Demografik muammo – shaharlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, turli yo’nalishdagi tarmoqlarning shakllanishi shaharga ko’chib keluvchilar miqdorining oshishiga sabab bo’ladi. SHahar aholisi tez ko’paya boradi, shaharga ish izlab kelgan kishilar turar joy muammosini vujudga keltirishadi va shaharning turli hududlarida iqtisodiy jihatdan nochor aholining alohida yashash rayonlari paydo bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlardagi yirik shaharlarda bunday rayonlar shaharlarning asosiy hududlaridan ham yiriklashuvi kuzatiladi. Natijada qashshoq urabnizatsiya deb ataladigan holat yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |