organizmning tiklanishi darajasiga ko`ra quyidagi jismoniy og’irliklarga nisbatan organizm reaktsiyalari aniqlanadi:
1. Normatonik reaktsiya;
2. Gipotonik reaktsiya (astenik);
3. Gipertonik reaktsiya;
4. Distonik reaktsiya;
5. Poganasimon reaktsiya.
Normatonik reaktsiyada quyidagilar sodir bo`ladi. Tomir urishi sezilarsiz oshadi. Yuqori qon bosimi ozgina oshadi, pastki qon bosimi esa ozgina pasayadi. Organizm tiklanishi 3-5 minutda sodir bo`ladi. Bu yaxshi shug’ullanganlarda sodir bo`ladi.
Gipotonik (astenik) reaktsiyada tomir urishi qisman oshadi. Yuqori qon bosim kuchsiz oshadi, pastki qon bosim esa oshib ketadi. Organizmning tiklanishi normada yoki normadan yuqori bo`ladi. Bu reaktsiya kasallik holati bo`lib, organizm haddan tashqari charchaganda, kasaldan yangi turganda yoki sportchi yuragi zo`riqqan hollarda uchraydi.
Gipertonik reaktsiyada tomir urishi keskin oshib ketadi. Yuqori qon bosimi esa juda yuqori, pastki qon bosimi ham oshadi. Organizm tiklanishi 5 minutdan oshib ketadi. Gipertonik reaktsiya asosan qari odamlarda uchraydi, aterioskleroz va gipertoniya kasalligi bilan jabrlanayotganlarga xos reaktsiyadir. Bu yoshlarda esa kelajakda gipertoniya bo`lib qolishini vujudga keltiradi. Bundan tashqari xaddan tashqari ko`p shug’ullanganlik yoki trenirovkalarni sonini oshirilishi natijasidir.
Distonik reaktsiya tomir urishi sezilarli oshadi. Yuqori qon bosim juda oshib ketadi, pastki qon bosim «0» gacha tushib ketadi. Organizmni tiklanishi normadan ko`p. Distonik reaktsiya ham kasallik hisoblanadi. Bu o`ta charchash, o`ta shug’ullanish va nevrozlarda yoki yuqumli kasallik bilan og’riganlarda uchraydi.
Pog’anasimon maksimal bosimni oshish reaktsiyasidir. Bunda tiklanish davrining 2-3 minutda yuqori qon bosimi, ishni bajarib bo`lgandan so`ngi ko`rsatkichiga nisbatan yuqori bo`ladi. Bu ham kasallik hisoblanadi.
Garvard step-testi. Bu testni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar yosh, jinsiga bog’liq holatda ma`lum balandlikdagi zinapoyalarga chiqib tushish orqali organizmlarini funktsional holatlarini tekshiriladi. Zinapoyaning balandligi erkaklar uchun 50,8 sm bo`lib, ayollar uchun esa 43 sm ni tashqil etadi. Bu balandlikka chiqib tushish erkaklar uchun minutiga 30 marta bo`lib, 5 minut davomda mashq bajariladi. Ayollarda esa shu yuqorida ko`rsatilgan mashg’ulot 4 minut davomida bajariladi. Ushbu metodni bolalarda bajarilganda, ularni jinsi va yosh xususiyatlarini hisobga olinadi. Jumladan, 8 yoshgacha bo`lgan o`g’il va qiz bolalarga zinapoyani balandligi 35 sm dan iborat bo`lib,mashqni bajarish vaqti 2 minutdan iborat va bunda minutlik chiqib tushish soni 30 martadan iboratdir, 8-12 yoshgacha bo`lgan bolalar va qizlarda zinapoya balandligi 35 sm, bajarish vaqti 3 minutlik chiqib tushish soni 30 martadan iborat bo`ladi, 12-18 yoshli qizlar uchun zinapoya balandligi 50 sm, ishni bajarish vaqti 4 minut va minutlik chiqib tushish soni 30 martadan iborat bo`ladi.
Tekshiriluvchi mashqni bajarib bo`lgandan so`ng quyidagi formula orqali Garvard sten-testi indeksi (GSTI) topiladi.
Bu quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Bunda t - zinapoyaga chiqish-tushish vaqti; f1 -tiklanish davrining 60-90 sekundlar orasidagi 30 sekundlik tomir urish soni; f2- tiklanish davrining 120-150 sekundlar orasidagi 30 sekundlik tomir urish soni va f3 - tiklanish davrining 180-210 sekundlaridagi tomir urish sonidan iboratdir. GSTI - natijalari 50 dan kam bo`lsa juda yomon, 51-60 gacha bo`lsa yomon, 61-70 gacha bo`lsa etarli, bordiyu 71-80 bo`lsa yaxshi, 81-90 juda yaxshi va u 90 dan yuqori bo`lsa a`lo deb xisoblanadi. GSTI- sport turi og’irligiga bog’liq holatda oshib boradi. Jumladan gimnastikaga nisbatan sportchi chidamlilik talab qiladigan turlarida yuqori darajada bo`ladi. Jumladan chang’ichilar, yuguruvchilar va velosipedchilar uning natijasi 100-200 va undan yuqori bo`ladi.
PWC-170 testi. PWC-170 funktsional sinalmasi tekshirilayotgan kishining mustaqil ish bajarishi natijasida, uning yurak urushi 170 martagacha etishiga asoslangan bo`lib. SJOST - Rand tomonidan kashf etilgan. Bunda PWC-170 atamasi ingliz tilida Physical Working Capacity- degan so`zlarning bosh xarfidan tashqil topgan bo`lib "Jismoniy ish qobiliyat" degan ma`noni bildiradi.
PWC-170 testi bajaruvchining yurak tomir urushiga va muskulni quvvatiga bog’liq bo`lgan sinalma xisoblanadi, hamda buni bajarishda uzoq vaqt shart-sharoitlarni talab kilgani uchun, bu testni V. L. Karpman tomonidan soddalashtirilgan. Bunga ko`ra tekshiriluvchiga veloergometrda har biri 5 minutdan iborat bo`lgan 2 ta og’irlikdagi ish bajartiriladi. Bunda veleorgometrning aylanish tezligi minutiga 60-70 tani tashqil etishi kerak va bu nagruzkalar orasida 3 minutlik tanaffus mavjuddir. Birinchi nagruzkaning quvvati sportchining vazniga bog’liq bo`lib, u 300-800 kg metr, ikkinchi nagruzkaning og’irligi esa 700-1500 kg metrgacha bo`ladi. Tekshirish natijalari quyidagi formula orqali aniqlanadi. Jismonan kam tayyorlangan kishilar uchun nagruzka, quvvati PWC-150, PWC-130 va xokazogacha kamaytiriladi. Olingan natijalarni quyidagi formulaga ko`yiladi.
Bu erda N1 va N2 nagruzkalar quvvati, f1 va f2 lar esa 1 chi va 2 chi nagruzkalardan keyingi yurak qisqarishlarining minutlik soni.
PWC-170 ning qiymati yosh shug’ullanmagan erkaklarda 700-1100 kg metr/min., yoki o`rtacha har bir tana og’irligiga 15,5 kg- metr/min. tashqil qilsa, ayollarda bu qiymat 450-750 kg metr/min yoki har bir kg og’irligiga 105 kg metr/min. ni tashqil qiladi. Bu qiymat 8-10 yoshli bolalarda 300-430 kg metr/minutni, 12-14 yoshlarda 550-700, 15-16 yoshlarda 700-900 kg metr/minutni tashqil etadi. Sportchilarni xar xil yoshlarid bu ko`rsatkich yuqori darajada bo`lib, 2000-2500 kg metr/min. chidamlik bilan shug’ullanuvchi sport turlarida va boshqa sport turlarida esa 1400-2000 kg metr/minutni tashqil etadi.
Tashqi nafas olish organlarini funktsional xolatlarni baxolash metodlari. Nafas olish organlarini funktsional holatini baholashda eng muhim yo`nalishlardan biri bo`lib, o`pkani tiriklik sig’imini o`lchash hisoblanadi. Buni sprometr yordamida aniqlanadi. Hozirda sport sohasida keng qo`llaniladigan oddiy funktsional sinalmalariga quyidagilar kiradi.
Rozental sinalmasi - bunda tekshiruvchini statik xolatda besh marta 15 sek. Oralatib, o`pkasining tiriklik sig’imi aniqlanadi va ular solishtiriladi. Sog’lom odam va tayyorgarlik ko`rgan sportchilarda solishtirish o`pkaning tiriklik sig’imi bir xildan iborat ekanligini ko`rsatadi. Uning kamayib borishi esa nafas olish organlarida kamchiligi bor, charchagan va ko`p shug’ullangan kishilarga xosdir.
Shafranovskiy sinalmasi- dinamik sinalma bo`lib, bunda oldin o`pkani tiriklik sig’imi tinch xolatda o`lchab olinadi, ungacha tekshiriluvchi uch minut davomida o`rnida minutiga 180 qadamdan iborat yugurish mashqini bajaradi. Shundan keyin yana o`pkaning tiriklik sig’imi mashqni bajarib bo`lgandan keyinoq hamda 1,2,3 minut o`tgandan keyin o`lchanadi. Tayyorgarlik ko`rgan sportchilarda o`pkani tiriklik sig’imi yugurgandan keyinoq 200 ml.gacha o`zgaradi va 3 min. o`tgandan keyin organizmni funktsional holati tiklanadi. Yomon tayyorgarlik ko`radigan sportchilar va kasallarda bu ko`rsatkich 200-500 ml. gacha pasayishi mumkin va 3 minut davomida organizm tiklana olmaydi.
Shtanga sinalmasi-bunda tekshiruvchi chuqur nafas olib, nafas olish protsessini to`xtatadi. Bu xolatda qo`l bilan burnini siqadi, nafas olmasdan anchagacha tura olishi aniqlanadi. Odatda shug’ullanmagan shaxslarda bu 40-60 sekund, sport bilan shug’ullanganlarda 60 sekunda 2-2,5 minutgacha bo`lishi mumkin. Tayyorgarlik darajasini oshib borishi bilan bu ko`rsatkich oshib boradi, charchaganda esa kamayadi. Jismoniy og’irlikni tekshiriluvchiga ta`sirini aniqlashda tinchlik xolatda o`pkani tiriklik sig’imi o`lchab olinadi, so`ngra u 20 marta o`tirib-turish mashqini bajaradi. Bu mashqni bajargandan so`ng 1 sekunddan so`ng tekshiriluvchi 2 bor nafasini to`xtatadi. Buning natijasini sog’lom kishilarda birinchisiga nisbatan 2 barobar kamaysa, sog’ligi yomonlarda 3 va undan yuqori darajada kamayib ketadi.
Genchi sinalmasi-(xavoni organizmdan chiqarib yuborgandan so`ng to`xtatish). Tekshiruvchi to`liq nafas chiqarib va nafas olgandan so`ng yana nafas chiqaradi va xavoni olishni to`xtatadi. Sog’lom shug’ullanmaydiganlardi bu 20-30 sekundni tashqil etadi, sog’lom sportchilarda esa bu 30-90 sekundni tashqil etadi.
Agarda Genchi sinalmasi, Shtanga sinalmasidan keyinoq bajarilsa yoki boshqa test va sinalmalaridan keyin bajarilsa ularni bajarish orasida kamida 5-7 minutlik dam olish vaqti bo`lishi shart. Chunki bu davrda organizm tiklanib oladi. Ushbu sinalmalarni ayollarga qo`llashda erkaklarga nisbatan 10-15 foiz normalarni kamaytirib olamiz. Bu xolat boshqa test va sinalmalarga ham xosdir.
Nerv va nerv - muskul sistemasining funktsional holatini baholash metodlari. Romberg sinalmasi - bu nerv sistemasini boshqarish funktsiyasiga asoslangan metod xisoblanadi. Bunda tekshiriluvchini muvozanatini saqlash xususiyati tekshiriladi. Tekshiriluvchi poyfzalini echib bir oyoqda turadi. Bunda bitta oyoq tepasiga ikkinchi oyoq tovoni qo`yilib, qo`llarini oldinga cho`zgach ko`zlari yumuq holatda muvozanat saqlaydi. Uni baholashda muvozanatni saqlash qo`llarini va oyoqlarni titrashi kabilarni davomiyligi xisobga olinadi. Agarda tekshiriluvchi 15 sekunddan ortiq mustahkam chidamlilikni namoyon etsa yoki bunda panjalar va qovoq titrashi sodir bo`lmasa yaxshi, 15 sekund davomida muvozanatni saklab ozgina titrashni namoyon qilsa qoniqarli, 15 sekunddan kam muvozanatni saqlasa qoniqarsiz deb baholanadi.
Yarotskiy sinalmasi - bunda muvozanat apparatini funktsiyasi tekshiriladi. Tekshiriluvchi tik to`rgan holatda muvozanat apparatini funktsiyasini kallasini bir tomonga aylantirish yo`li bilan qo`zg’atadi. Kallani aylantirsh tezligi har bir sekundiga 2 martadan iborat bo`ladi. Muvozanatni saqlash davomida sekundlar yordamida aniqlanadi. Buni bajarishda jarohat sodir bo`lmasligi uchun straxovkani amalga oshirish yoki bajaruvchi yonida bir kishi bo`lishi shart. Normal muvozanatni saqlash 30 sekund bo`lib, tayyorgarlik ko`rgan sportchilarda bu 90 va undan ko`p sekundni tashqil etadi. O`ta charchash muvozanatni saqlashni kamaytirib yuboradi.
Ortostatik sinalma - bunda vegetativ nerv sistemasining simpatik bo`limini funktsiyasi tekshiriladi. Bu nerv sistemasi qo`zg’alsa, yurak urishi tezlashadi. Bordiyu odam yotgan holatdan (klinostatik holatdan), ortostatik (tikka to`rgan) holatga o`tsa, yurak qisqarishi ortadi. Tekshiriluvchi kushetkaga yotadi va 3-4 minutdan keyin 15 sekund davomida tomir urishi aniqlanadi. SHundan so`ng tekshiriluvchini o`rnidan turadi va yana 15 sekund davomida tomir urishi sanaladi va olingan natijalarni minutlik tomir urishiga aylantiriladi. YOtgan holatdan to`rgan holatdagi tomir urishlar farqi 1 minutga 12-18 tagacha farq qilsa, simpatik nerv sistemasining normada ekanligidan dalolat beradi. 12 dan kamayib ketishi simpatik nerv sistemasiga tormozlanganligidan, 18 dan oshib ketishi esa uni qo`zg’alganidan dalolat beradi.
Klinostatik sinalma - bunda vegetativ nerv sistemasining parasimpatik qismini tekshiriladi. Bunda vertikal yoki to`rgan holatdan yotgan (gorizontal) holatga o`tiladi. Bu holatda parasimpatik nerv sistemasini kuzatgan bo`lamiz. Uni qo`zg’alishi yurak urishini sekinlashtiradi. Buni amalga oshirishda ortostatik sinalmani teskarisi bajariladi. Me`yordagi 1 minutlik tomir urishini sekinlashishi 4-12 ni tashqil etadi. Tomir urishini juda kamayib ketishi esa parasimpatik nerv sistemasini qo`zzg’alib ketganligidan dalolat beradi. Parasimpatik nerv sistemasi qo`zg’alsa qon aylanish, nafas olish organli fuktsiyasi sekinlashadi, oshqozon ichak faoliyati tezlashadi. Simpatik nerv sistemasining qo`zg’alishi esa parasimatik nerv sistemasiga nisbatan qarama-qarshi xislatlarni vujudga keltiradi.
Mavzuga oid nazorat savollari
Vrach pedagog nazorati nima va uning ahamiyati nimadan iborat?
Sub`ektiv tekshirish metodi nima?
Ob`ektiv tekshirish metodlariga nimalar kiradi?
Funktsional sinalma va testlarga nimalar kiradi?
Yurak qon-tomir sistemasini qanday tekshirish usullari mavjud?
Nafas olish organlarini qanday usullar orqali tekshiriladi?
Nerv-muskul sistemasini funktsional holatini qanday usullar yordamida tekshiriladi?
Bioximik tekshirish usullari qanday ob`ektlarda olib boriladi?
9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
Massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari.
Ishdan maqsad: Talabalarda massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari bo`yicha ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy tushuncha: Massaj deb mahsus usular bilan organizm to`qilmalariga mexanik ravishida ta’sir qilishga aytiladi. Bir necha xil mascaj farq qilinadi:
1. Shifobahsh massaj;
2. Gigienik massaj va uning organizmni sog’lomlashtirish va kasalliklarni oldini olish uchun hamda eng ko`p umumiy mascaj sifatida qo`llaniladi. Teri funktsiyasini yaxshilovchi kosmetika mascaji ham shu turkumga kiradi;
3. Sport massaji. uning maqsadi organizmning funktsional imqoniyatlarini oshirish va sportchida charchash alomatlarini bartaraf etishdan iboratdir. Undan (ko`pincha o`z- o`zini mascaj qilib) sportchilar sportiv chinikishdan oldin razminka qilishda hamda charchaganda foydalanadi.
Massajni fiziologik ta’siri. Juda engil va yuzani mascaj qilganda ham teri eng sezgi nerv retseplari birinchi galda mexanik ta’sirotdan ta’sirlanadi. Retseptorni ta’sirlanishiga javoban nerv sistemasida; qon limfa aylanishida xilma-xil reflektor reaktsiyalar yuzaga keladi. Mascaj refleks yo`li bilan butun organizmga ta’sir ko`rsatadi va hamma organ hamma to`qimalarda turli o`zgarishlarni keltirib chiqaradi deb xisoblanadi. Bu o`zgarishlar darajasi umuman mascajning va xususan, uning ayrim usullarining metodikasi hamda texnikasiga bog’liq bo`ladi.
Massaj ta’sirida bosh miya po`stlog’ida tormozlanish protsesslar kuchayadi. Shuni natijasida muolajalardan keyin odamni mudroq bosadi.
Massajning turli usullari uning dozirovkasiga qarab nerv sistemasining qo`zg’aluvchanliligiga xar -xil ta’sir ko`rsatishi mumkin. Chunonchi, silash va ishqalash qo`zg’aluvchanlikni pasaytirsa, shapillatib urish va kaft qirrasi bilan urib chiqish qo`zg’aluvchanlikni kuchaytiradi. Mascaj og’riqni qoldirish mumkin. Mascaj mexanik ta’sir qilib epidemik po`stlog’ini tushiradi. Mascaj tufayli teridagi qon tomirlari kengayadi. Terida qon aylanishi va yog’ hamda ter bezlari funktsiyasi kuchayadi. Mascajdan keyin teri qizarib muloyim bo`lib qoladi. Mascaj qilinayotgan teri qismini temperaturasi ko`tariladi.
Massaj ta’sirida oqsillarning terida paydo bo`ladigan parchalanish maxsulotlari (gistamin, atsetilxolin) ham qon aylanishining yaxshilanishiga ma’lum darajada ta’sir qilinishi mumkin.
Mascaj muskullariga katta ta’sir ko`rsatadi muskul va tolalarni qisqartirib, muskul xujayralarini o`zida o`zgarishlar paydo qiladi. Muskulning charchashi mascaj ta’sirida mascajsiz dam olganidan ertaroq bosiladi. Mascaj arofiyaga uchragan muskullar xajmini sezilarli darajada kattalashtirib, ish qobiliyatini oshiradi.
Muskulga ko`rsatiladigan ta’sir limfa qon oqimining kuchayishiga olib keladi. Bu xususan silash uqalash vaqtida shishlarning surilib ketishiga yordam beradi. Muskullarda rezerf kopilliyarlari ishga tushadi. Bu kopilliyarlarga qo`shimcha qon, demakki kislorod ham keladi. Mascaj uqalayotgan joylarda qonning qayta taksimlanishiga ta’sir qilish bilan birga yurak ishiga ham ta’sir ko`rsatadi. Arterial bosim bilan puls sal o`zgaradi.
Massaj ta’sirida oksidlanish protsesslari tezlashadi, azot almashinuvi kuchayadi, bezlarning sekretor funktsiyasi zo`rayadi, siydik ajralishi ham kuchayadi. Massaj olgan odam yaxshi uxlaydi va ishtaxasi ochiladi.
Massajga tayyorgarlik ko`rish. Yaxshilab massaj qilish uchun anatomiya bilan fiziologiyani bilish, xar bir xarakat texnikasining o`rganib olish va uni qachon, qanday qilish kerakligini tushunishdan tashqari massaj qilishda bir qancha shart-sharoitlarga amal qilish lozim.
Massaj qilinadigan xona issiq (19-20 gradus) va yorug’ bo`lishi kerak. Xar bir muolajani o`tkazib bo`lgandan keyin kabinetni shamollatish kerak. Bemor bilan massajistning vaziyati ularning ikkalasi uchun ham bir xilda qulay bo`lishi kerak.
Kabinet kerakli jixozlangan bo`lishi lozim. Qo`llarni massaj qilish uchun stolcha bo`lishi kerak. Bemor massaj qilinadigan qo`lni anna shu stolcha ustiga qo`yib o`tiradi. Tana va oyoqlarni massaj qilish uchun bosh tomoni ko`tarilgan, ustiga sellofan qoplangan , qattiq kushetka va ikkita elastik yostiq bo`lishi kerak (kushetkaning uzunligi 175 sm, eniga 60 sm, balandligi 70-75 sm). Bo`yin bilan yuzni massaj qilish uchun aylanma stul yoki balandligi 40 sm keladigan taburetkadan foydalaniladi. Massaj qilinadigan sohaga etarli darajada bir tekisda yorug’lik tushib turishi kerak.
Massaj qilinadigan bemorga xar tomondan bemalol o`tiradigan joy bo`lishi lozim. Bemor massaj qiladigan odamning tizzisidan yuqoriroqda bo`lishi kerak. Gavdaning massaj qilinadigan sohasi yalong’och bo`ladi. Bundan tashqari, bemorning kiyimlarini va massaj qilinayotgan joydan qon Bilan limfaning oqib kelishiga xalaqit beradigan narsalarning hammasini echish kerak. Massaj qilishdan oldin teri, tomi rva muskullar holatini ko`zdan kechirib chiqish muhim. Odamning massaj qilinadigan joyi va massajistning qo`llari tozalab yuvilgan bo`lishi kerak. Massajistning tirnoqlari olingan bo`lishi lozim, uzuklar olib qo`yiladi. Ish paytida massajist gaplashmasligi kerak. Massajist charchab qolmasligi uchun to`g’ri nafas olishi, ikkala qo`lini bir me’erda ishlata olishi juda muhim.
Yaxshisi quruq massaj qilish kerak (poroshoklar yoki mazlar ishlatilmasdan). Uzoq massaj qilinadigan bo`lsa, terini shilib yubormaslik uchun, odatda kuydirilgan talk yoki vazelin ishlatiladi. Nam terini quritish uchun spirt va efir bilan yoki butunlay tozalangan benzin bilan artish tavsiya etiladi. Massaj paytida bemorning muskullari bo`shashgan bo`lishi kerak. Shu maqsadda massaj qilinadigan qo`l yoki oyoqqa fiziologik xolat beriladi.
Massajist odatda, tik turgan xolatda massaj qiladi. U massaj qilayotgan odamning o`ng tomonida tursa juda qulay bo`ladi, chap qo`l yoki chap oyoqni massaj qiladigan bo`lsa, massajist bemorning chap tomoniga o`tadi. Massaj qilinayotgan soha massaj vaqtida qimirlamay turishi lozim. Qo`l, bo`yin va bosh massaj qilinadigan bo`lsa, bemor o`tkazib ko`krak, orin , orqa va oyoq massaj qilinadigan bo`lsa yotqizib qo`yiladi.
Massajni odatda, kuniga bir marta qilinadi. Massaj qilish muddati xar-xal bo`ladi. Oyoq-qo`llarning cheklangan qismlari (qo`l panjasi, bita bo`g’im, bilak, boldir) 8-10 minut, qorin 20 minut massaj qilinadi. Umumiy massajga 40-60 minut vaqt ketadi. Massaj bilan davolash kursi kasallikka va uning qay tariqa o`tishiga bog’liq.
Umumiy massajni ovqatdan bir-ikki soat oldin yoki ovqatlangandan bir-ikki soat keyin massaj qilinadi.
Massaj turlarining usul va tehnikasini qo`llanilishini amalga oshirish yo`llari. O`z-o`zini massaj.
Massaj tana yoki biror organga davo yoki gigienik maqsadda maxsus usulda mexanik ta’sir etish. Ter chiqishi va yog’ ajralishini kuchaytiradi, qon va limfa aylanishi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Qo`l va asboblar massaji bir-biridan farq qiladi. Umumiy va maxalliy massajlar mavjud. Asosiy usullari: silash, uqalash, iylash va qoqishdan iborat bo`lib, uni oldin va tugallayotganda qo`llaniladi. Uqalash birmuncha tez bajariladi, teri va teri ostidagi to`qimalar turli yo`nalishda joyidan qo`zg’atiladi yoki cho`ziladi.
Iylash massajning murakkab usuli bo`lib, bunda faqat yuza to`qimalar emas, balki chuqur joylashgan muskullar ham ta’sirlanadi. Qoqib qo`yish yoki «vibratsiya» tanaga tebranuvchi (titroq) harakat berishdan iborat, uni qo`l yoki maxsus massaj apparatlari yordamida bajariladi.
Massajning quyidagi asosiy turlari bor: sport massaji, shifobaxsh, gigienik massaj va kosmetik massaj.
Shifobahsh massaj asosan tayanch-harakat apparati, bo`g’in kasalliklari va shikastlarida, radikulit, kontraktura va boshqalarda kompleks davolash bilan birga qo`llaniladi. YUrak qon-tomir kasallliklari, nafas va nerv sistemasining ayrim kasalliklarida, moddalar almashinuvi buzilganda ham shifobaxsh massaj qo`llaniladi.
Sport massaji sportga yaroqlilikni saqlab qolish, charchoqni bosish, kuch-quvvatni tiklash maqsadida amalga oshiriladi.
Gigienik massaj, odatda jismoniy mashqlar, suv muolajalari, aksari ertalabki gimnastika bilan birga olib boriladi. Xushbichim va bardam bo`lishga imkon beradi.
Kosmetika massajini kosmetolog-shifokor bajaradi. Terining ochiq joylari (asosan yuz-bo`yin) holatini yaxshilash, boshdagi sochlarni mustahkamlash va kosmetika nuqsonlarini yo`qotish maqsadida qilinadi.
Massajning umumiy texnikasi va uslubiyoti. Massajning ko`pgina usulari bor, bulardan: silash, uqalash, ishqalash, qoqish, titratish asosiy usullar hisoblanadi. Bu usullar fiziologik ta’sirning u yoki bu xususiyatlari bilan farqlanib, massajdan kutilayotgan maqsadga qarab qo`llaniladi.
Silash – oddiy usulda ikki qo`l orasiga olib silash tafovut qilinadi. Oddiy usulda silashda qo`l panjasini sal tekkizib turib teri ustida silanadi. Bunda barmoq yoki bo`lmasa butun kaft bilan silayveriladi. Ikkala qo`l orasiga olib silashda massaj qilinayotgan sohaning katta-kichikligiga va shakliga qarab ikkita barmoq yoki butun kaft bilan silab boriladi. Silash vaqtida ba’zida badan bosiladi, bu bosim chuqurroqda yotgan to`qimalarga ta’sir ko`rsatadi. Taqasimon massaj deb ataladigan massaj ham silashga kiradi, massajning bu xillari zich fastsiya bilan qoplangan muskul gruppalari bor joylar (odamning orqasi, son, boldirning old yuzasi) massaj qilinadi. Massaj qilinadigan joy musht qilib qisilgan qo`l panjasining orqa yuzasi bilan silab boriladi. Musht qilingan panja asta-sekin yozila boradi. Odatda limfa va vena tomirlari bo`ylab silanadi. Massaj qilinadigan joylarda shish bo`lsa yoki qon dimlanib qolgan bo`lsa, umumiy silashni ustki qismlardan boshlash, keyin esa shikastlangan sohani silashga o`tish kerak. Silash venalarda qonning limfa va to`qimalararo suyuqlikning yurishiga yordam beradi. Massaj qilinadigan joy ohista va bir maromda bir necha marta, muolajaning o`rtasiga kelganda bir necha marta tez va shiddatliroq silanadi. Massajning hamma turlari silash bilan boshlanadi va silash bilan tugatiladi.
Ishqalash – yuza va qattiq ishqalash tafovut qilinadi. Yuza ishqalash bir yoki bir necha bamroqning go`shti bilan bajariladi. Bosh barmoq tayanch bo`lib xizmat qiladi, biroq ba’zi hollarda ishqalash uchun ham shu bamroqdan foydalaniladi. Qorin va orqa kaft bilan ishqalanadi. Ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi barmoqlar asosiy yoki o`rta falanganlarning orqa yuzasi bir qo`l mushti bilan ishqalash usulidan foydalaniladi. Ko`pincha ikkala qo`l bilan ishqalaniladi. Ba’zi hollarda ikkala qo`l bir tomonga qarab yurgizilsa, boshqa hollarda qarama-qarshi tomonga yurgiziladi. Yuza ishqalashda teri va chuqurroqda yotgan to`qimalarning massaj qilinadigan barmoqlar bilan bosib aylantirib ishqalanadi. Ishqalayotgan ikkinchi qo`l barmoqlari bilan silab turiladi. Ishqalashda patologik uchoq atrofidagi to`qimalar sohasidan boshlab, asta-sekin uchoqning o`ziga o`tiladi. Yuza ishqalash massaj qilinayotgan to`qimalarda qon aylanishni kuchaytiradi. Bu patologik o`zgarishlarning surilib ketishini tezlashtiradi. To`qimalarning harakatchanligi oshirib, og’riqni kamaytiradi. Yuza ishqalash bilan birga goh ishqalab, goh silab turiladi. Qattiq ishqalashda o`ng qo`lning bosh barmog’i massaj qilinadigan joyni bosib turadi. Ko`rsatkich barmoq bilan o`rta barmoq esa sal-sal doirasimon yoki elipssimon harakatlar qilib asta-sekin qattiqroq botirila boriladi, Ayni vaqtda teri ishqalayotgan barmoqlar bilan birga suriladi. Bitta barmoq bilan ham ishqalasa bo`ladi. To`qimalarga qattiqroq ta’sir ko`rsatish uchun musht qilingan qo`l panjasining orqa tomoni bilan massaj qilinadi. Limfa oqimining qarama-qarshisiga qarab ishqalash va ikkinchi qo`l bilan silab borish mumkin. Qattiq ishqalaganda oxista harakat qilinadi. Qattiq ishqalashdan maqsad bitishma chandiqlarni yumshatish va to`qimalarni muloyim qilishdir. Gemotomalar ekssudatlar yoki transsudatlarda ishqalash buyuriladi, lekin bunday kasallikning o`tkir davri butunlay o`tib ketgan bo`lishi shart aks holda protsess yangidan qo`zishi mumkin.
Uqalash – uqalashdan maqsad muskul to`qimasiga ta’sir ko`rsatishdir. Uqalash paytida massaj qilinayotgan odamning qo`li ishqalashdagi qarshi o`laroq badanda sirg’anishdan tashqarii teriga bosiladi va chuqurroqda yotgan to`qima qatlamlarni surib tortadi. Bir yoki ikkala qo`l panjasi ba’zi hollarda esa ikkita barmoq bilan uqulash mumkin. Ikkala qo`l bilan uqalaganda qo`l panjalari massaj qilinadigan joyga, bir-biriga qiyshiq burchak ostida qo`yiladi. Bunda bosh barmoqlar massaj qilinadigan muskullarni bir tomonda, qolganlari esa boshqa tomonida turish kerak. Ayni vaqtda massaj qilinayotgan to`qimalar oxista ko`tariladi, bosiladi va go`yo siqilgandek bo`ladi. Qattiq siqilgan qo`l panjasini soat strelka yo`nalishining aksiga qarab oxista aylantirib, barcha muskul va muskullar gruppasi uqalanadi. Qo`l massaj qilinadigan bo`lsa (qo`l bezzillab turganda, shishib ketganda) ishqalash turlaridan biri ag’darishdan ko`p foydalaniladi. Bu usul barmoqlarni yozgan holda kaftlari bilan bajariladi, barmoqlarni qarama-qarshi tomonga yurgazib, to`qimalar go`yo ezgilanadi. Muskullar harakatchanligini oshirish uchun ikkala qo`l bilan kundaligiga uqalash usulidan foydalaniladi. Bunda gavdaning massaj qilinadigan qismi uqalovchiga nisbatan ko`ndalang yo`nalishda turadi.
Qoqish - jimjaloqning yon tomoni, qo`l panjasining yon tomoni, bukilgan barmoqlarning orqa tomoni, yumilgan holdagi panja yoki ochilgan panja kafti bilan bir me’yorda beriladigan zarbalardan iboratdir. Bu usullarning har birida ham panja bilan kaft usti bo`g’inda erkin harakat qilish, u massaj qilayotgan joy yuzasidan 100 sm dan ortiq yuqoriga ko`tarmasligi kerak. Bir minutda beriladigan zarbalar soni 160-200 ta dan tezligi oshgan sari, kuchi kamayib boradi. Bo`g’imlardagi harakat muloyim bo`lishi kerak. Zarbalar vaqtida massaj qiluvchining qo`li tik yoki sal qiya turishi mumkin. Keng holda zarba ancha engil bo`ladi. Jimjaloqning tirsak tomoni bilan qoqiladi. Panja yumilib musht holda tushishi kerak. Asosiy falanga panja o`zagi orqali to`g’rilanib tirnoq falangi esa bukiladi. Barmoqlar yozilib ularning oralarini kerib jimjaloqning tirsak tomoni bilan qilinadigan massajga chertib qoqish deyiladi. Bunda massaj qiluvchining tirsak bo`g’imi to`g’ri burchak hosil qilib bukilgan bo`lishi kerak. Ikkala panja bilan beriladigan zarbalar bir-biridan 2-3 sm uzoqlikda navbatma-navbat tushishi lozim.
Vibratsiya – teri osti to`qimalari tez hamda bir me’yorda titratish (silkitish) harakatlari. Bu usul yordamida chuqur joylashgan organ va to`qimalarga ta’sir etish mumkin. Vibiratsiya qo`l yoki maxsus apparat yordamida bajariladi. Qo`l vibiratsiyasida massaj qiluvchi bir barmoq yoki bir nechta barmoq uchlarining yumshoq qismini bosib, bilak kafti usti bo`g’imini yoki tirsak bo`g’imi yordamida qo`lni titratadi. Odatda, qo`l vibiratsiyasi nerv tarmoqlari va tarmoqchalari yo`nalishida bajariladi. Badan qismlariga kaft yordamida vibiratsiyasi foydalaniladi.
Sportchilar yuqoridagi massaj turlari va tehnikasiga muvofiq holda mashg’ulotlar davrida, undan keyin va organizmdagi charchoq hamda jarohatlardan so`ng o`z-o`zini massaj qilishdan foydalanadi.
Mavzuga oid nazorat savollari
Massaj deb nimaga aytiladi?
Massaj, uning fiziologik ta`siri va turlari nimalardan iborat?
Massaj qanday amalga oshiriladi?
Massajni qanday xususiy usullari mavjud?
Massajni umumiy ko`rsatmalari va bunga monelik qiladigan xollari nimalardan iborat?
Apparatlar yordamida massaj qilish usullariga nimalar kiradi?
10-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari
Massaj usullari tartibi, massajning xususiy metodikasi, kosmetik va apparatlar yordamida massaj qilish
Ishdan maqsad: Talabalarda massaj usullari tartibi, massajning xususiy metodikasi, kosmetik va apparatlar yordamida massaj qilish bo`yicha ko`nikmalar xosil qilish.
Nazariy tushuncha: Massaj usullari tartibi. Massaj umumiy va maxalliy bo`ladi. Umumiy massajda butun gavda maxalliy masajda gavdaning ayrim qismlari massaj qilinadi. Xar bir massaj usullari malum tartibda olib boriladi . Massaj silashdan boshlanadi, keyin ishqalashga o`tiladi, so`ngra uqalash, qoqish va yana silash bilan tugallanadi. Odatda, umumiy massaj qo`l oyoqni massaj qilishdan boshlanadi. Massaj qilinuvchi kishi chalqancha yotadi. Massaj quyidagi tartibda olib boriladi: oyoq panjasi, boldir, xar ikkala son , so`ngra qo`l panjasi, bilak, o`ng va chap elka va nixoyat ko`krak. SHundan keyin massaj qilinuvchi kishi qornini erga bosib yotadi. Uning oyoq panjasi, boldiri, soni, xar ikkala dumba soxasi, so`ngra orqasi massaj qilinadi. Umumiy massaj qornini silash bilan tugallanadi. Bo`g’imlar massaji silash va sekin xarakatlar qilish bilan chegaralanadi. Umumiy massajning o`rtacha muddati 50 minut.
Massajning xususiy metodikasi. A). Qo`lni massaj qilish. Qo`lni massaj qilishda massaj qilingan soxa tanadan yon tomonga 15-20 gradus va oldingan 60-70 gradus bukib qo`yiladi. Bilak tirsak bo`g’imi ichiga o`tmas burchak xosil qilib , qayrilgan panja elka bilan bir xil balandlikda turadi. Qo`l massaji quyidagi tartibda olib boriladi: dastlab barmoqlar aloxida-aloxida massaj qilinadi, so`ngra panja , bilak kaft usti bo`g’imi , bilak ,tirsak bo`g’imi ,elka va nixoyat elka bo`g’imi massaj qilinadi. Panja soxasini massaj qilishda silash va ishqalash usullari ,elka va bilak soxalarini massaj qilishda silash va uqalash, qoqish va shapatilash usullari qo`llaniladi. Limfa tomirlarini yo`nalishi va limfa tugunlarining joylashishiga qarab, silashni panjadan boshlab qo`ltiqqacha davom ettirish kerak. Qo`l panjasi massaji bosh barmoqning yumshoq qismi bilan orqa tomonidan, ko`rsatkich yoki o`rta barmoq bilan kaft tomonidan aylanma xarakat qilib, barmoq falangalarini silash va ishqalashdan iboratdir.
Bilak kaft usti bo`g’imini massaj qilishda kaftdan boshlab bilak boshdan oyoq aylantirib silanadi, bunda bemorning qo`l panjasi gox pronatsiya, gox sipinatsiya xolatiga keltiriladi. Bir oz silangandan keyin kaft bo`g’imining yon tomonlari bo`g’im yo`li tirsak va bilak suyaklarining bigizsimon tarmoqlari orasida joylashgan. Bo`g’imlarning ba`zi kasalliklarida, odatda, bu yo`lga suyuqlik yig’ilishi tufayli shish paydo bo`ladi. Ishqalash bosh barmoqlarining asta-sekin aylanma xarakati yordamida bajariladi. Bunda bosh barmoqlarning xar ikkala yon satxidan bo`g’im xaltachasiga tomon yo`nalishi bo`yicha xarakat qilishi kerak. Ishqalashdan so`ng silashga o`tiladi, so`ngra bilak muskullari uqalanadi. Qo`lni kaft va orqa tomonga asta-sekin bir-necha marta buqiladi.
Bilakni massaj qilish kaft tomonidan bilak kaft ustki bo`g’imidan boshlananadi. Massaj sinash, uqalash, yana silash va qoqishdan iborat. Massaj qiluvchi bemor qo`l panjasining tirsak qismini chap qo`li bilan ushlab, supinatorlar gruppasini o`ng qo`li bilan tutadi. Massaj qiluvchining bosh barmog’i dastlab tirsak suyagi bo`ylab, qolgan barmoqlari esa yozuvchi va bukuvchi muskullar orasidagi pushtalar bo`ylab sirg’anadi. Bosh qolgan barmoqlar elkaning tashqi dungchasi ostida uchrashadi. Massaj qiluvchining bosh barmog’i bilan kaft ustidan bilak suyagi bo`ylab sirg’aladi, qolgan barmoqlar esa tirsak suyagi bo`ylab xarakat qiladi, bosh barmoq ichki dungcha oldida qolgan barmoqlar bilan uchrashadi .
Tirsak bo`g’imi massaj qilinganda 3 boshli va 2 boshli muskullarning birikkan joyidan bilak aylantirib silana boshlanadi. Silashdan so`ng bo`g’imning orqa qismi ikkala bosh barmoqni aylanma xarakat qilinib ishqalanadi. Ishqalash yon sirtlaridan tirsak uchigacha bulgan yo`nalishda davom ettirilib, yuqoriga ya`ni 3 boshli muskulning pay uchlariga va teskari yo`nalishda o`tkaziladi. So`ngra bo`g’imning old yuzasi uqalanadi. Buning uchun massaj qilinuvchining bilagini 90 gradus burchak ostida bukib, 2 boshli muskul paylari bo`shashtiriladi. Massaj qiluvchi bir qo`li bilan tirsakdan yuqoridagi elka suyagini, ikkinchi qo`li bilan bilakning pastki uchdan bir qismini ushlab turadi.
Elkani massaj qilish . Bukuvchi muskullar soxasini va deltasimon muskullarni massaj qilishdan iborat. Dastlab yozuvchi muskullar so`ngra bukuvchi muskullar massaj qilinadi. Uch boshli muskulni tirsakka ulanib turgan joyidan ushlagan xolda yuqoriga qarab boradi va barmog’i ikki boshli muskulni tashqi pushtasi bo`ylab, so`ngra esa deltasimon muskullarni ustki qismi bo`ylab sirg’anadi. Barcha barmoqlar qo`ltiqda uchrashadi. 2 boshli muskulni massaj qilishni tirsak bo`g’imning pastidan boshlab qo`ltiqqacha davom ettiriladi. Massaj qiluvchining o`ng kafti 2 boshli muskul sirtiga jips turushi kerak. Agar deltasimon muskul yaxshi rivojlangan bo`lsa, u o`rtadan o`tuvchi pay plastinkasiga muvofik ikki bo`lakka bo`linadi. Xar bir bo`lak aloxida-aloxida massaj qilinadi.
Elka bo`g’imi massaji. Massaj qilinadigan kishining qo`li 3 xolatda turganida qilinadi. Massaj deltasimon muskullarni silash va uqalashdan boshlanadi, so`ng bo`g’im xaltachasini old qismini ishqalashga utiladi. Buning massaj qilinuvchi bemorning qo`lini orqasiga qayirib qo`yadi, bu xol barmoqni bo`g’im xaltachasiga etkazishga yordam beradi. Massaj qiluvchi bemorni orqasida turib bo`g’im xaltachasini barmoqlarini aylanma xarakat qildirib uqalaydi, oldinga chiqib turadi. Keyinchalik bo`g’im xaltachasini orqa tomonini massaj qilishga o`tiladi. Buning uchun massaj qilinuvchi bir qo`lini ikkinchi elkasiga qo`yib turadi va pastki qismini massaj qilishga kirishiladi. Bunda bemor massaj qilinadigan qo`lini massaj qiluvchining elkasiga qo`yadi. Massaj qiluvchi elka uchini ikkala qo`lini to`rt barmog’i uchlari bilan ushlaydiki natijada uning bir panjasini turt barmog’i orasida , bosh barmog’i esa qo`ltiqda joylashadi. qo`ltiq bosh barmoqlar orasida aylanma xarakatlar bilan massaj qilinadi , limfa tugunlari massaj kilinmaydi. SHundan so`ng qo`l bo`sh turganda ikkala elka dungligi orasidagi tarnovcha o`rta barmoqlar yordamida ishqalanadi, bug’im sohasi, deltasimon muskullar silanadi, umrov suyagining ko`krak suyagi bilan birlashgan joylari massaj qilinadi. Massaj elka bo`g’imida aktiv va passiv xarakatlar qilish bilan tugallanadi.
Oyoqni massaj qilish. Oyoqni massaj qilishda bemor yotqizib qo`yiladi. Oyoqning old qismi massaj qilinsa, bemor chalkancha yotqiziladi. Orqa tomoni massaj qilinganda esa orqasini ugurib yotadi. Odatda massaj ikki qo`l Bilan bajariladi. Oyoq massaji panjasini oyoq barmoqlari Bilan birga bodir oyoq panjasi bo`g’imi, boldir, tizza bo`g’imi, son, dumba, tos-son bo`g’imi va nerv tarmoqlarini massaj qilishdan iboratdir. Oyoq panjasi massaji barmoqlarni sila va ularni asta sikin xarakatga keltirish bilan boshlanadi. Ayni vaqtda oyoq panjasi ustini massaj qilishga o`tiladi. Barmoqlarning asosidan yuqori qismiga tizza bo`g’imi, bodirni tashqi, suti qismigacha kaft bilan silanadi. Silashdan so`ng har bir barmoq paylari va suyak orasi muskullari massaj qilinadi. Oyoq kaftini massj musht bilan silash, yumilgan panjasini barmoq falangalari orqali ishqalash, ikkala qo`l uqalash, bosh barmoq va jimjiloq muskullarini massaj qilish, tovonnimushtning orqa tomoni bilan sila va mushtning tirsak tomoni bilan shapalatlashdan iboratdir.
Oyoqni panjasini boldir bo`g’imini massaji aylantirib silash yo`li bilan oyoq panjasi orqasidan boshlanadi. Axil paylarining silash ikkala tomoni tupiq atrofi va bo`g’im xaltachasining ikkala yoni old va orqa tomonlari ikkala qo`lning bosh barmoqlari bilan uqalanadi. Uqalashdan so`ng silanadi va massaj bo`g’imdagi kuchsiz xarakatlar bilan tugallanadi. Boldir massaji ikkala qo`l bilan umumiy massaj qilishdan boshlanadi. SHundan so`ng muskullarning alohida guruhlarni massaj qilishga o`tiladi.Boldirning muskul guruxlari uning ustki uchidan ikki qismida yaxshi rivojlangan bo`ladi. U quyidagi guruxlarga bo`linadi. Old katta boldir muskuli va yozuvchi muskul guruxi, yon kichik boldir muskuli va orqa boldir muskullari. Old gurux muskullar tashqi tupiqdan tizza bo`g’imigacha massaj qilinadi. Bosh barmoq katta boldir suyagi tarog’i bo`ylab qolgan barmoqlari esa kichik boldir suyagi boshchasi va tashqi tupiqning old uchi o`rtasidagi chiziq bo`ylab xarakat qiladi.
Yon gruppa muskullarining massaji. Tashqi tupiqdan boshlanadi. Bosh barmoq yuqoriga kichik boldir bilan boldir mushkullar o`rtasidagi chegara chizig’i bo`ylab xarakat qiladi. Orqa gruppa muskullari ikki qismga: tashqi orqa (boldir muskullarining tashqi yarmi) va ichki orqa gruppaga (katta boldir muskullari va barmoqlarni bukuvchi muskullar Bilan muskulning ichki qismi)ga bo`linadi. Tashqi orqa gruppa muskullarini massaji tovondan boshqalari orasiga pushti orqali xarakat qiladi qolgan tarmoq barmoqlar esa axil paylari bo`ylab davom etadi bakrcha barmoqlar shu erda uchrashadi ichki orqa gruppa muskullarini massaj qilishda bosh barmoq katta boldir suyagini ichki qismida xarakat qiladi qolgan barmoqlar esa axil paylaridan boldir muskulining boshchalari orasidagi chukur egat bo`ylab boradi massaj silash uqalash, ishqalash va silashdan iborat ko`pincha qo`l bilan uqalanadi bu vaqtda teri ostida to`qimalari bosh hamda ko`rsatkich barmoqlar bilan qattiqroq ushlanadi. Tizza bo`g’imini massaj qilishda dastlab son soxasidagi yozuvchi va bukuvchi muskullar aylanma xarakat qilib ikkala qo`l bilan silanadi so`ngra bosh barmoqlar yordamida tizza bo`g’imining xaltachasi aylantirib ishqalanadi tizza qopqog’i bo`ylab bo`g’im chukurchasiga tushiladi so`ngra to`qimaga boriladi tizza qopqog’i tomon qaytiladi va tizza qopqog’i bilan katta boldir suyagi orasidagi boylam orqali katta boldir suyagi tomon kaytiladji bo`g’im xaltasining orqa tomoning uqalashda bemor oyog’ini bolishga qo`ygan xolatda qorin bilan yotadi. Uqalash, silash bilan almashtirib turiladi massaj sekin asta tugatiladi.
Sonni massaj qilishda kuyidagi muskul gruppalari xisobga olinadi old asosan turt boshli muskul)tashqi en (serbarfatsiyani tortib turuvchi muskul )ichki en (yakinlashtiradigan muskullar ) tashqi orqa(ikki boshli muskul Va ichki orqa (yarim pay va yarim pardasimon muskul )old gruppa muskullarining massaj qilish da massaj qiluvchi uz kaftini boldirning tizza bo`g’imining pastrokdagisi qismi ustiga qo`yiladi o`ng soni massaj qilishda massaj qiluvchining o`ng qo`l barmog’i tizza qapqog’ini tashqi chetidan yonbosh suyagini oldingi ustki qismiga katta kustning oldingi qirrasi orqali o`tadi qolgan barmoqlari esa tizza qopqog’ini ichki chetidan sirganib enbosh suyagini oldir`ngi ustki qismiga bosadi. Tashqi yon gruppa muskullarining massaj qilishda bemor qarama qarshi yonboshi bilan yotadi massaj qiluvchining qo`li kichik boldir suyagi boshchasidan katta kust orqali ustki oldingi to`siqqa boradi. Ichki yon guruppa muskullarini massaj qilishda ros son va tizza bo`g’inlari salgina egilgan xolda turishi kerak. Massaj qiluvchi bir guruppa muskullarni bir kuli bilan ushlaydi uniing bosh barmog’i to`rt boshli va sonni bir biriga yakinlashtiradigan muskullar orasida sirg’anadi, boshqa barmoqlar esa katta boldir suyagininig ichki do`ngligida qon bitishmasining pastki qismiga boradi va u erdan chov burmasiga, yonbosh suyakning ustki –oldingi ustiga o`tadi. Sirtqi orqa muskullar gurupasini massaj qilishda massaj qiluvchi o`z qo`lini bemor tizza bo`g’imining pastiga qo`yadi va uni yuqoriga tomon olib boradi. Bosh barmog’i taqim o`rtasidan bukuvchi muskullarning tashqi va ichki guruppalari orasidagi pushti bo`ylab xarakat qiladi, qolgan barmoqlarni esa kichik boldir suyagi boshchasidan katta kustga qarab surib boradi. Orqa tashqi muskullar guruppasini massaj qilishda xam xuddi shunday xarakatlar qilinadi, qolgan barmoqlar esa kichik boldir suyak boshchasidan katta kustning orqa chekkasiga, barmoqlar to`qnash keladigan dumba buramasiga tomon xarakatlantiriladi. Son muskunlarini massaj qilishda, silash, uqalash, ishqalash usullari soni bir-biriga yaqinlashtiradigan muskullarni massaj qilishda shapatilash usuli, to`rt boshli muskulni massaj qilishda esa shapatilashdan tashqari esa kertish va qoqish usulari xam qo`llaniladi .
Tos-son bo`g’imini massaj qilish dunba muskularini tez silash, uqalash va shapatilashdan iborat. Tos-son bo`g’imining xaltachasini deyarli massaj qilib bo`lmaydi, chunki bo`g’im qalin muskul qatlami ostida joylashgan bo`ladi. SHuning uchun tos-son bo`g’imi asta sekin silanadi.
Dumbani massaj qilishda oldin yonbosh qismi so`ng dunba soxasi silanadi. Bunda massaj qiluvchining qo`li muskul tolalari bo`ylab, dumgazadan katta kustga qarab faqat kustdan yuqoriga, yon bosh suyaginining uchiga qarab boradi. Son soxasidagi kuymich nervi massaj qilinadi. Bunda taqim o`rtasidan kuymich dungligi tashqi chekasiga tomon ketgan yo`l bosh barmoqlar bilan silanadi, ikki barmoq bilan uqalanadi va mushtum bilan aylanma xarakat bilan eziladi va qoqiladi massaj oxirida tos-son bo`g’imi asta silanadi va kuymich nervi tortiladi. Tortish tizza va tos-son bo`g’imlarini bukib, qoringa yaqinlashtirilgan oyoqni tez tug’irlashdan iborat. Dumba massaji umumiy silash , uqalash, ishqalash va yana silash xamda ikki qo`l yordamida shapatilash bilan tugalanadi. Ayrim xollarda aktiv xarakat va qarshilik ko`rsatuvchi xarakatni qo`llash mumkin .
Orqani massaj qilish. bu o`ziga xos, ayrim xususiyatlarga ega. Limfa tomirlari pastga yani beldan chov limfa tugunlariga yo`naladi. YUqoriga esa umrov usti bilan soxalari limfa tugunlariga boradi. Orqa kuraklarni pastki uchlaridan to oxirgi qovurg’alarigacha davom etadigan ikkita limfa sistemasi bor, bulardagi limfalar xar-xil yo`nalishda: birida yuqoridan pastga, ikkinchisida pastdan yuqoriga oqadi. SHuning uchun uzun muskullar ikki tomonlama yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga massaj qilinadi, orqada uzun muskullardan tashqari yana serbar muskullar va terapetsiyasimon muskul ham bor, bular elka bo`g’imiga tomon xarakat bilan massaj qilinadi. Orqaning uzun muskullari ikki qo`l bilan silanadi. Orqa muskullarini ishqalashda taroqsimon massaj qilinadi, uqalashda esa teri bilan muskul bosh barmoq va bosh barmoqlar orasiga qisib olinadi. Umurtka pog’onasining yonlari bosh barmoqning yumshoq qismlari yordamida bosim bilan vibratsiya qilinadi. Orqa massaj kertish va shappatilashdan so`ng silash bilan tugallanadi
Ko`krakni massaj qilish. Ko`krakdagi katta ko`krak muskullar, qovurg’alararo muskullar va oldingi tishsimon muskullar massaj qilinadi. Katta ko`krak muskullari tolasi ikki yo`nalishda davom etadi, shuning uchun bu muskullarni massaj qilishda ikkala qo`lning kaftlari tushda qo`ltiqa tomon va tushdan elka bo`g’imlariga tomon xarakat qiladi. Bunda sut bezi atrofini aylanib o`tish tafsiya qilinadi. Ko`krak massaji silash, uqalash, yana silash, bir qo`l bilan shapatilashdan iboratdir. Qovurg’alar orasini massaj qilishda bemorning qo`li tepaga ko`tarilgan bo`ladi. Massajda bosh barmoq yoki ko`rsatkich barmoqning yon tomoni bilan silanadi, uqalanadi, shapatilanadi, vibratsiya qilinadi. Tushdan qovurg’a orasi bo`ylab, qultiqa tomon massaj qilinadi. Qovurg’alar osti nervlari tush chetida va qo`ltiq osti yo`li bo`ylab vibratsiya qilinadi. Oldingi tishsimon muskullar massaj kilinganda bemor yon boshlab yotishi, qo`lini orqaga kerib, panjasining orqa tossimon bel soxasida turishi kerak. Massaj qiluvchi bemorning yon tomonida turib, qo`lini uning yon boshiga shunday qo`yadiki, natijada kaftining asosi bemorning ikki va uch qovurg’alari orasidagi qo`ltiq osti chizig’ida joylashadi. Silash va uqalash ishlari ko`kragi tomon qiya yo`nalishda olib boriladi. Ko`krakni massaj qilishda bemor nafas olish va chiqarish mashqlarini bajaradi. Massaj qiluvchi bemorninig orqa tomonida turadi. U trapetsiyasimon va ensa-umurtqa pog’onasi muskullarini tepadan pastga hamda yon tomonga silaydi. Bo`yin esa muskullarning tutashadigan joylarini barmoq uchlari bilan uqalanadi . Trapetsiyasimon va ensa muskunlari ham uqalanadi. Bo`yin, bo`yinturuq venani bosmasdan muloyim bir maromda silanadi .
Boshni massaj qilish. Boshni soch o`sishi yo`nalishi bo`ylab massaj qilinadi, chunki sochning o`sishi yo`nalishi limfa tomirlarida turadi. U dastlab 2 qo`lning kafti bilan silanadi. Bunda qo`llar o`ksimon chokning tepastida parallel xolda turadi. Bir vaqtning o`zida qarama–qarshi yo`nalishda massaj qilinadi. So`ngra kaftlar bir-biri bilan boshning yon tomondan tomonida uchrashadi va quloq orqasi bilan bo`yinga tomon silanadi. Boshning eng tepasidan sochli qismi chegarasigacha bo`lgan radius bo`yicha boshning hamma qismi qisqa lekin tez to`lqinsimon xarakat bilan qoqilga o`tiladi. Massaj umumiy silash qoqish yoki elastik virator yordamida vibratsiya qilish bilan tugalanadi. Bosh massaji soch tiklaganda terisini oziklanishini yaxshilashda shuningdek migren` kassaligida qo`laniladi. Massajning muddati dastlab 5 minut bo`ladi keyin asta sekin 10- 15 minutga etkaziladi.
Yuzni massaj qilish. Yuz massaji yuzning limfa tomirlari bo`ylab qilinadi. Ular yuzning o`rta chizig’idan boshlab, xar ikki tomonlarga tomon tutashadi va bo`yiniga quloq oldi va chang osti limfa tomonlariga tomon tutashadi. Peshanani silash peshana orti chizig’idan boshlab boshni sochli cherlariga paralel yo`nalishda yuqoriga tomon boradi. Lunj burnidan quloqqa tomon va pastki jag’g’a tomon ishkalash barmoqlar uchlari bilan bajariladi. Kalla nervlarning chiqish joylari oldin silanadi, keyin vibratsiya qilinadi. YUzni silash yuzni kosmetik massaj qilishning asosiy usuli xisoblanadi. Dastlab yuzning terisi bug’latiladi, yuzga parafin qop kiydiraladi va boshqa kosmetik muolajalar bajariladi. Massajdan keyin odatda maxalliy darsonvalizatsiya usuli qo`laniladi.
Kosmetik massaj usuli teri oziqlanishini yaxshilash, uning muskullari funktsiyasini oshirish maqsadida qo`llaniladi. Massaj qilishda umumiy ko`rsatmalar va bunga monelik qiladigan xollar. YUmshoq to`qimalar suyaklar va bo`g’inlar mexanik zararlanganda yorilganda suyak singanda va paylar cho`zilganda ularning xronik yallig’lanishda protsesslar (maxaliy shishlar xronik infiltrlar bo`g’inlar kasalliklari) davom etayotganda spastik va sust falaj, radikulit muskullar atrofi ichaklar antoniyasida maxalliy massaj qilsa bo`ladi. Bemorlarda moddalar almashuvini kuchaytirish zarur bo`lganda masalan semirish va boshqa kasaliklar da umumiy massaj qilish mumkin. Kuchli istima xolatida, qon ketganda, qon oquvchanlikda, toshmalar toshganda, egzemada, chipqon chiqqanda, yiringli va sil kasalliklarda va bo`g’imlar kasalliklarda (anarvizmlarda vena qon tomirlarda varikos kengayganda limfangitlarda) kuchli yallig’lanish pretsess (apendittsit jigarni yallig’lanishi buyrak va siydik yo`llariga tosh kelganda xavfli o`smalar paydo bo`lganda) psixozlarda massaj qilib bo`lmaydi.
Apparatlar yordamida massaj qilish. Apparatlar yordamida qilinadigan massaj qo`l bilan bajaraladigan massaj qo`shimcha chora bo`lib massaj qiluvchi xodimning qo`l mexnatining qisman osonlashtiraladi. Massaj qilishning bir maromida bajarish va aloxida massaj usullaridan unumli foydalanish imkonini beradi. Vibratsion massaj aparati keng qo`llaniladigan bo`lib qoladi.
a) Vibratsion massaj apparati. Qo`lda ko`tarib yuriladigan apparat vibrator va unga o`rnatiladigan nakonechnikdan iborat bo`lib, elektron mator bilan xarakatga keltiriladi. Nakonichnik-vibratorlarni zichligi xar-xil materiallardan turli shakldan kelib chiqariladi. Massaj qilinishi lozim bo`lgan soxaning tapografiyasi va chuqur ta`sir etishi zarurligigi qarab turli vibratorlar qo`llaniladi. Bu apparator yordamida vibratsiya tezligi va intesinligini boshqarib turishi mumkin. Og’riyotgan joylarningmassaj qilib, massaj ta`sirini chuquroq va kuchini tobora oshib borishi extiyoji tug’ilgan xollarda, lekin qo`l massaji bilan buni amalga oshirish qiyin bo`lganda massaj qilish apparatori bilan vibratsion massaj qilish usulidan foydaliniladi. Vibratsion massaj qilish usuli chukur joylashgan organ va to`qimalarga ta`sir etishi uchun shuningdek muskullar kasalliklarida qo`llaniladi.
B). Pnevmomassaj, to`qimalarga mexanik tasir etish uchun o`zgaruvchang xavo bosimidan foydalanadigan bir necha tipdagi apparatlar bor. «Traktor» tipidagi apparat juda qulaydir. U xavo kompressori va xar-xil xajmdagi ikkita banka bilan tutashtirilgan ikki tomonlama ishlaydigan nasosdan iborat. Bankalar gavdaning davolanishi lozim bo`lgan soxalariga o`rnatiladi. Bu apparat ishlagan vaqtida bankalarda manfiy bosim xosil bo`ladi. Massaj qilish effekti vakuum kuchini ritmik ravishda ko`tarilib yoki pasayib ta`sir etishidan iborat. Vakuum kuchi darajasi apparatdagi maxsus vakummetrlar yordamida belgilanadi. Bunday massaj ko`chirib yuriladigan va ko`chirilmaydigan usullarda bajariladi. Banka ichiga tortilib turgan terida dimlanish giperemiyasi xosil qilinadi va unda maxalliy qon quyilish xodisasi ro`y beradi. Muolaja kun ora yoki xar kuni 30 minut davomida o`tkaziladi. Davolash kursi 10-12 muolaja.
Pnevmomassaj radikulitlar, miolgiya, miozit, ichak atoniyasi va kichik chanoq organlaridagi yallig’lanish protsesslarida qo`llaniladi.
NAZORAT SAVOLLARI
Massaj qanday amalga oshiriladi?
Massajni qanday xususiy usullari mavjud?
Massajning xususiy usullari.
Qo`lni massaj qilish.
Oyoqni massaj qilish.
Dumba va orqani massaj qilish.
Ko`krakni massaj qilish.
Qorinni massaj qilish.
Bo`yin, bosh va yuzni massaj qilish.
Massaj qilishga umumiy ko`rsatmalar va monelik qiladigan xollar?
Apparat yordamida massaj qilish?
Foydalanilgan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar
1. Dubrovskiy V.I – «Valeologiya»: Sog’lom turmush tarzi, M. Retorika – Flinta, 1999 y
2. Ismailov M.N - «Bolalar va o`smirlar gigienasi»Toshkent,Ibn Sino, 1994 y
3. Sharipova D.D, Yuldashev. F - Abu Ali Ibn Sino sog’lom turmush tarzi haqida. «Sog’lom avlod uchun », Toshkent, 1996 y
4. Yunusova Yu.M. Osnovi metodiki fizicheskoy kul’turi. Tashkent 2005 g.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Dubrovskiy V.I – Lechebnaya fizicheskaya kul’tura 1999 g
2. Siluyanovam V.A, Sokova e.V - Sportivnaya meditsina 1998 g
3. Chogovadze A.V, Krugliy M.M – Vrachebniy kontrol` v fizicheskom vospitanii i sporte 1997 g
4. Zimkin N.V – fiziologicheskie osnovi fizicheskoy kul’turi i sporta 1995 g
5. Azimov I.G, Sobitov SH - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y
Elektron ta`lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
4. www.edu.uz
5. tdpu.INTRANET.uz
MUNDARIJA
Kirish...............................................................................................................3
Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyotida yangi pedagogik texnalogiyalar............................................................................................................6
1-laboratoriya mashg’uloti. Yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati.......................................................................................................9
2-laboratoriya mashg’uloti. Sportchilarni ish - qobiliyatini tiklantiruvchi vositalar...................................................................................................................11
3-laboratoriya mashg’uloti. Yoshlar va o`quvchilar salomatligini tibbiy nazorati....................................................................................................................14
4-laboratoriya mashg’uloti. Yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi...........................................................................................................20
5-laboratoriya mashg’uloti. Bir tibbiy guruhdan ikkinchi boshqa guruhga o`tish isboti va kuzatish usullari.............................................................................22
6-laboratoriya mashg’uloti. Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish qoidalari.........................................................................................................26
7-laboratoriya mashg’uloti. Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish................................................................................................................28
8-laboratoriya mashg’uloti. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tekshirish shakllari va uslublari...............................................................................43
9-laboratoriya mashg’uloti. Massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari.............................................................55
10-laboratoriya mashg’uloti. Massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari. Massaj usullari tartibi, massajning xususiy metodikasi, kosmetik va apparatlar yordamida massaj qilish....................63
Foydalanilgan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati.......................73
3-kurs 5-6-semest uchun testlar
1-Mavzu: Davolash jismoniy tarbiyasi, o’quvchilarning jarohatlanishi
1. Davolash mashqlari necha xil mexanizm orqali amalga oshiriladi:
A)6 xil
*B)4 xil
C)3 xil
D)2 xil
2.Davolash mashqlari qanday holatda bajariladi:
A)yotgan holatda
B)o”tirgan holatda
C)turgan holatda
*D)hamma javob to’gri;
3.Davolash mashqlarining qo’llanilishi asosida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi:
A)ruxiy:
B)fiziologik:
C)bioximik:
*D)barcha javob to’gri:
4)Davolash mashqlarini qachon qo’llab bo’lmaydi:
A)yurak qon tomir kasalliklarida:
*B)o’tkir patologik holatlarda,yuqori tempraturada,kuchli og’riqda,ko’p qon ketishida,o’sma kasalliklarida:
C)asab tizimi,yurak-qon tomir tizimi,nafas tizimi,MNS kasalliklarida, travmalarda,o’smalarda:
D)kasallik holatlari mavjud bo’lganda:
5.Gimnastika mashqlari necha guruhga bulinadi:
*A)2
B)3
C)4
D)5
6.antomik belgisi bo’yicha gimnastika mashqlari nechta guruhga bo’linadi:
A)2 ta
B)3ta
*C)4 ta
D)5 ta:
7.Mushak qisqarish xarakteriga qarab jismoniy maashq turlarini ko’rsating:qanday mashqlarga bo’linadi:
A)Dinamik mashqlar,gimnastika mashqlari
B)umumlashtiruvchi mashqlar,maxsus mashqlar
C)izometrik mashqlar
*D)Dinamik mashqlar,statik mashqlar
8.Davolsh mashqlarining xarakteri bo’yicha guruhlarini ko’rsating:
A)nafas olish,kordinatsiyalash,mushaklarni bo’shashtirish
B)mushaklarni cho’zish, muvozanat mashqlari, reflektor mashqlar, ritmoplastika mashqlari
C)koordinatsiya, gimnastika mashqlari
*D)barcha javob to’g’ri
9.Drenajli davolash mashqlari qaysi kasallilarda yaxshi natija beradi?
A)oshqozon-ichak trakti kasalliklarida
*B)bronxlar va traxeyada to’planib qolgan balg’amlarni ajratilishini yaxshilaydi
C)tayanch harakatlanish aparati sistemasi kasalliklarida
D)Yrak qon tomir sistemasi kasallilarida
10.Korreksiyalash gimnastikasi qaysi kasalliklarda yaxshi natija beradi?
*A)qaddi qomat buzilishlarida
B)oshqozon ichak trakti kasalliklarida
C)nafas tizimi kasalliklarida
D)yurak qon tomir tizimi kasalliklarida
11.Davolash gimnastikasi mashg’ulotlari nechta qismdan iborat boladi?
A)8
*B)4
C)6
D)2
12.Davolsh harakat rejimlari deb nimaga aytiladi?
A)erkin rejim, jiddiy qimirlamasdan yotish rejimi
B)yengillashtirilgan rejim, yarim aralash yotish rejimi
*C)bemorni muvaffaqiyatli davolanishi uchun har xil noyob ta’sirotlarga organizmni turg’unligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarga aytiladi
D)statsionar erkin rejimida qollaniladigan yurish, sayr qilish, terrenkur mashqlariga aytiladi
13.Davolash jismoniy tarbiyasi metodlarini korsating
A)umumpedagogik, mutlaq reglamentlangan mashqlar, gimnastika mashqlari
*B)umumpedagogik, mutlaq reglamentlangan mashqlar, oyin sifatidagi mashqlar
C)massajning hamma turlari
D)hamma javob to’g’ri
14.Skolioz kasalligining rivojlanishida nechta davr farqlanadi?
A)6 ta
B)8ta
*C)10ta
D)15ta
15.normada oyoq panjasini uzun gumbazini ichki yuzasining balandligi necha santimetrga teng boladi?
A)3-4sm
B)4-8sm
*C)5-7sm
D)1-3sm
16.yassitovomlik nechta darajaga bo’linadi?
A)4
B)8
*C)3
D)5
17.Yassioyoqlikmimg ikkinchi darajasida bo’ladigan o’zgarishlarni ko’rsating
A)bilinar-bilinmas o’zgarishlar, yurganda og’riq, yurganda nafislik kamayadi, kechka tomon panja yuzasida shishlar paydo bo’ladi
*B)panjada, to’piqda, boldirda mutazam kuchli og’riq, qadam tashlash nafisligi va mayinligi ko’zga ko’rinarli o’zgaradi, oyoq panjasining gumbazi past bo’ladi
C)panja, boldir, tizza, bel va boshda og’riq, oyoq panjasining gumbazi aniqlanmaydi, panja va bo’g’imlar shishadi, yrish qiyinlashadi
D)oyoq panjasi ko’ndalang gumbazi butunlar yo’qoladi, barmoqlar shakli o’zgaradi, bosh barmoq tashqariga buriladi,barmoqlar bolg’acha shakliga ega bo’ladi
18.shikastlanishlarda necha kundan so’ng mushaklarning ritmik qisqarish mashqlari qo’llaniladi?
A)10-12kun
B)3-4kun
*C)2-3kun
D)5-6kun
19.ritmoplastika mashqlaridan qachon foydalaniladi?
A)kasalxonadan ketganda, tayanch harakat apparatining funksiyasini tiklashda
B)nevrozlar
C)haddan ortiq charchashda
*D)barcha javob to’g’ri
20.davolash jismoniy tarbiyasida o’yinlar necha guruhga bo’linadi
*A)4
B)6
C)10
D)3
2-Mavzu: Yurak qon tomir va nafas olish organlarining kasalliklari
1. Insonning individual “Kislorod shifti” bir minutda necha litr kislorod bilan chegaralanadi.
A)2-3litr
*B)3-6litr
C)4-6litr
D)5-8litr
2.Jismoniy yuklanichda o’pkadan 1 minutda necha litr havo o’tadi.
A)100-120
B)120-140
*C)140-160
D)160-180
3.1 litr havoda qancha kislorod bo’ladi.
A)0,5 litr
B)0,25 litr
C)0,15 litr
*D)0,21 litr
4.100 gramm gemoglobin qancha kislorod tashiydi.
A)0,112
B)0,124
*C)0,134
D)0,144
5.Sog’lom kishilarning 1 litr qonida necha gramm gemoglobin bor?
A)250
*B)150
C)400
D)500
6.odam yuragi bir minutda necha litr qon haydaydi?
*A)25-30
B)50-60
C)95-100
D)5-10
7.Dilyatatsiya nima?
*A)yurak bo’shliqlari bo’lma va qorinchalarining kengayishi
B) yurak bo’shliqlari bo’lma va qorinchalarining torayishi
C) yurak bo’shliqlari bo’lma va qorinchalarining yallig’lanishi
D) yurak bo’shliqlari bo’lma va qorinchalarining atrofiyasi
8.Sportchilar yuragini tekshirishda qanday tekshirish usullari keng qo’llaniladi?
*A)ultratovush, exokardiografiya
B)exokardiogramma
C)MRT
D)barcha javoblar to’g’ri
9.Sportchining bir kecha kunduzdagi yurak qisqarishlari soni(norma)?
A)60 000
B)100 000
*C)85 000
D)95 000
10.Sport bilan shug’ullanmaydiganlarda yurak urushlar soni(norma)
A)225 000
*B)120 000
C)350 000
D)80 000
11.Bradikardiya nima
*A)yurak urushining sekinlashishi
B) yurak urushining tezlashishi
C)yurak ritmining notekisligi
D)to’g’ri javob keltirilmagan
12.Maksimal sport yuklanishlari davomida bir daqiqada yurak urushlari soni bir daqiqada nechtaga yetishi mumkin?
A)175-200
B)150-160
C)75-100
*D)185-200
13.ekstrasistoliya nima
A)yurak urushining sekinlashishi
B) yurak urushining tezlashishi
*C)yurakning navbatdan tashqari urishi
D)pulsning ipsimon bo’lishi
14. Sportchi yuragining funksional xususiyatlariga nimalar kiradi?
*A)avtomatizm, qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik va qisqaruuvchanlik
B)qon aylanish apparatini boshqarish sifati
C)har xil jismoniy yuklanishlarga yurakning javob reaksiyasi
D)barcha javoblar to’g’ri
15.yurak urishi nechtadan kamayib ketganda sportchi jiddiy tibbiy nazoratga o’tishi lozim?
A)30
*B)40
C)60
D)50
16.tana muvozanatini saqlashni ta’minlovchi analizatorlarni funksional holatini aniqlash uusullari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan
A)yarotskiy sinamasi
B)barmoq burun sinamasi
C)ortostatik sinama
*D)barcha javoblar to’g’ri
17.sog’lom odam yotgan vaziyatdan tik turgan vaziyatga o’tsa uning maksimal arterial qon bosimi necha mm simob uustniga oshadi?
A)2-3
B)10-12
C)20-22
*D)8-10
18.Jismoniy zaif, zo’riqqan, kasallikdan tuzalgan quvvatsiz odam tik trgan holatga o’tganda arterial bosim necha mm simob ustuniga o’zgaradi?
*A)12-20
B)8-10
C)20-22
D)10-12
19.Jismoniy zaif, zo’riqqan, kasallikdan tuzalgan quvvatsiz odam tik turgan holatga o’tganda tomir urushi necha martagacha tezlashadi?
*A)20-30
B)30-40
C)40-50
D)40-60
20.bokschilarda terini og’riq sezish analizatorlari qanday bo’ladi?
A)yuqori
*B)past
C)o’rtacha
D)sezmaydi
3-Mavzu: Jarohatlar va asab tizimi kasalliklari, tayanch apparatining kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi
1.gavdani tutish buzilishlariga qaysilar kiradi?
A)qanotsimon kuraklar
B)yelkalar asimmetriyasi
C)yassi va yumaloq orqa
*D)barcha javob to’g’ri
2.umurtqa pog’onasining bo’yin va bel qismidagi bukilmalar nima deb ataladi?
*A)lordoz
B)kifoz
C)skolioz
D)umurtqa pog’onasining qiyshayishi
3.umurtqa pog’onasining ko’krak va dumg’aza qismidagi bukilmalar nima deb ataladi?
A)lordoz
*B)kifoz
C)bukrilik
D)skolioz
4.lordozda umurtqa pog’onasi qaysi tomonga qiyshayadi?
A)yon tomonga
B)tashqariga
*C)ichkariga
D)barcha javoblar to’g’ri
5.kifolordoz nima?
*A)fiziologik holat
B)kasallik
C)umurtqa pog’onasining shikastlanishi
D)qomatning nuqsoni
6.skoliozning nechta darajasi bor?
A)10
B)6
C)2
*D)4
7.skoliozni birinchi darajasida umuurtqa pog’onasi suyaklari o’z o’qi atrofida necha gradusgacha buriladi?
A)5
*B)10
C)20
D)15
8. skoliozni bikkinchi darajasida umuurtqa pog’onasi suyaklari o’z o’qi atrofida necha gradusgacha buriladi?
A)10
B)20
*C)30
D)40
9. skoliozni uchinchi darajasida umuurtqa pog’onasi suyaklari o’z o’qi atrofida necha gradusgacha buriladi?
*A)30-60
B)10-20
C)15-25
D)70-80
10. skoliozni to’rtinchi darajasida umuurtqa pog’onasi suyaklari o’z o’qi atrofida necha gradusgacha buriladi?
A)10-20
B)40-50
C)30-40
*D)70-80
11.deformatsiya nima?
A)umurtqa pog’onasining qiyshayishi
B)ko’krak qafasi shaklining o’zgarishi
C)yassioyoqlik
*D)hamma javoblar to’g’ri
12.moddalar almashinuvi kasalliklarida davolash jismoniy mashqlari odam organizmida almashinuv jarayonlarini qaysi sistema boshqaradi?
A)yurak qon tomir sistemasi
B)nafas olish sistemasi
C)endokrin sistemasi
*D)nerv sistemasi
13.moddalar almashinuvi kasalliklarini ko’rsating
A)semirish
B)podagra
C)diabet
*D)barcha javob to’g’ri
14.urat moddasi ko’payib ketganda qaysi kasallik kelib chiqadi?
A)revmatizm
*B)podagra
C)qandli diabet
D)qandsiz diabet
15.semizlikning nechta darajasi bor?
A)5
*B)4
C)3
D)2
16.semizlikning uchinchi darajasida tana vazni normaga nisbatan necha foizga oshadi?
*A)50-100
B)30
C)20
D)40
17. semizlikning birinchi darajasida tana vazni normaga nisbatan necha foizga oshadi?
A)50-100
*B)30
C)20
D)40
18. semizlikning to’rtinchi darajasida tana vazni normaga nisbatan necha foizga oshadi?
*A)100
B)90
C)80
D)70
19.organizmda C vitamini yetishmasa qanday kasallik kelib chiqadi?
*A)singa
B)qandli diabet
C)podagra
C)revmatizm
20.qandli diabet qaysi gormon yetishmasligi natijasida kelib chiqadi?
*A)insulin
B)vasopressin
C)serotonin
D)tireotrop gormon
4-Mavzu: Modda almashinuvining kasalliklarida davolash jismoniy tarbiyasi
1.qandsiz diabet qaysi garmon yetishmasligi natijasida kelib chiqadi?
A)insulin
*B)vasopressin
C)serotonin
D)tireotrop gormon
2.qandsiz diabetda bemorlar bir sutkada necha litrgacha siydik ajratadi?
A)5-10
B)8-10
C)50-60
*D)10-40
3.yelka suyagining o’sish doirasi necha yoshgacha?
A)9-10
B)10-11
C)12-13
*D)13-14
4.bilak bo’g’imida suyaklarning o’sishi necha yoshda berkiladi?
*A)15-17
B)15-20
C)15-23
D)15-24
5.tizza bo’g’imida suyaklarning o’sishi necha yoshda berkiladi?
A)5
B)10
C)15
*D)20
6.12-20 yoshda tizza bo’g’imida jarohat olish nimaga olib keladi?
*A)shamollash
B)tizza qopqog’ining sinib ketishi
C)bog’lamlarning uzilishi
D)artroz
7.20-40 yoshda tizza bo’g’imidan jarohat olish nimaga olib keladi?
A)shamollash
*B)tizza qopqog’ining sinib ketishi
C)bog’lamlarning uzilishi
D)artroz
8. 40-60 yoshda tizza bo’g’imidan jarohat olish nimaga olib keladi?
A)shamollash
B)tizza qopqog’ining sinib ketishi
*C)bog’lamlarning uzilishi
D)artroz
9.odamlarning3/4 qismida chap oyoq o’ng oyoqga nisbatan necha sm ga uzunroq
A)0.5sm
*B)0.8sm
C)1.0sm
D)1.5sm
10. ko’pchilik odamlarda o’ng qo’l chap qo’lga nisbatan necha sm ga uzun?
*A)1.0sm
B)1.5sm
C)0.5sm
D)2sm
11.gimnastikachilarda bir tomonlama mashqlar bilan shug’ullanish nimaga olib keladi?
A)skolioz
*B)bukrilik
C)deformatsiya
D)umurtqa pog’onasining sinishi
12.Funksional skolioz nima
A)umurtqa pog’onasining sil oqibatida yemirilishi
*B)bir oyoq kalta bo’lsa o’sha tomonga engashib yurish natijasida kelib chiqadi
C)shikastlanish natijasida kelib chiqadi
D)gavdani noto’g’ri tutib o’tirish natijasida kelib chiqadi
13.yoysimon kifoz umurtqa pog’onasining qaysi qismida uchraydi?
A)bel
*B)ko’krak
C)dumg’aza
D)bo’yin
14.qand kasalining o’rtacha og’irligida davolash jismoniy tarbiyasi necha daqiqa davom etishi kerak?
A)10-15
B)5-10
C)2-3
*D)25-30
15.qand kasalligining yengil ko’rinishida davolash jismoniy tarbiyasi necha daqiqa davom etishi kerak?
*A)30-40
B)60-120
C)25-30
D)60-70
16.qandli diabetda insulin yuborilgandan qancha soat o’tib davolash jismoniy tarbiyasi bilan shug’ullanish mumkin?
*A)1
B)1.5
C)2
D)3
17.necha yoshda bolalarda muskul kata kishilarnikidek bo’ladi?
A)10-12
B)15-20
*C)14-15
D)16-18
18.umurtqa pog’onasining vazifasi
*A)himoya va tayanch
B)harakatchanlikni ta’minlaydi
C)amortizator vazifasini bajaradi
D)barcha javoblar to’g’ri
19.necha yoshgacha bo’lgan bolalarda umurtqa pog’onasining fiziologik egriliklari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi?
A)8
B)9
*C)10
D)11
20.tibbiy pedagogik nazorat deb nimaga aytiladi?
*A)vrach va trener birgalikda trenirovka va musobaqalar paytida o’tkaziladigan tekshirishlar tushuniladi
B)musobaqalar vaqtida vrachlar nazorat qilishi
C)musobaqa va mashg’ulotlarda murabbiy nazorat qilishi
D)musobaqalar paytida pedagogning azorati tushuniladi.
5-Maruza.Massajning fiziologik xususiyatlari.
1.Massajning nechta turi bor?
a) 2 ta c) 5 ta
b) 4 ta * d) 3
2. Massaj qilinadigan xonaning xarorati qancha bo’lishi kerak?
a) 17-19 c) 20-22
b) 19-20* d) 21-23
3. Massaj tufayli teridagi qon tomirlar…….?
a) kengayadi* c) o’zgarishga uchramaydi
b) torayadi d) qizaradi
4. Massaj uchun maxsus stolning balandligi qancha bo’lishi kerak?
a) 65-70 sm c) 70-75 sm
b) 55-70 sm d) 80-90 sm*
5. Qo’llarni har birini massaj qilish uchun necha daqiqa kerak?
a) 8-10 daqiqa c) 10-12 daqiqa*
b) 13-15 daqiqa d) 15-17 daqiqa
6. Allergik holatlar va toshmalarda qanday massaj tavsiya qilinadi?
a) teri massaji c) gigiyenik massaj
b) massaj tavsiya qilinmaydi* d) 15-17 kosmetik massaj
7. Massajning eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng ommabop usuli qaysi?
a) uqalash c) silash*
b) tebrantirish d) shapatilash
8. Massaj usullaridan foydalanish, uni rivojlantirish bo`yicha ……. davlat yetakchilik qilib, birinchilardan bo`lib massajni nafaqat sog`liqni saqlash va tiklash uchun, balki kasalliklarni davolashning juda yaxshi vositasi sifatida qo`llashgan.
a) Amerika c) Italiya
b) Gretsiya* d) Koreya
9. Massaj - fransuzcha, «massage» - …….. , degan ma’noni beradi?
a) silash c) tegish
b) paypaslash d) ishqalash*
10. Abu Ali Ibn Sino massajning necha turini aytib o’tadi?
a) 6 xil* c) 4 xil
b) 3 xil d) 8 xil
11. Kichik va O`rta Osiyoda massajning o`ziga xos yo`nalishi qadimgi Gretsiya va Rimda qo`llanilgan ussulardan farq qilib, asosan, ………….. qilingan. U “Sharq massaji” deb nom olgan?
a) bir qo’lda qilingan c) faqatgina hammomlarda qilingan
b) faqat musht bilan qilingan d) oyoqlar bilan qilingan*
12. Massajga oid dastlabki ilmiy risola, qo`llanma va amaliy tavsiyalar O’zbekistonlik tadqiqotchi-olim ……………. qalamiga mansub?
a) T.S.Usmonxo’jayev* c) O.A.Rixsiyeva
b) N.S.Turdimov d) A.N.Federov
13. Qadimgi Slavyanlarda urf-odatga aylangan massaj usuli?
a) shapatilab urish c) oyoqlar bilan bosish
b) maxsus yog’och bilan ishqalash d) supurgi bilan savalash*
14. Qorinni nonushtadan qancha vaqt o’tib massaj qilinadi?
a) 3 soat c) 2-4 soat
b) 1,5-2,5 soat * d) 0,5-1 soat
15. Barcha massaj muolajalari …….. usuli bilan boshlanadi?
a) silash* c) ishqalash
b) uqalash d) shapatilash
16. Ostexondrozni davolashda massaj qilish davomiyligi qancha vaqtdan oshmasligi kerak?
a) 10-12 daqiqa c) 14-16 daqiqa
b) 15-20 daqiqa* d) 25-30 daqiqa
17. Bolalarda raxit kasalligida qaysi kimyoviy element yetishmovchiligi kuzatiladi?
a) Te elementi c) Ca elementi*
b) Mg elementi d) Co elementi
18. Bolalarda raxit kasalligida, qanday massaj qo‘llaniladi?
a) Sharq massaji c) Oyoqlar massaj qilinadi
b) gigiyenik massaj d) Umumiy va tana qismlari uchun alohida*
19. Aparat tipidagi massajlar soni nechaga bo’linadi?
a) 6 ta* c) 7 ta
b) 9 ta d) 4 ta
20. Pnevmomassaj orqali davolash kurslarida nechta muolaja o’tkaziladi?
a) 2 – 3 muolaja c) 8 muolaja
b) 10-12 muolaja * d) 4 muolaja
6-Maruza.Sport anamnezi va jismoniy rivojlanish mavzusidan test
Postnatal so’zining ma’nosi nima?
a) tug’ilgandan keyin* c) paydo bulish
b) tug’ilishdan oldin d) paydo bo’lish
2. Qaysi omil tasirida Genotip fenotipga aylanadi?
a )Ichki omillar c) tashqi omillar*
b) atmosfera d) bo’linish
3. Tibbiy amaliyotda kimning konstitutsional xillarining chizmasi ishlatiladi?
a) M.V.Chernoruskiy * c) Ibn Sino
b) Beruniy d)
4.Konstitutsiya necha turga ajratiladi?
a) 3 turga * c) 4 turga
b) 6 turga d)7turga
5. O’sish va rivojlanish tezligining oshishi, tana o’lchamlarining kattalashuvi, oldingi avlodga nisbatan jinsiy yetilishning ertaroq bo’lishi nima deb ataladi?
a) genotip c) akseleratsiya *
b) fenotip d)genetic
6. Determinatsiya so’zining ma’nosi nima?
a) cheklov qo’yish, holi bo’lish c) chegaralash, aniqlash*
b) cheklash, bilish d)aniqlash
7. Yuqori darajadagi sport natijalariga erishish uchun nima ahamiyatga ega?
a) egiluvchanlik c) akseleratsiya
b) somatotipi* d)bilim
8. Jismoniy jihatdan rivojlanganlikning tekshirishning asosiy usullari nechaga bo’linadi?
a) 1 ta c) 3ta
b) 2ta* d)4ta
9. Tana shaklini o’rganish usuli qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) somatoskopiya* c) antropometriya
b) akseleratsiya d)fiziologik
10. Odamning yoshi, kasbi-kori, jinsiga aloqador jihatlar va h.k larni aniqlash uchun tana va uning qismlarini o’lchash usuli nima deb ataladi?
a) somatoskopiya c) antropometriya*
b) akseleratsiya d)fiziologik
11. Shaxsni ko’rikdan o’tkazayotgandagi xonaning xarorati necha gradusdan past bo’lmasligi kerak?
a) +20-25 c) +30-18
b) +13-20 d)+18-25*
12. Tekshirilayotgan shaxs qanday kiyimda bo’lishi kerak?
a) ko’ylakda c) shimda
b) shortikda d)kalta yoki o’ta kalta(plavki) ishtonda*
13. Sportchilarda teri osti yog’ qavati normada necha santimetr bo’lishi kerak?
a) 3-4sm c) 4-5sm
b) 2-3sm* d)5-6sm
14. Skoliozni ya’ni umurtqa qiyshayishini jarrohlik yo’li bilan davolash nechanchi asrdan amalga osha boshladi?
a) XIX asrdan c) XX asrdan*
b) XVI asrdan d)VII asrdan
15. Yunon va rimliklar skoliozni ( umurtqa qiyshayishi ) to’irlashda qaysi sport turidan foydalanishgan?
a) basketbol c) futbol
b) suzish d)gimnastika*
16. “ Skolioz – ortopediyaning xochidir” ushbu so’z kimning s’zlari?
a) G.I.Turnerning* c) M.V.Chernoruskiy
b) I.S.Krasikova d)V.D.Chaklin
17. Qizlarda bo’y o’sishi necha yoshda to’xtaydi?
a) 17 yoshda c) 16 yoshda
b) 15 yoshda d)18 yoshda*
18. Ayrim hollarda yigitlarda bo’yning o’sishi necha yoshgacha davom etadi?
a) 23-25 yoshgacha* c) 16-20 yoshgacha
b) 20-28 yoshgacha d)30-35 yoshgacha
19. Normada 15 yoshdagi o’smirda ko’krak qafasi aylanasi tinch turgan paytda necha sm bo’ladi?
a) 75-73sm c) 73-74sm
b)75-78sm* d)7879sm
20. Ko’krak qafasi aylanasining chuqur nafas olgan va chuqur nafas chiqargandagi ko’rsatkichlarining bir-biridan farq qilishi nima deb ataladi?
a) o’pkaning tiriklik sig’imi c) ko’krak qafasi ekskursiyasi (razmax )
b)75-78sm* d)7879sm
7- Maruza .Mushak yuklamasining bolalar asab tizimi va tayanch harakat apparatining funksional holatiga ta’siri
Yelka suyagining o’sish doirasi necha yoshda bekiladi?
a) 13-14 yoshgacha* c) 14-15 yoshgacha
b)13-16 yoshgacha d)16-17 yoshgacha
2. 40-60 yoshda odam tizzasidan jarohat olishi qanday oqibatga olib keladi?
a) tizza qopqog’ining sinib ketishiga c) katta bolder suyagining apofizlar qismida shamollash yuzaga keladi
b)tizza bo’g’im bog’lamlarining uzilib ketishiga d)og’riqqa
3. Skelet muskullari ayollarda tana massasining necha foizini tashkil etadi?
a) 40-45 foizini c) 30-35 foizini*
b)31-32 foizini d)33-34 foizini
4. Ayrim muskullar yoki ularning guruhi bir yo’nalishdagi harakatlarni birgalikda amalga oshirishi mumkin bo’lgan muskullar nima deb ataladi?
a) sinergistlar* c) antogonistlar
b)31-32 foizini d)33-34 foizini
5. Sportchilarda sklet muskullari tana massasining necha foizini tashkil etadi?
a) 60 foizini c) 40 foizini
b)50 foizini* d)30 foizini
6. 12 yoshli bolalarda sonning yozuvchi muskullarining kuchi necha kgga oshadi?
a) 35 kg c) 24 kg
b)65 kg d)62 kg*
7. Reaksiyalar necha xil bo’ladi?
a) 7 xil c) 3 xil
b)4 xil d)2 xil*
8. Tezkorlik sifati necha yoshdan juda tez ortadi?
a) 8 yoshdan 10 yoshgacha* c) 9 yoshdan 10 yoshgacha
b) 9 yoshdan 11 yoshgacha d) 11 dan 12 yoshgacha
9. Necha yoshda bolalarda aerob chidamlilik ayniqsa static ishlarga chidamlilik past darajada bo’ladi?
a) 8 yoshdan 10 yoshgacha c) 9 yoshdan 10 yoshgacha
b) 9 yoshdan 11 yoshgacha d) 4 yoshdan 7 yoshgacha*
10. Jismonan chiniqmagan bolalarda static ishlarga chidamlilik necha yoshdan keyin ortadi?
a) 10 yoshdan* c) 9 yoshdan
b) 11 yoshdan d) 4 yoshdan
11. Charchashning rivojlanish tezligi nimalarga bog’liq bo’ladi?
a) ishning muddati, muskullar massasiga, sportchining yoshiga* c) energiya rezerviga
b) ishning quvvatiga d) faqat yoshga
12. Charchash bolalarda kattalarga nisbatan tezroq rivijlanishi nima bilan bog’liq?
a) markaziy asab sistemasining qator xususiyatlari bilan* c) yosh bilan
b) rivojlanganlik bilan d) farqi yo’q
13. Maktab mebeli o’quvchi bo’yiga muvofiq bo’lishi nega zarur?
a) tana vaziyatini to’g’ri tutib turishga yordam beradi* c) qulay bo’lishi uchun
b) quyosh to’g’ri tushishi uchun d) charchamaslik uchun
14. Gavda bilan stol yaqin qirrasi orasida necha sm ochiq joy qolishi kerak?
a) 4-5 sm c) 3-4 sm*
b) 5-6sm d) 4-7 sm
15. Uzatilgan qo’lda 101 kg yukni ko’tarish uchun qo’l muskullari necha kg kuch safarbar qilishi zarur?
a) 90 kg c) 101 kg
b) 80 kg d) 100kg*
16. Tayanch harakat apparatining turli qismlarining morfologik yetilishi va harakat izchilligining yuzaga kelishi bilan bir vaqtda yana qanday sifatlar rivojlanadi?
a) harakat* c) rivojlanish
b) yosh xususiyati d) muskul kuchi
17. 18 yoshli bolaning muskuli tana massasining necha foizini tashkil etadi?
a) 20 foizi c) 40 foizini
b) 42 foizini * d) 50 foizini
18. Yangi tug’ilgan bolaning sklet muskullari tana vaznining necha foizini tashkil qiladi?
a) 20 foizi c) 24 foizini*
b) 42 foizini d) 50 foizini
19. Sklet muskullarining o’sishi va rivojlanishi necha yoshgacha davom etadi?
a) 8 - 10 yoshgacha c) 9 - 10 yoshgacha
b) 9 - 11 yoshgacha d) 20-25 yoshgacha*
20. Katta odam muskul tolasining diametric doimiy bo’lib qolishi nimaga bog’liq?
a) og’irligiga c) uzunligiga
b) chiniqqanligiga* d) ovqat ratsioniga
Tayanch konspekt
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG’ULLANISH BUYICHA TIBBIY GURUXLAR
Bolalarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlari avvalo, ularning salomatliklariga bog’liq. Bolaning jismoniy tayyorgarligiga birinchi navbatda, uning funktsional rivojlanganligi (yurak qisqarishining soni, AB, nafas olishning soni, UXS-o`pkalarning xayotiy sig’imi, panjalar kuchi), yosh standartlari ko`rsatkichlariga takkoslanib, baxo beriladi; jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun 20 marta o`tirib turiladigan funktsional sinama o`tkaziladi. Olingan sog’liq ko`rsatkichlari taxlil qilinadi xamda ularni anamnez bilan tuldirib, (necha marta kasal bo`lganligi va og’ir, engilligi) sog’liq guruxi va jismoniy tarbiya buyicha gurux aniqlanadi.
Maktab, litsey va kollejlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari uchun 3 ta tibbiy gurux belgilangan. Ular asosiy, tayyorlov va maxsus guruxlardir.
1. Asosiy gurux.
Bu guruxda jismoniy rivojlanishi va salomatligida cheklanishlari bo`lmagan yoki juda kam bo`lgan, etarlicha jismoniy tayyorlangan bolalar shug’ullanishlari mumkin. Ular uchun jismoniy tarbiya dasturi buyicha to`liq xajmda sport sektsiyalarida mashg’ulotlarda qatnashish, sport musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat etiladi. Bular birinchi sog’liq guruxiga kiruvchi, ya`ni amalda sog’lom bolalardir.
2. Tayyorlov guruxi.
Mazkur guruxga jismoniy rivojlanish va salomatligida cheklanishlari mavjud, jiddiy funktsional buzilishlari xamda jismoniy tayyorgarlik darajasi etarlicha bo`lmagan bolalar kiradi. Bu bolalar II sog’liq guruxini tashkil qilib (sog’liq tomonidan morfo-funktsional xolatida cheklanishi ko`p bo`lmagan bolalar), ularga yuklamalari pasaytirilgan jismoniy tarbiya dasturi buyicha mashg’ulotlar tavsiya qilinadi. Jismoniy tayyorgarligi yaxshilanib, sog’lomlashtirilganidan so`ng, bolalar asosiy guruxda tavsiya qilinadigan sport turlari bilan shug’ullanishlari mumkin.
3. Maxsus tibbiy gurux (MTG)
Salomatligi odatdagi maktab dasturini bajarishga xalakit bermaydigan talaygina doimiy yoki vaqtinchalik cheklanishlari bo`lgan bolalarga davolash va to`g’rilovchi gimnastika zarur. Bunday bolalar III sog’liq guruxini tashkil etib, ular umumiy guruxlarda jismoniy tarbiya bilan shug’ullanmasliklari kerak.
Tayanch-harakat apparatining ruyirost buzilishlarida (falajlar, sholning engil shaqli va x.k.), shuningdek har qanday darajadagi jiddiy buzilishlarda, (maxsus B gurux) bolalar poliklinikalarida yoki vrachlik jismoniy tarbiya dispanserlarida davolash mashg’ulotlarini o`tkazish zarur.
Bolalar maktab yoshiga etganda (6-7 yoshda) jismoniy tarbiya va sportning vazifalari turli xil harakatlarni takomillashtirish, qomatni shakillantirishdan iborat bo`ladi. YOshligidan jismoniy tarbiya bilan tanasi chiniqqan bola maktabga baquvvat xamda bir muncha tetik bulib keladi.
JISMONIY MASHQLAR VA O`QUVCHILAR UCHUN JISMONIY YUKLAMALARNI TAKSIMLASH
Jismoniy mashqlar-elementlar harakatlar, ulardan tuzilgan harakat xolatlari va ularning majmualari, jismoniy rivojlanish maqsadlarida tizimlashtirilgan unsurlardir. Jismoniy tarbiya amaliyotida jismoniy mashqlar, insonning kunlik mexnat, maishiy, harbiy faoliyat turlaridan (yugurish, yurish, sakrash, irgitish, og’irliklar ko`tarish, suzish va boshqalar) uzlashtirib olingan va tashqiliy-uslubiy ravishda gimnastika, engil va og’ir atletika, harakatli va sport uyinlari, sport turizmi va boshqalar sifatida rasmiylashtirilgan, harakatlar va xolatlar asosiga kurilgan bo`ladi.
Jismoniy mashqlarning yaxlit dasturi 5 ta etakchi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: chigalni yozish (razminka), asosiy qism (uzluksiz ritmik harakatlar tartibida bajariladigan mashqlar), «Kechiqish» («Zaminka»-mashqning tugaganligi), kuchni oshirish mashqlari va chidamlikka doir mashqlar.
1. CHigalni yozish.
Mashqlarning asosiy qismini boshlashdan oldin (mashqlarga utishdan avval, uzluksiz ritmik harakatlar tartibida bajariladigan mashqlar) 5-10 daqiqa davomida chigalni yozish zarur, ya`ni avval ancha engil jismoniy mashqlarni bajarish lozim bo`ladi. CHigalni yozish paytida bajariladigan mashqlar uzining turiga ko`ra, asosiy qism bajariladigan paytidagidek bulishi xam mumkin; ular faqat jadalligi bilan farqlanib turadi. Masalan, sekinlashgan yurishga-yugirish oldidan, chigalni yozish sifatida bajariladigan mashq turi sifatida qaraladi. U yurak mushaklari va boshqa mushaklarga, shuningdek o`pka va bug’imlarga jismoniy yuklamalarning oshishiga kunikma xosil qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, chigalni yozish yoki mushaklar va bug’inlarni qizdirish, extimolli shikastlanishlarning oldini olishda yordam beradi. CHigalni yozishdan so`ng, mushaklarni engil bushashtirish amalini o`tkazish lozim.
2. Asosiy qism.
Asosiy qism uzluksiz ritmik harakatlar tartibida bajariladigan mashqlardan tashkil topgan. Ularning foydasi shundaki, ular yurak qon-tomir va nafas olish tizimiga xayrli ta`sir ko`rsatadi. Bu mashqlarni bajarish jarayonida mushaklarning yirik guruxlari ishga tushiriladi, bu esa kislorod oqimining oshib borishi hisobiga, ularni ma`lum zaruriy vaqt ichida bajarish uchun keraqli bo`ladigan energetik saloxiyatini ta`minlab beradi. Natijada, anaerobli (xavo mavjud bo`lmagan xolat) mashqlarda bulib turadigandek, sut kislotasining yig’ilib qolishi sodir bo`lmaydi.
Mashqlarning mazkur fazasidan ko`zlangan maqsad, yurak qon-tomir va nafas olish tizimini mustahkamlash hisoblanadi. Jismoniy mashqlar dasturining mundarijasi (mashqlarni tanlab olish), odamni ayni daqiqadagi jismoniy xolatiga, turmush tarzining xususiyatlari va shaxsiy afzalliklariga bog’liq bo`ladi. Quyida keltiriladigan mezonlar shaxsiy mashqlar dasturini ishlab chiqish uchun uziga xos qo`llanma vazifasini utaydi.
a) Takrorlanish (CHastota).
Mashg’ulotlarning takrorlanish tezligi (chastotasi) mashqlarning xafta ichidagi soni orqali aniqlanadi. O`zingizni umumjismoniy xolatingizni yaxshilash va tana vaznini maqbul darajada ushlab turish uchun, jismoniy tarbiya bilan xaftasida kamida 3 marta shug’ullanib turish lozim; bu urinda har qanday ikkita mashqlar orasidagi tanaffus ikki kundan oshib ketmasligi zarur.
O`zingizning mashqlar dasturingiz boshlanishida yaxshisi xaftasiga 3 marta (kun oralab) 4-6 xafta davomida shug’ullangan ma`qul. Masalan, bu dushanba, chorshanba va juma yoki seshanba, payshanba va yakshanba kunlari bulishi mumkin. Keyinchalik mashg’ulotlar chastotasini xaftasiga 4-6 kungacha oshirishingiz mumkin bo`ladi.
b) Izchillik.
Izchillik tushunchasi ostida, mashqlarning asosiy qismida sarflanadigan say`-harakatlar (jismoniy kuch) sonini tushunish qabul qilingan. Izchillik darajasi dastlabki umumjismoniy tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo`ladi, shuningdek bu odam o`z oldiga qanday maqsadlar quyganiga xam bog’liq: salomatlikni yaxshilash va kasalliklar profilaktikasi yoki masalan, o`pkalar xayotiy sig’imini oshirish (UXS), boshlanishdan etarli darajada jismoniy tayyorgarlikka ega bo`lmagan odamlarga mashg’ulotlarni jadallikning eng past darajasida boshlash tavsiya qilinadi.
Pul’s qon-tomir urishi (yurak qisqarishlari soni YUKS)-mashqlar paytida jadallikning indikatori hisoblanadi. Mashqlardan ko`zlangan maqsad mashg’ulotlarni shunday YUKS darajasida olib borish kerakki, u jismoniy yuklamadagi pul’s tezligiga, yoki mashqdagi pul’s chastotasiga teng bo`lsin. MPCH ni hisoblashning eng soda usullaridan biri, pul’sning maksimal chastotasi (PMCH) dan foizni aniqlashdir. Bu quyidagi formula orqali hisoblanadi: MPCH=PMCH* jadallik % (PMCH=220-yosh).
MPCH=(220-yosh)*jadallik %
MPCH yurak qisqarishlarining bir daqiqa vaqt ichidagi ma`lum bir sonini bildiradi. MPCH ning 10 soniya ichidagi ko`rsatkichiga erishish uchun MPCH ni 6 ga bulish lozim. eng yaxshisi tomir urishini mashqlarning asosiy qismi boshlangan vaqtdan so`ng, oradan 10 daqiqa vaqt o`tgach tekshirgan ma`qul va buni daqiqalarda emas, balki 10 soniya ichida qilish lozim. Agar sizning dolzarb tomir urishingiz jismoniy mashqlarni bajarish laxzalarida, siz MPCH da hisoblab ko`rgandan kam bo`lsa, mashqlar jadalligini oshirish bo`ladi. Agar u sizning MPCHingizdan oshib ketgan bo`lsa, aksincha mashg’ulotlar jadalligini pasaytirishingiz zarur.
Dastlabki mashqlarning 4-6 xaftasida jadallikning tavsiya qilinadigan darajasi pul’sning maksimal chastotasidan 50-70 % bo`ladi. Jismoniy yuklamalarning bu kabi jadallik darajasida odam odatda gaplashishga qodir bo`ladi. Umumjismoniy xolatning yaxshilanishi bila asta-sekin jadallik darajasining oshib borishi PMCH dan 60-90 % gacha etadi.
v) Vaqt.
Vaqt yoki mashqlarning davomiyligi bu zur berib bajariladigan jismoniy mashqlarga sarflangan daqiqalar sonidan iborat. Agar tezlik darajasi yuqori bo`lmasa, mashqlar davomiyligini oshirish lozim, agar aksincha, mashqlar tezligi etarlicha yuqori bo`lsa, uning davomiyligini bir muncha kamaytirish mumkin bo`ladi. Masalan, odam doimiy jismoniy mexnat bilan shug’ullanadigan bo`lsa (duradgor, fermer yoki quruvchi), u xatto YUKCH katta bo`lmagan xolatida xam, «mashq qilingan samaraga» erishishi mumkin, negaki u amalda har kunini harakat bilan o`tkazadi. Asosan o`tirib ishlaydigan odamlar bilan sodir bo`ladigan xolatda, jismoniy yuklamalar va YUKS ning oshish darajasi «Mashq qilingan samaraga» erishishi uchun, anchagina yuqorirok bulishi lozim (70-85 % PMCH). Mana shu tarzda, mashqlar kanchalik tezkor bulib borsa, uning uchun shunchalar kam vaqt sarflanadi va aksincha. Etarli darajada jismoniy tayyorgarligi mavjud bo`lmagan shaxslar uchun, uzining mashqlar dasturini xafta davomida 4-6 kun 10-15 daqiqadan, urtacha tayyorgarlik darajasiga ega bo`lganlar esa 30-60 daqiqadan boshlashlari tavsiya etiladi.
SPORT TURLARI VA ULARNING BOLALAR RIVOJLANISHI XAMDA SOGLIGIGA BO`LGAN AXAMIYATI
Umumjismoniy tayyorgarlik kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va boshqa fazilatlarni rivojlantiradi. Sportning har xil turlari bilan bulajak mashg’ulotlar uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi.
Gimnastika va akrobatika mushak tizimining bir me`yorida rivojlanishiga imkon beradi, xushqomatlikka olib keladi, harakatlarni muvofiqlashtiradi, bola organizmiga umummustahkamlovchi tasir qiladi, bug’imlar harakatini yaxshilaydi. Mushak tizimi bilan bosh miya pustlogi xolati urtasidagi uzaro munosabatni takomillashtiradi, vestibulyar apparat ta`sirini yaxshilaydi, organizmning neyrogumoral reaktsiyasini bir-biriga sezilarli darajada siljitib, uning ish qobiliyati oshishini ta`minlaydi.
Suzish markaziy asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, kuchlilik va chidamlilikni shaqlantiradi, tayanch-harakat apparatiga to`g’rilovchi ta`sir qiladi, suyak-mushak tizimining usishiga imkon beradi, termoregulyatsion refleksni yaxshilaydi, organizmni chiniqtirishga va bronx o`pka kasalliklarini profilaktika qilishga imkon beradi. energiya qudrati tejalib sarflanganda o`pkaning xayotiy sig’imi, maksima o`pka ventilyatsiyasi, kiloroddan foydalanish koeffitsenti oshadi.
SHaxmatlar va shashkalar bolalarda mantikan fikrlashni rivojlantiradi, xotira xamda diqqatni charxlaydi, aqlni ustiradi, quruv analizatorining mashqiga imkon beradi. SHaxmatlar va shashkalar mashg’ulotlari ta`siri ostida asab-jarayonlarining harakatchanligi xamda muvozanatlashuvchi qayd qilinadi.
Engil atletika mashg’ulotlari (sprint, sakrash yadro otish) organizmning funktsional imkoniyatlarini, uning ishchanligini oshiradi, bug’imlarning harakatchan sig’imini yaxshilaydi, kuch, tezlik, chidamlilik, sakrash qobilyatini tarbiyalaydi, bular yuqori ta`sirning sog’lomlashtiruvchi omili bo`ladi, chunki mashg’ulotlar ochik xavoda utib, uziga xos qarshilikni oshiradi. Kardiorespirator va mushak tizimining funktsional xolati oshadi, bola organizmining uyg’un rivojlanishiga yordam beradi. Engil atletika bilan shug’ullanuvchilarda kislorodning ishlab turgan mushaklarga etkazilishi faqat qon oqimi kuchayishi emas, balki qon kislorodi utillinishining kuchayishi hisobiga etkaziladi. Mushak faoliyatida kislorod rejimlari bir muncha tejamli, ya`ni kattaroq ventilyatsion ekvivalentda kisloroddan foydalanishning kamroq koeffitsienti qayd qilinadi. Miokardning qiskarish qobiliyati va yurak qisqarishlari soni oshadi.
Stol tennisi va katta tennis reaktsiya va fikrlash tezligi, harakatchanlik, chaqqonlik, maqsadga intiluvchanlik, chidamlilikni shakillantiradi.
YUqori elka kamari, oyok-qo`llar mushaklari ishini faollashtiradi. Organizmning xamma a`zolari va tizimlari ishini rag’batlantiradi, bolaning uyg’un usishi xamda uning tana tuzilishi rivojlanishiga imkon beradi.
Sportning uyin turlari (basketbol, voleybol, qo`l tupi) murakkab sharoitda tez muljalga olishni rivojlantiradi; chidamlilik, tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, nishonga ola bilish, mardlik va tez mushoxada qilishni tarbiyalaydi, shuningdek uyin intizomiga kat`iy amal qilishga, birodarlik xissiga urgatadi, irodani mustahkamlash va jismoniy tarbiyalashning ajoyib vositasi hisoblanadi. Mashg’ulotlar ta`siri ostida butun organizm morfologik tarkibining talaygina uzgarishlari ruy beradi, bu yog tukimasining kam yigilishi bilan bog’liq. Skelet mushaklarining yuklama darajasi bilan qon aylanishi a`zolarining funktsional imkoniyatlari, xususan yurak vazni va uning funktsiyalari, shuningdek yurak qisqarishlarining siyraqlashuvi, skelet mushaklarining rivojlanishi xamda harakat faolligi darajasi urtasida bevosita boglanish borligi isbotlangan.
Ko`rashning xamma turlari mushaklarning uyg’un rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatib, reaktsiya tezligini, egiluvchanligini, g’alabaga ishonch kuchini, chidamliligini, mushak tizimi faoliyatini oshirib, atletik gavda tuzilishini shakillantiradi.
Kamondan otish Maqsadga intiluvchanlik, ziyraqlik, fikrni bir joyga jamlash qobiliyatini, shuningdek qo`l, orqa, ko`krak qafasi mushaklar kuchini rivojlantiradi, qurquv analizatorini chidamli qiladi. Xamma a`zolar va tizimlar, ayniqsa markaziy asab tizimi ishini rag’batlantiradi, bolani bir muncha beozor qiladi.
Boks-fikrlash va harakat reaktsiyasini, chidamlilikni, dovyuraqlikni, harakatlarning muvofiqlashuvini, g’alabaga ishonch tuyg’usini, irodali bulishni rivojlantiradi, xamma tizimlar, a`zolar faoliyatini oshiradi. Bola organizmining xamma mushaklar ishini kuchaytirib, yaxshi mushak belbogini vujudga keltiradi.
Og’ir atletika butun a`zolarning mushaklarini kuchaytiradi, chidamlilikni oshirib, kuchlilik va mardlikni tarbiyalaydi.
Velosport-oyok-qo`llar xamda orqa mushaklarini rivojlantiradi va mustahkamlaydi, organizm faoliyatini takomiliga etkazish uchun ichki zaxiralarni safarbar qiladi.
Uk otish-maqsadga intilish, diqqat, fikrni jamlash qobiliyatini rivojlantiradi. Qo`llar, orqa, ko`krak qafasi mushaklarining kuchini faollashtiradi va mustahkamlaydi, quruv analizatori kuchini oshiradi.
Ot sporti bolalarda xayvonlarga bo`lgan kizikishni yanada rivojlantiradi. Mazkur sport turi o`quvchilarning estetik tarbiyasida asosiy vosita bulib, ularda muvozanatni to`g’ri tutishni rivojlantiradi, mushaklar korseti va chiroyli qomatni shakillantirishga katta ta`sir ko`rsatadi.
Zamonaviy beshko`rash organizmdagi barcha mushaklarni rivojlantiradi va mustahkamlaydi, chidamlilikni xamda kuchni oshirib, g’alabaga etaklaydi.
Turizm maktab o`quvchilarini jismoniy tarbiyalashning va tabiat qo`ynida faol dam olishning g’oyat qimmatli vositasi hisoblanib, chiniqtirishga xizmat qilib, sog’liqni mustahkamlaydi, chidamlilikni oshiradi, dustona munosabatni rivojlantiradi.
Bolalar xayot uchun muxim amaliy kunikmalarni egallashadi, joyida muljal olishni, tabiiy tusiqlarni engib o`tishni o`rganishadi, turizm kardiorespirator tizimiga, markaziy asab tizimi va mushaklar tizimiga katta ta`sir ko`rsatadi, ularning funktsional xolatini oshirib, bolalarni nostandart sharoitlarga moslashtiradi.
Sportning texnik turlari buyicha mashg’ulotlar (motosport, karting). Maktab o`quvchilarida bilimga chankoklik, texnikaga qiziqish va uni sevishni shaklantiradi, nostandart sharoitlarga reaktsiyani tarbiyalaydi, ekstremal sharoitlarda xamjixatlik xamda intizomlilikka chorlaydi, katta harbiy-amaliy axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |